Тармоқ машиналарини ҳисоблаш ва лойиҳалаш


Йигириш систeмаларининг физик-матeматик хусусиятлари



Download 5,03 Mb.
bet40/51
Sana31.03.2022
Hajmi5,03 Mb.
#520904
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Bog'liq
otabek 2

Йигириш систeмаларининг физик-матeматик хусусиятлари.

  • Йигириш планлари.

    Tolalar massasidan yigirilgan ip olish uchun paxta bir necha ishlov operatsiyalaridan o'tishi lozim. Yigiruv fabrikalariga paxta presslangan holda keltiriladi. Dasdabki ishlash zavodlarida ilk ishlov berilgandan so'ng paxta yirik, iflos aralashmalar va chigitlardan tozalanadi. Biroq unda anchagina mayda aralashmalar, shuningdek, shikastlangan (kalta) tolalar qoladi. Bu massadagi ayrim tolalar chigallashgan, bir-biriga yopishib qolgan yoki ularga iflos aralashmalar ilashgan bo'ladi. Shuning uchun paxtani yigirishdagi barcha operatsiyalardan maqsad tolalarni tozalash, tolalarni titish va aralashtirishdan, so'ngra ularni parallellash maqsadida tarashdan, so'nggi bosqichda parallel joylashgan tolalardan pilta ishlab chiqarish va berilgan xossali yigirilgan ip olish uchun tekislash hamda ingichkalashgan mahsulot (xolst, piita va pilik) hosil qilishdan iborat.
    Ishlov berishning birinchi bosqichida paxta titiladi, aralashtiriladi va tozalanadi. Buning uchun toylardan olinadigan paxta massasi titish agregatlarining ta'minlash panjaralari orqali ish organlariga yuboriladi. Bu yerda paxtaga ignalar yoki qoziqlar ta'sir qilib uni titadi va yirik, oson ajraladigan aralashmalarni ajratadi. Iflos aralashmalar kolosnikli panjaralar orqali quyi kameralariga tushadi, titilgan paxta massasi esa pnevmatik yoki mexanik ta'minlagichlar yordamida titish-savash agregatining navbatdagi seksiyalariga uzatiladi. Titish-savash agregatidan paxta xolst ko'rinishida- rulon ko'rinishidagi qalin paxta qatlami tarzida chiqadi. Xolst ma'lum qalinlikda bo'lishi kerak. Xolstda paxta tolalari tartibsiz ravishda bo’lak-bo'lak joylashadi va bundan tashqari, paxtada ma'lum miqdorda mayda, qiyin ajraladigan iflos aralashmalar bo'ladi.
    Tarash mashinasida o'tadigan navbatdagi operatsiya tarash deb ataladi. Mashinaga paxta xolst yoki titilgan massa tarzida berilad (xolstsiz ta'minlash). Tarash mashinasida tolalar massasiga oldin arrali lenta va valiklar tishlari, so’ngra mashina ish organlar garniturasining ingichka ignalari ta'sir etadi. Buning natijasida paxta bo’laklari ayrim tolalarga taraladi va ayni vaqtda yopishqoq aralashmalar hamda kalta tolalardan tozalanadi. Taralgandan so'ng qisman parallellashgan ingichka tolalardan diametri 1-3 sm li uzun bo'sh yumaloq yarim fabrikat-pilta hosil bo'ladi. Piltadagi tolalar taralgan, deyarli bir-biri bilan bog'lanmagan va to’grilanmagan bo'ladi.
    Tolalarni to'grilash va piltani tekislash uchun bir necha pilta qo'shiladi, so'ngra dastlabki piltalar yo'g’onligiga kelguncha ingichkalashtlriladi. Qo'shish natijasida piltalar tekislanadi, chunki bir piltaning yo’g’on joylari ikkinchi piltaning ingichka joylarini to’ldiradi. Piltalashda ingichkalashtirilganda tolalar tekislanadi va pilta o'qiga nisbatan yo'naladi. Piltani ingichkalashtirish uchun bir-biriga qisilgan silindrlar jufti (cho'zish juftlari) orasidan o'tkaziladi va old juftning tezligi keyingisinikidan pasaytiriladi.
    Navbatdagi operatsiya (o'tim) piltani yigirilgan ip tayyorlash uchun yaroqli o'lchamgacha ingichkalashtirishdan iborat. Bu operatsiya pilik mashinasida bajariladi. Uni cho'zish asbobi yordamida pilta ingichkalashtiriladi. Bu o'timda olingan mahsulot pilik deb ataladi. U ingichka pilta bo’lib, minimal pishiqlik berish uchun u biroz pishitiladi.
    Yigirilgan ip tayyorlashdagi oxirgi yakunlovchi operatsiya yigiruv mashinalarida bajariladi. Bu yerda pilik yigirilgan ip yo'g'onligiga kelguncha cho'ziladi. Yigirish jarayoni urchuq va yugurdakli halqali yigiruv mashinalarida yoki urchuqsiz pnevmomexanik mashinalarda bajariladi.
    Yigiruv fabrikasida tolani qayta ishlashning bayon qilingan tizimi karda (oddiy) tizimi deb ataladi. Yigirilgan ipning ko'p qismi shu tizimda ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, qayta tarash, apparat va melanj tizimlari ham mavjud. Karda va qayta tarash tizimlarida yigirishning ikki usuli: halqali va pnevmomexanik usullari bo’ladi.
    Hozirgi vaqtda apparat tizimi o'rniga karda tizimi qo’llanilmoqda. Unda rotorli pnevmomexanik yoki aerodinamik yigirish mashinalaridan foydalaniladi.
    Melanj tizimi umuman karda tizimini takrorlaydi, lekin unda paxtani bo'yash bilan bogiiq bo’lgan qo’shimcha o'timlar bo'ladi. Qayta tarash tizimida chiziqli zichligi kichik yoki o'rtacha, lekin ancha pishiq yigirilgan ip ishlab chiqariladi. Bunday ip ingichka tolali paxtadan ishlab chiqariladi. Karda tizimiga qaraganda qayta tarash tizimida olingan ip ancha pishiq, tekis, silliq va toza bo'ladi. Bunday ip olish uchun jarayonga taroq bilan tarash operatsiyasi ham kiritiladi. Bu operatsiyada tolalar taroq bilan taraladi, natijada pilta qisqa tolalar (tarandilar) dan tozalanadi. Qayta tarash mashinalaridan chiqayotgan pilta uzun, yaxshi to'g'rilangan tolalardan iborat bo'ladi, shuning uchun yuqori sifatli yigirilgan ip olinadi. Qayta tarash jarayonida uzun tolalar isrof bo'imasligi va shikastlanmasligi uchun tolalar yetarlicha to'g'rilangan, mashinaga tushayotgan mahsulot esa bir tekis bo'lishi lozim. Shuning uchun ham karda tizimidagi qayta tarash mashinalaridan chiqayotgan pilta qo’shimcha ikkita tayyorlash operatsiyasidan o'tkaziladi: 16-20 ta pilta xolst qilib qo'shiladi va xolstlar cho'ziladi (i'ngichkalashtiriladi).
    Apparat tizimida uncha pishiq bo'lmagan g'ovak mayin yigirilgan ip ishlab chiqariladi. Bunday yigirilgan ip sifatiga yuqori talablar qo’yilmaydi. Xomashyo sifatida har xil uzunlikdagi tolalar, ko'p miqdorda chiqindilar (kuyindilar), shuningdek, har xil tolalar aralashmalari ishlatiladi. Har xil tolalar aralashmalarini titish va savash operatsiyalari alohida bajariladi, keyin tolalar aralashtirilib, ayni vaqtda moylanadi. Apparat tizimining o'ziga xos xususiyati shundaki, tarashdan keyin mahsulotni ingichkalashtirish, cho'zish emas, balki paxtani tarab ayrim piltalarga ajratish va piltalarni bo'shgina o'rab, ulardan piliklar hosil qilish yo'li bilan bajariladi. Bu tizimda tarash operatsiyasi 2-3 karda tarash o'timini va pilik karetkasini o'z ichiga oladigan tarash apparatlarida bajariladi. Olingan pilik yigiruv mashinasiga uzatiladi, shuning uchun ipning tarkibi g'ovak chiqadi.
    Har xil yoki bir rangda bo'lgan paxtalar aralashmasidan iborat yigirilgan ip melanj tizimida olinadi. Bu tizimda titilgan tolalar apparatlarda bo'yaladi, quritiladi va yana titish mashinalariga uzatiladi. Shundan so'ng tolalar aralashtiriladi, savaladi va yuqorida bayon qilingan yigirish tizimlaridan biridagi barcha operatsiyalardan o'tkaziladi.




    1. Download 5,03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish