2-rasm. Aylanma harakatqiluvchi urish organi.
kuchi ta’sirida tolalarning faqat birqismi chigitdan ajratiladi, asosiy ko’pchilik qismi esa aylanib turgan bolg’achalar urgandagina chigitdan uziladi. Bolg’acha urganda faqat tarang tortilgan tolalar uzilib, qolgan salqilari esa uzilmay, bolg’achaning navbatdagi kelib urilishini kutadi.
3-rasm. Qattiq urish organi.
Hamma tolalardan ajratilgan chigit to’r teshigidan tushib mashina ostidagi konveer bilan mashinadan tashqariga olib ketiladi. Yumshoq urish qismli jin inertsion ta’sirli bo’lib, bunda chigit tolalardan tez aylanayotgan urish bolg’achalari massasining kinetik energiyasi hisobiga ajratiladi. XDV-2M va DV valikli jinlar shu printsipda ishlaydi.
Valikli jinning qattiq urish organining yumshoq urish organidan farqi shundaki, bu organ tsilindr shaklida bo’lib, uning sirtiga po’latdan yasalgan urish plankalari qattiq o’rnatilgan. Bu organ DVM, DV-1M jiniga o’rnatilgan.
Аррали жинлар ва уларни лойиҳалаш асослари
Bizda ishlatilib kelinayotgan jin konstruktsiyalari- 3XDDM-80¸90 arrali, DP-130, 4DP, 5DP-130- arrali jinlardir.
Arrali jinlarning asosiy organlariga quyidagilar kiradi:
1.Arrali tsilindr;
2.Kolosnikli panjara;
3. Tola ajratish moslamasi (havo kamerasi).
Jinlash jarayoniga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Chigitli pahtani jinlash paytida tolaga hamda chigitga mexanik shikast etishiga yo’l bermaslik. Jinlash paytida chigitdan, tolani to’la ravishda ajratib olinishini amalga oshirilish kerak.
2. Jindan ajralib chiqayotgan tola tarkibiga chigitli pahta yoki chigit qo’shilib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
3. O’lukni tola tarkibidan samarali ajratib olishni amalga oshirish.
4. Chigitli pahtani jinlashdan oldin ta’minlagich yordamida samarali ifloslikdan tozalab olishini ta’minlash.
5. Tolani jinlash paytida uzilishga yo’lqo’ymaslik kerak.
6. Jinlash paytida sifatli tola va chigitni olish. Har bir arra bo’yicha ish unumdorlikni iloji boricha yuqori darajada olishga erishish.
7. Jinlash jarayonini asosiy operatsiyalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishga intilish va hokazo.
7.5. Arrali jinlar asosiy ishchi organlarining xususiyatlari
Arrali jinlarning eng muhim ishchi organi deb hech bir mubolag’asiz arrali tsilindr hisoblanadi (1-rasm)
1-rasm. Arrali tsilindr:
1-val; 2-arra disklari; 3-arralararo qistirmalar; 4-siquvchi shaybalar; 5- siquvchi gaykalar
Arrali tsilindrlarga qo’yiladigan asosiy texnologik talablar:
-Tolalarni ilashtirish xususiyatining yuqori bo’lishi;
-Arralarning valda bikr va mahkam o’rnashi;
-Ishchi sirtlarning tozaligi 0,63...1,25 mk yoki 3,2...6,3 mk dan past bo’lmasligi;
-Egilish bikrligining yuqori bo’lishi;
-Mustahkamligi va yeyilishbardoshligining yuqori bo’lishi v.h.
Arrali tsilindr vali va siquvchi gayka St.5 markali oddiy sifatli konstruktsion po’latdan yasaladi. Val diametri eski mashinalarda 61,8 mm, zamonaviy mashinalarda 100 mm ni tashkil etadi. Valning o’z vazni va texnologik yuklama ta’sirida egilish salqiligi 0,3...0,4 mm dan, undagi arralarning yonsirt urishi 0,15 mm dan oshmasligi kerak.
Arra diski. Arralar U8 yoki U8G markali qalinligi 0.95 0,05 mm, oldindan 30-40 qattiqlikka termik ishlangan asbobsozlik po’latidan diametri 320 mm li disk ko’rinishida qirqib olinib keyin tish qirqiladi.Tish sirtlarining tozaligi 0,63-1,25 mk yoki 3,2-6,3 mk dan past bo’lmasligi, disk gardishining radial urishi 0,15 mm dan oshmasligi kerak. Arra tishlarinig soni va o’lchamlari 7.2-rasmda keltirilgan.
tishlar soni, mm, mm, ishchi kameraga kirib turuvchi arraning uzunligi – 52-47 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |