Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


XVII bob. Belorus Respublikasi soliq tizimi



Download 4,93 Mb.
bet60/103
Sana18.07.2022
Hajmi4,93 Mb.
#821243
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

XVII bob. Belorus Respublikasi soliq tizimi.




17.1. Belorus soliq tizimi huquqiy asoslari, respublikadagi soliqlar va boshqa to’lovlar tuzilmasining tarkibiy tuzilishi.


Belorus Respublikasi soliq tizimi asoslari 1991 yil 20 dekabrdagi №21323-XII–sonli «Belorus respublikasi byudjetiga undiriladigan soliqlar va yig’imlar haqida»gi (qo’shimchalar va o’zgartirishlar bilan) qonun bilan aniqlangan. Ushbu qonunda ko’zda tutilgan soliq va yig’imlardan tashqari respublika byudjetiga qonunchilik tomonidan o’rnatilgan soliqdan tashqari ham to’lovlar kelib tushadi. Soliqlar va yig’imlarni mahalliy byudjetlar hisobiga yozish «Belorus Respublikasida mahalliy va o’z-o’zini boshqarish haqida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Umumdavlat soliqlaridan mahalliy byudjetlar hisobiga o’tkazish miqdorlari har yili byudjet tasdiqlanganda Belorusiya Respublikasi qonuni bilan o’rnatiladi. Soliqqa tortish ob’ektlari, to’lov tartibi, stavkalari hamda, imtiyozlar har bir soliq va yig’im turi bo’yicha respublika soliq qonunchiligining maxsus aktlari bilan ko’zda tutiladi26.


17.2. Belorussiyada asosiy soliq turlari. Korxonalarning foyda solig’ini to’lash tartibi.


Belorus Respublikasi soliq tizimi 26 ta soliq va boshqa to’lovlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, ayrim soliqlar bir nechta mustaqil to’lovlar turidan tashkil topgan. Masalan, yo’l jamg’armasiga to’lovlar 7 xil turli soliqlarni, yig’imlar va chegirmalarni o’z ichiga oladi hamda ularning har biri o’z soliq manbai bo’yicha hisob-kitob uslubiga ega. Belorusiya Respublikasi soliq tizimidagi muhim soliq turlaridan biri QQS hisoblanadi. Evropa Ittifoqi Hamdo’stligi mamlakatlarida byudjetga tushadigan tushumlarning jami miqdorining o’rtacha 10–20 foizi QQS ulushiga to’g’ri kelsa, Belorusiyada bu miqdor 25 foizdan ortiqroqni tashkil qiladi. QQSni hisoblash tartibi Belorusiyada ham xuddi Rossiyadagi kabidir. Asosiy stavka – 20 foiz, shu bilan birga 10 foiz va nolinchi foizli stavkalar ham qo’llaniladi. 10 foizli stavka bo’yicha Respublika hududida chorvachilik mahsulotlarni o’simlikshunoslik, baliqchilik, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar uchun mahsulotlari sotilganda; sartaroshxona, ximchistka xizmatlari, kiyim kechak, oyoq-kiyim, soatlar, murakkab uy-ro’zg’or texnikasi va yana boshqa ayrim tovar va xizmatlar soliqqa tortiladi. Nol foizli stavka eksport qilinadigan mahsulotlarga (Rossiyaga eksport qilishdan tashqari), qurilish ishlariga, transport xizmatlariga qo’llaniladi.
Aksizlar bo’yicha soliqqa tortiladigan ob’ektlarning soliq manbai, aksiz osti tovarlar ro’yxati Belorusiya va Rossiyada qariyib bir-biriga mos keladi. Belorusiyadagi aksizlarni hisoblash xususiyatlari shundaki, unda Rossiyadagi kabi nafaqat maxsus stavkalar balki umumlashtirilgan stavkalar ham qo’llaniladi. Buning ustiga malum tovarlar turiga maxsus stavkalar milliy valyutadagina emas, balki evroda ham o’rnatilgan. Masalan, quyidagi aksiz stavkalari mavjud: ko’piklanadigan va shampan vinosiga 1 litrga 60 Belorus rubli, mikroavtobuslar va yengil avtomobillarga–10 foiz, neft-1 tonnasiga 16,5 evro, dizel yoqilgisini–1 tonnasiga 50 belorus rubli va hokazo.
Korxonalar foydasidan olinadigan soliq 30 foizli stavka bo’yicha undiriladi. Dividendlar va yuridik shaxslarning unga tenglashgan daromadi 15 foiz stavka bo’yicha soliqqa tortiladi, bunda soliq daromad to’laydigan manbada saqlanib qoladi. Foyda solig’i bo’yicha ko’plab imtiyozlar belgilangan. Xususan, nogironlar va nafaqaxo’rlar mehnatidan foydalanidigan tashkilot foydasi soliqqa tortilmaydi (ammo savdo-sotiq, va vositachilik faoliyati bundan mustasno).
Qishloq xo’jalik korxonalarining etishtirgan o’simlik, chorvachilik, baliqchilik, asal-arichilik mahsulotlarini sotishdan olgan foydasidan soliq olinmaydi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari, yong’inga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari uchun ishlatilgan bo’lsa soliqqa tortiladigan foyda, foyda solig’i summasiga kamayadi.



Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish