Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

Nazorat uchun savollar
1. Tarmoqda signallarning kuchsizlanib qolishiga sabab nima?
2. Tarmoqda repiter nma uchun ishlatiladi?
3. Tarmoqda kabellarni o‘tkazishda qanday qoidalarga rioya qilish 
kerak?
4. Tarmoqda nechta repiterdan foydalanishni qanday bilish mum-
kin? 
5. Kross-panel vazifasi nimalardan iborat?
6. Kabelni siqish deganda nimani tushinasiz? 
7. RY-45 konnektor kontaktlarini nomerlash tartibi qanday?
8. T568A va T568V sxema bo‘yicha o‘tkazgichlarni joylashishini 
tushuntiring.
9. Kabel siqilish algoritmining ketma-ketligini bayon qiling.


– 190 –
XI bob. SIMSIZ TARMOQNI QURISH
11.1 Simsiz tarmoq ishini tashkil qilish
Simsiz tarmoqni tashkil qilish har qanday boshqa tar-
moqning biror bir variantini tashkil qilishdan oson, chunki 
axborot o‘tkazish muhiti tayyor bo‘ladi va mantaj ishlarini 
olib borishga zarurat yo‘q. Faqat simsiz tarmoqni tashkil 
qilishda bog‘lanish nuqtasini o‘rnatish uchun joy tanlash-
ga to‘g‘ri keladi. Unga shunday hisobdan joy tanlash ke-
rakki, signal hamma simsiz ish stansiyalarining qabul qilishi 
uchun bir xilda bo‘lishi kerak. Simsiz tarmoqni loyihalashda 
bog‘lanish nuqtasini o‘rnatish joy tanlangan bo‘lsa, u holda 
biz loyiha jarayonida asoslangan va optimal deb hisoblangan 
joyiga o‘rnatib amalda to‘g‘ri ekanligini tekshirishga o‘tamiz. 
Buni amalga oshirish oson: joylashishi bo‘yicha qarama-
qarshi bo‘lgan bir necha komp’yuterlarni ishga tushiramiz va 
bog‘lanish nuqtasi bilan aloqani sozlashga urinamiz. Agarda 
birinchi urinishda aloqa o‘rnatilsa, o‘zimizni tabriklashimiz 
mumkin – demak simsiz tarmoqni loyihalashtirish muvaffa-
qiyatli o‘tdi. Agarda aloqa o‘rnatishda uzilishlar sodir bo‘lishi 
kuzatilsa, u holda bog‘lanish nuqtasini ish joylariga yaqinroq 
joylashtirish kerak bo‘ladi va qo‘shimcha bog‘lanish nuqtasini 
o‘rnatish kerak, u qolgan komp’yuterlarni ham signal bilan 
qoplaydi. Agarda qo‘shimcha bog‘lanish nuqtasi o‘rnatilgan 
taqdirda ham aloqa yaxshi o‘rnatilmasa, yana bir usuldan 
foydalanish mumkin. Bog‘lanish nuqtalarini «o‘ralgan juft» 
kabeli yordamida ulashni amalga oshirish kerak. Bu tadbir 
ularni maksimal qoplash radiusi ta’minlangan joyga o‘rnatish 
imkonini yaratadi va bir vaqtning o‘zida bog‘lanish nuqta-
lari o‘rtasida maksimal tezlikda axborot uzatish hosil qilina-
– 191 –
di. Simsiz tarmoq yaratishda maksimal tezlikka bog‘lanishni 
xohlasangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qilishingiz kerak 
bo‘ladi:
Signalning ko‘rsatkichlari va tarmoqning ishlash tezligi 

ish joyining bog‘lanish nuqtasidan qancha masofada 
joylashganligiga bog‘liq. Shu sababli axborotni maksimal 
uzatish tezligi bog‘lanish nuqtasi bilan komp’yuterlar 
o‘rtasidagi masofa iloji boricha kam bo‘lishi kerak.
To‘siqlar qancha kam bo‘lsa signal shunchalik kuchli 

bo‘ladi. Komp’yuterlarni bog‘lanish nuqtasi bilan to‘g‘ri 
ko‘rinish hududiga joylashtiring.
Turli standartlarga mansub qurilmalardan foydalan-

mang. Bir standartga tegishli qurilmalardan foydalanil-
ganda nazariy jihatdan maksimal ishlash tezligiga eri-
shish ehtimoli hosil bo‘ladi.
Turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan foyda-

lanish ham tavsiya etilmaydi. Bir ishlab chiqaruvchinig 
qurilmalaridan foydalanilganda axborotlarni uzatish 
tez ligini oshirish imkoni hosil bo‘ladi.
Bir necha bog‘lanish nuqtalaridan foydalanilgan taqdir-

da, axborotlarni uzatishning umumiy tezligi pasayib 
ketadi, ayniqsa eng uzoqda joylashgan tarmoq sigmenti 
o‘rtasida. Shu sababli quvvati yuqori bo‘lgan bog‘lanish 
nuqtasidan foydalaning yoki ularni kabel yordamida 
o‘zaro ulashdan foydalaning. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish