Tarkibi va biologik xususiyatlari 2 Mavzu: Meva va rezavor meva o‘simliklarining kelib chiqishi, botanik



Download 24,36 Kb.
bet1/6
Sana10.12.2022
Hajmi24,36 Kb.
#883250
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Meva va rezavor meva o‘simliklar




2 MAVZU: MEVA VA REZAVOR MEVA O‘SIMLIKLARINING KELIB CHIQISHI, BOTANIK
TARKIBI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI


2 Mavzu: Meva va rezavor meva o‘simliklarining kelib chiqishi, botanik
tarkibi va biologik xususiyatlari
Reja:

  1. Meva ekinlarining kelib chiqishi, botanik ta’rifi va biologik

xususiyatlari

  1. Meva ekinlarini guruhlanishi

  2. Meva ekinlarining umumiy ta’rifi

  1. Meva ekinlarining kelib chiqishi, botanik ta’rifi va biologik

xususiyatlari. Dunyo bo‘yicha meva va rezavor-meva ekinlarining 50 ga yaqin oilasi, 200 ta turkumi, 1000 dan ortiq turi va juda ko‘p tur xillari mavjud. Har bir madaniy turning ko‘plab navlari (masalan, olma, nok, o‘rik, shaftoli kabilarning bir necha minglab navi) bor va mevachilik asosan er sharining shimoliy qismida yaxshi rivojlangan.
Akademik N.I.Vavilov rahbarligida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ko‘pchilik meva, rezavor - meva ekinlarining vatani Markaziy Osiyo, Kavkaz orti davlatlari, Xitoy, Hindiston, Birma, Eron, va O‘rta er dengizi sohillari ekanligi aniqlangan.
Ma’lumotlarda keltirilishicha meva daraxtlari Markaziy Osiyo, Kavkaz orti davlatlarida, Suriya, Mesopotamiya, Misrda 2-5 ming yillar davomida madaniylashtirilib kelinmoqda.
Olma, nok, olxo‘ri, shaftoli, o‘rik, zaytun va anor daraxtlari 4 ming yildan ortiq, gilos, olcha va limon 2 ming yildan ortiq, apelsin va rezavor mevalar 2 ming yilga yaqin madaniylashtirilib, ekilib kelinmoqda.
O‘zbekistonda meva va rezavor-meva ekinlarining 108 ta turi uchraydi, 73 ta turi madaniylashtirilgan bo‘lib, shundan 25 ta turi keng tarqalgan. Meva daraxtlari, mevalarining yirikligi, rangdorligi, yaxshi saqlanishi, tashishga chidamliligi hamda sanoat uchun qimmatbaho xom-ashyo ekanligi va to‘yimliligi, bir erda uzoq yashab mo‘l hosil berishi bilan boshqa ekinlardan farq qiladi. Meva daraxtlarini o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, deyarli hamma madaniy meva daraxtlari payvandlash (asosan kurtak payvand) yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Bir necha yillar davomida olma, nok, behi, yong‘oq, o‘rik, bodom, gilos, olcha, tog‘olcha, olxo‘ri, shaftoli kabi mevalar ustida seleksiya ishlari olib borildi, ularning urug‘laridan chiqqan yaxshi shakllari tanlab olinib, ko‘paytirilishi natijasida O‘zbekistonda etishtirilayotgan meva turlari va navlari son jihatdan ko‘paydi, sifat jihatdan ancha yaxshilandi. Boshqa xorijiy davlatlardan ham ko‘pgina meva va rezavor-meva ekinlar navlari olib kelinib, sharoitga moslashtirildi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda yovvoyi mevali daraxtlar asosan Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarning tog‘li xududlarida o‘sadi. Bu erlarda mevali daraxt va butalarning 70 turi uchraydi.
Keyingi yillarda yovvoyi olma, yong‘oq, bodom, do‘lana, pista, tog‘olcha, irg‘ay kabi mevali daraxtlar payvand qilish yo‘li bilan madaniylashtirilmoqda. Madaniy meva daraxt navlari umg‘ko‘chatlarni kurtak payvand qilib ko‘paytiriladi. YOvvoyi meva daraxtlarining yana bir foydali tomoni shundaki, ular mevali daraxtlarining ba’zi shakllarini yaratishda qimmatli dastlabki material hisoblanadi. YOvvoyi mevali daraxtlar yozda 0‘zlarining baquvvat va chiroyli shox-shabbalari bilan tog‘ qiyaliklarini ko‘m-ko‘k qilib qoplab turadi, insonga estetik rux bag‘ishlaydi.
O‘zbekiston tog‘li xududlarida yong‘oqli meva bog‘lari tashkil qilinib, ularning maydoni 32 ming gektardan ortiq. SHundan 27 ming gektari (84 %) payvandlanmagan. Madaniy yong‘oqzorlar maydoni umumiy yong‘oqzorning 16 % ini tashkil qiladi.
O‘zbekistonda 2500 gektar bodomzor bo‘lib, shundan 1500 gektar maydondagisi yovvoyi (payvandlanmagan) bodomzorlardir. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 1500 gektardan ziyodroq yovvoyi olmazorlar bo‘lib, ular dengiz sathidan 1200-1300 m balandlikda o‘sadi. Mevasining vazni 10-100 g bo‘lib, mazasi nordon va shirindir. Tarkibida shakar moddasi 4-13 % ni, kislota 0,1-19 % ni tashkil etadi. SHunga o‘xshash tog‘olcha, do‘lana, chilonjiyda va nok daraxtlarini 0‘zbekistonning hamma tog‘li xududlarida uchratish mumkin.

Download 24,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish