O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR
VA SUG'URTA” KAFEDRASI
"MENEJMENT"
FANIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI BAJARISH BO’YICHA
SIRTQI TA'LIM TALABALARI UCHUN
USLUBIY KO'RSATMA
T OSHKENT-2021
Ushbu uslubiy ko'rsatma DTS va o’quv rejalariga asosan ishlab chiqilgan bo’lib, “Menejment” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Menejment” (2-3 modullar. Menejment) fanidan mustaqil ta'limni bajarish va ularni baholash tartibini belgilab beradi.
Tuzuvchilar:
|
Sobirjonov S.S.
|
-
|
TMI, “Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar
va sug'urta” kafedrasi kata o’qituvchisi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Fattaxov A.A
|
-
|
TDIU, “Marketing” kafedrasi i.f.d., prof
|
|
Nabiyev E.G
|
-
|
TMI, “Menejment va marketing” kafedrasi i.f.d., prof
|
“Menejment” (2-3 modullar. Menejment) fanidan mustaqil ta'limni bajarish va ularni baholash bo’yicha uslubiy ko'rsatma kafedra (2021 yil __ _____ dagi __-sonli) majlisida muhokama etilib, foydalanishga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri E.Ergashev
Mustaqil ta`limni bajarish bo`yicha uslubiy ko’rsatma institut o’quv-uslubiy Kengashining 2021 yil __ _______ dagi _-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
O’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Tuychiyev
KIRISH
“Menejment” sirtqi ta'lim yo'nalishi bo'yicha tayyorlanayotgan kadrlarning ilmiy va nazariy jihatdan iqtisodiy bilimlarini va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o'ynovchi “Menejment” (2-3 modullar. Menejment) fanidan talabalarga “Menejment” fanining predmeti, obyekti va metodi, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi, boshqaruv maqsadi va funksiyalari, boshqarishning tashkiliy strukturalari, boshqarish usullari menejerni rahbarlik uslubi va boshqaruvdagi o’rni, boshqaruv qarorlarni qabul qilish, ishlab chiqarishni boshqarish, mehnat jamoalarini rejalashtirish va boshqarish, menej-mentda motivlashtirish, boshqarishda axborot va kommunikatsiya, marketing nazariy asoslari, marketing tizimida axborot ta’minoti, marketing muhiti, bozorni va iste’molchilarni o’rganish, marketing tizimida tovar siyosati, marketing tizimida narx siyosati, marketingda kommunikatsion siyosati kabi masalalarni bo'yicha chuqur nazariy bilim berish kabi masalalarni qamrab olgan.
Uslubiy ko'rsatmani tayyorlashda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug'i 1-ilovasiga asosan tasdiqlangan "Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo'yicha Yo'riqnoma"dan me'yoriy-huquqiy hujjat sifatida foydalanildi.
Mazkur uslubiy ko'rsatmaga “Menejment” sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Menejment” (2-3 modullar. Menejment) fanidan mustaqil ta'limni bajarish va ularni baholash tartibiga doir tavsiyalar keltirilgan.
Uslubiy ko'rsatmada keltirilgan tavsiyalar mustaqil ta'limni bajarish doirasidagi uslubiyat hamda shakllar asosida o’rganib chiqilgan bo’lib, ularning ifodasi ko'rsatmada o’z aksini topgan. Barcha ishlanmalarda bo’lgani holda ushbu uslubiy ko'rsatma ham kamchiliklardan xoli emas, shuning uchun ko’rsatma yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni mualliflar e’tirozsiz qabul qiladi.
1. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta‘lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, uning nazariy jihatlarini o‘rganishda fanning biror bir mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta‘limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’lim uchun o`quv va ishchi o’quv rejada soat ajratilgan.
Mavzuni yoritish jarayonida iqtisodiy nazariya, moliya, davlat byudjeti, soliq menejmenti hamda soliq sub’ektlari faoliyatiga taalluqli va ularni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga etkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko’chirmalar tarqatma material sifatida o’rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o’rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi hamda ularning rasmiy saytlaridan yangi ma’lumotlarni olib foydalanish lozim.
II. Mustaqil ta'limni bajarilishi
Mustaqil ta'limni bajarilishi jarayonida turli manbalardan axborotlar yig’ish va ularni jamlashda, yozma ravishda o’zining fikrini bayon etishda, auditoriya oldida o’zining ravon nutqi bilan chiqishda talabaning malakasi shakllanadi va oshadi. Talaba kutubxonalarda faqat adabiyotlar bilan ishlashda cheklanmasdan, balki davlat tashkilotlari, davlat soliq xizmati organlari, statistika boshqarmasi, jurnal, ro’znoma va internet saytlari ma’lumotlaridan foydalanishni bilish lozim. Shuningdek, har bir talaba olingan zaruriy ma’lumot va axborotlarni to’g’ri va aniq tahlil qilishi muhimdir.
Mustaqil ta'limni tashkil etishda talabaning akademik o'zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
fanning ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish, o'quv manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rib kelish;
ma'lum tanlangan mavzu bo'yicha referat tayyorlash;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezislar va ma'ruza tayyorlash;
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash;
uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Fan hususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o'ylab ishlab chiqilgan va ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lib, talabalarning auditoriya mashg'ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to'ldirishga xizmat qilishi kerak.
Mavzuni mustaqil o'zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o'quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga hizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e'tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko'rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o'quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o'zlashtirish qiyin bo'lsa, savollar paydo bo'lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h-k.) o'qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o'zlashtirilgan mavzu bo'yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
Mustaqil ta'limni bajarishning keng tarqalgan shakli taqdimotdir.Talabalar taqdimotni seminar darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o’rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o’z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak.
Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba mavzu doirasidagi adabiyotlar bilan ishlashi, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o’rganadi. Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o’zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja savollari tuziladi va shu reja asosida mavzu yoritiladi.
Mustaqil ta’lim taqdimot ko’rinishida bo’lsa, u Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varog’i, mavzu, reja va slaydlardan iborat bo’lishi kerak.
Mustaqil ta'limni bajarishning yana bir shakli “Referat tayyorlash”dir. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |