Tarjima haqida


Bas, (Ey, Muhammad, kofirlarning aziyatlariga) chiroyli sabr bilan sabr qiling!



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


5. Bas, (Ey, Muhammad, kofirlarning aziyatlariga) chiroyli sabr bilan sabr qiling! 

 

6. Chunki, ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, 

 

7. Biz esa uni yaqin bilurmiz.  

 

8. U Kunda osmon yog'ning quyqasidek bo'lib qolur.  

 

9. Tog'lar esa yung kabi (to'zon) bo'lib ketar.  

 

10. Do'st do'stidan (hol-ahvol) so'ramas.  

 

11. (Holbuki,) ular (bir-birlariga) ko'rsatilurlar. Jinoyatchi (kofir) u Kunning azobidan (qutulish uchun) 



o'g'illarini, 

 

12. xotini va birodarini, 

 

13. uni o'z panohiga oladigan qarindoshini 

 

14. va Yerdagi barcha kishilarni to'lov qilib berib, unga najot berishni istar.  

 

15. Yo'q! Axir, u do'zaxdir.  

 

16. Terilarini sidirib oluvchidir.  

 

17. U (Haq yo'lidan) yuz o'girib, ters qarab ketganni (o'ziga) chaqirur.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

410


18. (Boylikni) yig'ib saqlagan (yaxshi joylarga sarflamagan) kimsalarni ham.  

 

19. Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir.  

 

20. Qachonki, unga yomonlik (kambag'allik yoki musibat) yetsa, u o'ta besabrlik qiluvchidir.  

 

21. Qachonki, unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa, u o'ta man etuvchi (baxil)dir.  

 

22. Faqat namozxonlar bundan mustasnodirlar.  

 

23. Ular namozlarida muntazam (davomatli), 

 

24. (topgan) mol-mulklaridan (ajratilgan) ma'lum haq borki, u 

 

25. tilanchi va mahrum kishilar uchundir.  

 

26. Ular yana jazo (Qiyomat) kunini tasdiq etuvchi, 

 

27. Parvardigorlarining azobidan qo'rquvchi zotlardir.  

 

28. Zotan, Parvardigorlarining azobidan (hech kim) xotirjam emasdir.  

 

29. Ular yana avratlarini (zinodan) saqlovchidirlar, 

 

30. illo o'z jufti halollari va qo'l ostidagilari (cho'rilari mustasnodirlar). Ular malomat qilinmaslar.  

 

31. Bas, kimki buning aksini (zinokorlikni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchi kimsalardir.  

 

32. Yana ular (namozxonlar) o'zlariga ishonilgan omonatlarga va (o'zgalarga) bergan ahd-paymonlariga 

rioya qiluvchidirlar.  

 

33. Ular o'z guvohliklarida to'g'ri turuvchilardir.  

 

34. Yana ular namozlarini (vaqtida ado etib) yuruvchilardir.  

 

35. Aynan o'shalar jannatlarda ikrom etiluvchilardir.  

 

36. Bas, (Ey, Muhammad,) bu kofir bo'lgan kimsalarga ne bo'ldiki, Siz tomonga qarab chopurlar 

 

37. o'ng va so'ldan, to'da-to'da bo'lib ?! 

 

38. Yo ulardan har bir kishi ne'mat jannatiga kiritilishni tama qilurmi?! 

 

39. Yo'q! Axir, Biz ularni o'zlari biladigan narsadan (bir tomchi maniy suvidan) yaratdikku! 

 

40. Bas, mashriqlar va mag'riblarning Parvardigoriga qasamki, albatta, Biz qodirdirmiz 



 

41. ulardan yaxshiroq (insonlarga) almashtirib qo'yishga. Bizdan (bu ishda) o'zib ketilmas.  

 

42. Bas, (ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering! Ular, to o'zlariga va'da qilinayotgan kunlariga 

yo'liqqunlaricha, (xom xayollariga) sho'ng'ib, o'ynab yuraversinlar! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

411


43. U kunda ular go'yo (o'zlari sig'inadigan) butlarga qarab chopishayotgandek shoshilgan,  

 

44. ko'zlari qo'rquvda, xorlik ularni egallab olgan hollarida qabrlaridan chiqib kelurlar. Mana shu 

ularga va'da qilib yurilgan Kundir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

412


NUH SURASI 

 

Surada Nuh (a.s.)ning o'z qavmlarini imonga da'vat qilgan kezlarida ulardan ko'rgan jabru jafolari va oxiri 



tavfiq topmagan kofir qavmlarining tug'yoni avj olib ketgandan keyin ularning haqlariga duoi bad qilganlari 

to'g'risida oyatlar bayon etilgan. Rivoyatlarga ko'ra, Nuh (a.s.) 950 yil payg'ambarlik qilganlar. Axiri Alloh 

tomonidan to'fon balosi yuborilib, kufr va zulm egalari tamomila halok etiladi. 

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 

 

1. Haqiqatan, Biz Nuhni: "Qavmingni ularga alamli azob kelmay turib ogohlantirgin", - deb o'z qavmiga 

(payg'ambar qilib) yubordik. 

 

2. U dedi: "Ey, qavmim, albatta, men sizlarga (yuborilgan) aniq ogohlantiruvchidirman. 

 

3. Allohga ibodat qilinglar, Undan qo'rqinglar va menga itoat etinglar, 

 

4. (shunda Alloh) sizlarni gunohlaringizdan o'tar va sizlarni belgilangan muddatgacha (ajalingiz 

yetgunicha tirik) qoldirar. Agar biluvchi bo'lsangizlar, Allohning muddati kelganda, aslo kechga 

qoldirilmas". 

 

5. (U) dedi: "Ey, Rabbim, men qavmimni kecha-yu kunduz (imonga) da'vat etdim. 

 

6. (Ammo) mening da'vatim ularga faqat (imondan) qochishni ziyoda qildi, xolos. 

 

7. Darvoqe, har gal men ularni Sening mag'firatingga (din yo'liga) da'vat etsam, ular (eshitmaslik uchun) 

barmoqlarini quloqlariga tiqib, kiyimlariga o'ralib oladilar va (o'z kufrlarida) qattiq turib oladilar 

hamda (menga itoat etishga) kibr qiladilar. 

 

8. So'ngra men ularni oshkora da'vat etdim. 

 

9. So'ngra men ularga (o'z da'vatimni) (ochiq) e'lon ham qildim, pinhona qilib ham aytdim. 

 

10. Bas, dedimki: - Rabbingiz (Alloh)dan mag'firat so'rangizlar, albatta, U o'ta kechirimli zotdir. 

 

11. (Shunda U) ustilaringizga osmondan yomg'ir yog'dirur, 



 

12. sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog'lar (ato) qilur va sizlarga 

anhorlarni (ato) qilur. 

 

13. Nega sizlar Allohni ulug'lashni (ibodat qilishni) o'ylamaysizlar?! 

 

14. Holbuki, U sizlarni bosqichma-bosqich yaratgan bo'lsa?! 

 

15. Ko'rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday ustma-ust qilib yaratdi. 

 

16. Oyni ular ichida nur qilib, quyoshni esa chiroq qilib qo'ydi. 

 

Izoh: Tafsirlarda yozilishicha, oy birinchi, quyosh esa to'rtinchi osmonlarda nur va ziyo taratib turadilar. 



Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan qilingan rivoyatda aytilishicha, oy ham, quyosh ham yuz (old) tomonlari 

osmonlarga, orqa tomonlari yerga qarab turar emish. Vallohu a'lam (Madorik tafsiri). 

 

17. Alloh sizlarni (Odamni) yerdan undirdi (paydo qildi). 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

413


 

18. So'ngra (vafot etganlaringizda) sizlarni yana (yerga) qaytarur va (Qiyomatda) sizlarni yana 

chiqarur. 

 

19. Alloh yerni sizlar uchun to'shak qildi, 

 

20. toki undagi keng yo'llarda yurgaysizlar. 

 

21. Nuh (yana) aytdi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, ular menga itoatsizlik qildilar hamda (topgan) mol-

dunyosi va farzandlari o'ziga faqat ziyonni oshiradigan kimsalarga ergashib ketdilar". 

 

22. ( Ular) juda katta makr qildilar. 

 

23. (O'zlariga ergashgan kimsalarga:) "Sizlar o'z ilohlaringizni sira tark etmanglar! "Vad"ni ham, 

"Suvo'"ni ham, "Yag'us"ni ham, "Ya'uq"ni va "Nasr"ni ham sira tark etmangizlar!" - dedilar.  

 

Izoh: Vad, Suvo', Yag'us, Ya'uq, Nasr - ular siqinadigan ma'buda - sanamlarning nomlaridir. 

 

24. Darhaqiqat, ular (Nuh qavmining kofirlari) ko'p (kishilar)ni yo'ldan ozdirdilar. "(Ey, Rabbim,) 

zolimlarga faqat gumrohlikni ziyoda qilgin!" (dedi Nuh). 

 

25. Ular o'z xato (gunoh)lari sababli g'arq qilinib, (suv balosidan so'ng yana) olovga kiritildilar. Bas, 

o'zlariga Allohdan o'zga yordam beruvchilarni topmadilar.  

 

Izoh: Bu qabr azobiga dalolat qiladigan oyatlardandir. 

 

26. Nuh aytdi: "Ey, Rabbim, yer yuzida kofirlardan birorta (tirik) yuruvchini qoldirmagin. 

 

27. Chunki, Sen agar ularni qoldirsang, bandalaringni yo'ldan ozdirurlar va faqat, fosiq, noshukr(lar)ni 

tuqarlar. 

 

28. Ey, Rabbim, meni, ota-onamni, uyimga mo’min holda kirgan kishilarni va barcha mo’minu 

mo’minalarni mag'firat etgin! Zolimlarga esa faqat halokatni ziyoda qilgin!" 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

414


JIN SURASI 

 

Surada bir guruh jinlar toifasi Rasululloh huzuriga kelib, Qur'on tilovatini tinglab, so'ng imon keltirganlari, 



umuman jinlar bilan insonlar o'rtasidagi munosabatlar, ularning samoviy vahiylarga aloqasi va boshqa muhim 

ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, Muhammad (a.s.) insonlarga ham, jinlarga ham barobar 

payg'ambar etib yuborilganlar. Binobarin, jinlar ichida ham mo’minlari va kofirlari, yaxshilari va yomonlari 

bor. Eng yovuzlarini shaytonlar deb ataladi. Jinlar olovdan, farishtalar nurdan yaratilgan. 

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi (Qur'on tilovatimni) eshitib, 



(o'z qavmlariga borib), dedilar: "Darhaqiqat, bizlar ajib bir Qur'onni eshitdik.   

 

2. U to'g'ri yo'lga hidoyat qiladi. Bas, darhol unga imon keltirdik. Bizlar (endi) Rabbimizga hech kimni 

sira sherik qilmasmiz.   

 

3. Albatta, buyukligi oliy bo'lmish Rabbimiz biror juft va yo farzand tutgan emasdir.   

 

4. Albatta, bizlarning ichimizdagi ablah (iblis) Alloh sha'niga ("Uning xotini va farzandi bor", - deb) 

tutruqsiz so'z aytar edi.   

 

5. Yana ins ham, jin ham Alloh sha'niga sira yolg'on so'zlamas, deb o'ylar edik.  

 

6. Insdan bo'lmish (ayrim) kishilar jindan bo'lmish kimsalardan panoh tilashar, ularga esa yanada 

haddan oshishni ziyoda qilur edilar.   

 

7. Albatta, ular (insonlarning kofirlari) ham xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kimsani 

qayta tiriltirmas, deb gumon qilganlar. 

 

8. Bizlar (farishtalardan vahiyni eshitib olish uchun) osmonga daxldor bo'lgan edik, uning kuchli 

qo'riqchi (farishta)lar va (jinlarga otiluvchi uchar) yulduzlar bilan to'la ekanligini ko'rdik.   

 

9. Biz (ilgari) undan (osmondan ba'zi) joylarga (farishtalar so'zlarini) eshitib olish uchun o'tirib olar 

edik. Endi hozir (Muhammad payqambar bo'lgach,) kimki (qaysi jin) tinglamoqchi bo'lsa, o'zini kuzatib 

turgan bir (uchar) yulduzni topar. 

 

10. Biz yerdagi kishilarga (Alloh tomonidan) yomonlik iroda qilinganmi yoki Parvardigorlari ularga 

to'g'ri yo'lni iroda qilganmi, bilmasmiz.  

 

11. Albatta, bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va (shuningdek) oramizda undan berilar 

(yomonlar) ham bordir. Bizlar (ilgari) turli-tuman yo'llarda edik.   

 

12. Bizlar yana (Qur'onni eshitganimizdan so'ng) bildikki, yer (yuzi)da Allohni ojiz qoldira olmasmiz va 

Undan (jazosidan) qochib qutila olmasmiz.   

 

13. Biz Hidoyatni (Qur'onni) eshitdigu unga imon keltirdik. Bas, kimki Parvardigoriga imon keltirsa, 

demak, u (yaxshiliklarning) kamayib qolishidan ham, (yomonliklarning) ortib ketishidan ham xavfi 

bo'lmas.  

 

14.  Oramizda musulmonlar ham bor, (shuningdek) oramizda (yo'ldan) ozganlar ham bordir. Bas, kimki 



musulmon bo'lsa, demak, aynan o'shalar to'g'ri yo'lni maqsad qilib olibdilar.   

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

415


15. Ammo (yo'ldan) ozganlarga esa, bas, ular jahannamga o'tin bo'luvchi kimsalardir".   

 

16. Albatta, agar ular (To'g'ri) yo'lda ustivor turganlarida, albatta, Biz ularni serob qilgan bo'lur edik. 

 

17. Bu bilan ularni sinagan bo'lur edik. Kimki Parvardigorining zikridan (Qur'ondan) yuz o'girsa, (U) 

uni qattiq azobga yo'llar.   

 

18. Albatta, (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (majidlarda) Alloh bilan qo'shib yana biror kimsaga 

duo (ibodat) qilmangizlar!   

 

19. Yana Allohning bandasi (Muhammad) Unga ibodat qilib turganida, ular (jinlar Qur'on eshitish 

uchun) uning ustida g'uj-g'uj bo'lib yiqila boshladilar.   

 

20. (Ey, Muhammad kofirlarga) ayting: "Men faqat Rabbimgagina ibodat qilurman va Unga hech kimni 

sherik qilmasman".  

 

21. Ayting: "Men sizlarga zarar va (yoki) to'g'ri yo'l (berish)ga molik emasdirman". 

 

22. Ayting: "Albatta meni Alloh(ning azobi)dan biror kimsa himoya qila olmas va men Undan o'zga 

panoh ham topa olmasman.   

 

23. (Men) faqat Alloh tomonidan yetkazishga va Uning elchilik vazifalarigagina (egadirman). Kimki 

Alloh va Uning payqambariga itoatsizlik qilsa, bas, albatta, unga jahannam olovi bordirki, (ular) o'sha 

joyda mangu qolurlar.   

 

24. O'zlariga va'da qilinayotgan azobni ko'rganlaridan keyingina kimning yordamchisi zaifroq va 

sanog'i ham ozroq ekanini bilajaklar".   

 

25. (Ey, Muhammad, kofirlarga) ayting: "Sizlarga va'da qilinayotgan azob yaqinmi yoki Rabbim unga 

(uzoqroq) muhlat qilganmi, bilmasman." 

 

26. (U) g'aybni biluvchidir. Bas, O'z g'aybidan biror kimsani xabardor qilmas.   

 

27. Faqat O'zi rozi bo'lgan (tanlagan) payqambarnigina (O'zining ba'zi qaybidan ogoh etar). Bas, 

albatta, U (Alloh) (har bir payg'ambarning) oldidan ham, ortidan ham kuzatuvchi (farishta) yo'llar. 

 

28. Toki (payg'ambarlar) Parvardigorlarining elchilik vazifalarini (ummatga) yetkazganliklarini bilish 

(sinash) uchun (shunday qilur). U (payg'ambarlar) huzuridagi (bor) narsani (ilmu amallarni) ihota qilib 

olgandir va (koinotdagi) har bir narsaning sanog'ini hisoblab qo'ygandir". 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

416


MUZZAMMIL SURASI 

 

Muzzammil - o'ralib olgan, ya'ni, biror narsadan qo'rqqan kishi arablar odati bo'yicha kiyim yoki to'shaklariga 



o'ralib olishga harakat qilar ekan. Payg'ambarimiz (a.s.) ham mushriklarning bergan aziyatlaridan xafa bo'lib 

o'ralib yotganlarida, shu suraning oyatlari nozil bo'lgan deyiladi. Unda Rasul (a.s.)ga Alloh taolo tungi ibodat 

qoidalaridan ta'lim beradi. Tunni faqat uyqu bilan ham emas yoki faqat ibodat bilan ham emas, balki har 

ikkisiga ham ma'lum vaqt ajratish to'g'risida ko'rsatma beriladi. Surada vahiy "og'ir so'z" deb atalgan. 

Darhaqiqat, Qur'oni karimni Jabroil (a.s.) oyat-oyat, sura-sura shaklida Payg'ambar (a.s.)ga olib kelganlarida 

uni qabul qilib olish jarayoni qanchalik og'ir kechsa, ulardagi ahkomlarni hayotga tadbiq etish undan-da og'ir 

kechar edi. Surada aytilgan tilovat qoidalari, ya'ni, Qur'onni tajvid va tartil bilan aniq tilovat qilish mas'uliyati 

barcha mo’minlar uchun ham taalluqlidir.     

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 

 

1. Ey, (kiyimlariga) o'ralib olgan kishi (Muhammad), 



 

2. tunda (bedor bo'lib, namozga) turing! Faqat ozgina (uxlashga vaqt qolsin). 

 

3. Ya'ni, yarmi (qolsin) yoki yarmidan ham bir oz kamaytiring. 

 

4. Yoxud unga (bir oz) ziyoda qiling (yarmidan ko'prog'ida uxlang) va Qur'onni tartil bilan (dona-dona 

qilib) tilovat qiling! 

 

5. Zero, Biz Sizga og'ir So'zni (Qur'onni) tushirajakmiz. 

 

6. Albatta, kechasi (ibodat uchun bedor bo'lib) turish faoliyat jihatidan og'irroqdir, (lekin) so'z (so'zlash, 

qiroat qilish) jihatidan to'g'ri keladiganroqdir. 

 

7.  Albatta, Siz uchun kunduzi davomli mashg'ulot bordir. 

 

8. Rabbingizning nomini (mudom) yod eting va Unga butunlay ajraling! 

 

9. (U) mashriq va mag'ribning Parvardigoridir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, Unigina vakil (homiy) 

qilib oling! 

 

10. Ular (mushriklar) aytayotgan so'zlarga (ozorlariga) sabr qiling hamda ularni chiroyli tarzda tark 

eting! 

 

11. (Sizni) inkor etuvchi (o'sha) ne'mat ahlini Menga qo'yib bering va ularga ozgina muhlat bering! 

 

12. Haqiqatan, Bizning huzurimizda kishanlar va do'zax bordir. 

 

13. Yana (tomog'dan) yaxshi o'tmaydigan (yiring va qon kabi) "taom" hamda alamli azob bordir. 

 

14. U Kunda Yer va tog'lar larzaga kelar va tog'lar to'zib ketuvchi qumtepalarga aylanib qolur! 

 

15. (Ey, Makka ahli,) Biz sizlarga xuddi Fir'avnga payg'ambar yuborganimiz kabi sizlarga guvohlik 

beruvchi payg'ambarni (Muhammadni) yubordik. 

 

16. (O'shanda) Fir'avn (Muso) payg'ambarga itoatsizlik qilgach, Biz uni qattiq ushlash bilan ushladik. 

 

17. Bas, agar sizlar kofir bo'lsangizlar, (o'z dahshati bilan) bolalarni qaritib, oqsochlarga aylantirib 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

417


qo'yadigan Kun(ning azobi)dan qanday saqlanursizlar?! 

 

18. U (dahshat) sababli osmon ham yoriluvchi, (Allohning) va'dasi amalga oshuvchidir. 

 

19. Albatta, ushbu (oyatlar) eslatmadir. Bas, kim xohlasa, (u sababli) Parvardigori sari yo'l tutar. 

 

20.   (Ey, Muhammad,) albatta, Rabbingiz Siz va Siz bilan birga bir toifa (sahobalaringiz) kechaning 



uchdan ikkisidan ozrog'ida, ba'zida uning yarmida va (goho) uchdan birida (bedor bo'lib, namozda) 

turishlaringizni bilur. Kecha va kunduz (miqdori)ni Alloh belgilar. U sanog'iga yeta olmaslaringizni 

bilib, tavbalaringizni qabul etdi. Endi (kechalari namozlaringizda) Qur'ondan oson bo'lgan miqdorda 

o'qiyveringizlar. U sizlarning orangizda bemorlar bo'lishini, boshqalar Allohning fazli (rizqi)ni istab, yer 

yuzida safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yo'lida jangga chiqib ketishlarini bildi. Bas, 

(qiynalmay Qur'ondan) oson bo'lgan miqdorda o'qiyveringlar. Namozni to'kis ado etinglar, zakotni (o'z 

joyiga) beringlar va (miskinlarga ehson qilish bilan) Allohga "qarzi hasana" beringlar! O'zlaringiz 

uchun taqdim qiladigan yaxshilikni (Qiyomat kuni) Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug'roq 

mukofot holida topursizlar. Allohdan mag'firat so'ranglar! Albatta, Alloh mag'firatli va rahmlidir. 

 

  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

418


MUDDASSIR SURASI 

 

Muddassirning ma'nosi ham oldingi suradagi muzzammil ma'nosi bilan bir xildir. Surada Islom diniga da'vat 



etishda Payg'ambar (a. s.)ga yuklangan burch va vazifalar, bu yo'ldagi mashaqqatlarga sabr qilish zarurligi, 

qiyomatda bo'ladigan ishlar, jannat, do'zax, hisob-kitob, jannat ahli bilan do'zax ahli o'rtasidagi savol-javoblar 

va boshqa ilohiy o'gitlar mavjud.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ey, (liboslariga) burkanib olgan kishi (Muhammad), 


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish