– 190 –
XI bob. SIMSIZ TARMOQNI QURISH
11.1 Simsiz tarmoq ishini tashkil qilish
Simsiz tarmoqni tashkil qilish har qanday boshqa tar-
moqning biror bir variantini tashkil qilishdan oson, chunki
axborot o‘tkazish muhiti tayyor bo‘ladi va mantaj ishlarini
olib borishga zarurat yo‘q. Faqat simsiz tarmoqni tashkil
qilishda bog‘lanish nuqtasini o‘rnatish uchun joy tanlash-
ga to‘g‘ri keladi. Unga shunday hisobdan joy tanlash ke-
rakki, signal hamma simsiz ish stansiyalarining qabul qilishi
uchun bir xilda bo‘lishi kerak. Simsiz tarmoqni loyihalashda
bog‘lanish nuqtasini o‘rnatish joy tanlangan bo‘lsa, u holda
biz loyiha jarayonida asoslangan va optimal deb hisoblangan
joyiga o‘rnatib amalda to‘g‘ri ekanligini tekshirishga o‘tamiz.
Buni amalga oshirish oson: joylashishi bo‘yicha qarama-
qarshi bo‘lgan bir necha komp’yuterlarni ishga tushiramiz va
bog‘lanish nuqtasi bilan aloqani sozlashga urinamiz. Agarda
birinchi urinishda aloqa o‘rnatilsa, o‘zimizni tabriklashimiz
mumkin – demak simsiz tarmoqni loyihalashtirish muvaffa-
qiyatli o‘tdi. Agarda aloqa o‘rnatishda uzilishlar sodir bo‘lishi
kuzatilsa, u holda bog‘lanish nuqtasini ish joylariga yaqinroq
joylashtirish kerak bo‘ladi va qo‘shimcha bog‘lanish nuqtasini
o‘rnatish kerak, u qolgan komp’yuterlarni ham signal bilan
qoplaydi. Agarda qo‘shimcha bog‘lanish nuqtasi o‘rnatilgan
taqdirda ham aloqa yaxshi o‘rnatilmasa, yana bir usuldan
foydalanish mumkin. Bog‘lanish nuqtalarini «o‘ralgan juft»
kabeli yordamida ulashni amalga oshirish kerak. Bu tadbir
ularni maksimal qoplash radiusi ta’minlangan joyga o‘rnatish
imkonini yaratadi va bir vaqtning o‘zida bog‘lanish nuqta-
lari o‘rtasida maksimal tezlikda axborot uzatish hosil qilina-
– 191 –
di. Simsiz tarmoq yaratishda maksimal tezlikka bog‘lanishni
xohlasangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qilishingiz kerak
bo‘ladi:
Signalning ko‘rsatkichlari va tarmoqning ishlash tezligi
●
ish joyining bog‘lanish nuqtasidan qancha masofada
joylashganligiga bog‘liq. Shu sababli axborotni maksimal
uzatish tezligi bog‘lanish nuqtasi bilan komp’yuterlar
o‘rtasidagi masofa iloji boricha kam bo‘lishi kerak.
To‘siqlar qancha kam bo‘lsa signal shunchalik kuchli
●
bo‘ladi. Komp’yuterlarni bog‘lanish nuqtasi bilan to‘g‘ri
ko‘rinish hududiga joylashtiring.
Turli standartlarga mansub qurilmalardan foydalan-
●
mang. Bir standartga tegishli qurilmalardan foydalanil-
ganda nazariy jihatdan maksimal ishlash tezligiga eri-
shish ehtimoli hosil bo‘ladi.
Turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan foyda-
●
lanish ham tavsiya etilmaydi. Bir ishlab chiqaruvchinig
qurilmalaridan foydalanilganda axborotlarni uzatish
tez ligini oshirish imkoni hosil bo‘ladi.
Bir necha bog‘lanish nuqtalaridan foydalanilgan taqdir-
●
da, axborotlarni uzatishning umumiy tezligi pasayib
ketadi, ayniqsa eng uzoqda joylashgan tarmoq sigmenti
o‘rtasida. Shu sababli quvvati yuqori bo‘lgan bog‘lanish
nuqtasidan foydalaning yoki ularni kabel yordamida
o‘zaro ulashdan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: