16.2. Rossiya Federatsiyasi iqtisodidagi soliqlarning guruhlanishi. Soliq turlari.
Rossiya Federatsiyasidagi soliq tizimida soliqlar quyidagi 3 turga bo’linadi:
federal soliqlar;
respublika soliqlari va RF tarkibiga kiruvchi respublikalardan, milliy-davlat va ma’muriy tashkilotlardan, bu respublikalar qonunlari va bu tashkilotlar davlat tashkilotining qarorlari tomonidan belgilanuvchi pul yig’imlari;
hukumatning mahalliy tashkilotlari tomonidan RF va RF tarkibiga kiruvchi respublikalarning qonuniyatlariga muvofiq belgilanuvchi mahalliy soliqlar va pul yig’imlari.
Federal soliqlarga quyidagilar kiradi:
qo’shimcha qiymat solig’i;
tovarlarning alohida guruhlari va turlariga aksiz soligi;
banklarning daromad soligi;
sug’urta faoliyatidan tushgan daromadlardan olinadigan soliq;
banklar va ularning shoxobchalarini ro’yxatga olish uchun pul yig’imi;
qimmatbaho qog’ozlar jarayonlaridan olinadigan soliq;
bojxona bojlari;
xom ashyo-material manbaini tiklash uchun RF byudjetdan tashqari maxsus fondga kiritiluvchi to’lovlar;
tabiiy zahiralardan foydalanish uchun to’lovlar;
jismoniy shaxslarning daromad solig’i;
korxonalarning daromad solig’i;
yo’l fondlarini tashkil etuvchi manba bo’lib xizmat qiluvchi soliqlar;
tamg’a pul yig’imi;
davlat boji;
vorislik va hadya tartibida boshqa shaxslarga o’tish mulkiga soliq;
«Rossiya», «Rossiya Federatsiyasi» nomlari va shu asosda tashkil topuvchi so’zlar va so’z birikmalarini ishlatish uchun pul yig’imi;
korxonalarga transport solig’i.
Federal soliqlar (shu jumladan, stavkalarining miqdorlari), soliqqa tortilish ob’ektlari, soliq to’lovchilar va soliqlarning byudjetga yoki byudjetdan tashqari fondlarga kiritish tartibi RF qonun hujjatlari bo’yicha belgilanadi va Federatsiyaning butun hududida olinadi. Barcha respublika soliqlari umum majburiydir.
RF tarkibidagi respublikalar, o’lkalar va viloyatlar, avtonom viloyat, avtonom okruglarning soliqlariga quyidagi soliqlar kiradi:
1) korxonalarning mulkiga soliq, soliq bo’yicha to’lov summalari baravar hissalarda RF tarkibidagi respublikalar, o’lkalar va viloyatlarning respublika, o’lka, viloyat byudjetiga, avtonom viloyatning viloyat byudjetiga, avtonom okruglarning okrug byudjetiga va soliq to’lovchilarning turadigan joylaridagi tumanlarning tuman byudjetiga, shaharlarning shahar byudjetiga o’tkaziladigan soliqlari;
o’rmon solig’i;
korxonalardan suv xo’jaligi tomonidan olinadigan suv uchun to’lov;
tabiiy zahiralar uchun respublika to’lovlari.
Soliqlar RF qonuniyat hujjatlari bilan belgilanadi va uning barcha hududlarida olinadi. Bunda aniq stavkalar agar RF qonuniyat hujjatlari bilan boshqacha belgilanmagan bo’lsa, RF tarkibidagi respublikalar qonunlari yoki o’lkalar, avtonom viloyatlar, avtonom okruglarning davlat tashkilotlarining qarorlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |