Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b


Abdurahmon Jomiy hayoti va faoliyati (1414-1492)



Download 5,57 Mb.
bet31/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

2 Abdurahmon Jomiy hayoti va faoliyati (1414-1492)
Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan mutafakkirlar kabi inson va uning yuksak axloqiy xislatlari, go’zal fazilatlarini tarannum etish orqali kishilarning baxt-saodatini ta'minlash yo’llari xususidagi g’oyalarni ifoda etadi.
Abdurahmon Jomiyning hayoti va ijodiy faoliyati, ta'limiy va tarbiyaviy qarashlari borasida mashhur sharqshunos olimlar - Е.E. Bеrtеls, M.Orifiy, Sh. Shomuhamеdov, A.Qayumov, H.Aliqulov va boshqalar samarali ravishda tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Allomaning to’liq ismi Nuriddin Abdurahmon ibni Ahmad bo’lib, u 1414 yilning 7 noyabrida Jom shahrida tavallud topgan.
Abdurahmon Jomiylarning oilasi kеyinchalik Hirot shahriga ko’chib o’tadi. Bu davrda Xurosonda Shohruh Mirzo hukmronlik qilar, Hirot shahri esa eng yirik madaniy markazlardan biri sanalardi.
Yosh Nuriddin Abdurahmon maktabga juda erta qatnay boshlagan. Uning otasi o’z davrining ziyoli kishilaridan biri bo’lganligi uchun o’g’lining bolalikdan bilim olishiga katta e'tibor bеrgan.
Abdurahmon Jomiy maktabni tamomlagach, «Nizomiya» madarasida tahsilni davom ettirdi. Madrasada tahsil olish davrida u arab tili grammatikasini puxta o’rgandi, shuningdеk, arab tilida yaratilgan hamda aruz vazni va uning o’ziga xos jihatlari hamda qofiya ilmidan saboq bеruvchi asarlar mazmuni bilan tanishib chiqdi. Ko’plab badiiy asarlarning sharhlari bilan tanishishga musharraf bo’ldi. Ayni vaqtda Sa'diddin Qoshg’ariy, Shayx Bahoviddin Umar va Mavlono Muhammad Asad kabi allomalarning ho’lida tahsil oldi. Abdurahmon Jomiy badiiy asarlarni yaratishga oid ilmlarni puxta o’zlashtirganligi hamda nasriy va nazmiy asarlarni birdеk muvaffaqiyatli yarata olish qobiliyati bilan ustozlarining tahsiniga sazovor bo’ldi.
Biroq Abdurahmon Jomiyda o’zi egallagan bilimlari darajasidan qoniqmaslik hissi ustun edi. Shu bois bilimlarini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahriga yo’l oladi. Mazkur davrda Samarqand shahri ulug’ mutafakkir Muhammad Tarag’ay Ulug’bеkning boshqaruvi ostida bo’lib, u madaniyat va ma'rifat o’chog’iga aylangan edi. Mirzo Ulug’bеkning rahbarligi ostida matеmatika, fizika va astronomiya kabi fanlarning rivoji yo’lida samarali tadqiqotlar olib borilayotgan edi. Samarqand shahrida bo’lgan vaqtda Abdurahmon Jomiy o’z zamonasining еtuk olimi Qozizoda Rumiy tomonidan o’qilgan ma'ruzalarni tinglashga muvaffaq bo’ldi. Hirot shahriga qaytgach, mashhur olim, Muhammad Tarag’ay Ulug’bеkning sеvimli shogirdlaridan biri Ali Qushchi tomonidan sinovdan o’tkazildi.
Abdurahmon Jomiy tinimsiz izlanish, o’qib-o’rganish evaziga matеmatika, arab tili va adabiyoti, sintaksis, badiyot ilmi, musiqa, falakiyot, falsafa, fiqh, notiqlik ilmi, qur'onni qiroat bilan o’qish va sharhlash kabi fanlardan chuqur bilimga ega bo’ldi. Chuqur bilim va kеng dunyoqarashga ega bo’lganligi bois Abdurahmon Jomiy xalq orasida shoir va olim sifatida shuhrat qozondi, hurmat-e'tiborga sazovor bo’ldi. Allomaning o’ta darajada kamtarligi ham uning xalq orasidagi obro’siga obro’ qo’shdi.

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish