Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

 
 
Stress yoki kuchli hayajonlanish
-
psixologik tahrifga ko’ra affekt holatiga 
yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko`ra kayfiyatlarga 
yaqin bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kechirilishining aloxida shakli (ingl. «stress» - 
zo`riqish) hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi 
xafa bo`lgan, uyalgan, taxlika ostida qolib ketgan kabi vaziyatlarda ro`y beradi. 
Umuman olganda, stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga 
ega bo`lmagan stresslar muqarrar va zararsiz bo`lib, xaddan tashqari ortib ketgan 
stress esa shaxs uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun ham qiyinchiliklar, 
qo`yilgan maqsadlarni qo`lga kiritishda muammolar keltirib chiqaradi. 
141-rasm 
Stress
deganda insonning atrofdagi 
stimullarga yoki tashqi ta’sirlarga jismoniy, 
kimyoviy va psixologik reaktsiyalari 
majmui tushuniladi. Bunda atrof-muhitdagi 
kuchlar insonning fiziologik va psixologik 
funktsiyalarini muvozanatdan chiqaradi. 
Hissiyotning shunday qobiliyati borki, hissiyot uni 
tug`dirgan narsadan o`tib, bu narsa bilan aloqador 
bo`lgan boshqa narsalarga ham yoyiladi. Buning 
natijasida kishida 
kayfiyat
deyilgan umumiy bir ruhiy 
holat paydo bo`ladi.


289 
Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya’ni stressorlar keltirib 
chiqaradi. Hayotda stresslar bo`lib turishi tufayli ularni boshqarishni, ular keltirishi 
mumkin bo`lgan zararni kamaytirishni bilish zarur. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga 
keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot 
fanlarida keng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi. Stress - og‘ir jismoniy va 
murakkab akliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar 
tug‘ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga 
keladigan hissiy zo‘riqishlar turidir. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning 
barchasini biron bir emotsiya turi ro‘yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining 
paydo bo‘lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat 
uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha dispatcher ishlab chiqarishni
muvofiqlashtiruvchi ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari, 
ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy psixologik ahamiyat kasb etadi.
196
 
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. 
Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (“adaptatsion 
sindrom” - yunoncha belgi, alomat, ko‘rinish moslashuv) masalasiga, uning 
faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan. Shuningdek, 
ekstremal (lotincha “extremus” favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini 
anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning o‘ziga xosligi, 
faoliyatni qayta tashkil qilishgacha olib borishi, shunga o‘xshash sharoitlarda shaxs 
xulqini bashorat etish imkoniyatlari G. Sele tomonidan o‘rganilgan.
 
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zgar- adi, unda 
qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, uning harakat- lari tartibsiz 
ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa tes- kari reaksiyaga olib 
keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. 
Lekin stress holatida fizio- logik o‘zgarishlar tashqi tomondan kariyb ko‘zga 
tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni echishdagi qiyinchilik, diqqatni 
taqsimlashdagi saro- simalik stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo‘ladi. 
SHaxs stress holatida telefon nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, 
ong faoliyati engil tormozlanadi, idrok ko‘lami torayadi va boshqalar.
 
Stress holatida shaxsnning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, 
shakllangan malakasi muhim rol o‘ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning 
oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. 
Undagi yuksak his-tuyg‘ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat 
va hokazo) stress holatida xatti- harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi. 
Qo’rquv insonning nobud qiluvchi hislardan biri bo‘lishi mumkin. Qo‘rquv 
insonni uyqusizlikka yoki hayolingizni tormozlab qo‘yishi ham mumkin ekan. Ba’zi 
bir insonlarni qo‘rquv o‘lim darajasigacha olib kelishi mumkin. Bundan tashqari 
qo‘rquv insonlarga o‘tishi kuzatiladi. Qo‘rquv bizni xavf-xatardan o‘zimizni 
himoyalashga tayyorlaydi.
197
 
196
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 479-b. 
197
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 451-b. 


290 
Uzoq davom etadigan va barqaror bo`lgan emotsional holatlardan biri – 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish