Tizimning PCI shinasi bilan konfiguraciyam bo`yicha) bosh plata deb ataluvchi ISAҒEISA, VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi.
Periferiya shinalari
Periferiya shinalari juda ham xilma-xildir.IDE (Integrated Drive Electronics), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Computer System Interface) lokal shinalari ko`proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi.Hozir keng tarqalgan AT Attachment (ASA) interfeysi, 1988 yilda IBM PC AT SHK foydalanuvchilariga taklif еtilib, Integrated Drive Electronics (IDE) nomi ostida keng ma`lum, bitta yig`uvchi sig`imini 504 Mbayt bilan chegaralaydi (bu sig`im «kallak—cilindr—sektor» an`anaviy adreslashning adres kengligi bilan cheklangan: 16 ta kallak x 102 ta cilindr x 63 ta sektor x 512 bayt sektorda q 504 Kbayt q 528482304 bayt) va 5-10 MbaytҒs qiymatlarni uzatish tezligini ta`minlaydi.
Kallaklar, silindrlar va sektorlar bo`yicha ham an`anaviy (lekin kengaytirilgan) adreslashni, ham logik bloklarni (Logic Block Adress LDA) adreslashni ishlatadigan Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE) interfeysi 840 Mbaytgacha disk sig`imini va 16 MbaytҒs gacha almashish tezligini ta`minlaydi. EIDE ga 4 tagacha yig`uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi mumkin. BIOS ning еski versiyalarida EIDE ni qo`llash uchun maxsus drayver kerak. ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma`lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 MbaytҒs gacha tezlikni ta`minlaydi ), ulanadigan yig`uvchilarning ko`p soni (7 donagacha) va maksimal sig`imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan 5—10 marta qimmatroq), o`rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8 bitli shinaga еga; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va ishchi stanciyalarida ishlatishga mo`ljallangan.
Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari
1996 yilda yangi universal ketma-ket shina USB (Universal Serial Bus) paydo bo`ldi, taxminlarga qaraganda u yaqin orada ketma-ket va parallel, klaviatura va sichqoncha portlarini almashtiradi— barcha qurilmalar bitta raz`yomga ulanadi va u ko`p sO’nli qurilmalarni Plug®Play texnologiyasining engilligi bilan o`rnatish imkonini beradi. Plug@Play texnologiyasi («ula va ishla») «issik» almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi, ya`ni qurilmalarni kompyuterni o`zmasdan va qayta yuklamasdan almashtiradi. Fizik biriktirilgandan so`ng qurilmalar to`g`ri anglanadi va avtomatik konfiguraciyalanadi. SHinaning o`tkazish qobiliyati 12 MbitҒs. Ko`p qurilmalarni: vinchesterlar, videokameralar, yuqori o`tkazish kobiliyatli printerlar va b. yaxshisi SCSI tipidagi interfeyslar va yangi standartlar: Fire Wire — «olovli sim» nomi bilan ma`lum bo`lgan IEEE-1394 va AGP (Accelerated Graphics Port — tezlashtirilgan grafikli porti ) orqali ulagan ma`quldir. Xususan, o`ta tezkor raqamli ketma-ket shina Fire Wire yuqori ishonchlilik va qiymatlarni uzatishning yuqori sifati bilan tavsiflanadi, 400 MbitҒs o`tkazish qobiliyatiga еga, uning bayonnomasi vaqt bo`yicha kritik ma`lumotlarni kafolatli uzatilishini ta`minlaydi, bunda video va audioxabarlarning haqiqiy vaqt o`lchamlarida sezilarli buzulishlarsiz o`tishi taninlanadi. Fire Wire shinasi yordamida Plug@Play texnologiyasi bo`yicha katta miqdordagi va amalda istalgan konfiguraciyadagi turli xil qurilmalarni bir-biriga ulash mumkin, bu bilan u oddin aytib o`tilgan SCSI tipidagi qiyin konfiguraciyalanadigan periferiya shinalaridan keskin farq qiladi.
Kuchliroq kompyuter tizimlari uchun (lokal tarmoqdar, maynfreylar) yaxshi tanilgan, oson murojaat qilinadigan va unchalik qimmat bo`lmagan 10 Base-T Externet shinasini va 1 GbitҒs o`tkazish qobiliyati bilan ishlaydigan Fibre Channel shinasini tavsiya еtish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |