1. “Тармоқ машиналарини ҳисоблаш ва лойиҳалаш” фанидан саволлар
Тўқимачилик машиналарини лойиҳалаш босқичлари
Yangi paxta tozalash, to’qimachilik va yengil sanoat mashinalarini yaratish jarayoni ikki asosiy qismdan iborat bo’ladi: loyihalash hamda yangi mashinaning tajribaviy sanoat nusxasini tayyorlab, uni sinash.
Yangi mashinalarni yaratishning ko’p yillik tajribasi asosida mashinani loyihalashning quyidagi besh bosqichdan iborat tartibi vujudga kelgan va standartlashtirilgan:
Texnik topshiriq.
Texnik taklif va mulohazalar.
Eskiz loyiha.
Texnik loyiha.
Ishchi loyiha (ishchi hujjatlar).
Texnik topshiriq. Mashina yaratishning dastlabki bosqichi bo’lib, ilmiy tekshirish muassasalari, konstruktorlik va loyihalash tashkilotlari tomonidan aloqador oliy o’quv yurtlarining olimlari, mashinasozlik va paxta tozalash, to’qimachilik va yengil sanoat korxonalarining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda tuziladi.
Texnik taklif va mulohazalar. Texnik topshiriqni manfaatdor tomonlar kelishilgan holda tasdiqlaganlaridan keyingi texnik taklif va mulohazalar butunlay yangi texnologiyani amalga oshiradigan va murakkab tuzilishdagi mashinalar uchun majburiy bo’lib, mukammallashtiriladigan va ko’pchilik nisbatan sodda tuzilishdagi paxta tozalash, to’qimachilik va yengil sanoat korxonalarining mashinalari uchun majburiy emas. Bunday holda bevosita eskiz loyihalashga o’tiladi.
Eskiz loyihalash. Bu davrda avvalo mazkur mashinani yaratishning texnik imkoniyati va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi anqlanadi. Bu davrda mashinaning keyinchalik texnik loyiha chizmalariga asos bo’ladigan umumiy ko’rinish chizmalari bajariladi.
Eskiz loyiha asosiy paxta tozalash, to’qimachilik va yengil sanoat korxonalarining mashinalari uchun bir necha variantda tuzilib, keyin eng yaxshisi tanlab olinishi mumkin. Shuningdek, mashinaning ayrim muhim qismlari tayyorlanib ishlatib ko’rilishi mumkin.
Texnik loyiha. Bu davrda mashina va uning asosiy qismlarining umumiy ko’rinishlari, kinematik, elektrik, gidravlik, pnevmatik va avtomatik boshqaruv va rostlash tizimlari sxemalari tuziladi. Hisob- tushintirish yozuvlari tayyorlanadi va unda mashinaning mufassal texnik tavsifi va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari chet el va mamlakatimizdagi eng yaxshi namunalar bilan solishtiriladi. Quvvat, mustahkamlik, bikrlik va ustivorlik kinematik va texnologik hisoblar keltiriladi. Mashina va uning alohida qism detallarining standartlash, unifikatsiya va normallash bo’yicha ko’rsatkichlari aniqlanadi. Texnik loyihaga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ekologik talablar bo’yicha ma’sul idoralar bilan kelishilganlik hujjatlari ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |