0‘zbek tilida Ingliz tilida Rus tilida
bolam my boy мой мальчик
bolang your boy твой мальчик
bolasi his boy его мальчик
Ingliz tilida aniqlik va noaniqlik “a/an”, “the” artikllari orqali ifodalanadi. Lekin o‘zbek va rus tillarida aniqlik va noaniqlikni ifodalash uchun leksik va sintaktik vositalaridan foydalanamiz.
Misol uchun:
Uni bizga qandaydir ahamiyati bor deb o‘ylaysizmi?
Вы думайете, эго имеет какой-то значение для нее?
Do you think it may have a difference?
Qandaydir ahamiyati bor deysizmi? Buning juda katta ahamiyati bor.
Имеет какое-либо значение? Она имеет болшое значение.
A difference? It will make the difference.
To’liq sintaktik muvofiqlik tuzilishdagi muvofiqlik bo‘lib gapdagi so‘zlar tartibi bir xil bo`ladi. Misol uchun:
adj. + noun = red pen - qizil ruchka - красная ручка.
subject + noun = he laughed - u kuldi - он смеялся.
Qisman sintaktik muvofiqlik ma’noning muvofiqligi, ammo tuzilishida farq qiladigan deb tushuniladi. Misol uchun:
Glass + tube — N+N, shisha, naycha N+N, стеклянная труба -Adj+N.
Qisman sintaktik muvofiqlikni gapda biz so‘z tartibi, so'z tushib qoldirish va so‘zlaming o‘mi almashtirishda bir-biriga to‘g‘ri kelmasligini tushunamiz.Masalan:
It is forbidden to smoke here.
Bu yerda chekish man qilingan.
Курить здесь запрещено.
He blew out his candle.
U shamni o‘chirdi.
Он задул свечу.
Sintaktik muvofiqlikning yo‘qligi deganda tarjima uchun manba tilda ishlatiladigan, lekin tarjima qilinayotgan tilda ma’lum sintaktik tuzilishlaming bolmasligi tushuniladi. Masalan:
I heard the door open - Я слышал, как дверь открылась - Men eshikning ochilishini eshitdim. – To’ldiruvchi ergash gap.
Bu yerda o‘rin almashtirish, o‘zgartirish kiritish, tushirib qoldirish va qo‘shimcha qo‘shishdan foydalanilgan.
Grammatik mos bo‘lmaslik deganda bitta yoki boshqa grammatik shaki yoki konstruksiyalar o‘girilayotgan tilda mavjud bolmasligi, shakl va konstruksiyalar ishlatilishida moslik bo‘lmasligi, so‘zlarning birikishida farq bolishi, bir xil ma’noga ega bo‘lgan so‘z turkumlarining bo‘lmasligi tushuniladi. Masalan:
She says he will go - U kelishini aytadi. Он говорит, что придет.
She said he would go - U kelishini aytdi. Он сказал, что он придет.
Ingliz tilida predlog va artikllar qo’llaniladi, o‘zbek tilida esa ular qo‘llanilmaydi. Misol uchun:
There was a Miss Lich-Qandaydir miss Lich bor edi. Была некая мисс Lich.
Transpozitsiya - ayni tildagi lingvistik elementlar tartibi yoki o‘rnini o‘zgartirishdir.
“At breakfast table”-so‘z almashtirish (nonushta vaqtida). Bo время завтрака.
9-10-mavzular. Tarjimaning frazeologik muammolari (4 soat)
Reja:
Tarjima jarayonidagi frazeologik qiyinchiliklar
Frazeologik ma`noni qayta yaratish
Tarjima nazariyasi bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlarda turg’un birikmalarni taijima qilishning to‘rtta usuli borligi haqida ma’lumot beriladi (Qarang: L. Barxudarov, V. Komissarov, Fiterman, Levitskaya, O. Petrova va boshqalar). Ular quyidagilardan iborat: 1) obrazni qanday bo’lsa shundayligicha saqlash; 2) obrazni qisman o‘zgartirish; 3) obrazni butunlay boshqa obraz bilan almashtirish va tarjimada obrazni butunlay saqlamaslik yoki uni tushirib qoldirish.
Odatda universal yoki internatsional obrazlar tarjimada to’liq saqlanadi. Bunday frazeologik birliklar tarixiy, afsonaviy, diniy, mistik, mifologik va shu kabilarga asoslangan bo‘ladi. Masalan, “in the seventh heaven” - “yettinchi osmonda”. Bunday frazeologik birliklar asliyatning tarjima tilidagi ekvivalentlari deb ataladi. Tarjimada to’liq ekvivalentga ega frazeologik birliklar deyarli hech qanday muammo tug‘dirmaydi, chunki ular stilistik hamda pragmatik jihatlardan bir xil qiymatga, ma’noga, ifoda usuli va ta’sir kuchiga ega bo’ladi.
Ba’zan asliyatdagi obrazli frazeologik birlikni tarjima tilida muqobili bo’lmasa ham saqlab qolish imkoniyati bo’ladi. Bunga kalkalash yo‘li bilan erishish mumkin. Masalan, “nothing comes out of the sack but what was in it” - “qopda nima bo’lsa, shu chiqadi” yoki “qozonda bori cho'michga chiqadi”. Bu usul obrazli frazeologik birlikning ma’nosi shaffof bo’lgan taqdirda, ya’ni uni hamma oson tushungan holdagina qo’llash mumkin. Frazeologik birliklar tarkibidagi so‘zlar ko‘chma ma'noda qo’llanigan bo’lsa- da, ularning lug‘aviy ma’nosi aniq bo’lsa, uni tarjima qilishda kalkalashdan foydalanish matnni, matndagi informatsiyani hamda matndagi g‘oyani tushunishni osonlashtiradi, tarjima muqobilligini ta’minlaydi. Kalkalash aksariyat hollarda obrazli frazeologik birliklami oddiy frazeologik, ya’ni erkin birikmalarga aylantirib qo'yadi. Bu usulning qanchalik to‘g‘ri tar.langanligini tarjima sifati ko‘rsatadi. Aksincha, frazeologik birikma tarkibida qo’llangan so‘z ma’nolari shaffof bo’lmasa, kalkalash usulidan foydalanish matnda qo’llangan ko‘chma ma’noli so‘zlarni qisman, ba’zan esa to‘liq tushunmaslikka olib keladi. Masalan, ingliz tilidagi “to send somebody to Coventry” turg‘un frazeologik birligini tushunish uchun undagi so‘zlar ma’nosi yoki ma’nolar yig’indisi yetarli bo’lmaydi, chunki bu frazeologik birlik na “yubormoq” va na “Koventri “ so'zining ma’nosiga bog’liq. Bu iboraning tarjimasi “baykot qilmoq" fe’liga to‘g‘ri keladi.
Aksariyat hollarda asliyat va tarjima tillarida bir xil fikr ifodalanadi, biroq ular obrazlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ularning har ikkisi bir xil ko‘chma ma’noga ega bo’ladi. Bunday hollarda obrazlar o‘rtasida mavjud ozgina farq hisobga olinmasligi lozim. Bunda tarjima qilinayotgan frazeologik birlikdagi obraz tarjimada ba’zi bir aniqroq aytadigan bo’lsak, qisman o‘zgarishga uchraydi. Shunday bo’lsa-da tarjima adekvat hisoblanadi: “a fine suit does not make a gentleman” - “kiyim odamni bezamaydi”, “a burnt child dreads the fire” - “og‘zi qaynoq sutga kuygan, qatiqni ham puflab ichadi”. Ikkinchi misolda ingliz va o‘zbek frazeologik birliklari o‘rtasida muqobillik yo‘qdek ko‘rinadi. Chunki birlikning birorta so‘zi bir-biriga to’g’ri kelmaydi, biroq frazeologik birlikda ifodalangan obraz deyarli bir xil - olovdan va qaynoq narsadan qo‘rqish ma’nosi berilgan. Ikkala turg‘un birlikda berilgan ma’no umumlashtirilgan. Yana bir-ikkita misolni tahlil qilib chiqaylik: “look not a gift horse in the mouth” - “berganning betiga qarama”, ''to lay by a rainy day'' - “qora kunga saqlamoq/qoldirmoq” va hokazo.
Har bir xalqning til boyligi, jumladan frazeologik birliklari uning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi, mentaliteti va xaraklerli xususiyatlari va shu kabilami aks ettiradi. Hamma uchun bir xil fikrlar turli xalqlar tomonidan turlicha ifodalanadi: o‘zbeklar “tuyaning dumi yerga tekkanda”, “qizil qor yoqqanda”, “xapshanba kuni” deganda inglizlar “when pigs fly” frazeologik birligini qo’llashadi. Ikkala frazeologik iboradagi leksik birliklar bir-biriga, ayniqsa “tuya, qizil qor hamda xapshanba” butunlay to'g'ri kelmasa- da, “hech qachon sodir bo‘lmaydigan ish-harakat, voqea” asosiy fikr hisoblanadi. Frazeologik birliklar tarkibidagi aksariyat so'zlar esa ikkinchi darajali unsur sifatida qo’llangan. Bu yerdagi asosiy vazifa asliyatdagi frazeologik birlikka tarjima tilida xuddi shu fikrni ifodalagan va xuddi shunday stilistik ma’noga ega bo’lgan turg'un birikma topish.
Misollardan ko'rinib turibdiki, aksariyat hollarda asliyatdagi frazeologik birliklarning ekvivalentlari yo‘q bo’lganda, ayni obraz qo’llanmaganda obrazni butunlay almashtirish tavsiya etiladi. Tarjima tilida asliyatdagi frazeologik birlikka ma’no va stilistik ifodaliligi o'xshash turg'un birikma topish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shunday hollar bo’ladiki, tarjima tilida asliyat tiliga na ekvivalenti va na o‘xshash frazeologik birikma topiladi. Asliyatda ifodalangan fikrni aks ettira oladigan birlikning na ekvivalent va na o'xshashi bo’lganda, frazeologik birlik shaffof bo’lmasa, kalkalash usulidan foydalanishning iloji bo’lmaganda, turg'un frazeologik birliklar tasviriy yo’l bilan tarjima qilinadi. Tasviriy usul erkin ko'chma ma’noga asoslanmagan frazeologik birliklami qo’llashni talab etadi: “a skeleton in the cup” - “oila siri”, “in a whole skin” - “bekamu-ko‘st, soppa-sog‘, sog‘-salomat, beziyon” va shu kabilar.
Ko'chma, ya’ni obrazli frazeologik birliklarni tarjima qilishning asosiy usullari mavjud.
Frazeologik birliklarini tarjima qilish jarayonida so'zlarning milliy xususiyatlarini hisobga olish lozim bo’ladi. Milliy xususiyatga ega bo’lgan so'zlar, ya’ni realiy (xos so'zlar) tarjimasi, frazeologik birliklar tarjimasi juda murakkab hisoblanadi, tarjimondan katta kuch va ko'p vaqt talab etadi. Bir tomondan tarjimada milliy xususiyatlarni saqlash oson bo’lmasa, ikkinchi tomondan tarjimonning erkinlikka yo’l qo'yishi natijasida tarjima tiliga asliyat tilining milliy xususiyatlarini olib kirish holiari uchrab turadi. Ma’no jihatdan “to carry coals to Newcastle” iborasi “Surxondaryoga xurmo olib bormoq, Marg'ilonga atlas tashimoq”, “Chinozga baliq tashimoq” deb emas, balki neytral ma'noga ega “daryoga suv tashimoq”, “o'rmonga o'tin olib bormoq” kabi neytral birikmalar topish, zarur bolsa, yangi erkin frazeologik birliklar yaratish tavsiya etiladi. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan frazeologik birliklar o‘zbekchalashtirilishi lozim, lekin bu bilan tarjimaning o‘zini oqlamagan usullardan foydalanish, uni suiiste’mol qilish nafaqat tarjima usuliga, balki mazmuniga ham putur yetkazadi, tarjima sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Belgilar umumiy va maxsus bo’lishi mumkin. Har qanday tilda oq rang soflik, adolat belgisidir. Shuningdek, qora - qayg‘u, o‘lim, gul - chiroy, sevgi, bulbul - chiroyli ovoz, bo‘ri - hasislik, ochlik, tulki - makkorlik, iymon - donolik va hokazo. Bu belgilar umumiy belgilardir. Har xil geografik, iqtisodiy, ijtimoiy, insonlaming siyosiy holatlari bilan bog’liq maxsus belgilar ham mavjud. Shunga ko‘ra bir frazeologik birliklarni tarjimada turli xil so'zlar bilan solishtiramiz. M: as red as a cherry - olmaday qizil; as harmless as a dove - musichaday beozor.
Har bir tilda o‘zining milliy, madaniy xususiyatlariga ega bo’lgan frazeologik birliklar mavjud. Frazeologik birliklarning tarjimasi milliy, madaniy xususiyatiga chuqur e’tibor bergan holda qilinishi lozim.
Frazeologik birliklar har bir tilda tashkil topishi jihatidan ijtimoiy-tarixiy hodisalar, aqliy va ruhiy holatlar, din, milliy an’ana va urf-odatlami o‘z ichiga oladi. Turli xil geografik nomlar frazeologik birliklarning tarkibiy qismi bo’lishi mumkin. M: Do in Rome as the Romans do. - Onasini uchqo‘rg‘ondan ko‘rsataman. Frazeologik birliklar milliy xususiyatga ega bo’lganda boshqa tilga kalka orqali tarjima qilinadi. M: Golden wedding - oltin to‘y.
Ingliz tilida inson tana a’zolariga ko‘z, qovoq, bosh, quloq va xokazolarga asoslangan bir necha iboralar mavjud. Ba’zida notasviriy ifodaviy, iboralar bilan tarjima qilish muhim bo’lib qoladi, lekin ba’zida tillarda ishlatilishi mumkin. Tarjimon iboralami va asliyat tilidagi boshqa idiomalarni yodda saqlab qolishni o‘rganishi shart. Haqiqiy qiyinchilik iboralami badiiy tomondan tarjima qilayotganda tug’lladi. Tarjimon tarjima tilidagi iboralami qo’llanilishiga sezgirligini oshirish va ularning jonliligini ta’minlash uchun tabiiy qo’llashi va asliyat tilidagi usulni saqlab qolishi kerak. Asliyat tilida ibora hisoblanmagan, lekin iboralar bilan yaxshi tarjima qilinadigan so'zlar bo‘lishi mumkin. M: Dutch courage iborasi o‘zbek tiliga kayf mastlik so‘zlari bilan tarjima qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |