Tarmoq texnologiyalari


Ma’ruza mashg‘ulotlarida baholash



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/71
Sana20.04.2022
Hajmi4,11 Mb.
#565647
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
Begbutayev-Monografiya-2020

Ma’ruza mashg‘ulotlarida baholash 
Talabalar bilimini nazorat qilish va tashhislash ta’lim berish 
jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Bunda asosan har bir talabaning 
individual ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Odatda ko‘pincha an’anaviy 
metodda pedagoglar ma’ruza mashg‘ulotida og‘izaki so‘rov yoki 
noformal ko‘rinishdagi so‘rovnomalar va viktorinalarni o‘tkazib 
kelishadi. Bu so‘rovnomalarga ta’lim oluvchilar javobni qo‘l ko‘tarib 
og‘izaki berishardi. So‘rovnoma va viktorinalarni raqamli vositalar 
yordamida o‘tkazish bu jarayonning samaradorligini oshirib, talabalarda 
fanga bo‘lgan motivatsiyani ham shakllantiradi. O‘qituvchilar ushbu 
so‘rovnomalar yordamida talabalarning yangi ko‘nikma va bilimlarini, 
qiziqishlarini aniqlashlari hamda tahlil qilishi mumkin. O‘z navbatida 


102 
ushbu raqamli tahlillar asosda ta’lim yo‘nalishlari va metodlarini 
o‘zgartiradilar. Tadqiqotda Smart portfolio assessment usuli qo‘llaniladi, 
ya’ni bu baholashning aqlli portfoliosi tamoyili pedagog uchun 
formatlangan baholash tizimini taqdim etadi, qaysiki real vaqt 
ma’lumotlarni olgan holda, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini kerakli 
vaqt oralig‘i va bilimlar kesimida tahlil qilishni asoslab beradi. 
Hozirda onlayn viktorina, test va so‘rovnomalarni tashkil etishda 
turli interaktiv vositalardan foydalanilmoqda. Web-sayt, dasturiy 
ilovalar yoki ijtimoiy tarmoqlar, bir so‘z bilan aytganda mobil 
texnologiyalar endilikda ularni oson va tez o‘tkazish imkoniyatini 
taqdim etadi. SHunday vositalardan biri Kahoot dasturi bo‘lib, ta’lim 
sohasida qo‘llanilishi va uning samaradorligi haqida Malayziyalik ilmiy 
tadqiqotchilar Debbita Tan Ai Lin, Ganapathy, M. va Manjet Kaur ish 
olib borganlar [16]. 
Kahoot (kahoot.com
– bu o‘yinlarga asoslangan o‘quv vositasi 
bo‘lib, onlayn viktorina, test va so‘rovnomalarni yaratishga 
mo‘ljallangan yangi turdagi dasturiy servis hisoblanadi. Garchi bu dastur 
o‘yin yo‘nalishiga ega bo‘lsa-da, dizayn tamoyillari nisbatan o‘ziga xos 
o‘quv va o‘qitish kontekstining maqsadlariga parallel ravishda 
yaratilgan. Dasturning prinsiplari o‘quv jarayoniga ko‘proq jalb qilish va 
qiziqarli bo‘lish imkonini beradi. Zarzycka-Piskorz ning ta’kidlashicha, 
Kahoot dasturida o‘yin o‘ynash, intiluvchanlik hamda qat’iyatlilik 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqlovchi kuchli dalillar mavjud [43]. 
Dastur uch toifada on – layn test, viktorina va so‘rovnomalar 
yaratish mumkin. Ya’ni, «Kahoot! at school» - ta’lim sohalari uchun, 
«Kahoot! at work» - ish faoliyati sohasi uchun, «Kahoot! at home» - 
oilaviy soha uchun.
Ushbu dasturda on-layn test yaratish algoritmi bilan batafsil 
tanishib chiqamiz: 
1.
Yangi kahoot yaratish uchun «New kahoot» bandini tanlab 
«Create» tugmasini bosamiz; 
2.
«Enter kahoot title…» bandiga «Tarmoq texnologiyalari» deb 
nom kiritamiz. «Click to start typing your question» bandiga savolni 
yozamiz. Bunda rasm va video fayllarni joylashtirish ham mumkin 
bo‘ladi. Xar bir savolga vaqt belgilanadi. «Image library» bo‘limi 
yordamida dasturning rasmlar kutubxonasiga murojaat qilib sohaga doir 
rasmlarni tanlash mumkin. «Upload image» bo‘limi kompyuter 
xotirasidagi mavjud rasmlarni qo‘yishga mo‘ljallangan. «YouTube link» 
bo‘limida on–layn holatda youtube.com sayti video fayllarini o‘rnatish 


103 
uchun xizmat qiladi. Quyida joylashgan 4 ta turli rangdagi va geometrik 
shakllar ifodalangan qismlarga javoblar kiritiladi. To‘g‘ri javobga 
“belgicha” qo‘yiladi.
Talabalarni umumiy baholash maqsadida anketa so‘rovnomasi, 
amaliy topshiriqlar va test savollari tayyorlandi. Natijalar reproduktiv 
(quyi), produktiv (o‘rta) va ijodiy (yuqori) darajalar asosida 100 ballik 
tizimda baholandilar. SHuningdek, Ijodiy - III «yuqori» darajaga 70 va 
undan yuqori ball to‘plaganlar, Produktiv - II «o‘rta» darajaga 30 dan 69 
ballgacha to‘plaganlar, Reproduktiv - I «quyi» darajaga 30 balgacha 
to‘plaganlar kiritildi. Talabalar bilimini baholashda 3.2.2 - jadvalda 
keltirilgan mezonlar inobatga olindi. 
3.2.2-jadval 

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish