Tarjima haqida


taassuflangan holda: "Menga ortimdan qanday ham yomon o'rinbosar bo'ldingiz-a?! Rabbingiz amri



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


taassuflangan holda: "Menga ortimdan qanday ham yomon o'rinbosar bo'ldingiz-a?! Rabbingiz amri 

(kelmay turib) shoshqaloqlik qildingizmi?" - deb (qo'llaridagi) lavhlarni tashlab, akasining boshi 

(sochi)dan tutib o'ziga tortdi. (Akasi Horun) dedi: "Ey, onamning o'g'li! Bu qavm meni zaif bilib, 

o'ldirishlariga sal qoldi. Endi, sen (ham) meni dushmanlarga kulgi qilmagin va meni zolimlar (safi)ga 

qo'shmagin!" 

 

151. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Meni va birodarimni mag'firat qilib, bizni rahmatingga kiritgaysan. Sen 

rahmlilarning rahmlirog'idirsan!" 

 

152. Albatta, buzoqni iloh qilib olganlarga Parvardigorlari (tarafi)dan g'azab va dunyo hayotida xorlik 

yetgusidir. (Yolg'on va bo'hton) to'quvchilarni shu tarzda jazolagaymiz.  

 

153. Gunohlarni qilib, so'ngra ulardan keyin tavba qilgan va imon keltirgan kishilar uchun, shulardan 

keyin (ham) Rabbingiz kechirimli va rahmlidir.  

 

154. Musoning g'azabi so'ngach, lavhlarni (yerdan) oldi. Undagi bitikda Parvardigorlaridan 

qo'rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.  

 

Izoh: Bu oyat tafsirida qarama-qarshi fikrlar bayon etilgan. Masalan, bir mufassir Muso Lavhlarni tashlab 



yuborganida, ular sinib ketgan edi, desalar, boshqasi ular sinmagan edi, deydilar. Yana boshqa bir mufassir 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

104


lavhlar singan edi, lekin Muso ularni yig'ib turib, yangi nusxa ko'chirib olgan edilar, deb ta'kidlaydilar.  

 

155. Muso belgilagan vaqtimiz (va joyimizga kelish) uchun qavmidan yetmish kishini tanladi. Ularni 



qattiq zilzila tutgan paytda (Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Xohlasang ularni ham, meni ham oldinroq halok 

qilgan bo'lur eding. Ichimizdagi nodonlarning qilmishlari uchun bizlarni halok qilasanmi?! Bu faqat bir 

sinovingdirki, u orqali xohlagan kishingni adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyat qilasan. O'zing 

egamizsan. Bas, bizlarni mag'firat et (kechir) va bizlarga rahm qil. Sen kechiruvchilarning (eng) 

yaxshisidirsan.  

 

156. Bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozgin. Biz Senga qaytdik". (Alloh) dedi: 



"Azobimni xohlagan kishimga yetkazurman. (Ammo) rahmatim hamma narsadan kengdir. Uni taqvoda 

bo'luvchilar, zakot beruvchilar va oyatlarimizga imon keltiruvchilarga yozajakman.  

 

Izoh: Ya'ni bu dunyoda bizga toatibodat qilishni muvaffaq ayla. Oxiratda esa, bizlarni jannatga doxil et.  

 

157. Ular omiy (savodsiz) elchi - ismi o'zlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan payg'ambarga ergashadilar. 

U (payg'ambar) ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni halol qilib, 

nopok narsalarni ularga harom qiladi hamda ularning yuklarini va ustilaridagi kishan (qiyinchilik)larini 

olib tashlaydi. Bas, unga imon keltirgan, uni ulug'lagan, unga yordam bergan va u bilan birga nozil 

qilingan nur (Qur'on)ga ergashganlar, aynan o'shalar tolei yor kishilardir".  

 

158. Ayting (ey, Muhammad!): "Ey, odamlar! Men sizlarning barchangizga (yuborilgan) Allohning 

rasuli (elchisi)dirman. U (Alloh) osmonlar va Yerning hukmronligi O'z qo'lida bo'lgan zotdirki, undan 

o'zga (hech bir) iloh yo'q. (U) tiriltiradi va o'ldiradi. Bas, Allohga va Uning rasuli - Allohga va Uning 

kalimalari (ilohiy kitoblari)ga ishonadigan ummiy payg'ambarga (Muhammadga) imon keltiringiz va 

unga ergashingiz, toki hidoyat topgaysizlar!" 

 

159. Muso qavmi ichida shunday ummat (guruh) ham borki, (ular odamlarni) haq (so'z) bilan hidoyatga 

boshlaydilar va u (haq) bilan (hukmlarda) odillik qiladilar.  

 

160. Ularni o'n ikki urug'-ummat qilib bo'lib tashladik* va Musodan qavmi suv talab qilganda, unga: 



"Asoying bilan toshni urgin!" - deb vahiy qilgan edik, (urgach) undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib 

chiqdi. Har bir (urug'ga tegishli) odamlar o'z suv ichadigan joyini bilib oldilar. Ular uzra bulutlarni 

soyabon qildik va ustilaridan shirinlik va bedanalar yog'dirib: "Sizlarga rizq qilib bergan 

narsalarimizning poklaridan yenglar" (dedik). Ular (itoatsizliklari bilan) Bizga zulm qilmadilar, balki 

o'zlariga zulm qiladigan bo'ldilar.  

 

Izoh: Ya'ni Ya'qub (a. s.) ning o'n ikki o'g'lidan o'n ikki qabila paydo bo'lgan. Oyatning davomi Baqara 



surasida ham takror kelgan.  

 

161. Ularga: "Shu shahar (Baytul-Maqdis)da istiqomat qilingiz va undagi xohlagan joyingizdan 



oziqlaningiz hamda "kechir" deb, sajda qilgan holingizda darvozadan kiringiz, shunda sizlarning xato 

(gunoh)laringizni kechiramiz. Ezgu amal qiluvchilarga (savobimizni) ziyoda qilurmiz", - deyilganini 

(eslang).  

 

162. Bas, ulardan zolim bo'lganlari ularga aytilgan so'zni boshqa so'zga almashtirdilar. Natijada zulm 

qilganlari sababli ularga osmondan azob yubordik.  

 

163. Ulardan dengiz bo'yida joylashgan qishloq (ahli) haqida so'rang! Qaysiki, shanbalik (bayrami) 

qilgan (ovlamagan) kunlarida baliqlari ular sari suv betida oqib kelar, shanbalik qilmagan kunida esa 

(baliqlari) ular sari kelmas edi. Ana shu shanbalikda (ular) haddan oshar edilar. Shu tarzda ularni 

buzg'unchiliklari bilan sinaymiz.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

105


 

Izoh: Shanba kuni voqeasining qisqacha mazmuni shundan iboratki, Dovud (a. s.) zamonlarida Ayla yoki 

Madyan shahrining yahudiy xalqi uchun ulug' sanalmish shanba kuni baliq ovlash Alloh tarafidan sinov 

maqsadida man etilgan edi. Ular qarashsa, baliqlar ov qilinadigan qirg'oqqa shanba kuni ko'p, boshqa kunlar 

oz kelarmish. Turli hiylalarni o'ylab topishga kirishadilar. Shayton ularga shanba kuni ovlamaslik, lekin bir 

tomondan hovuz kovlab, oqib kelgan baliqlarga shanba kuni qo'l tekizmay hovuzga kiritib, yakshanba kuni 

yig'ib olishni o'rgatadi. Natijada ular Allohning la'natiga qolib, maymunga aylanib qoladilar. Ov 

taqiqlangandan keyin ular uch toifaga bo'linib olgan edilar. Birinchi toifa orasidagi mazkur hiyla bilan ovni 

davom ettiruvchilar, ikkinchisi ovdan saqlanib, boshqalarni ham undan qaytaruvchilar. Uchinchisi o'zlari ham 

ovlamay, boshqalarni ham qaytarmaydiganlar. Keyingi oyatda ikkinchi va uchinchi toifa haqidagi munozara 

bayon etilgan.  

 

164. Ulardan bir guruhi: "Nima uchun Alloh halok etmoqchi bo'lgan yoki qattiq azob bilan qiynamoqchi 



bo'lgan qavmga nasihat qilyapsizlar?" - deyishganda, (nasihatgo'ylar): "Rabbingizga ("Aytdik, lekin 

itoat qilishmadi", - deb) uzr aytishar va taqvo qilishar degan umidda (nasihat qildik)", - dedilar.  

 

165. Ularga eslatilgan narsani unutishgach, yomonlikdan qaytaruvchilarga najot berdik va zulm 

qilganlarni esa buzg'unchiliklari sababli yomon azobga tutdik.  

 

166. Ularga man etilgan ishdan (qaytmasdan) o'jarlik qilganlarida: "Qadrsiz maymunlarga aylaningiz!" 

- deb ularga (qarg'ish so'zini) aytdik.  

 

167. Rabbingiz ular ustiga to qiyomat kunigacha ularni qattiq azob bilan qiynaydigan kishilarni yuborib 

turajagini e'lon qildi. Albatta, Rabbingiz jazosi shitob va albatta, U kechirimli va rahmli (ham)dir.  

 

168. Ularni (yahudiylarni) Yer yuzi bo'ylab turli xalqlarga bo'lib tashladik. Ular ichida solih (yaxshi)lari 

ham, undan berilari ham bor. Ularni zora (to'g'ri yo'lga) qaytsalar, deb yaxshilik (ne'mat)lar va 

yomonlik (musibat)lar bilan sinab ko'rdik.  

 

169. Ular ortidan Kitob (Tavrot)ga merosxo'r bir avlod kelib, bu dunyo matohini oladigan va "Biz 

kechirilamiz" deydigan (bo'ldilar). Vaholanki, ularga uning barobarida (yana) matoh kelib qolsa, 

olaveradilar. Axir, ulardan Alloh sha'niga faqat haq (gaplar)ni aytishlari uchun Kitob (Tavrot) ahdi 

olinmaganmidi? Undagi (oyat)larni o'rgangan ham edilar-ku! Oxirat diyori taqvo qiluvchilar uchun 

(dunyo matohidan) yaxshidir. Bas, (buni) anglamaysizlarmi?! 

 

170. Kitob (Tavrot)ni mahkam tutib, namozni mukammal o'qiydiganlar esa, (bilib qo'ysinlarki,) Biz 

islohotchilar (ahli salohlar) mukofotini zoye qilmagaymiz.  

 

Izoh: Ya'ni Abdulloh ibn Salom kabi Tavrotni ham o'zgartirmagan va Qur'oni karimga ham imon 



keltirganlarga ikki barobar ajr ato qilurmiz.  

 

171. Eslang, (Ey, Muhammad,) ular ustiga tog'ni soyabon yanglig' surib keltirdik. Ular uni ustilariga 



tushib ketadi, deb o'yladilar. (Shunda Biz aytdik): "Sizlarga keltirgan narsamiz (Tavrot)ni mahkam 

tutingiz va taqvoli bo'lishingiz uchun undagi narsa (oyatlar)ni yod etingiz!".  

 

172. Rabbingiz Odam o'g'illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni 

o'zlariga guvoh qilib turib: "Men Rabbingiz emasmanmi?" (dedi). (Ular): "Yo'g'e! (Rabbimizsan!) 

Guvohlik berdik", - dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g'ofil (bexabar) edik"  

 

Izoh: Allohning ruhlar bilan mana shu gaplashuvini "Al-Miysoq" deyiladi. Miysoq-ahdlashuv. Bu 



ahdlashuvning hikmatlaridan biri shuki, qiyomat kuni mushriklar: "Biz Allohning yagonaligini va bizning ham 

rabbimiz ekanini bilmay, ota-bobolarimiz kabi mushrik holda o'tibmiz. Ularning xatosiga bizlarni sherik 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

106


qilasanmi?" - deyishi mumkin bo'lgan da'vosiga javoban Alloh taolo mazkur oyat orqali o'sha ahdlashuv 

jarayonini eslatib qo'ymoqda.  

 

173. yoki, "Oldindan ota-bobolarimiz mushrik bo'lganlar. Biz ulardan keyin kelgan zurriyot edik. 



(O'sha) nohaq kishilarning fe'llari sababli bizni halok qilasanmi?" - deyishlarini (bilganimiz uchun 

shunday qildik).  

 

174. Shu tarzda oyatlar tafsilotini qilurmiz va shoyad (ular yomon yo'ldan) qaytsalar.  

 

175. (Ey, Muhammad!) Oyatlarimizni berganimizda ulardan chiqib ketgan (amal qilmagan) odamni 

shayton (o'ziga) ergashtirib olgani, natijada (u) adashganlardan bo'lib qolgani (haqidagi qissa)ni ularga 

o'qib bering! 

 

176. Agar xohlaganimizda, uni ular (oyatlar) sababli (martabasini) ko'targan bo'lur edik. Lekin, u yerga 

hirs qo'ydi va (nafs) havosiga ergashdi. Uning misoli go'yo bir itdirki, unga hamla qilsang ham (tilini 

osiltirib) hansiraydi, o'z holiga qo'ysang ham hansirayveradi. Bu o'sha oyatlarimizni yolg'onga 

chiqargan qavm kishilarining misolidir. Bu qissalarni (ularga) aytib bering, zora tafakkur qilsalar! 

 

177. Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misoli qanday ham mudhishdir?! (Ular) 

o'zlariga zulm qilar edilar.  

 

178. Kimniki Alloh hidoyat qilgan bo'lsa, bas, o'sha (odam) to'g'ri yo'l topuvchidir. Kimni adashtirgan 

bo'lsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir.  

 

179. Jinlar va insonlarning ko'pchiligini jahannam uchun yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin) ular 



bilan "anglamaydilar". Ularda ko'zlar bor, (lekin) ular bilan "ko'rmaydilar". Ularda quloqlar bor, 

(lekin) ular bilan "eshitmaydilar". Ular hayvonlar kabidirlar. Balki, ular (yanada) adashganroqdirlar. 

Ana o'shalar g'ofillardir.  

 

180. Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib 

ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar.  

 

181. Yaratganlarimiz ichida haq (yo'l)ga hidoyat qiladigan va u (haq) bilan adolat qiladigan ummat 

(jamoat) ham bordir.  

 

182. Oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa, (ular) bilmaydigan jihatdan "darajali" qilib (o'z holiga 

vaqtincha qo'yib berib) turamiz.  

 

183. Ularga muhlat beraman. "Makrim" esa qattiqdir.  

 

184. Tafakkur qilmaydilarmi?! Ularning sohibi (Muhammad)da hech qanday majnunlik yo'q. U faqat 

aniq ogohlantiruvchidir.  

 

185. Osmonlar va Yerning mulku saltanatiga, Alloh yaratgan har (bir) narsa va ajal (muddat)lari 

yaqinlashib qolganiga (bir) nazar tashlamadilarmi?! Undan (Qur'on inkoridan) keyin (yana) qaysi gapga 

ishonar ham edilar?! 

 

186. Kimni Alloh adashtirgan bo'lsa, uni to'g'ri yo'lga solib qo'yuvchi (odam) yo'qdir. U (kabi)larni o'z 

tug'yoni (haddan oshgan hollari)da gangib yurishlariga qo'yib beradi.  

 

187. Sizdan (ey, Muhammad!) qiyomat haqida, uning qachon qoim bo'lishini so'rashadi. Ayting: "Uning 

ilmi Rabbim huzuridadir. Uning vaqti (kelgani)da uni O'zi bildiradi. (Qiyomat) osmonlar va Yerga 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

107


og'irlik (tushkunlik) qilur. Sizlarga (u) to'satdan kelib qolur". Sizdan go'yo u haqda vakil (xabardor 

bo'lganingiz)dek so'rashadi. Ayting: "Uning ilmi (aniq ma'lumoti) Alloh huzuridadir. Lekin 

odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar".  

 

188. Ayting: "Alloh xohlaganidan tashqari o'zim uchun (biror) foyda va zarar (keltirish)ga ega 



emasman. Agar g'ayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli ishlarni ko'p qilgan bo'lur edim va menga yomonlik 

(ham) yetmagan bo'lur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uchun ogohlantiruvchi va xushxabar 

beruvchidirman".  

 

189. U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo 

qilgan zotdir. Unga yaqinlik qilgach, u (Havvo) yengil homilali bo'ldi va u bilan (bir muddat) yurdi. 

(Yuki) og'irlashganda, har ikkisi (Odam va Havvo) Rabbilari (bo'lmish) Allohga duo qilib: "Agar bizga 

solih (farzand) bersang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lajakmiz" (dedilar).  

 

190. Ikkisiga solih (farzand) ato etgach, ikkisiga bergan narsasida Unga "sherik"larni (nisbat) berdilar. 

Alloh (esa) ular keltirgan shirkdan oliy (pok)dir.  

 

Izoh: Havvo onamiz farzand ko'rganlarida, Iblis kelib nomini "Abdulhars", ya'ni Dehqonchilik quli, deb 



qo'yishga undaydi. Havvo xuddi shunday qiladilar. Bu oyatda bu ishni shirk keltirish deb tanqid qilinmoqda. 

Boshqa tafsirlarda bu kabi shirkiy nom qo'yish Odam Atodan to Muhammad (a. s.) davrilarigacha ham davom 

etib kelgan. Masalan, Abdu Manof, Abdul-Uzzo, Abduddor va hokazo. Oyatda umumiy holda barcha noto'g'ri 

nom qo'yuvchilar tanqid etilmoqda, deyiladi.  

 

191. Biror narsani yaratmaydigan, balki o'zlari yaratiluvchi bo'lgan narsani (Allohga) sherik 



qiladilarmi?! 

 

192. Ular uchun (biror) yordam ko'rsatishga yaramaydilar va o'zlariga ham yordam qilmaydilar.  

 

193. Agar ularni hidoyat sari chorlasangiz, sizlarga ergashmaydilar. Ularni chorlaysizlarmi yoki sizlar 

jim turuvchimisizlar - sizlar uchun barobardir.  

 

Izoh: Gap but-sanamlar haqida ketmoqda.  

 

194. Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz o'zlaringga o'xshash bandalardir. Agar rostgo'y 

bo'lsangiz, ularga iltijo qilib ko'ringiz - ular sizlarga ijobat qilsin! 

 

195. Ularning oyoqlari bormiki, ular bilan yursalar yo qo'llari bormiki, ular bilan kuch ko'rsatsalar, 

yoki ko'zlari bormiki, ular bilan ko'rsalar, yoxud quloqlari bormiki, ular bilan eshitsalar?! Ayting: 

"Shirk (but va sanam)laringizni chaqiringiz va menga muhlat bermasdanoq menga makr qilingiz! 

 

196. Mening egam Kitob nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni do'st tutar.  



 

197. Uni qo'yib sig'inayotgan narsalaringiz sizlarga ham yordam ko'rsatishga yaramaydi, o'zlariga ham 

yordam bermaydi".  

 

198. Ularni (sanamlarni) hidoyat sari chorlasangiz, eshitmaydilar. Sizga qarab tursalarda, lekin 

ko'rmasliklarini kuzatasiz.  

 

199. Afvni ixtiyor eting, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o'giring! 

 

200. Agar sizni shaytonning sharri tutsa, Allohdan panoh tilang! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

108


201. Taqvo qilganlarga shaytondan (biror) musibat yetsa, (darhol Allohni) eslaydilar. Bas, o'shanda ular 

(haqni) ko'ruvchidirlar.  

 

202. Ularning do'stlari yo'ldan urishda ularga yordam beradilar. (Bu ishda) sustlik qilmaydilar.  

 

203. Ularga oyat keltirmasangiz, "Uni o'zing tanlab (to'qib) qo'yaqolmaysanmi?!" - deyishadi. Ayting: 

"Men faqat Rabbimdan menga vahiy qilingan narsalargagina ergashurman. Bu (Qur'on) imon 

keltiradigan qavm uchun Rabbingizdan ko'rsatmalar, hidoyat va rahmat (manbai)dir".  

 

204. Qur'on o'g'ilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysizlar!  

 

205. Rabbingizni ichingizda tazarru va qo'rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko'tarmasdan ertayu 

kech zikr (yod) eting! G'ofillardan bo'lmang! 

 

206. Haqiqatan, Rabbingiz huzuridagi (farishta)lar Uning ibodatidan kibr (ibo) qilmaydilar. Unga 

tasbeh aytadilar va Unga sajda qiladilar.  

 

(Sajda oyati. )  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

109


ANFOL SURASI 

 

Anfol - o'ljalar.  



 

Surada urush-jang, o'lja taqsimoti, imon, e'tiqod, taqvo, amali solih va boshqa muhim masalalar haqida ilohiy 

ko'rsatmalar berilgan. Unda asosan Badr jangi voqealari batafsil bayon etilgan. Ma'lumki, Badr jangi hijratning 

ikkinchi yili ramazon oyida Madinaga yaqin Badr qishlog'ida kechgan. Bu jangda musulmonlar ozchilik, kam 

qurollangan bo'lishiga qaramasdan, ko'psonli va puxta qurollangan mushriklar to'dasi ustidan g'alaba 

qozonganlar. Yov qo'shinlaridan yetmish kishi halok etilib, yana yetmish kishi asir olingan va katta o'lja qo'lga 

kiritilgan. Jangdan keyingi o'lja taqsimida ayrim musulmonlar o'rtasida nizo chiqqani bois, surada ularga pand-

nasihatlar qilinadi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Sizdan (ey, Muhammad,) o'ljalar haqida so'raydilar. Ayting: "O'ljalar Alloh va Payg'ambarnikidir. 



Bas, Allohdan qo'rqingiz va oralaringizni tuzatingiz! Agar mo'min bo'lsangizlar, Alloh va (Uning) 

rasuliga itoat etingizlar!  

 

Izoh: Badr jangidan so'ng tushgan o'ljalar taqsimida yosh jangchilar bilan keksa jangchilar o'rtasida biroz 



kelishmovchilik ro'y bergan. Muhammad (a. s.) ularni sulhga keltirib, o'ljani hammasiga barobar taqsim 

qilganlar.  

 

2. Mo'minlar - Alloh (nomi) zikr etilganda - dillari qo'rquvda bo'ladigan, oyatlari ularga tilovat 



qilinganda - imonlari ziyoda bo'ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan,  

 

3. namozni mukammal o'qiydigan va rizq qilib berganimizdan ehson qiladigan kishilardir.  

 

4. Aynan o'shalar haqiqiy mo'minlardir. Ular uchun Parvardigorlari huzurida darajalar va farovon rizq 

(bordir).  

 

5. (Bu) Rabbingiz uyingizdan Sizni haq (yo'l) bilan chiqargani kabidir. Mo'minlardan bir guruhi esa (bu 

chiqishni) yoqtirmaydiganlardir.  

 

6. Siz bilan haq to'g'risida (u) ayon bo'lgandan keyin bahslashmoqdalar. (Bu) go'yoki, qarab turgan 

hollarida, ularni o'lim sari haydalayotgandekdir.  

 

7. Allohning ikki toifadan biri sizlarga bo'ladi, deb va'da qilganini eslang. Vaholanki, shavkatli 

bo'lmagani sizlarga bo'lishini xohlaysizlar. Alloh (esa) o'z kalima (amr)lari bilan haqni haqqa chiqarish 

va kofirlarni tor-mor qilishni xohlaydi.  

 

Izoh: Ikki toifaning birinchisi mushriklar karvoni, ikkinchisi Makkadan musulmonlar ustiga bostirib kirgan yov 



lashkari. Ma'lumki, Madinada hijratdan keyin Islom rivoj topib, musulmonlar qad rostlab olganlaridan keyin 

mushriklardan qasos olish fursati yetgan edi. Zero, musulmonlar Makkada uy-joylarini, yer va bog'larini 

tashlab hijrat qilib ketgan edilar. Makka mushriklari ularning qoldirib ketgan mol-mulk va boyliklarini 

o'zlashtirib olgan edilar. Shuning uchun ham mushriklar savdogarlik yo'li bilan karvonlarda Madina atrofida 

o'tib qolsalar, muhojir musulmonlar ularning yo'llarini to'sib, o'z mol-mulklari evaziga mushriklarning matoh 

va ashyolarini o'lja qilib olishga harakat qilar edilar. Bunga Alloh ham, rasuli ham rozilik bergan edilar. Bu 

oyatdagi ikki toifaning biri Shomdan qaytayotgan Makka mushriklari edi. Ularni qarshi olish uchun Rasululloh 

bir guruh sahobalar bilan yo'lga chiqadilar. Bundan xabar topgan Makka mushriklari katta qo'shin to'plab 

Madina sari yo'l oladilar. Shunda Payg'ambar (a. s.) Allohning amri bilan karvonni qo'yib, yov lashkari bilan 

jang qilishni ixtiyor etadilar. Ba'zi sahobalar e'tiroz bildirib: "Tayyor karvon o'lja bo'lib turganda, yovning 

katta qo'shiniga bas kelib bo'ladimi?" - deb norozilik bildirganlar. Ko'pchiligi esa Payg'ambarga itoat etishni 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish