www.ziyouz.com кутубхонаси
437
INFITOR SURASI
Infitor - yorilish. Bu yerda osmonning yorilishi, ya'ni, qiyomatdagi ro'y beradigan hodisalardan ba'zilari bu
surada keltiriladi. Unda oxiratda inson o'zi qilgan yaxshi-yomon amallaridan so'ralishi, bu dunyoda qilinadigan
har bir ish - harakat insonning nomai a'moliga farishtalar tomonidan yozilib turishi va jazo kuni haqida
ma'lumotlar mavjuddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmon yorilganida,
2. yulduzlar (har tomonga) sochilganida.
3. dengizlar qo'shilib to'siqlar ochilganida,
4. qabrlar ag’darilganida (Qiyomat qoyim bo'lganida),
5. (har bir) jon o'zi (dunyoda) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarini) bilur!
6. Ey inson, seni karamli Parvardigoring haqida (Unga ibodat qilma deb) nima aldab qo'ydi?!
7. U seni yaratib, so'ng (barcha a'zolaringni) tiklab, so'ng (qomatingni) rost qilib qo'ygan zot-ku!
8. U seni O'zi qaysi suratni xohlagan bo'lsa (o'sha suratda) tarkib toptirdi-ku!
9. Yo'q! Balki, sizlar jazo (Kuni)ni yolg’on der-sizlar.
10. Holbuki, sizlarning ustingizda (har bir ishingizni) yod oluvchi (farishtalar) bor.
11. (Ular) yozuvchi ulug’ zotlardir.
12. (Ular) sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar.
13. Albatta, yaxshilar (mo'minlar) ne'mat (jannat)dadirlar.
14. Fojirlar esa do'zaxdadirlar.
15. Ular unda Jazo kuni (Qiyomat)da toblanurlar.
16. Undan (do'zaxdan) g’oyib bo'luvchi (qutiluvchi) emasdirlar.
17. (Ey, Muhammad,) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
18. So'ngra (yana) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
19. U Kunda hech bir jon (boshqa) bir jon uchun biror narsa qilishga ega bo'lmas! U Kuni barcha ish
Allohnikidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
438
MUTAFFIFUN SURASI
Suraning nomi "urib qoluvchilar" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, tarozi va o'lchovdan urib qolib, xaridor
haqqiga xiyonat qilishning og’ir gunoh ekani bu surada eng diqqatga sazovor va ajib uslubda bayon qilingan.
Surada yaxshilar va yomonlarning qilgan amallari yozilgan bitiklarning qayerda saqlanishi, qiyomat voqealari
va qator ilohiy o'gitlarni o'qiysiz.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (O'lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalar holiga voy!
2. Ular odamlardan (biror narsani) o'lchab olgan vaqtlarida to'la qilib oladigan,
3. ularga o'lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa urib qoladigan kimsalardir.
4. Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini o'ylamaydilarmi
5. Ulug’ kun (Qiyomat)da -
6. odamlar (butun) olamlar Parvardigori huzurida tik turadigan (hisob-kitob beradigan) kun-da?!
7. Yo'q! Albatta, fojirlarning nomai a'mollari, albatta, Sijjiynda bo'lur.
8. (Ey, Muhammad,) Sijjiyn nima ekanini qayerdan ham bilursiz?
9. (U) bitilgan kitobdir.
Izoh: Sijjiyn - fosiq va fojir kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yetti qavat yer ostida
saqlanadi.
10. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!
11. Ular jazo (Qiyomat) Kunini inkor etadigan kimsalardir.
12. U (Kun)ni gunohga botgan har bir tajovuzkorgina inkor etar.
13. Qachonki, (unday kimsaga) oyatlarimiz tilovat qilinsa, u: "(Bu) avvalgilarning afsonalari", - der.
14. Yo'q (unday emas)! Balki, ularning dillarini o'zlarining qilmishlari (gunohlari) qoplab olgandir.
15. Shubha yo'qki, ular o'sha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlari (diydori)dan to'siluvchidirlar.
16. So'ngra, albatta, ular do'zaxda toblanuvchidirlar.
17. So'ngra (ularga): "Mana shu sizlar yolg’on deb yurgan narsadir", - deyilur.
18. Darhaqiqat, yaxshilarning nomai a'mollari, albatta, Illiyyundadir.
19. (Ey, Muhammad,) Illiyyun nima ekanini qayerdan ham bilursiz?!
20. (U) bitilgan kitobdirki,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
439
21. unga (Allohga) yaqin (farishta)lar guvoh bo'lurlar.
Izoh: Illiyyun esa, yaxshi, solih kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yettinchi osmonda
saqlanadi.
22. Albatta, yaxshilar (mo'minlar jannat) ne'matlari ichradirlar.
23. Ular so'rilarda, (ne'matlarga) boqurlar.
24. Ularning yuzlarida ne'matlarning tarovatini tanirsiz (ko'rursiz).
25. Ularga (jannatda) muhrlangan maydan ichirilurki,
26. u (may)ning muhri mushkdir. Bas, musobaqachilar mana shu (ne'mat) yo'lida musobaqa qilsinlar!
27. U (may)ning mijozi tasnimdandir.
28. (Tasnim Allohga) yaqin (banda)lar ichadigan bir chashmadir.
29. Darvoqe, jinoyatkor (kofir)lar imon keltirgan zotlardan (masxara) qilib kular edilar.
30. Qachonki, ularning oldidan o'tsalar, birbirlariga ko'z qisishib, imo-ishora qilardilar.
31. Qachonki, uylariga qaytsalar, (qilmishlaridan) zavqlanib qaytardilar.
32. Qachonki, ularni (mo'minlarni) ko'rsalar, "Ana ular, shubhasiz, yo'ldan ozgan kimsalardir", -
derdilar.
33. Holbuki, ular (mo'minlarning) ustiga qo'riqchi qilib yuborilgan emasdilar.
34. Endi bugun imon keltirganlar kofirlardan kulurlar.
35. Ular (jannatdagi) so'rilarda (kofirlar holiga) boqib (o'tirurlar).
36. Kofirlar qilmishlarining jazosini oldilarmi?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
440
INSHIQOQ SURASI
Suraning nomi o'zidan olingan bo'lib, yorilish degan ma'noni bildiradi. Zero, surada qiyomatda osmon yorilib,
ko'p alomatlar ro'y berishi bayon etilgan. Bu sura inson doimiy ravishda harakatda bo'lib, yo ezgu yoki yovuz
ishlar bilan band bo'lishi, oxiratda shu ishlari bo'yicha savol-javob bo'lishi va azob-uqubatlar bilan bir qatorda
solih bandlar uchun ulug’ mukofotlar tayyorlab qo'yilgani haqidadir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmon yorilganda,
2. (bu bilan u) Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda,
3. (shuningdek) Yer yoyilganda,
4. o'z ichidagi (jasadlarni) chiqarib tashlab, bo'shab qolganda
5. va u Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda (har bir inson Allohga
hisobot berur).
6. Ey, inson, albatta, sen mehnat-mashaqqatlar chekib Rabbingga (ya'ni, Uning mukofot yoki jazosiga)
boruvchisan, bas, (so'ngra) U zotga yo'liquvchisan.
7. Bas, kimning nomai a'moli o'ng tomonidan berilsa,
8. bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak,
9. va o'z(ining jannnatdagi) ahli (oilasi)ga shodu xurram holda qaytajak.
10. Ammo, kimning nomai a'moli orqa tomonidan berilsa,
11. bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak
12. va do'zaxda toblanajak.
13. Darvoqe, u (dunyodalik paytida) ahli oilasid shodu xurram edi,
14. o'zini hech qachon (Parvardigor huzuriga) qaytmasman deb o'ylar edi.
15. Yo'q! Parvardigori uni, shubhasiz, ko'rib turuvchi edi.
16. Bas, qasamyod etaman (quyosh botayotgan paytdagi) shafaqqa,
17. tun va u qamrab olgan (barcha) narsaga
18. hamda to'lin oygaki,
19. albatta sizlar bosqichma-bosqich (yashab) kelursizlar!
20. Bas, nega ular imon keltirmaydilar?!
21. Ularga Qur'on qiroat qilinganda, (Yaratganga) sajda qilmaydilar?! (Sajda oyati)
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
441
22. Aksincha, kufrga ketganlar (bu kabilarni) inkor eturlar.
23. Alloh esa ular ichlarida yashirib yurgan narsalarini yaxshi biluvchidir.
24. Bas, (ey, Muhammad,) ularga alamli azob "xushxabari"ni bering!
25. Ammo, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
442
BURUJ SURASI
Buruj - burjlar, ya'ni, osmon burjlari.
Surada Alloh taoloning zotu sifatlari naqadar buyuk ekanligi ta'rif etilishi bilan birga mo'minlarga aziyat
yetkazgan va ular o'rtasida fitnafasod, buzg’unchilik ishlarini joriy qilgan kimsalarga qattiq jazolar muqarrar
ekanligi va Qur'oni karimning Lavhul-mahfuzdan ko'chirilgan ilohiy muqaddas kalom ekanligi kabi
ma'lumotlar bor.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod etaman (o'n ikkita) burjlarga ega osmonga,
2. va'da qilinmish (Qiyomat)ga,
3. (o'sha Kunda) guvoh va guvohlik beriluvchiga
4. Choh egalariga la'nat!
5. Qaysiki, u yoqilg’ili olov edi.
6. O'shanda ular o'sha (choh)ning ustida o'tirgan
7. va mo'minlarga qilayotgan ishlariga o'zlari guvoh edilar.
Izoh: Payg’ambarimizdan oldin o'tgan ummatlar ichida zolim podshoh buyrug’i bilan imonli kishilarga qattiq
azob berilgani, axiri ular uchun qazilgan chohga zolimlarning o'zlari qulagani, choh ichidagi olov mo'minlarni
emas, balki ularning o'zlarini kuydirib yuborgani ibrat sifatida bayon etilmoqda.
8. Ular (mo'minlar)dan faqat qudratli va hamd egasi bo'lmish Allohga imon keltirganlari uchungina o'ch
oldilar.
9. Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir va Alloh barcha narsaga guvohdir.
10. Albatta, mo'min va mo'minalarni fitnaga solib, so'ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi
va ular uchun o't azobi bordir.
11. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga ostidan anhorlar oqib turadigan bog’lar
bordir. Bu esa katta yutuqdir.
12. (Ey, Muhammad,) shubhasiz, Rabbingizning (azobga) tutishi qattiqdir.
13. Albatta, Uning O'zi boshlar (yaratar) va qaytarur (qayta tiriltirur).
14. U (mo'minlarga nisbatan) kechirimli va do'st,
15. Arsh sohibi, Ulug'
16. va istagan narsasini amalga oshiruvchidir.
17. (Ey, Muhammad,) Sizga qo'shinlarning xabari keldimi?
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
443
18. Fir'avn va Samud (qo'shinlari)ning.
19. Yo'q! Kofir bo'lgan kimsalar (doimiy) inkor qilishdadirlar.
20. Holbuki, Alloh ularning ortida (barcha narsani bilib) ihota qilib turuvchidir.
21. Yo'q! Balki, u ulug’ Qur'ondirki,
22. (uning asl manbai) Lavhul-Mahfuzdadir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
444
TORIQ SURASI
Toriq - Zuhal yulduzi. U bilan qasamyod etib, Alloh taolo har bir insonni turli balo-qazolardan qo'riqlovchi
maloikalar borligi, ular uning qilmishlarini ham yozib borishlari, Qur'on vasfi, oxirat hodisalari va boshqa
ma'lumotlardan ogoh qiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmonga va Zuhal (yulduzi)ga qasamyod etaman.
2. (Ey, Muhammad,) Siz Zuhal nima ekanini qayerdan ham bilar edingiz?!
3. (U nuri) o'tkir yulduzdir.
4. Har bir jon egasi ustida (uni saqlovchi va amallarini) yod oluvchi (farishta) bordir.
5. Bas, inson o'zining nimadan yaralganiga bir boqsin!
6. (U) otilib chiquvchi bir "suv"dan yaralgan.
7. (U "suv" esa) otaning pushti kamari va onaning ko'krak suyagidan chiqur.
8. Shubhasiz, U (Alloh) uni qayta tiriltirishga qodirdir.
9. Sirlar fosh qilinadigan kuni
10. unga (Allohning azobidan qutqaruvchi) biror kuch ham, biror yordamchi ham bo'lmas.
11. Qasamyod etaman yomg’irli osmonga
12. va (u sababli) yorib chiqish (don-dun, o't-o'lan) egasi bo'lmish Yergaki,
13. shubhasiz, u (Qur'on) ajrim etuvchi (qat'iy) So'zdir.
14. U hazil (behuda so'z) emasdir.
15. Albatta, ular (kofirlar) makr qilurlar.
16. Men ham "makr" qilurman.
17. Bas, (ey, Muhammad,) kofirlarga ozgina muhlat va muddat bering!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
445
A'LO SURASI
A'lo - oliy zot, ya'ni, Alloh taoloning barcha oliylar oliysi ekanini bildiruvchi sifati.
Surada inson Allohning o'z qudrati va hikmati bilan yaratilgani, Qur'on oyatlaridan ba'zilarining unutilishi
Allohning irodasiga bog’liq ekani, ilohiy nasihatlar hammaga ham ta'sir etmasligi, oxiratdagi holatlar,
Qur'ondagi shu kabi ko'p o'gitlar Ibrohim va Muso (a. s)larga nozil etilgan sahifalarda ham mavjud ekanligi
bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) eng oliy zot bo'lmish Rabbingizning nomiga tasbeh ayting!
2. Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan,
3. barchaga munosib yo'lni belgilab, (o'sha yo'lga) hidoyat qilib qo'ygan,
4. o'tloqni undirib chiqarib,
5. so'ng uni qoramtir xazon qilib qo'ygan zotdir.
Izoh: Ba'zi olimlar bu oyatdagi "g'uso'" so'zini neft deb ta'vil qiladilar va u sel ko'piklariga qorishgan chirik
yaproq xazonlarining quyqasidan hosil bo'ladi deb izohlaydilar.
6. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga (Jabroil vositasida Qur'onni) qiroat qildirurmiz. Bas, Siz (uni) esdan
chiqarmassiz.
7. Illo, Alloh (unuttirishni) xohlagan oyatlar bundan mustasnodir. Albatta, U oshkora (so'z va ishlar)ni
ham, yashirin narsalarni ham bilur.
8. Biz Sizni oson (din)ga muvaffaq qilurmiz.
9. Bas, eslatma foyda bersa, (kishilarga) eslating!
10. (Allohdan) qo'rqadigan kishi eslatma olar.
11. Baxtsiz kishi esa undan (eslatmadan) chetlab o'tar,
12. zero, u Katta o't (do'zax)da toblanur.
13. So'ngra u joyda na o'la olur va na yashay olur!
14. Najot topuvchi odam, haqiqatan, (kufru isyondan) pok bo'lur
15. va Parvardigorining nomini yod etib, namoz o'qir.
16. Ha, sizlar, (ey, kofirlar,) dunyo hayotini ustun qo'yursizlar.
17. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.
18. Darvoqe, bu (nasihatlar) avvalgi (payg’ambarlarga nozil bo'lgan) sahifalarda -
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
446
19. Ibrohim va Muso sahifalarida (ham) bordir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
447
G'OSHIYA SURASI
G’oshiya - o'rab oluvchi, ya'ni, qiyomatning ismga aylangan sifatlaridan biri. Darhaqiqat, u hamma mavjudotni
o'z ta'siri doirasiga oluvchi bo'lgani uchun uning ko'psonli nomlaridan biriga aylangan.
Surada tuya, osmon, tog’ va yerlarning ilohiy hikmat asosida ajoyib va g’aroyib shaklda yaratilgani, ularga ibrat
va ma'rifat nazari bilan boqish zarurligi, shuningdek, Payg’ambar (a. s.)ning vazifasi ilohiy xabarlarni o'z
ummatiga majburan emas, balki nasihat va eslatma uslubida bayon qilishdan iborat ekani ham zikr etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) Sizga qamrab oluvchi (Qiyomat) qissasi (yetib) keldimi?
2. U Kunda (ba'zi) yuzlar so'lg'in,
3. mehnat-mashaqqat chekuvchidir.
4. (Ular) qizigan do'zaxda toblanurlar,
5. qaynoq buloqdan sug’orilurlar.
6. Ular uchun taom bo'lmas, bo'lganda ham faqat zaharli giyohdan bo'lib,
7. (u) semirtirmaydi ham, ochlikdan ham xalos etmaydi
8. (Boshqa bir) yuzlar esa u Kunda (ne'matlardan) mamnun,
9. (dunyoda qilgan) sa'y-harakatlaridan rozidir.
10. (Ular) oliy jannatdadirlar.
11. U joyda behuda so'z eshitmaslar.
12. U joyda oqar buloq bordir.
13. U joyda baland so'rilar,
14. qo'yilgan qadahlar,
15. tizib qo'yilgan yostiqlar
16. va to'shalgan gilamlar bordir.
17. Axir, ular tuyaga qarab, qanday yaratilganiga,
18. osmonning qanday ko'tarib qo'yilganiga,
19. tog’larning qanday tiklanganiga
20. va Yerning qanday yoyib - tekislab qo'yilganiga boqmaydilarmi?!
21. Bas, (ey, Muhammad,) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
448
22. Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz.
23. Illo, kimki (bu eslatmadan) yuz o'girib, kofir bo'lsa,
24. u holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |