U.M.P.K80 o’quv labaratoriya stendi strukturasi va unda adreslashni o’rganish. Ishdan maqsad: Aloxida komandalarni va oddiy programmalarni bajarilishini tekshirish; Programmalashda adreslashni turli usullarini qo’llash; Programmalarni yozish.
Qisqacha Nazariy Malumotlar. KR580IK80 mikroprosessori majmui belgilangan komandalar tarkibiga ega. Komandaning bajarilish vaqti, uning hotiradan olinish, dekodlash va ishlash jarayonlarining kechish vaqtlari bilan aniqlanadi. Bu vaqtni qator nisbatan kichik bo’lgan vaqt oraliqlaridan iborat deb qarash mumkin. Eng kichik vaqt oralig’i MP KIS ning sinxrosignali davriga teng bo’lgan vaqt oralig’I bo’lib u mashina takti deb ataladi. Bir baytga teng bo’lgan axborotni xotiradan yoki tashqi qurilmadan o’qish yoki komandani bajarish uchun ketgan vaqt mashina sikli deb ataladi. MP KIS ni mashina sikli odatda 3-5 mashina taktidan iborat boladi. Komandaning qandayligiga qarab uning bajarilish vaqti 1-5 mashina siklidan iborat bolishi mumkin. Mp KIS da 10-ta xar xil turdagi mashina sikllari mavjuddir: - komanda kodini xotiradan o’qish (M1 sikl), malumotlarni xotiradan o’qish, malumotlarni xotiraga yozish, stekdan malumotlarni olish, stekka yozish, malumotlarni tashqi qurilmadan kiritish, tashqi qurilma xotirasiga yozish,uzilishga xizmat ko’rsatish, to’xtab turish va to’xtab turish rejimida uzilishga xizmat ko’rsatish. Xar qanday komandani xotiradan o’qish paytida M1 mashina sikli birnchi bo’lib bajariladi.
MP KIS o’zining kirishidaga “ГОТОВ” (tayyor) signali xolatini xar bir mashina sikli boshlanishidan oldin tekshirib turadi. Bu kirishdagi signal nol xolatiga o’tsa, MP KIS o’z ishini to’xtatadi va mikro-EXM magistrallariga shu mashina siklida uzatilayotgan hamma axborot chiqariladi. O’quv mikro-EXM mida bu xolat komandalarini mashina taktlari bo’yicha bajarilishini tekshirishda ishlatiladi. Mikro-EXM magistrallaridagi axborot esa yorug’lik diodlari yordamida kuzatib boriladi. Programma mikro-EXM xotirasining ketma-ket joylashgan yachaykalariga (kataklariga) yoziladi. Oddiy programmalardan birini ko’rib chiqamiz . Bu programma OXKning 0B00 adresida yozilgan sonni o’qiydi, uning inkorini topadi va natijani 0B10 adres boyicha xotiraga yozadi.
Dastur kodi:
LDA 0B00; Azu dagi 0B00 adresdagi qiymatni akmulyatorga (A) yozadi.
CMA (2F); (A) da saqlanayotgan qiymat inkorini chiqaradi.
STA 0B10; (A) dagi qiymat inkorini AZU ning 0B10 adresiga yozadi.
RST 1; dastur yakunlanganini bildiradi.