ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Ishning tezligi to‘g‘risida 4 daqiqa ichida ko‘rib chiqilgan belgilarning umumiy miqdoriga qarab mulohaza qilinadi. Aniqlik to‘g‘risida esa 4daqiqa ichida qilingan xatolarning umumiy miqdoriga qarab mulohaza qilinadi. Har xil tekshiriluvchilarning ish qobiliyatlarini solishtirib ko‘ring, tekshirilgan funksional ko‘rsatkichlardan qaysi biri yuqoriroq informatsiyali bo‘lsa, ish qobiliyatini baholash uchun hisobga oling.
Sinf xonasining yoritilishi, isitilishi va ventilyasiyasini gigienik baxolash.
Ishdan maqsad: Sinf xonasining tabiiy va sun’iy yoritilishi, ventilyasiyasini aniklash va ularga gigienik baho berish.
Ish uchun zarur asboblar: Santimetr lenta, kitob va sinf xonasi.
Nazariy tushuncha: Odam ko‘zi yorug‘lik ta’sirida tashqi dunyodagi narsalarni ko‘radi. Sinf xonasini ratsional yoritilishi, ko‘rish organini asosiy xususiyatlariga asoslangan bo‘lishi kerak. YOritilish gigienik talablarga to‘g‘ri javob bergandagina, ko‘rishning va umumiy charchashning oldi olingan bo‘ladi.
Sinf xonasining tabiiy yoritilganligi kamida 150-200 lyuks bo‘lishi kerak. YOrug‘lik darajasi derazalarning joylashishi, o‘lchamiga, tozaligiga bog‘liq. Maktablarda asosan SHOD va SHLD lampalaridan foydalaniladi. SHOD va SHLD yoritgichlari ikki qatorga oltitadan o‘rnatiladi.
Bolalar mussasalarining mikroklimati ularning yoshi, iqlim sharoiti, yil fasllari, isitish tipi, bolalarning kiyimlari va boshqalariga qarab aniqlanadi.
1. Tabiiy yoritilishni gigienik baholash uchun quyidagilarni aniqlang:
a. Sinf derazalari partada o‘tirgan o‘quvchilarga nisbatan qaysi tomonda joylashganligini toping (YOrug‘lik o‘quvchilarga chap tomondan tushishi kerak).
b. Sinf xonasining yorug‘lik koefitsientini aniqlang. Buning uchun, derazalarning oynalangan yuzasini polning satxiga bo‘lgan nisbatini xisoblab chiqing. Namuna: sinfning umumiy satxi 48kv.m. xamma derazalarning oynalangan yuzasi 8kv.m., bo‘lsa sinfning yorug‘lik koeffitsienti 1:6 bo‘ladi. (Normada yorug‘lik koefitsienti 1:4,1:6 bo‘lishi kerak).
Sinflar, laboratoriyalar va ustaxonalarda yorug‘lik koeffitsienti qishloq maktablari uchun 1:6; shaxar maktablari uchun 1:4 yoki 1:5 bo‘ladi.
v. Deraza tokchasining polga nisbatan balandligini aniqlang. (Normada tokchaning balandligi 75-80sm. derazalar oralig‘i 50-75sm. bo‘lishi kerak).
g. Sinfning shifti, devori, panelini gigienik baholang. (Normada shift, devor, eshik va romlarning rangi oq, panelning uzunligi 1,30sm, rangi och sariq, och havo ranglarda bo‘lishi kerak).
d. Sinfning eng qorong‘i qismida tabiiy yorug‘lik etarliligini aniqlash uchun o‘quvchiga o‘sha erda kitobni 30-35 sm. uzoqlikda o‘qitib ko‘ring. Agarda kitobni qiynalmay o‘qisa tabiiy yorug‘lik etarli, qiynalsa etarli emas. Bunda sun’iy yorug‘likdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |