Тармоқ машиналарини ҳисоблаш ва лойиҳалаш



Download 5,03 Mb.
bet43/51
Sana31.03.2022
Hajmi5,03 Mb.
#520904
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
otabek 2

chigit po'stlog’i - chigit po'stlogining tolali kichik bo'laklari. Paxtani dastlabki ishlashda chigitlar maydalanishidan hosil bo'ladi. Eng zararli va tozalash qiyin bo’lgan aralashmalardan biri bu aralashmalardan tozalashda tolaning ko'p qismi chiqindiga aylanadi.
Paxta tolasi uchun belgilangan O'zDst 604-2001 standartida uzilish yuklamasi, rangi va yetilganlik darajasiga ko'ra paxta tolasi olti navga bo'linadi: eng yaxshi (0), birinchi (I), ikkinchi (II)-oltinchi (VI). Fizik-mexanik ko'rsatkichlari va nuqsonlariga hamda begona aralashmalar miqdoriga ko’ra har qaysi nav tola 1 -jadvalda keltirilgan normalarga mos bo’lishi Iozim.
Shtapel massa-uzunlik va nisbiy uzilish yuklamasiga ko'ra paxta tolasi (V va VI navlardan tashqari) to'qqiz tipga bo’linadi. O'rtacha tolali paxta uchun valik va arra bilan tozalash usullariga bo’lish ham qabul qilingan.
Paxta tolasining tipiga qarab shtapel massa-uzunlik va nisbiy uzilish yuklamasi normalari paxta uchun belgilangan ulgurji narxlar preyskurantlarida keltiriladi.
Paxta tolasi partiya-partiya qilib qabul qilinadi. Partiya - bitta temir yo'l vagoniga sig’adigan, sanoat navi, rangi, uzunligi, ifloslanganligi, seleksion navi bir xil bo'lgan, sifati haqida bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta toylari miqdori.
Paxta uchun belgilangan standart paxtaning sifatini baholabgina qolmay, balki uning yaxshilanishiga ham yordam beradi.
Tolalarni titish va savash. Toylarda paxta tolalari kuchli presslangan bo’ladi va shuning uchun o'zaro hamda iflos aralashmalar bilan mahkam ilashib turadi. Hatto bir toydagi tolalar ham o'z xossalari jihatidan bir tekis bo'lmaydi, aralashmani tashkil qiladigan har xil partiyalardagi tolalarni titish va savashlar esa yanada notekisroq bo’ladi. Paxtani navbatdagi qayta ishlashga tayyorlash uchun u titiladi, aralashtiriladi va savaladi. Shunday qilib, titish-savash operatsiyasining vazifasi quyidagilardan iborat:
- toylardagi presslangan tolalar massasini mayda bo'laklarga ajratish;
- iflos aralashmalar va yigirish uchun yaroqsiz tolalarni ajratish;
- tolalarni aralashtirish;
- xolst yoki g'ovak massa ko'rinishida bir tekis paxta oqimini hosil qilish.
Bu jarayonga quyidagi talablar qo'yiladi: paxta iflos aralashmalardan yaxshi tozalanishi, tolalar yaxshi aralashishi, tolalar bir-biriga o'ralib qolmasligi va bir tekis xolst hosil bo’lishi (chunki notekis xolstlardan yaxshi pilta va keyin yaxshi sifatli yigirilgan ip olisb qiyin) kerak.
Tolali material massasini boiaklarga ajratish ignalari bilan titiladi, keyin titish-savash mashinalarining ish organlari bilan zarb beriladi. Iflos aralashmalarni ajratishda ham ish organlari paxta bo'laklarini zarb bilan uradi va ajralgan aralashmalarni havo so'rib ketadi. Aralashma komponentlari (har xil toylardan olingan paxta)ni mashinaga bir me'yorda uzatish, mashina kameralarida paxta massasini bir necha marta ag'darish yoki bir necha qatlamni ustma-ust qo'yish hisobiga tola massasi aralashtiriladi. Bir tekis paxta oqimini hosil qilish uchun savash mashinalarida maxsus mexanizmlar bo’ladi.
Titish-savash mashinalarining umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi. Qayta ishlanadigan paxtaning xarakteriga qarab titish-savash agregati tarkibiga har xil konstruksiyadagi mashinalar kirishi mumkin. O'rtacha tolali paxtani qayta ishlash (karda tizimida yigirish) uchun mo'ljallangan agregatlar mavjud.
Hozirgi vaqtda karda tizimida yigirish uchun agregatlarning ikki tipi: paxta bilan avtomatik ta'minlanadigan bir pressli yangi hamda paxta qo'lda uzatiladigan eski agregatlar bor.
Yangi agregatlarning sxemasi 31-rasmda ko'rsatilgan. Bunda o'ramdan bo'shatilgan toylar butunicha avtomatik ta'minlagichlarga joylanadi. Oldindan titilgan paxta uzluksiz ishlaydigan aralashtirgichlarga tushadi, bu yerda avval har xil partiyadagi tolalar aralashadi, keyin qiya tozalagichda, bo'ylama tozalagichda hamda kondensorli qiya tozalagichda paxta yana titiladi va iflosliklardan tozalanadi. Paxta oqimi savash mashinalari bunkeriga yo'naladi.
Qayta ishlanadigan paxtaning turi ishiab chiqariladigan mahsulot turiga qarab titish-savash agregati tarkibiga har xil konstruksiyadagi va har xil kombinatsiyadagi mashinalar kirishi mumkin. O'rta uzunlikdagi tolali paxtani qayta ishlash va ingichka tolali paxtani qayta ishlash uchun mo’ljallangan agregatlar mavjud.




Download 5,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish