Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun. 11.12.2003 y. 560-II
Qosimov S.S. Axborot texnologiyalari. T. 2006 yil.
G‘ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari.T., «Sharq», 2000 y.
Nazariy №8
Mavzu: Кompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini o’rganish jarayoni. Markaziy protsessor qurilmasining tuzilishi: boshqarish qurilmasi, arifmetik mantiqiy qurilma va registrlar to’plamlari.
Reja:
Кompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari.
Markaziy protsessor qurilmasining tuzilishi.
Boshqarish qurilmasi, arifmetik mantiqiy qurilma va registrlar to’plamlari.
Tizimli bloki bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprosessor, qattik disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta`minlovchi blok va disk yurituvchilari hamda boshqa qurilmalar joylashadi. Bu sistema blokiga hamma tashqi qurilmalar bog’lanadi va u ularning ishini ta`minlaydi. Sistema blokning asosiy qismlari:
Mikroprosessor yoki protsessor komp'yuterning miyyasi. Komp'yuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta`minlaydi. U kichkina, turtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagertslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
Qattik disk yoki vinchester tashqi xotira. Ma`lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattik disk nomidan kelib chiqqan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo’lgan va bu mashxur Winchester miltikning kalibrga o’xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
Tezkor xotira mikrosxemalari komp'yuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo’lgan ma`lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Komp'yuter uchirilgandan keyin shu xotiradagi ma`lumotlar yuqotiladi.
Kesh xotira mikrosxemalari komp'yuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko’p ishlatilgan ma`lumotlarni saqlash uchuí foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o’rtasida joylashadi.
Kontroller yoki adabterlar ular har xil tashqi kurilmalar ishini ta`minlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmok platasi va b).
Ona platasi Motherboard asosiy elektrosxema bo’lib unga protsessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari urnatiladi, qattik disk va disk yurituvchilari ulanadi.
Disk yurituvchilari bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma`lumotlarni o’qish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi.
Elektr ta`minlovchi blok har bir qismning o’ziga mos elektr-quvvat extiyojini ta`minlovchi blok.
Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.
Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard — Asosiy plata; материнка) Shaxsiy kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ, yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata. Odatda ona platada razyomlar (slotlar) joylashgan bo’ladi.
Operativ xotira(RAM)
RAM - Random Access Memory (tanlov asosida ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan xotira) Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu ma’lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma. Registr triggerlardan tashkil topadi. Triggerlarning miqdori kompyuter necha razryadli ekanligini ko’rsatadi. Registr (uyacha) larning har bir razryadiga 1 bit axborot to’g’ri keladi. 8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi. Har 1 bayt o’z tartib raqami(adresi)ga ega bo’ladi. Uyachaning uzO’nligi mashina so’zi uzO’nligini belgilab beradi.
HDD (ingl. Hard Disk Drive – qattiq disk qurilmasi) kompyuterning tashqi xotirasi bo’lib, sistema blokiga o’rnatiladi hamda ma’lumotlarni saqlashda ishlatiladi. Uning hajmi bir necha 10 Gbaytdan - 10 Tbaytgacha yetadi. Vinchestor deganda, silindrsimon germetik idishda joylashtirilgan, bir o’qqa mustahkamlangan ustma - ust disklar majmui tushuniladi. 1 - vinchestor 1973 - yilda IBM firmasi tomonidan 3340 modelida yaratilgan.
Tizimli yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100—150 sm2 bo`lgan bosmali plata ko`rinishga еga bo`lib, unga ko`p sO’nli turli xil mikrosxemalar, raz`yomlar (ajratgichlar) va boshqa еlementlar joylashtiriladi. Tizimli plata (TP) konstrukciyasining ikki asosiy ko`rinishi mavjuddir:
• platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan — hozir bunday platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda;
• bevosita tizimli platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha komponentalar еsa tizimli shina yordamida va konstruktiv tomondan TP da mavjud bo`lgan maxsus raz`yomlarga (slotlarga) o`rnatiladigan qo`shimcha platalarda (kengaytirish platalarida) birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali arxitekturali hisoblash tizimlariga taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |