Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

10.6. Kross-panel montaji
Tarmoq rozetkasi kabi, kross-ponel ham kabel nima maqsad 
bo‘yicha ishlatilishidan qat’i nazar kabelni ulashning qulay vo-
sitasidir. Kross-panel bo‘lgan holda, kabelni markaziy boshqa-
rish uzelidagi kross-panel porti bilan, masalan, kommutatorni 
ulashda foydalaniladi. «O‘ralgan juft» kabellarini montaj qilish 
uchun ham kontakt maydonchalaridan foydalaniladi, ularning 
soni kross-panelidagi portlar soniga bog‘liqdir.


– 184 –
10.3-rasm. Kontakt maydonlarida o‘tkazgichlarni mahkamlash.
Kontakt maydonchalarining tashqi ko‘rinishi va u bilan ish-
lash usuli amalda tarmoq rozetkasi bilan bir hal bo‘ladi. Farq 
faqat kontakt maydonining o‘lchamida va tashqi ko‘rinishida 
hamda kabelni mahkamlash usulida bo‘lishi mumkin.
Simlarni ulash uchun siqishda esdan chiqarmangki, u tar-
moq rozetkalari va konnektorlarini ulash uchun siqish tartibini 
qaytarish kerak bo‘ladi.
Faqat birgina holatga e’tibor berish talab etiladi, u ham 
bo‘lsa ishni tartibli bajarish navbatdagi kabelni siqishdan so‘ng 
albatta kontakt platasiga kabelni mahkamlang.
Kross-panelidagi hamma portlar siqib bo‘lingandan so‘ng, 
barcha kabel tizimi bu ishga mo‘ljallangan mexanizm bilan 
mahkamlab qo‘yiladi, u mexanizm kross-panel ortiga joylash-
gan bo‘ladi.
10.7. Kabelni siqish
Mahalliy tarmoq o‘lchamiga va uni yaratishdan yonda shish 
usuliga qarab «o‘ralgan juft» kabelidan foydalanilgan bo‘lsa 
uni siqish jarayoni oxirgi bosqich va so‘ngisi bo‘ladi. Chunki, 
agarda mahalliy tarmoq kam xarajat bilan yaratilgan bo‘lsa, 
kerakli uzunlikdagi kabel bo‘laklarini siqish tarmoq yaratish 
uchun zurur bo‘lgan bitta operatsiya bo‘ladi.
– 185 –
Agarda gap yetarli darajada katta mahalliy tarmoq haqida 
bo‘lsa, u holda birinchi navbatda montaj shkafini, koroblar mon-
tajini, tarmoq rozetkalarining va kross-panelni o‘rnatish hamda 
shundan so‘ngina kabellarni siqish ishlari amalga oshi 
riladi.
Aytib o‘tish kerakki, katta bo‘lmagan ofis yoki uy tarmoq-
larini yaratish davrida kabellarni siqishga zarurat bo‘ladi. Katta 
o‘lchamli tarmoqlar uchun esa tayyor patch-kordlar va kross-
kordlardan foydalanishni nazoratda tutiladi. Shunga qaramay 
siqish qoidalarini bilish va bu yo‘nalishda malaka orttirish 
zarur, baribir ertami kechmi qo‘shimcha qurilmalarni ulash 
uchun qo‘shimcha kabel o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Shu sa-
babli bu jarayonni batafsil patch-kord yaratish misoli orqali 
ko‘rib chiqamiz. «O‘ralgan juft» kabelini siqish uchun RJ-45 
konnektoridan foydalaniladi, bu esa mavjud tarmoq standart-
lari tomonidan belgilab berilgan va bu kabel o‘tkazish muhi-
ti sifatida ishlatiladi. Konnektordagi kontaktlar 10.4-rasmda 
keltirilgandek nomerlanadi. 
10.4-rasm. RJ-45 konnektorida kontaktlarni raqamlanishi.
Kabelni siqishda mavjud ma’lum qoidalarga rioya qilish 
talab etiladi. Ishlatilayotgan standartdan qat’i nazar simlarni 
ulashdagi maxsus tartibga rioya qilish kerak, yuqorida aytilgani 
kabi, bu tartibni ish olib borishdagi hamma bosqichlarida amal 
qilish kerak.
Amaliyotda siqish yoki qisish sxemasining ikki usulidan 
foydaniladi. 


– 186 –
10.1-jadval
Simlarni T568A va T568V sxemasi bo‘yicha joylashtirish.
Kontakt raqami
1
Oq-yashil
Oq-to‘q sariq
2
Yashil
To‘q sariq
3
Oq-to‘q sariq
Oq-yashil
4
Ko‘k
Ko‘k
5 Oq-ko‘k
Oq-ko‘k
6
To‘q sariq
Yashil
7
Oq-malla
Oq-malla
8
Malla
Malla
Ikkala sxema o‘rtasida keskin tafovut yo‘q, shuning uchun 
o‘zingizga qaysi biri ma’qul bo‘lsa, o‘sha sxemadan foydala-
nishingiz mumkin.
Kabelni siqish vaqtida quyidagi algoritmga rioya qilishingiz 
mumkin.
1. Kabel uchiga izolyatsiya qopqog‘ining keng uchi ka-
bel uchiga ishlov beriladigan tarafiga qaratilib kiydirish kerak 
(10.5-rasm). 
10.5-rasm. Kabelga kiygan qopqoq.
2. Kabel uchini ehtiyotlik bilan qirqing, bu ishni siquvchi 
ish qurolining kesuvchi mexanizmidan foydalanib bajarish yoki 
oddiy qaychi bilan ham amalga oshirish mumkin. Simga ziyon 
– 187 –
yetkazmasdan, kabelning tashqi g‘ilofidan 20 mm olib tash-
lang. Bu ishni siquvchi ish quroli yoki pichoqda bajarsa bo‘ladi.
3. Juft simlarni bir-biridan ajratib, o‘ramlarini oching 
va simlarni bir tekis holatga keltiring, hamda bir oz tashqi 
g‘ilofdan tortib qo‘ying. So‘ng kabel uchini qo‘lga oling va 
bosh hamda ko‘rsatkich barmoqlar orasida siqing, 10.6-rasm-
da ko‘rsatilganidek, hamda o‘tkazgichlarni bitta standartga 
muvofiq, masalan, T568A, panjalar orasida joylashtiring.
10.6-rasm Simni to‘g‘rilab kesamiz. 
4. Sim uchlarini 12 mm dan kam bo‘lmagan uzunlikda 
qoldirib qirqing.
5. Boshqa qo‘lingizga RJ-45 konnektorini oling va uni 
shunday burib to‘g‘rilanki undagi ra’zyem darchasi sizning 
ro‘parangizda bo‘lsin, plastmassali qisqich esa konnektor pas-
tida bo‘lsin.
6. Qo‘lni ohista harakatlantirib sim uchlarini ra’zyem dar-
chasiga kirgizing, bu jarayonda ra’zemning eni bo‘yicha simlar 
bir tekisda joylashtirishni nazorat qiling (10.7-rasm).
10.7-rasm. O‘tkazgichlarni konnektorga joylash.


– 188 –
7. O‘tkazgichlarni konnektorning ichkarisiga simlar o‘z 
holatini bir-biriga nisbatan o‘zgartirmasligini nazorat qilgan 
holda kirgizamiz.
8. O‘tkazgichlarni konnektor ichiga taqalguncha joy-
lashtirib, yana bir marotaba joylashishi tanlangan standartga 
muvofiqligiga ishonch hosil qiling. 
9. Konnektorni siquvchi ish qurolining maxsus joyiga 
o‘rnating va ish qurolining dastaklarini kuch bilan siqing 
(10.8-rasm).
10.8-rasm. Ish quroli yordamida konnektorni siqish.
10. Siqilgan konnektorga himoya qopqog‘ini tortib kiygizib 
qo‘ying (10.9-rasm).
10.9-rasm. Himoya qopqoqni kiygizish.
Xuddi shu tartibda kabelni ikkinchi uchini ham siqing.
– 189 –

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish