Topshiriq: Talabalar belgilangan vazifa asosida kundalik yuritadi
O’yinni tashkil etish texnikasi elementlarini egallash bo’yicha mashqlar 1-vaziyat. Dars boryapti. O’quvchilar charchadilar. Ularni jiddiy aqliy mehnatdan o’yinga o’tkazish kerak; motivasiya o’tkazish, saflantirish va h.k.z.; o’yin holatidan chiqish; qisqa tahlil; yana jiddiy aqliy ishga yo’llash.
2-vaziyat. Bir o’quvchidan boshqa hamma o’yinda ishtirok etyapti. Uni ham o’yinga qo’shish vositasini topish. (O’yin harakatli yoki idrokli bo’lishi mumkin).
1-mashq. Bolalarga ”Bir daqiqadi kim ko’p” o’yinini taklif etish: biror bir harfni chiroyli yozish; 1 dan boshlab sonlarni tartib bilan yozish; uzunligi 10 sm bo’lgan iplarni bir-biriga ulash (so’ng kimning ipi uzun ekanligini taqqoslash).
Sizning vazifangiz 1.Qaysi yoshda bu o’yin qiziq bo’lishini aniqlash.
2. O’yinni qanday tartibda tushuntirasiz?
3. Musobaqa natijalarini izohlar bilan tushuntirish.
4. Qisqa mativasiya - bir daqqiqaning qimmati.
2-mashq. Talabalar o’yinni namoish (immitasiya) qilishadi. Buni turli darajadagi qiziqish va mashg’ullik bilan bajarishadi. Tajriba o’tqazuvchi bir daqiqa davomida o’yin ishtirokchilarini kuzatib quyidagi savollarga javob topadi:
1. Necha kishi harakatli o’yinda o’ynaydi, necha kishi idrokli o’yida o’ynaydi?
2. Qiziqib, zerikish bilan yoki asabiylashib o’ynagan talabalarni ayting.
3. Kim liderlik qildi?
4. Javoblarni izohlang.
1-mashq. (“Raqamlarni tartib bilan terish” o’yini). 10 kishidan iborat bo’lgan ikki jamoa tomoshabin qarab saflanadilar. O’yinni olib boruvchining qo’lida turli rangdagi, 1 dan 10 gacha raqamlar yozilgan kartochkalardan 2 to’plam bo’lishi kerak. O’yinni boshlashdan oldin olib boruvchi har bir to’plamdagi kartochkalarni alohida-alohida aralashtiradi va saf tortgan ishtirokchilarning orqasiga ilib chiqadi. Hech bir ishtirokchi yelkasiga qaysi son yozilgan kartochka ilinganligini bilmaydi, buni u faqat sheriklarining yelkasiga ilingan raqamlarga qarab aniqlashi mumkin.
Ishora berilishi bilan jamoa ishtirokchilari shunday tizilishlari kerakki, ularning kartochkalaridagi raqamlar tartib bilan joylashishi kerak. Topshiriqni birinchi bo’lib bajargan jamoa g’olib sanaladi. O’yinni tashkil etishda quyidagilar inobatga olinadi: o’yinga tayyorlash, joy va vaqtni belgilash, motivlashtirish; qisqa yo’riqnoma; o’yin vaqtida o’qituvchining xulq-atvori; o’yin natijalarini baholash; o’z-o’zini tahlil qilish.