rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo'rqqan kishi uchundir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
460
ZALZALA SURASI
Zalzala-zilzila, yer qimirlashi. Bu surada qiyomatning qoyim bo'lishida Yerning junbushga kelib qimirlashi va
tilga kirib gapirishi va nomai a'mol bitiklari tasvirlangan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qachonki, Yer o'zining (eng dahshatli) zilzilasi bilan qimirlaganida,
2. Yer (o'z qa'ridagi konlaru murdalardan iborat) "yuk"larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida
3. va (qayta tirilishni inkor qiluvchi) inson (dahshatga tushib): "Unga ne bo'ldi ekan?" - deb qolganida
4. ana o'sha kunda Yer o'z xabarlarini so'zlar.
Izoh: Yerning xabarlari uning ustida yurgan bandalarning qilmishlaridir. Ular haqida yerning Alloh oldida
guvohlik berishi o'ta dahshatli hodisadir Suraning davomida har bir banda dunyoda qilib o'tgan yaxshi-yomon
ishlari bitilgan nomai a'moli qo'liga berilgach, uni o'qib ko'rishi ta'kidlanadi. Bu oyatlardagi ilohiy hikmatlarni
tafakkur bilan poyoniga yetish juda qiyin. Ba'zi ulug’ olimlarning yozishiga qaraganda, har bir inson oxiratda
o'z nomasini o'qib ko'radi. Lekin boshqa odam buni o'qimaydi, bilmaydi ham. Aks holda ba'zi ishlaridan xijolat
bo'lishga to'g’ri keladi. Alloh taolo o'sha joyda ham bandalarining noshoyista qilmishlarini hammaga fosh
qilmay, o'zining rahmat va mag’firatini namoyon qilishidan bu yerda bashorat berilmoqda (Anisul-jalis).
5. (So'zlashga) Rabbingiz vahiy (ruxsat) qilganini aytur.
6. O'sha Kuni odamlar, ularga (nomai) a'mollarini ko'rsatilishi uchun to'da-to'da bo'lib chiqib kelurlar.
7. Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar.
8. Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
461
ODIYOT SURASI
Odiyot - chopuvchi (ot)lar. Surada janglarda matonat ko'rsatadigan chopqir otlar nomiga qasamyod etish bilan
Alloh taolo ba'zi noshukur insonlarning o'z xoliqiga itoatsiz, dunyoparast ekanliklarini ta'kidlaydi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod etaman pishqirib chopadigan,
2. (chopganda tuyoqlaridan) chaqmoq chaqnatadigan,
3. tong paytida (yov sari) bostirib boradigan,
4. bas, o'shanda (ortida) chang qoldiradigan,
5. shu (chang) bilan (dushman) jamoasining o'rtasiga kirib boradigan (ot)largaki,
6. haqiqatan, (kofir) inson Parvardigori (ato etgan ne'matlar)ga noshukrlik qiluvchidir!
7. Yana u bunga (noshukrligiga) guvohdir.
8. Yana u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (beriluvchi)dir.
9. Axir, u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo'lib), qabrlarning ichidagi narsalar chiqarilganida
10. va dillardagi sirlar oshkor qilinganida -
11. ana o'sha Kunda, albatta, Parvardigorlari ulardan (qilib o'tgan ishlaridan) xabardor-ku!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
462
QORIA SURASI
Qoria - zarba beruvchi, ya'ni, qiyomat shiddati. Demak, sura qiyomat kuni nomlarining biri bilan ataladi.
Unda mahshargohdagi odamlarning parvonalardek to'zib yurishlari, tog’u toshlar shunchalik og’ir jismlar
bo'lishiga qaramay Allohning amri bilan to'zigan yung kabi to'zonga aylanishi kabi qiyomat hodisasi
tasvirlanadi. Ana o'sha kuni kimning amal tarozisi og’ir kelsa - baxtli, yengil kelsa - baxtsiz bo'lishi va otashi
do'zaxga mahkum etilishi ta'kidlanadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (U) zarba beruvchi (qiyomat)dir.
2. Zarba beruvchi nedur?!
3. (Ey, inson,) zarba beruvchi nima ekanini senga ne ham anglatur?!
4. U Kuni odamlar to'zitib yuborilgan parvonalar kabi bo'lurlar.
5. Tog’lar esa titilgan yung kabi (havoda uchib yuradigan) bo'lur.
6. Bas, endi (o'sha kuni) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og’ir kelsa,
7. ana o'sha qoniqarli maishatda bo'lur.
8. Ammo, kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa,
9. uning joyi "jarlik"dir.
10. Uning nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
11. (U) (do'zaxdagi) lovullab yonuvchi olovdir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
463
TAKOSUR SURASI
Takosur - to'plab ko'paytirish ishtiyoqida bo'lmoq demakdir.
Surada mol-dunyo to'plash harakati bilan ovora bo'lib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt
topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday
qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, ya'ni, hayotdan ko'z yumgach hamda oxiratdagi jazoni
muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, o'sha kuni ato etilgan ne'matlardan hisobot
olinishi to'g’risida ogohlantiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, insonlar,) sizlarni (mol-dunyo) ko'paytirish (Allohga ibodat qilishdan) mashg’ul qildi.
2. Hatto maqbaralaringiz (ko'pligi bilan faxrlanish)gacha bordingiz.
3. Yo'q! Yaqinda (buni oqibatini) bilursizlar.
4. Yana bir bor yo'qki, yaqinda bilursizlar!
5. Yo'q! Agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda edi (uni do'st tutmas edingiz).
6. Qasamki, albatta, sizlar do'zaxni ko'rasizlar!
7. Yana bir bor qasamki, sizlar uni ayni ishonch bilan ko'rasizlar!
8. So'ngra ana o'sha Kunda, albatta, (sizlarga ato etilgan barcha) ne'matlar to'g’risida so'roq
qilinursizlar!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
464
ASR SURASI
Asr bilan Alloh taolo qasamyod etib, surada bayon etilgan to'rt xislatdan mahrumlikda yashagan insonning
butun umri ziyonkorlik va baxtsizlikda o'tgan deb hisoblanishini ta'kidlaydi. U to'rt xislat-imon, solih amal,
haqiqatparvar va sabrli bo'lishga bir-birini targ’ib etishdir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Asrga qasamki,
Izoh: Asr so'zi arab tilida bir necha mazmunga dalolat qiladi. Jumladan, asr namozi, har yuz yillik muddat,
Payg’ambarimiz yashagan asr, siqib suvini chiqarish kabi ma'nolarni o'z ichiga oladi. Surada zikr etilgan asr
so'zidan murod asr namozi yoxud asri saodat, ya'ni, Rasululloh yashagan asr maqsad qilingan bo'lishi mumkin.
Vallohu a'lam.
2. (har bir) inson ziyon (baxtsizlik)dadir!
3. Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo'li)ni tavsiya etgan va bir-
birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan ustasnodirlar).
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
465
HUMAZA SURASI
Humaza - birovning ortidan imo ishoralar bilan g'iybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka o'ta berilib,
faqat boylikka suyanuvchi, o'zgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi kufrga ketgan shaxslar qoralanib,
ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Kishilar ortidan) g'iybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy!
2. Qaysiki, u mol-dunyoni yig'ib, uni sanagani-sanagan
3. va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb o'ylab yurgan kimsadir.
4. Yo'q! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur!
5. (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?!
6.(U) yoqib qo'yilgan Allohning bir olovidirki,
7. (u badanlarni teshib o'tib) yuraklarga qadar yetur.
8. Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir.
9. (O'zlari) uzun ustunlarda (zanjirband) bo'lurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
466
FIL SURASI
Fil - ma'lum hayvon.
Surada Payg'ambarimiz tavallud topgan yili ro'y bergan tarixiy va ibratli voqea qisqacha bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) Rabbingiz fil egalarini ne qilganini ko'rmadingizmi?
2. (U) ularning makrlarini chalg'itib qo'ymadimi?!
3. Ularning ustiga to'da-to'da qushlarni yubordi.
4. (Ular) sopol toshlar bilan ularni otar edi.
5. (Shunday qilib) ularni yeb (chaynab) tashlangan somondek qilib tashladi.
Izoh: Fil voqeasining qisqacha bayoni shunday iboratki, milodiy 570 yili Yaman hokimi Abraha o'zi kofir-
mushrik bo'lgani yetmagandek, Makkadagi Ka'bani ziyorat qilinishiga hasad qilib, Yamanda bir ziyoratgoh
qurdirgan va odamlarni uni ziyorat qilishga undagan. Bir guruh ziyoratchilar kelib, uning ichiga turli axlatlar
tashlab, iflos bir holga keltirib ketishgan. Buni ko'rgan Abraha darg'azab bo'lib o'z qo'shini oldiga fili
dammon, ya'ni imoratlarni buzishda foydalaniladigan filni solib yo'lga tushadi. Ka'baga yaqin qolganda Alloh
taolo ular ustiga bir gala qushlarni yuboradi. Ularning har biri tumshug'iga qizitilgan tosh bilan Abraha
qo'shinlari ustiga yopirilib kelib tosh yog’diradilar. Shu tariqa ularning hammasi yer bilan yakson bo'ladi. Bu
yilning nomini Omul-fil - Fil yili deb nomlangan. Muhammad (a. s.) shu yili tavallud topganlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
467
QURAYSH SURASI
Quraysh - Makkadagi o'n ikki qabilalarning biri. Muhammad (a.s.) shu qabilaga mansubdirlar. Surada Alloh
taolo Quraysh ahliga O'zi ato etgan ne'matlarni eslatib, ularning shukronasi uchun Baytulloh egasiga ibodat
qilishga buyuradi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Quraysh (aholisi)ga qulay qilib qo'ygani uchun,
2. ya'ni ularga qishda (Yamanga) va yozda (Shomga) safar qilishni qulay qilib qo'ygani uchun
3. mana shu Uy(Ka'ba)ning Parvardigoriga ibodat qilsinlar!
4. Zero, (U) ularni ochlikdan (qutqarib) taomlantirdi va xavf (va xatar)dan xotirjam qildi.
Izoh: Surada Yamanga qishda, Shomga yozda safar qilish haqida aytildi. Makka ahli yozning issiq kunlari
Yaman diyorlari o'ta qizib ketishini bilib, bu faslda salqinroq Shom diyoriga tijorat safarini uyushtirar, qishda
kunlar biroz soviganda esa Yaman diyoriga safar qilar edilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
468
MO'UN SURASI
Mo'un - ro'zg'or buyumlari va anjomlari.
Surada imonsiz bandalarning razil sifatlaridan ba'zilari sanab o'tiladi. Jumladan, oxirat jazosini inkor etish,
yetim holidan xabar olmaslik, namozni unutish, riyokorlik qilish va ro'zg'or buyumlarini qizg'anish kabi
nuqsonlar ibrat uchun bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Dinni (oxirat jazosini) inkor etadigan kimsani ko'rdingizmi?!
2. Bas, u yetimni jerkiydigan
3. va miskin (bechora)ga taom berishga targ'ib qilmaydigan kimsadir. Izoh: Bu sifat egalari Makkaning
ashaddiy kofirlaridir. Os ibn Voil, Valid ibn Mug'ira kabilardir. Oyat ular sha'niga doir bo'lsa-da, uning
hukmi umumiy bo'lib, har bir momin-musulmon bu kabi salbiy xususiyatlardan xoli bo'lishiga harakat
qilish zarurdir.
4. Bas, shunday namozxonlar holiga voyki,
5. ular namozlarini "unutib" qo'yadilar,
6. riyokorlik qiladilar
7. va ro'zg'or buyumlarini (kishilardan) man etadilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
469
KAVSAR SURASI
Kavsar - Muhammad (a. s.)ga atab yaratilgan jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi
asaldan totli, qor va sutdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko'rmaydi. Surada Payg'ambar (a. s.)ga
O'zi ato etgan "Havzi Kavsar" ne'mati shukronasi sifatida namoz o'qish va qurbonlik qilishni Alloh taolo
Muhammad (a. s.)dan talab etadi. Shuningdek, hasadchi dushmanlar esa bu kabi ne'matlardan mahrum
ekanliklari eslatiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik.
Izoh: Kavsar so'zining daryo va hovuzdan boshqa ma'nolari ham mavjud ekanligi tafsirlarda bayon etilgan.
Masalan, Kavsar - bu kasir so'zining mubolag'a siyqasi, ya'ni juda ko'p (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato
etdik, degan ma'noni ham anglatadi.
2. Bas, Rabbingiz uchun namoz o'qing va (tuya) so'yib qurbonlik qiling!
3. Albatta, g'animingizning o'zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir.
Izoh: Sura oxirida Payg'ambar dushmanlarini ta'riflab Alloh taolo ular - abtar, deydi. Abtar so'zining ham bir
necha tafsirlari mavjud. Masalan abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o'chadigan; nasl-nasabi
quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg'ambar (a. s.)ga nisbatan mushriklar bu so'zni qo'llab, undan
o'g'il farzand qolmadi, demak uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida, Alloh taolo shu
qisqa sura orqali ularga raddiya berdi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
470
KOFIRUN SURASI
Kofirun - kofirlar demakdir
Surada Payg'ambar (a. s.)ning Makkada yashagan davrlari, islomiy da'vatlarining dastlabki yillarida mushriklar
Islom diniga kirishdan qochib, turli hiylalar ishlatishga o'tdilar. Shulardan biri Payg'ambar (a. s.) bilan kelishib
olish. Ya'ni, ular islom dini ta'limotiga binoan Allohga ibodat qilishga bir shart bilan rozi bo'lmoqchi bo'ldilar.
U ham bo'lsa, bir yil Muhammad (a. s.) ularning butlariga sig'inar emishlar, so'ngra bir yil ular Muhammad (a.
s.)ning rabbiga sig'inar emishlar. Bu tutruqsiz taklifni qabul qilmasliklarini ta'kidlab, Alloh taolo O'z
payg'ambariga amri ilohiy bilan buyurib, ularga bu kabi shirk aralashgan ibodatdan ko'ra hozircha har ikki taraf
o'z dinida qolib, o'z dinida bo'lishining afzalligi aytilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar!
2. Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman.
3. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
4. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.
5. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
6. Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
471
NASR SURASI
Nasr - yordam.
Surada islom dini ravnaq topib, odamlar guruh-guruh bo'lib, unga kirayotgani Allohning ulug' ne'matlaridan
ekanligi, buning uchun Allohga shukrona sifatida hamd, tasbeh va istig'for aytish zarurligi bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) qachonki, Allohning yordami va g'alaba kelganda
Izoh: Bu oyat bilan Alloh taolo o'z rasuli va habibiga yaqinda Makka ahlining hammasi guruh-guruh bo'lib
islomga kirishi haqida bashorat bermoqda.
2. va odamlar to'p-to'p bo'lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko'rganingizda,
3. darhol, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting va Undan maqfirat so'rang! Zero, U tavbalarni qabul
qiluvchi zotdir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
472
MASAD SURASI
Masad - puxta tola, do'zax olovi. Suraning nomi "Tabbat" deb ham ataladi.
Unda Payg'ambarimiz amakilaridan biri, ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning
jazolanishlari, har ikki dunyodagi tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1.Abu Lahabning qo'llari qurisin (halok bo'lsin)! Halok bo'ldi ham.
2. Mol-mulki va kasb bilan topgan narsalari unga asqotmadi.
3. Yaqinda (u) olovda toblanajak.
4. Shuningdek, o'tin tashuvchi xotini ham.
5. Bo'ynida puxta eshilgan arqoni ham bo'lur.
Izoh: Abu Lahabning asl nomi Abdul-Uzzo bo'lgan. Ma'nosi Uzzo degan butning quli demakdir. Alloh taolo o'z
qulini but quli deb atashdan or qilib, uni Abu Lahab - alangali, deb laqabladi. Bu yerdagi alanga ikki narsaga
dalolat qiladi. Biri uning yuzi doimo qizarib, lovullab turganligidan shu laqab berilgan bo'lsa, ikkinchidan
oxiratda do'zax alangasida yonishi muqarrar ekanligiga dalolat qilsin deb Alloh taolo shu nom bilan atadi.
Abu Lahab bilan uning xotini Muhammad (a. s.)ga eng ko'p aziyat yetkazgan kofirlardan hisoblanadi. Bu
betavfiq xotin tikanli o'tinlarni terib kelib, Rasululloh yuradigan yo'llariga tashlar ekan. Surada uning bo'ynida
o'tin bog'lab yurgan arqoni bog'liq holda eri bilan birga jahannamga tushajagi to'g'risida xabar berilgan.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
473
IXLOS SURASI
Ixlos - xolis qilish, (imonni) poklash. Sura Makka mushriklarining Alloh to'g'risidagi noto'g'ri e'tiqodlariga
raddiya hamda Payg'ambarimizga "Parvardigoringning naslu nasabi ne?" deb bergan johilona savollarga javob
tariqasida nozil qilingan. Zero, ularning aqidalari bo'yicha, Alloh yagona emas, u ba'zi narsalarga muhtoj,
Uning farzandlari bor, boshqa ma'budalarda ham ilohiy kuch-qudrat bor degan buzuq va botil mafkura mavjud
edi. Surada ularga qisqa va qat'iy javob qilingan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |