2. Meva ekinlarini guruhlanishi. Ekiladigan meva, rezavor-mevaekin turlari morfologik belgilari, biologik xususiyatlariga qarabquyidagi guruhlarga bo‘linadi (5-jadval);
urug‘li meva ekinlari;
danakli meva ekinlari;
yong‘oqli meva ekinlari;
rezavar-mevali ekinlar;
subtropik mevali ekinlar;
sitrus mevali ekinlar;
har xil tropik mevali ekinlar.
Xo‘jalikda foydalanilishiga qarab bodomni yong‘oqmevalarga kiritish mumkin.
Er ustki qismining tuzilishi, hosil berishi, uzoq yashashi va boshqa belgilariga ko‘ra, meva va rezavor-meva o‘simliklarini daraxt, buta, chala buta va ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarga bo‘linadi.
Meva daraxtlarining er ustki qismi bitta poyadan - tanadan iborat. Ular baland bo‘yli, yog‘ochi pishiq bo‘lib, tez shoxlaydi hamda mo‘l hosil beradi, lekin kechroq hosilga kiradi. Ularning ekkandan to hosilga kirib, so‘ng quriguncha rivojlanish sikli uzoq davom etadi.
Butalar mevali o‘simliklar bo‘lib, katta tup shaklida o‘sadi, deyarli bir xil yo‘g‘onlikdagi bir qancha novdasi bo‘ladi. Krijovnik, smorodina va hokazolar shu guruhga kiradi.
CHala butalar novdasining faqat pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori qismi qishda qurib qoladigan o‘t o‘simliklardir. Ularning er ustki qismi 2 yil yashab keyin quriydi. Ildizi esa ko‘p yil yashaydi. Bu guruhga malina, chernika va boshqa rezavor-meva o‘simliklari kiradi.
Ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarga zemlyanika, klyukva va qulupnay kiradi.
O‘zbekiston sharoitida meva daraxtlari juda katta bo‘lib o‘sadi. YOng‘oq, olma va o‘rikning kuchli o‘sadigan navlarining balandligi 10-15 m ga, shox- shabbasining kengligi 11-13 m ga, tanasining aylanasi 150-180 sm ga etadi. Novdalari ba’zi yillarda 1 m dan ortiq o‘sishi mumkin. Ildizi baquvvat bo‘lib, ayrim navlariniki erga 6,5 m gacha chuqur kirib, yon tomonga 12 m va undan ham ko‘proqqa tarqaladi. Meva va rezavor-meva o‘simliklari polikarp bo‘lib, butun hayoti davomida bir necha marta gullaydi va hosil beradi. SHu xususiyati bilan faqat bir marta hosil beradigan monokarp o‘simliklardan farq qiladi.
Meva o‘simliklari bir uyli, guli ikki jinsli (olma, nok, olcha va boshqalar); bir uyli, lekin guli ayrim jinsli (yong‘oq, pekan, pindik va boshqalar); ikki uyli, guli ayrim jinsli (pista, anjir, qulupnay va boshqalar) bo‘ladi. Meva o‘simliklarining deyarli hammasi asalarilar, ayrimlari (pindik, yong‘oq, pista) shamol yordamida changlanadi.
Meva va rezavor-meva o‘simliklari turli vaqtda hosilga kiradi. Bu ularning turi, naviga, payvandtagiga, ekologik sharoit va qo‘llangan agrotexnika usullariga bog‘liq. Hosilga kirish vaqtiga qarab, o‘simliklar erta va kech hosilga kiradigan turlarga ajratiladi. Har bir navning ham, o‘z navbatida, erta va kech hosilga kiradigan turlari bor. Keng tarqalgan meva o‘simliklarining hosilga kirish va yashash davri 6-jadvalda berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqa tanali meva daraxtlari uzun tanalilarga qaraganda 2-4 yil oldin hosilga kiradi, lekin ularning yashash davri qisqa bo‘ladi. Odatda, erta hosilga kiradigan turlar kech kiradiganlarga qaraganda kamroq yashaydi. Masalan, olma Renet Simirenko navi 4-5 yildan keyin hosilga kiradi, 30-yoshga etganda esa, uning asosiy shoxlari quriy boshlaydi. Kandil Sinap 9-11 yildan boshlab hosilga kirsa-da, lekin 45-50 yoshga borganda ham baquvvat bo‘ladi.
Meva va rezavor-meva o‘simliklarining muhit sharoitiga talabi har xil bo‘ladi. Ularning ba’zilari mo‘‘tadil hududlarda o‘zini yaxshi his qilsa, boshqalari ko‘p issiqni va vegetatsiya davri uzoq bo‘lishini talab qiladi.
Ba’zi meva va rezavor-meva o‘simliklarining ildiz tizimi baquvvat va erga chuqur taralgani uchun ular qurg‘oqchilikka ancha chidamli bo‘ladi. Bularning ba’zilari shag‘alli va qumli erlarda yaxshi o‘ssa, boshqalari unumdor erni talab qiladi.
Vegetatsiya davrining uzunligi, yorug‘lik va issiqlikning ko‘pligi, tuproqlarning unumdorligi, sug‘orish va yuqori agrotexnika qo‘llanilishi
respublikamizda boshqa o‘rta mintaqa davlatlariga qaraganda kuchli rivojlanishi hamda mo‘l hosil berishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |