Tarjima haqida


chiqarganmiz va: "Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


chiqarganmiz va: "Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat 

(gumrohlik)dadirsizlar", - deganmiz.  

 

10. Ular (kofirlar) yana: "Agar bizlar (payg’ambar so'zlarini) tinglab, aql yurgizuvchi bo'lganimizda, 

do'zax ahlidan bo'lmas edik",- derlar.  

 

11. Bas, ular o'z gunohlarini (shu tarzda) e'tirof etadilar. Endi, do'zax ahliga halokat bo'lgay! 

 

12. Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqadigan zotlar uchun maqfirat va katta mukofot bordir.  

 

13.(Ey, insonlar,) sizlar so'zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar, (baribir,) U dillardagi sirlarni 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

401


ham biluvchidir.  

 

14. (Axir) yaratgan zot (O'zi yaratgan narsalarini) bilmaydimi?! U lutfli va xabardor zotdir.  

 

15. U (Alloh) sizlarga yerni xoksor (bo'ysunuvchi) qilib qo'ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida 

(sayohat, tijorat yoki dehqonchilik qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizqidan yenglar. Tirilib 

chiqish Uning huzurigadir.  

 

16. (Ey, Makka kofirlari,) yo sizlar osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, birdaniga 

(yer) larzaga kelishidan (sizlarni halok qilishidan) xotirjammisizlar (qo'rqmaysizlarmi)?!  

 

17. Yoki sizlar "osmondagi" zot ustingizga tosh yog'dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azob kelganda), 

Mening ogohlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar! 

 

18. Darvoqe, ulardan avvalgi kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandilar. Bas, 

Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?! 

 

19. Ular ustilarida (qanotlarini) yoyuvchi va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko'rmadilarmi?! U 

(qush)larni yolg'iz Rahmongina (samoda) tutib turar. Albatta, U barcha narsani ko'rib turuvchidir.  

 

20. (Ey, mushriklar,) Rahmondan o'zga sizlarga yordam beradigan qo'shiningiz kim ekan o'zi?! Kofirlar 

faqat mag'rurlikdadirlar.  

 

21. Yoki (Rahmon) O'z rizqini to'xtatib qo'ysa, sizlarga rizq beradigan o'sha zot kim o'zi?! Yo'q, ular 

(kofirlar) qaysarlikda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar.  

 

22. Axir, yuz tuban (yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo'lni topuvchiroqmi yoki tik holda to'g'ri 

yo'lda yuradigan kishimi?!  

 

23. (Ey, Muhammad, u (kofirlarga) ayting: "U (Alloh) sizlarni paydo qilgan va sizlar uchun quloq, 

ko'zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. (Sizlar esa) kamdan-kam shukr qilursizlar".  

 

24. Ayting: "U sizlarni Yer (yuzi)da yaratib qo'ygan zotdir. Sizlar (Qiyomatda) Uning huzuriga 

to'planursizlar".  

 

25. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, (aytinglarchi) ushbu va'da (Qiyomat kuni) qachon bo'ladi?" - 

derlar.  

 

26. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "(Qiyomat haqidagi) bilim, albatta, Allohning huzuridadir. Men 

faqat aniq ogohlantiruvchidirman.  

 

27. Bas, qachonki, ular (Qiyomatda azobni) yaqin holda ko'rishgach, u kofirlarning yuzlari shuvit bo'lur 



va (ularga): "Mana shu sizlar so'ragan narsadir", - deyilur.  

 

28. (Kofirlarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo'lgan kishilarni 

halok qilsa yoki (halok qilmay) bizlarga shafqat qilsa (O'zining ixtiyoridadir). Ammo, kofirlarni 

(sizlarni) alamli azobdan kim himoya qilur?! 

 

29. Ayting: "U Rahmon (mehribon)dir. Bizlar Unga imon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali 

sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olajaksizlar".  

 

30. Ayting: "Xabar beringiz-chi, agar suvingiz (yer qariga) singib ketsa, bas, kim sizlarga oqin suvni 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

402


keltira olur?!" 

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

403


QALAM SURASI    

 

Surada qalam va yozuv qurollarining sha'ni ulug'lanadi va ular bilan qasamyod etib, Alloh taolo O'z 

payg'ambarlarining haq ekanini, mushriklar inkori va bo'htonlari botil ekanini isbotlaydi. Surada baxillik 

qoralanadi va uning yomon oqibatlari ifoda etiladi. Undagi oyatlarda insoniyat uchun muhim ilohiy o'gitlar 

mavjud.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Nun. Qalam va (u bilan) yozishadigan narsa (bitik)larga qasamki, 

 

Izoh: Bitadiganlar farishtalar yoki insonlar bo'lishi mumkin. Har ikki tafsir ham o'rinlidir.  

 

2. (ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning ne'mati bois majnun emasdirsiz! 

 

3. Albatta, Sizga (sabr qilganingiz uchun) tuganmas mukofot bordir.  

 

4. Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!  

 

Izoh: Buyuk xulqning ma'nolari haqida turli tafsirlar bor. Avvalo xulq bu yerda o'zining asl ma'nosida 

ishlatilgani ma'qul. Hadisi sharifda Rasulullohning o'zlari: "Men makorimi axloqni takomillashtirish uchun 

yuborilganman", - deganlar. Siyrat va shamoillarga doir asarlardagi ma'lumotlar ham shunga dalolat qiladi. 

Xullas, Muhammad (a. s.) komil inson, buyuk xulq egasi deb atalishiga loyiq ekanliklarida hech qanday shubha 

bo'lishi mumkin emas. Boshqacha tafsir qiluvchilar bu oyatdagi buyuk xulqdan murod - Qur'on yoki ulug' din, 

ya'ni, islom dini deb yozadilar. Har holda o'quvchi bulardan qaysinisi munosibroq ekani to'g'risida o'zi ham 

fikr yuritar degan umiddamiz.  

 

5. Hali yaqinda ko'rajaksiz va ular ham ko'rajaklar 

 

6. qaysilaringiz (Sizmi yoki ularmi) maftun (majnun) ekaningizni .  

 

7. Albatta, Rabbingizning O'zi Uning yo'lidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat 

topuvchilarni ham yaxshi biluvchidir.  

 

8. Bas, (ey, Muhammad,) (Sizni) inkor etuvchi kimsalarga itoat etmang! 

 

9. Ular (bilan) murosasoz bo'lishingizni, shunda ular ham (Siz bilan) murosasoz bo'lishni istarlar.  

 

10.  (Ey, Muhammad,) har qanday tuban qasamxo'rga itoat etmang.  

 

11. Shuningdek, g'iybatchi, gap tashuvchiga,  

 

12. yaxshilikni man etuvchi (baxil), tajovuzkor, gunohkorga, 

 

13. qo'pol va bulardan tashqari benasab (haromi)ga (itoat etmang)! 

 

14. U mol-mulk va o'g'illarga ega bo'lgani uchun (shunday qiladi).  

 

15. Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa: "Bular avvalgilarning afsonalari-ku!"- deydi.  

 

16. Yaqinda uning tumshug'iga tamg'a bosib qo'yajakmiz.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

404


Izoh: Bu oyatlardagi salbiy sifatlar mashhur kofir Valid ibn Mug'iraga mansubdir. Darhaqiqat, u Badr jangida 

"tumshug'idan tamg'alanadi", ya'ni burnidan qilich yeb, so'ngra shu chandig'i bilan yuradi. Keyingi oyatlarda 

Yaman diyorida bir saxiy bog'bon bo'lib, u har yili kuzda mevalarni terish uchun kambag'al-miskinlarni taklif 

etib, daraxtdan tergani bog'bonga, yerga tushgani teruvchilarga deb ularni siylar ekan. U olamdan o'tgach, 

farzandlari baxillik ko'yiga kirib xatoga yo'l qo'yganliklari to'g'risida so'z boradi. 

  

17. Darhaqiqat, Biz ularni (Makka ahlini) bog' egalarini sinaganimizdek sinovga soldik. O'shanda ular, 



albatta, uni (bog' hosilini) erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.  

 

18. Lekin, istisno qilmagan edilar (Xudo xohlasa, demagan edilar).  

 

19. Bas, (tunda) ular uyquda bo'lgan chog'larida, u (bog') uzra Parvardigoringiz tomonidan bo'lmish 

aylanuvchi (ofat - olov) aylandi.  

 

20. Bas, (hosil) yig'ilgandek bo'lib qoldi (bog' kuyib kul bo'ldi).  

 

21. Erta tongda turishib, bir-birini chaqirishdi: 

 

22. "Agar (hosilni) uzmoqchi bo'lsangizlar, ziroatgohingizga bora qolinglar", - (deb).  

 

23. So'ngra shivirlashib jo'nadilar.  

 

24. "Bugun (bog'da hosil terayotgan vaqtda) ustilaringizga biror miskin kirib qolmasin-da", - der edilar.  

 

25. Ular (o'zlaricha mazkur) g'arazga qodir bo'lgan hollarida tong-saharlab bordilar.  

 

26. Bas, qachonki, uni (kulga aylangan bog'ni) ko'rishgach, (avval): "Shubhasiz, bizlar (yo'ldan) adashib 

qoldik (ya'ni, boshqa boqqa kelib qoldik)", - dedilar.  

 

27. (So'ngra:) "Yo'q, bizlar (bog'imizdan) mahrum bo'libmiz" (dedilar).  

 

28. (Shunda) ularning o'rtaholrog'i: "Men sizlarga (Allohga) tasbeh aytmaysizlarmi (hosil shukronasiga 

kambag'allar ulushini bermaysizlarmi) demaganmidim?" - dedi.  

 

29. Ular (kech bo'lsa-da): "Rabbimizga tasbeh aytamiz. Haqiqatan, bizlar (o'zimizga) zulm qiluvchi 

bo'ldik", - dedilar.  

 

30. So'ngra ular bir-birlariga qarab, malomat qila boshladilar.  

 

31. (Ular) dedilar: "Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar haddan oshuvchi bo'ldik.  

 

32. Shoyadki, Rabbimiz bizlarga u (bog')dan ham yaxshirog'ini almashtirib bersa. Bizlar, albatta, 

Rabbimiz sari intiluvchidirmiz".  

 

33. Azob mana shunday! Agar bilsalar, albatta, oxirat azobi yanada kattaroqdir.  

 

34. Albatta, taqvodorlar uchun Parvardigorlari huzurida ne'mat bog'lari bordir.  

 

35. Axir, Biz musulmonlarni jinoyatchi (kofir)larga barobar qilarmidik?! 

 

36. (Ey, mushriklar,) sizlarga ne bo'ldi? Qanaqa hukm chiqarmoqdasizlar?! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

405


37. Yoki sizlarda (osmondan tushirilgan) biror kitob bo'lib, undan o'rganayapsizlarmi?! 

 

38. Unda sizlar uchun o'zlaringiz xohlagan narsa bormi?! 

 

39. Yoki sizlar uchun Bizning zimmamizda: "O'zlaringiz hukm qilgan narsa sizlarniki bo'lur", - degan 

to qiyomat kunigacha yetuvchi qasamlar (ahd-paymonlar) bormi?!  

 

40. (Ey, Muhammad,) ulardan so'rang-chi, qaysilari bunga (da'volarining haq ekanligiga) kafil bo'la olar 

ekanlar?! 

 

41. Yoki ularning sheriklari bormi?! U holda rostgo'y bo'lsalar, o'sha sheriklarini keltirsinlar! 

 

42. "Boldirlar ochiladigan" (ishlar mushkillashadigan) va sajda qilishga chorlanishganda, (sajdaga) 



kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang)! 

 

43. (O'shanda) ko'zlari quyida va ularni xorlik egallagan holda bo'lurlar. Ular sog'lom bo'lgan hollarida 

sajda qilishga chorlanar edilar (ammo undan bosh tortar edilar).  

 

44. Bas, (ey, Muhammad,) ushbu So'zni (Qur'onni) yolg'onga chiqaradigan kimsalarni Menga qo'yib 

bering! Yaqinda Biz ularni o'zlari bilmaydigan (sezmaydigan) tomondan darajama-daraja tutgaymiz 

(halokatga duchor qilajakmiz)! 

 

45. Men ularga muhlat berib turaman. Zero, Mening "makrim" juda qattiqdir.  

 

46. Yoki Siz (ey, Muhammad, da'vatingiz uchun), ulardan haq so'rayapsiz-u, ular qarzdan 

og'irsinayaptilarmi?! 

 

47. Yoki ularni huzurlarida g'ayb (Lavhul-Mahfuz) bor-u, ular (aytayotgan so'zlarini o'shandan) yozib 

olyaptilarmi?! 

 

48. Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizning hukmiga sabr qiling va nahang (baliq) sohibi (Yunus 

payg'ambar) kabi (betoqat) bo'lmang! Qaysiki, u (baliq qornida turib) g'amga to'lgan holda 

(Parvardigorga) nido qilgan edi.  

 

49. Agar unga Parvardigori (tomoni)dan ne'mat yetmaganida, albatta, qoralangan holida quruqlikka 

uloqtirilgan bo'lur edi.  

 

50. Bas, Parvardigori uni (qaytadan payg'ambarlikka) tanlab, solih (payg'ambar)lardan qildi.  

 

51. Albatta, kofir bo'lgan kimsalar Zikrni (Qur'onni) eshitgan vaqtlarida, Sizni ko'zlari bilan 

yiqitayozurlar va "albatta, u majnun", - derlar.  

 

52. Holbuki, u (Qur'on barcha) olamlar uchun eslatmadir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

406


AL-HAQQA SURASI 

 

Al-hoqqa - haqiqatan ro'y beruvchi voqea, ya'ni qiyomat demakdir. Surada qiyomat manzarasi, uning 



boshlanishida ro'y beradigan hodisalar. Nomai a'mollarni o'ng yoki chap tomondan berilishi, Muhammad (a. 

s.)ning haq payg'ambar ekanining tasdig'i, Qur'oni karimning buyuk ilohiy kitob ekanligi va boshqa muhim 

ma'lumotlar mavjud.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (U) haqiqatan ro'y beruvchidir.  

 

2. (O'sha) haqiqatan ro'y beruvchi nimadir? 

 

3. (Ey, Muhammad,) haqiqatan ro'y beruvchining nima ekanini qayerdan (ham) bilar edingiz?! (U 

qiyomatdir. ) 

 

4. Samud va Od (qabilalari) qattiq zarba beruvchi (Qiyomat kuni)ni inkor etdilar.  

 

5. Bas, Samud (qabilasi) haddan tashqari narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar.  

 

6. Od (qabilasi) esa, dahshatli, quturgan bo'ron bilan halok qilindilar.  

 

7. U (bo'ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hukmron qilib qo'ydiki, 

endi u joydagi qavmni (chirib) ichi bo'shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab halok bo'lib 

yotganlarini ko'rasiz.  

 

8. Bas, ulardan (biror) asoratni ko'rayapsizmi?! (Aslo, ularning barchalari halok bo'lib bitdilar).  

 

9. Fir'avn ham, undan avvalgi o'tgan (dinsiz)lar ham, ostin-ustun bo'lgan qishloqlar (Lut qavmining 



qishloqlari) ham xato ish qildilar.  

 

10. Bas, ular Parvardigorlarining payg'ambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni o'ta qattiq ushlash 

bilan ushladi (qattiq azobladi).  

 

11. Darvoqe, Biz suv tug'yonga ketgan vaqtida sizlarni (Nuh payg'ambar yasagan) kemada ko'tardik.  

 

12. Biz buni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishlari uchun (qildik).  

 

13. Bas, qachonki, sur bir bor chalinganida, 

 

14. Yer va tog'lar (o'z joylaridan) ko'tarilib, (bir-birlariga) bir bor urilganda, 

 

15. ana o'sha kunda Voqea sodir bo'lur (Qiyomat qoyim bo'lur)!  

 

16. Osmonlar ham yorilur. Chunki, (osmon) u Kunda zaif bo'lib qolur.  

 

17. Farishtalar esa (osmon) atrofida (Allohning amriga muntazir bo'lib) tururlar. Ularning ustida 

Rabbingiz Arshini u Kunda sakkiz (farishta) ko'tarib turur.  

 

18. O'sha Kunda sizlar (hisobot uchun Allohga) ko'ndalang qilinursizlar, sizlarning biror siringiz maxfiy 

qolmas.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

407


19. Bas, o'z kitobi (nomai a'moli) o'ng tomonidan berilgan kishi aytur: "Mana, mening kitobimni 

o'qinglar.  

 

20. Darhaqiqat, men hisobotimga ro'baro' bo'lishimni bilar edim", - der.  

 

21. Bas, u qoniqarli maishatda,  

 

22. oliy jannatda,  

 

23. mevalari yaqin (joyda) bo'lur.  

 

24. (Jannat ahliga): "O'tgan kunlarda (dunyoda) qilib o'tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noz-

ne'matlarni) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar" (deyilur).  

 

25. Endi, kitobi chap tomonidan berilgan kimsa esa der: "Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa, 

 

26. va hisob-kitobim qanday bo'lishini bilmasam!  

 

27. Eh, qaniydi, o'sha (birinchi o'limim hamma ishni) tugatuvchi bo'lsa!  

 

28. Menga mol-mulk ham asqotmadi.  

 

29. Saltanatim ham halok bo'lib ketdi".  

 

30. "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar!  

 

31. So'ngra uni olovda toblanglar! 

 

32. So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!"  

 

33. Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi.  

 

34. Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi.  

 

35. Bas, bugun bu yerda unga biror do'st yo'qdir.  



 

36. Yiringdan boshqa biror taom ham yo'qdir.  

 

37. Uni esa faqat xatoga (kufrga) ketganlargina yegaylar.  

 

38. Qasamyod etaman, sizlar ko'radigan narsalarga  

 

39. va sizlar ko'rmaydigan narsalargaki,  

 

40. u (Qur'on), albatta, mukarram Payg'ambarning (Alloh nomidan aytgan) so'zidir!  

 

41. U biror shoirning so'zi emasdir. Sizlar (ushbu Qur'onga) kamdan-kam imon keltirursizlar.  

 

42. (U) biror kohin (folbin)ning so'zi ham emasdir. Sizlar kamdan-kam eslatma olursizlar.  

 

43. (U barcha) olamlar Parvardigori (tomoni)dan nozil qilingan (Kitob)dir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

408


44. Agar (payg'ambar) Bizning nomimizdan (Biz aytmagan) ba'zi so'zlarni to'qib aytganda edi, 

 

45. albatta, Biz uning o'ng qo'lidan tutgan, 

 

46. so'ngra uning shohtomirini uzib tashlagan bo'lur edik.  

 

47. U holda sizlardan biror kishi undan (payg'ambardan halokatni) to'sa oluvchi bo'lmas edi.  

 

48. Haqiqatan, u (Qur'on) taqvodorlar uchun eslatmadir.  

 

49. Biz sizlarning orangizda (Qur'onni) inkor etuvchilar bor ekanini aniq bilurmiz.  

 

50. Albatta, u (Qur'on) kofirlarga (Qiyomat kunida) hasrat (nadomat) bo'lur.  

 

51. Albatta, u (Qur'on) aniq Haqiqatdir.  

 

52. Bas, ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting! 

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

409


MAORIJ SURASI 

 

Maorij - me'rojlar, ya'ni, pog'onalar.  



 

Suradan oxirat haqida ogohlantirish, u paytda har kim o'zi uchun javob berishi, inson irodasining zaifligi, uni 

faqat imon va itoat bilan mustahkamlash mumkinligi va boshqa ilohiy eslatmalar joy olgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Bir) savol beruvchi tushadigan azob haqida so'radi 

 

2.  kofirlarga (atalgan azob to'g'risida)ki, uni qaytaruvchi (kuch) yo'qdir, 

 

3.  albatta, (u azob) me'rojlar egasi (Alloh)dandir.  

 

Izoh: Me'rojlar - bu yerda osmon qavatlaridir.  

 

4. Farishtalar va Ruh (Jabroil) miqdori (masofasi) ellik ming yillik (bo'lgan) bir Kunda (Qiyomat 

kunida) Uning huzuriga ko'tarilurlar.  

 

Izoh: Ba'zi tafsir sohiblari bu oyatdagi 50 ming yilga to'g'ri keladigan bir kunni hozirgi fandagi zamon va 



makon o'lchovlariga taqqoslab, Jabroil va boshqa farishtalarning yo'l bosishlariga taalluqli deb noto'g'ri 

talqin qilmoqdalar. Vaholanki gap bu yerda qiyomatning bir kuni to'g'risida ketmoqda. Jabroil (a. s.)ning bu 

masofalardagi harakatlari uchun esa Alloh xohlaganicha vaqt zarur bo'ladi, xolos.  

 


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish