Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 1,61 Mb.
bet32/56
Sana12.02.2022
Hajmi1,61 Mb.
#445336
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
TARMORLARNI rejalashtirish

So‘rovlar yo‘nalishi

3.6-rasm. Shina topologiyali tarmoqda axborot almashinuvini markazlashtirilgan boshqarish usuli.
Bunday boshqarishning hamma afzalliklari va kamchiliklari ham «Yulduz» topologiyasidagi kabidir. Faqat bitta farqi shun­dan iboratki, bu erda markaz «aktiv yulduz» topologiyasi kabi axborotni bir obyektdan ikkinchi obyektga uzatmaydi u faqat axborot almashinuvini boshqaradi.
Ko‘pincha «Shina» topologiyasida markazdan tarqatilgan tasodifiy boshqarish usuli ishlatiladi, chunki hamma obyekt- larning tarmoq adapterlari bu holatda bir xil bo‘ladi. Markazdan tarqatilgan boshqarish usulini qo‘llanganda hamma obyektlar tarmoqqa bog‘lanish huquqi baravar bo‘ladi, ya’ni topologiya xususiyati bilan boshqarish xususiyatlari mos tushadi. Paket- ni qachon uzatish haqidagi qaror har bir obyekt tomonidan o‘z joyida va tarmoq holatini tahlil qilgandan so‘ngina qabul qilinadi. Bu holatda abonentlar o‘rtasida tarmoq bog‘lanish uchun raqobat mavjutdir, shu tufayli ular o‘rtasida konflikt holati bo‘lishi mumkin va uzatilayotgan axborotda paketlarni bir-birining ustiga chiqishi tufayli surilish holati ham bo‘lishi mumkin (demak, xatolik kelib chiqadi).
Tarmoqqa bog‘lanish algoritmlarining ko‘pi mavjud, yoki boshqacha qilib aytganda bog‘lanish ssenariysi, ular odatda juda murakkab bo‘ladi. Ularni tanlash asosan, tarmoqdan uzatish tezligiga, shinaning uzunligiga, tarmoqning yuklan- ganligiga (tarmoq trafikasi), uzatish kodining turiga bog‘liqdir. Shuni aytib o‘tish kerakki ba’zi hollarda shinaga bog‘lanishni boshqarish uchun qo‘shimcha aloqa yo‘li ishlatiladi. Bu kon- troller qurilmalarini va bog‘lanish usulini soddalashtiradi. Le- kin odatda tarmoq narxini kabellar uzunligi oshish hisobiga sezilarli oshiradi va qabul qilish hamda uzatish qurilmalar sonini ham oshiradi. Shuning uchun bu yechim ko‘p tarqal- maydi.
Hamma axborot uzatishni boshqarishning tasodifiy usulla- rining ma’nosi juda oddiydir. Tarmoq band ekan, ya’ni undan paket uzatilayotgan vaqtda, axborot uzatishni xohlagan abo- nent tarmoq bo‘shashini kutadi. Aks holda surilish hosil bo‘lib ikkala paket ham yo‘qolishi mumkin. Tarmoq bo‘shagandan so‘ngina, axborot uzatishni xohlagan abonent o‘z paketini uza- tadi. Agarda u obyekt bilan bir vaqtda boshqa bir necha obyekt ham paket uzatsa, kolliziya holati yuzaga keladi (konflikt, pa- ketlarni to‘qnashuvi). Konflikt hamma obyektlar tomonidan qayt qilinib, axborot uzatish to‘xtatiladi va bir necha vaqtdan so‘ng paketni uzatishni qaytatdan tiklashga harakat qilinadi. Bu vaziyatda qaytatdan kolliziya holatini yuzaga keltirish eh- timoldan holi emas, yana o‘z paketini uzatishga urunishlar bo‘ladi. Xuddi shunday holat paketning kolliziyasiz uzatilgun- ga qadar davom etadi.
Ko‘pincha tartib o‘rnatish (prioritet) tizimi butkul bo‘lmaydi, kolliziya holati aniqlangandan keyin abonentlar ta- sodifiy qonunga asoslangan keyingi uzatishgachan harakatni ushlanish vaqtini tanlaydi. Aynan shu usulda standart CSMA/ CD (Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection) axborot almashinuvini boshqarish usulida ishlaydi, bu usul eng ko‘p tarqalgan va taniqli Ethernet tarmog‘ida foydalanilgan. Uning asosiy afzalligi shundan iboratki, barcha obyektlar teng huquqli va ulardan hech biri ko‘p vaqtga boshqa obyektlarga paket uzatishni to‘xtatib qo‘ymaydi (xuddi tartib o‘rnatilgani kabi).
Barcha shu kabi usullar tarmoq orqali uncha ko‘p bo‘lmagan axborot almashinuvi bo‘lgan holda yaxshi ishlaydi. Ishlatsa bo‘ladigan darajadagi sifatli aloqa vaqti faqat 30 — 40 % dan ortiq bo‘lgan yuklama bo‘lsagina ta’minlanadi deb hisobla- nadi (ya’ni tarmoq barcha vaqtning 30 — 40% dan ko‘p band bo‘lganda). Katta yuklama bo‘lganda qayta to‘qnashuvlar tez ro‘y berib turish natijasida kollaps holati (tarmoq falokati) yuz beradi, ya’ni ish unumdorligi keskin kamayib ketish holati keladi. Barcha shu kabi usullarni yana bir kamchiligi quyidagi- lardan iboratki, tarmoqqa qancha vaqtdan so‘ng bog‘lanishga kafolat berilmaydi, bu vaqt paketlarni tarmoqqa umumiy yuk- langanligidan iborat bo‘ladi.
Signal har qanday jismoniy muhitdan shu onda tarqalmay- di, tarmoq katta o‘lchamli bo‘lganida (va yana katta diametrli tarmoq deb ham ataladi) tarqalishning kechikishi o‘nlab va yuzlab mikrosekundlarni tashkil qilishi mumkin va bir vaqt­ning o‘zida ro‘y berayotgan voqealar haqidagi axborotni turli abonentlar bir vaqtda olmaydi. Bu savolga javob berish uchun 3.7-rasmga murojaat qilamiz. L — tarmoqning to‘liq uzunligi,
V — tarmoqda ishlatilgan kabel turida signalning tarqalish tez- ligi bo‘lsin. Faraz qilaylik, 1 — abonent o‘z axborotini uza- tishni tugalladi, lekin 2 va 3 abonentlar 1 — abonent axborot uzatayotgan vaqtda axborot uzatishni xohlab qolsin. Tarmoq bo‘shagandan so‘ng 3 — abonent bu voqeadan xabar topadi va axborot uzatishni signal tarmoqni butun uzunligiga etadigan vaqtdan so‘ng uzatishni boshlaydi, ya’ni L/V vaqtdan so‘ng, 2 — abonent tarmoq bo‘shashi bilan axborot uzatishni boshlaydi. 3 — abonent paketi 2 — abonentga 3 — abonent uzatishni boshlagandan keyingi oralig‘ida etib keladi. Bu vaqt oralig‘ida 2 — abonent o‘z paketini uzatishni tamom qilishi kerak emas, aks holda 2 — abonent paketlar to‘qnashuvi haqida bexabar qoladi (kolliziya holatidan).
Shuning uchun paketni minimal ruxsat etilgan tarmoqdagi vaqti 2L/V tashkil qilishi kerak, ya’ni signalni tarmoqning to‘liq uzunligidan o‘tish vaqtidan ikki hissa katta bo‘lishi kerak (yoki tarmoq uzunligining eng uzun yo‘liga). Bu vaqt signalni tarmoq­da aylanma ushlanish vaqti deb yuritiladi, yoki PDV (Path Delly Value). Aytib o‘tish kerakki, bu vaqt oralig‘ini tarmoq­dagi turli voqealarni universal o‘lchovi deb qarash mumkin.


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish