HAVO BILAN CHINIQTIRISH. Bolalarda moddalar almashinuvi yuqori bo`lganligi uchun kislorodga bo`lgan extiyoj ham kattadir. Shu munosabat bilan sog`lomlashtirish maqsadida bolalarni havodan baxramand qilish, bolalar bo`ladigan binolar to`g`ri va etarlicha shamollatib turishdan boshlamoq kerak.
Havoda chiniqtirish muolajalariga, havoda sayr qilib yurish, havo, havo-kuyosh vannalari qabul qilish usulidan foydalaniladi.
Umuman havo vannalarini havo temperaturasi soya joyda 20-22°S bo`ladigan yoz paytlarida boshlash tavsiya etiladi. Kichiq maktab yoshidagi o`quvchilar uchun bir necha muolaja 10-15 minut davom etadi va keyingi kunlarda 2-3 minutdan o`zaytirib boriladi.
QUYOSH NURIDA CHINIQTIRISH, Oftobga kam olib chiqiladigan bolalarda ko`pincha raxit yoki boshqa infektsion kasalliklar uchrab turadi. XIX-XX asrlardayoq olimlarning tekshirish ishlari raxit va boshqa kasalliklarni davolashda kuyosh nurining axamiyatli eqanligini ko`rsatib berdi. Odam va hayvonlar terisida vitamin D ning hosil bo`lishida ul’trabinafsha nurlarining ahamiyati borligi ham isbot etilgan.
Quyosh nuri ta`sirida, teriga qon kelishi kuchayadi. Natijada terida pigment moddalari to`planib boradi. Teri jigar rang to`sga kirib, ul’trabinafsha nurlari birmuncha chuqurroq qatlamdagi hujayralarga o`tkazmay qo`yadi.
Quyosh vannalaridan ehtiyot bo`lib, bilgan holda foydalanish kerak. Vannalarni ovqatlangandan so`ng 40-50 minut o`tgandan sung qabul qilish lozim. O`zbekiston sharoitida Quyosh vannalarini ertalab soat 9-10 gacha soya joyda havo temperaturasi kamida 20-22 °S va ko`pi bilan 32 °S, nisbiy namligi 55-60 % bo`lishi kerak. Quyosh vannalari olinayotganda bolalar oyoqlarini kuyoshga tomon o`zatib yoyishlari kerak.
SUV BILAN CHINIQTIRISH. Suv bilan chiniqtirish eng kuchli vositadir. Suvning issiqlik o`tkazuvchanligi va issiqlik sig`imi havoga qaraganda 23 baravar ortiqdir. Shu munosabat bilan suvning organizmda moddalar almashinuviga ta`siri chuqur o`zgarishlarga olib keladi. Suv bilan chiniqtirish past temperatura ta`siriga o`rgatish demakdir.
Chiniqtirish uchun dastavval maxalliy muolajalar, sovuq, suv bilan yo`z yuvish, oyoqni suvga solib ugirish (oyoq vannalari) oyoq, panjalarini chayish, badanni xo`l latta bilan ishqalab artish, boshdan suv kuyish, do`shda cho`milish xam qo`llaniladi.
Yuvinish iliqroq suv bilan boshlanadi, keyin esa suv temperaturasi uy temperaturasigacha pasaytiriladi. Kichiq sinf o`quvchilari uchun suv temperaturasi ni 15-16 °S gacha pasaytirish mumkin. Oyoqni suv vannasi qilishda, dastlab suv temperaturasi 34-35-36 °S bo`lishi, ikki kun o`tgandan keyin temperatura 24-20 °S tushgunicha har kuni 1° ga pasaytirib boriladi. Suv bilan chiniqtirishning eng kuchli usuli ochiq suv havzalari: daryo, dengiz yoki ko`llarda cho`milishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |