o'sha mazax qilgan narsalari (ya'ni, haqiqat) qamrab oldi (halok etdi).
11. Ayting: "Yerni sayr qilib (aylanib) chiqinglar. So'ngra (payg'ambarni) yolg'onchiga
chiqarganlarning (oxir-)oqibati ne bo'lganini ko'ringlar!"
12. Ayting: "Osmonlar va Yerdagi bor narsa kimniki?" Ayting: "Allohniki". (U) O'ziga rahmatni (bor
mavjudotga rahm-shafqat qilishni) yozdi (va'da qildi). Sizlarni, albatta, Qiyomat kuniga jam qilajak.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
81
Bunda shak yo'qdir. O'zlariga (nisbatan) ziyonkor bo'lganlar (bunga) imon keltirmaydilar.
13. Kecha va kunduzda sokin turuvchi narsalar (ham) Unikidir. U eshituvchi va biluvchidir.
14. Ayting: "Osmonlaru Yerni ixtiro etgan, (o'zgalarga) yedirib, O'zi yemaydigan - Allohdan o'zgani
do'st tutayinmi?!" Ayting: "Darhaqiqat, men musulmonlarning birinchisi bo'lishga buyurildim. Aslo
mushriklardan bo'lmangiz! (deb ham)"
15. Ayting: "Albatta, men agar Rabbimga nofarmonlik qilsam, ulug' Kunning azobidan qo'rqaman".
16. O'sha kuni kimdan u (azob) chetlatilsa, demak, (Alloh) unga rahm qilibdi. Bu aniq yutuqdir.
17. Agar Alloh Sizga biror zarar (musibat) yetkazsa, Undan o'zga uni bartaraf etuvchi yo'qdir. Agar
Sizga biror xayrlik yetkazsa, (bilingki,) U hamma narsaga qodirdir.
18. Bandalari ustidan U g'olibdir. U hikmatli va xabardordir.
19. Ayting: "Guvohlik bo'yicha qaysi narsa kattaroq?" (Yana o'zingiz) ayting: "Alloh. (U) men bilan
sizlarning o'rtamizda guvohdir. Sizlarni va (da'vatim) yetib borganlarni ogohlantirish uchun menga
ushbu Qur'on vahiy qilindi. Sizlar haqiqatan ham, Alloh bilan birga boshqa ilohlar (ham) bor, deb
guvohlik berasizmi?" Ayting: "(Men) guvohlik bermayman". Ayting: "Darhaqiqat, U yagona ilohdir.
Men esa, sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman".
20. Biz Kitob bergan (yahudiy va nasroniy)lar uni (Muhammadni) o'z o'g'illarini tanigandek taniydilar.
O'zlariga ziyon qilganlargina (unga) imon keltirmaydilar.
21. Alloh (sha'ni)ga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga yo'yuvchi kimsadan kim ham
zolimroq ekan? Albatta, zolimlar tole topmaslar.
22. Ularning hammasini yig'ib, keyin shirk keltirganlarga Biz: "(Alloh deb) hisoblab yurgan sheriklaring
qani?" - deydigan Kunni (eslang!)
23. So'ngra ularning fitnasi ("uzri") faqat: "Rabbimiz - Allohga qasamki, (biz) mushrik bo'lmaganmiz!"
- deyishlari bo'lur.
24. O'zlari nomidan yolg'on gapirishlarini va to'qib yurgan (soxta ma'bud)larning ulardan yo'qolib
ketganini ko'ring!
25. Ular ichida (Qur'on o'qiganingizda) Sizga quloq soladiganlari ham bor. Uni fahmlamasliklari uchun
qalblariga parda, quloqlariga og'irlik (paydo) qildik. Har (turli) mo''jizani ko'rsalar (ham) unga
ishonmaydilar. Hattoki, Siz bilan bahslashgani huzuringizga kelganlarida, kufrga ketganlar: "Bu
avvalgilardan qolgan afsonalardan boshqa narsa emas", - deydilar.
26. Ular undan (Islomdan) qaytaradilar va undan (o'zlari ham) uzoqlashadilar. Sezmagan hollarida
faqat o'zlarinigina halok qiladilar.
27. Do'zax uzra to'xtatib qo'yilganda, "Oh, koshki edi (dunyoga) qaytarilsak, Rabbimiz oyatlarini
yolg'onga chiqarmay, mo'minlardan bo'lsak", - deganlarini ko'rganingizda edi!
28. Yo'q! Ularga oldindan yashirib yurgan (sir)lari fosh bo'lib qoldi. Bordiyu (dunyoga) qaytarilsalar
ham, (yana o'sha) taqiqlangan narsalarga qaytgan bo'lur edilar. Ular, haqiqatan, yolg'onchilardir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
82
29. Yana: "Shu dunyo hayotidan boshqa hech narsa yo'q. Biz (qayta) tiriltiriluvchi emasmiz", - degan
bo'lur edilar.
30. Parvardigorlari huzuriga turg'izib qo'yilganlarida (Alloh): "Shu (qayta tirilish) haq emas ekanmi?" -
deganida, (ular): "Rabbimiz haqqi, yo'q! (haq ekan!)" - deganlarini, (Alloh): "Kufrda bo'lganingiz
sababli shu azobni totingizlar!" - deyishini ko'rsangiz edi!
31. Daf'atan qiyomat kelib qolganda, gunohlarini orqalariga ortgan hollarida: "YO hasrato, unda
(yorug' dunyoda) qosirlik qilgan ekanmiz", - deb aytadigan paytlariga qadar Allohga yo'liqishni
yolg'onga chiqarganlar ziyon ko'radilar. Qarang, qanday yomon narsani orqalaydilar!
32. Bu dunyo hayoti faqat behuda o'yin-kulgidir. Taqvolilar uchun esa oxirat diyori yaxshidir. Aql
yuritmaysizlarmi?!
33. Aytgan gaplari Sizni ma'yus (xafa) qilayotganini yaxshi bilurmiz. Ular, aslida, Sizni yolg'onchiga
chiqarmayaptilar, balki (bu) zolimlar Allohning oyatlarini inkor etayotirlar.
34. Sizdan oldingi payg'ambarlar ham yolg'onchiga chiqarilganlar. To ularga Bizning yordamimiz
kelgunga qadar yolg'onchiga chiqarilganlariga va berilgan aziyatlarga sabr qildilar. Allohning so'zlari
(va'dalari)ni o'zgartiruvchi (kuch) yo'qdir. Sizga payg'ambarlar xabaridan (qisman) keldi.
35. Agar ularning e'tirozlari Sizga og'ir botayotgan bo'lsa, Yerga teshik yoki osmonga narvon izlab
(bo'lsa ham) ularga biror mo''jiza keltira olsangiz (edi). Agar Alloh istaganda edi, ularni hidoyat uzra
jam qilgan bo'lur edi. Bas, (buning hikmatini bilmaydigan) johillardan bo'lmang!
Izoh: Ularning imondan yuz o'gi rishlari Payg'ambar (a. s.)ga og'ir botganda, nima qilishlarini bilmay qolar
edilar. Oyatdagi ibora o'zbekchadagi "yer qattiq, osmon uzoq" iborasiga o'xshab ketadi. Ikkinchi ma'nosi -
mo''jiza sifatida yerni teshish yoki osmonga ko'tarilish bilan ularni lol qoldirib, hidoyat yo'liga kiritmoqchi
bo'lishlaridir.
36. Albatta, eshitadiganlar (da'vatingizni) qabul qilurlar. O'liklarni esa, Alloh tiriltirur. So'ngra Uning
huzuriga qaytarilurlar.
Izoh: O'liklar - kofirlar. Ya'ni ular bu dunyoda eshitmaslar. Ularni Alloh taolo tiriltirgan kuni (oxiratda)
eshitishga majbur bo'lurlar.
37. Aytdilar: "Unga Rabbidan biror mo''jiza tushirilsa edi". Ayting: "Albatta, Alloh mo''jiza tushirishga
qodirdir. Lekin, ularning aksariyati (buning oqibatini) bilmaydilar".
38. Yerdagi biror jonivor va biror ikki qanoti bilan uchadigan parranda yo'qki, (ular ham) sizlar kabi
ummatlar bo'lmasalar. Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) biror narsani (yozmasdan) qoldirmaganmiz.
So'ngra (hamma ummatlar) Parvardigorlari (huzuri)ga jamlanurlar.
39. Bizning oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar zulmatlar ichidagi kar va soqovdirlar. Alloh xohlagan
kishini adashtirur va xohlagan kishini to'g'ri yo'l uzra (sobit) qilur.
40. Ayting: "Agar rostgo'y bo'lsangiz, o'yladingizmi, agar sizlarga Allohning azobi kelsa yoki sizlarga
qiyomat kelsa, Allohdan o'zgaga iltijo qilgan bo'larmidingiz?"
41. Yo'q! Uning o'zigagina iltijo qilgan bo'lardingiz. U esa, xohlasa, so'ragan narsangiz (balo)ni daf etar
edi. (Bunday holatda) keltirib yurgan shirklaringni unutasizlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
83
42. Sizdan oldingi ummatlarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz. Keyin zora (tavba-tazarru) qilsalar
deb, ularni balo va ofatlarga duchor qilganmiz.
Izoh: Ya'ni ularni qahatchilik, ochlik, kasallik, o'lim, faqirlik kabi musibatlar bilan sinaganmiz.
43. Ularga Bizning balomiz kelganda, (tavba-)tazarru qilsalar bo'lmasmidi?! Lekin, dillari qotdi va
shayton ularga qilib yurgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatdi.
44. (Ular) eslatilgan narsa (sinovlar)ni unutganlarida ularga har narsaning eshiklarini ochib qo'ydik.
Toki ularga berilgan narsa (nozu ne'mat)lar bilan shodu xurram bo'lib turganlarida, ularni birdan zabt
etdik. Bas, ular (endi) noumiddirlar.
45. Zulm qilganlar qavmining dumi qirqildi, alhamdu lillohi Rabbil-olamin!
46. Ayting: "(O'ylab) ko'rdingizmi, bordiyu Alloh quloq va ko'zlaringizni olib qo'ysa va dillaringizni
muhrlab qo'ysa, Allohdan boshqa uni (qayta joyiga) keltiradigan iloh kim ekan?" Oyatlarni qanday
tasarruf qilayotganimizga, so'ngra ularning yuz o'girib ketishlariga (bir) boqing!
47. Ayting: "O'zlaringni (bir o'ylab) ko'rdilaringmi - agar Allohning azobi birdaniga yoki oshkora kelsa,
zolimlar qavmidan boshqasi halok qilinarmidi?!"
48. Biz elchi (payg'ambar)larni faqat (odamlarga) xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchilar sifatida
yuborurmiz. Kimki imon keltirib, (xatolarini) tuzatsa, u (kabi)larga xavf ham yo'q va ular tashvish ham
chekmaydilar.
49. Oyatlarimizni yolg'onga chiqaruvchilarga esa, buzg'unchilik qilganlari sababli azob yetar.
50. Ayting: "Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor ham demayman va g'aybni ham bilmayman.
Shuningdek, sizlarga: "Men farishtaman" ham demayman. Men faqat, menga vahiy qilingan
narsalargagina ergashaman". Ayting: "Ko'r bilan ko'ruvchi teng bo'ladimi? Fikr yuritmaysizlarmi?"
51. Ular uchun Allohdan boshqa do'st ham, oqlovchi ham bo'lmagan holda Parvardigorlari huzuriga
jam bo'lishlaridan qo'rqadiganlarni u (vahiy) bilan ogohlantiring, zora taqvoli bo'lsalar!
52. Ertayu kech (doimo) Parvardigorlarining "yuzi"ni istab, Unga duo (ibodat) qilayotganlarni
(huzuringizdan) haydamang! Siz ularning (ishlari) hisobotidan biror narsaga (mas'ul) emassiz. Ular
(ham) Sizning (ishlaringiz) hisobotidan biror narsaga (mas'ul) emaslar. Ularni haydab, zolimlardan
bo'lib qolmang!
Izoh: Ulardan murod bu yerda Bilol, Suhayb, Ammor, Xabbob kabi holati nochor, zaif musulmonlardir. Makka
zodagonlari Muhammad (a. s.)dan ularni huzuringdan haydab yuborsang, biz sen bilan gaplashamiz, yoningda
past martabali qullar o'tirishidan biz or qilamiz der edilar.
53. "Bizlarning ichimizdan (kelib-kelib) Alloh o'shalarga ne'mat ato etibdimi?!" - deyishlari uchun
ularning ba'zilarini ba'zilari bilan ana shunday imtihon qildik. Shukr qiluvchilar (kim ekani)ni Alloh
biluvchiroq emasmi?!
54. Huzuringizga oyatlarimizga imon keltirayotganlar kelganlarida, ayting: "Sizlarga salom
(salomatlik)! Rabbingiz rahmat (qilish)ni O'ziga yozdi: sizlardan kimki johillikda yomonlik (gunoh ish)
qilgan bo'lib, so'ngra o'sha (gunohi)dan keyin tavba qilib, (o'zini) isloh etsa, bas, albatta, U kechirimli va
rahmlidir".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
84
55. Ana shunday (uslubda) oyatlarimizni batafsil (bayon) qilurmiz va gunohkorlar yo'li oydinlashishi
uchun ham (bayon qilurmiz).
56. Ayting: "Men Allohni qo'yib, sizlar sig'inayotgan (ma'buda)larga ibodat qilishligimdan
qaytarilganman". Ayting: "Sizlarning xohishlaringizga ergashmayman. Zero, unda men adashgan
bo'lib, hidoyat topganlardan bo'lmay qolurman".
57. Ayting: "Men Rabbimdan (kelmish) hujjat uzradirman. Sizlar (esa) uni yolg'onga chiqardingiz.
Sizlar qistayotgan (azob) mening huzurim (ixtiyorim)da emas*. Hukm Allohdan o'zganiki emas. (U) haq
(narsa)ni bayon qilur. U ajrim etuvchilarning yaxshisidir".
Izoh: Ular qistab so'rayotgan narsalari: "Agar haq payg'ambar bo'lsang, Rabbingdan so'ra ustimizga
osmondan tosh yog'dirsin!" - degan talablaridir.
58. Ayting: "Agar sizlar qistayotgan narsa mening huzurimda bo'lganda edi, men bilan sizlar
o'rtamizdagi ish (allaqachon) hal bo'lgan bo'lur edi. Alloh zolimlarni yaxshi biluvchidir".
59. G'ayb (yashirin ishlar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o'zga bilmas. Yana, quruqlik va
dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari
(qa'ri)dagi urug' bo'lmasin, ho'lu quruq bo'lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da
(yozilgan)dir.
60. U tunda sizlarni "vafot ettiradigan" (uxlatib ruhingiz ixtiyorini oladigan), kunduzi qilgan
ishlaringizni biladigan zotdir. So'ngra belgilangan muhlat ado etilishi uchun unda (kunduzi) sizlarni
(yana) "tiriltirur" (o'yg'otur). Keyin Unga qaytishlik (bor). So'ngra sizlarga qilgan ishlaringiz xabarini
berur.
61. U bandalari ustidan (barcha ishda) g'olibdir. Ustingizga (savob va gunohlaringizni bitib) saqlovchi
(farishtalar)ni yuboradi*. Birortalaringizga o'lim kelgan paytda, uni elchi (farishta)larimiz erinmay (o'z
vaqtida) vafot ettirurlar*.
Izoh: Saqlovchi farishtalar "kiroman kotibin" deb atalmish maloikalardir. Izoh(a): Elchi farishtalar esa, jon
oluvchi maloikalardir. Ularni "malakul-mavt" deyiladi. Jon oluvchi farishtalar haqida yana "Noziot" surasidan
o'qing.
62. So'ngra (ular) haqiqiy egalari - Alloh (huzuri)ga qaytarilurlar. Hukm esa Unikidir. U
hisoblovchilarning tezkoridir.
63. Ayting: "Quruqlik va dengiz zulmat (dahshat va falokat)laridan - Unga oshkora yolvorib va xufyona:
"Agar bizga shu (xatar)dan najot bersa, qasamki, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lar edik", - deb duo
qilganlaringda, kim sizlarni qutqaradi?"
64. Ayting: "Sizlarni ulardan Alloh qutqaradi. So'ngra sizlar (esa yana) shirk keltiraverasizlar".
65. Ayting: "U sizlarga tepangizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoxud sizlarni (turli)
firqalarga aylantirib, ba'zingizga ba'zilar zararini totdirishga (ham) qudrati yetadigan zotdir". Ko'ring,
anglab yetsinlar deb oyatlarni qanday (atroflicha) bayon qilamiz.
66. Qavmingiz uni (Qur'onni yoki azobni) yolg'onga chiqardi. Holbuki, u haq edi. Ayting: "Men sizlarga
muakkal (soqchi) emasman.
67. Har bir xabarning qaror topadigan o'rni (va vaqti) bor. Tez fursatda bilursizlar".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
85
68. Oyatlarimizga (nisbatan mensimaslikka) kirishayotganlarni ko'rsangiz, to boshqa gapga
ko'chmagunlarigacha, ulardan yuz o'giring! Agarda shayton yodingizdan chiqarsa, (bu) eslatmadan
keyin zolimlar qavmi bilan o'tirmangiz!
69. Taqvo qiluvchilar zimmasida u (zolimlar qavmi nomi)dan hech qanday hisobot (berish) yo'q. Lekin
(shu kabilardan) saqlanishlari uchun (bu) eslatmadir.
70. Dinlarini o'yin va behuda narsa qilib olgan va bu dunyo hayoti aldab qo'yganlarni (parvo qilmay)
qo'yavering! Har bir jon (o'z) qilmishi sababli halok bo'lishi, Allohdan boshqa hech bir do'st va oqlovchi
bo'lmasligi, bor badalni bersa ham undan olinmasligini u (Qur'on) orqali eslating! (O'z) qilmishlari
sababli azoblanadiganlar ana o'shalardir. Ular uchun kufrda bo'lganlari tufayli qaynoq suvdan iborat
ichimlik va alamli azob (bordir).
71. Ayting: "Allohni qo'yib, bizga foyda ham, zarar ham yetkazmaydigan narsaga iltijo qilamizmi va
Alloh bizni hidoyat yo'liga solgandan keyin (yana) ortimizga qaytarilamizmi?! (Unda) xuddi jinlar
og'dirib ketgach, yerda hayronlikda yurganda o'rtoqlari: "Bizga kel!" - deb chaqirgan kimsaga o'xshab
qolamiz-ku! Ayting: "Allohning hidoyatigina (haqiqiy) hidoyatdir. (Biz esa) butun olamlarning Rabbiga
bo'yin sunishga buyurilganmiz".
72. (Bizga yana): "Namozni mukammal ado etingiz va Undan qo'rqingiz! U esa, huzuriga sizlar jam
bo'ladigan zotdir" (deb buyurilgan).
73. U osmonlar va Yerni hikmat bilan yaratgan zotdir. "Bo'l!" - degan kuni (istagani) bo'ladi. Uning
so'zi haqdir. Sur chalinadigan kuni (ham) hukmronlik faqat Unikidir. Yashirin va oshkora (narsalarni)
biluvchidir. U hakim va xabardor zotdir.
Izoh: Sur - o'zbekchada surnay. Isrofil (a. s.)ga qiyomat kuni uni ikki bor chalishga amr bo'ladi. Birinchisida
Yer yuzasidagi barcha tirik jon o'ladi. Ikkinchisida avvalinu oxirin hamma o'tganlar tiriladi.
74. Ibrohim otasi Ozarga: "Sanamlarni iloh qilib olasizmi? Men Sizni va qavmingizni zalolatda
ko'rayapman", - deganini eslang!
75. Shu tarzda Ibrohimga osmonlar va Yerning mulku saltanati (ajoyibotlari)ni ko'rsaturmiz. Chinakam
ishonuvchilardan bo'lishi uchun (shunday qildik).
76. Tun zulmati uni qoplaganda yulduzni ko'rib: "Mana shu - rabbim", - dedi. (U) botib ketganda esa:
"Botib ketuvchilarni yoqtirmayman", - dedi.
77. Chiqayotgan oyni ko'rib: "Mana shu - rabbim", - dedi. Botib ketganda esa: "Agarda Rabbim meni
hidoyatga solmasa, albatta, adashganlar qavmidan bo'lib qolurman", - dedi.
78. Chiqayotgan quyoshni ko'rib: "Mana shu - rabbim. Shu kattaroq-ku!" - dedi. Botib ketganda esa:
"Ey, qavmim, albatta, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezordirman.
Izoh: Ibrohim (a. s.) ulug' payg'ambarlardan bo'lib turib nechun quyosh, oy, yulduzlarni rabbim dedi, degan
savol tug'ilishi tabiiy. Javobiga mufassirlar aytmishlarki, Xalilulloh bu so'zlarni chin dillari bilan e'tiqodan
aytganlari yo'q, balki ularga sig'inadigan mushriklarni masxara qilib, "shu ham parvardigor bo'ldimi, botib
ketishini qaranglar"- demoqchi bo'lganlar.
79. Men to'g'ri yo'lni tanlagan holimda yuzimni osmonlar va Yerni ixtiro etgan Zotga qaratdim. Men
mushriklardan emasman", - dedi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
86
80. Qavmi u bilan bahslashdi. (Shunda) u dedi: "Men bilan Alloh haqida bahslashasizlarmi? Axir, (U)
meni hidoyatga yo'llagan bo'lsa?! Men sizlar keltirgan shirkdan qo'rqmayman. Illo, Rabbim biror
narsani xohlasa (o'sha bo'lur). Rabbim ilm jihatidan har narsani qamrab olgan. (Buni) eslab
ko'rmaysizlarmi?
81. Sizlar keltirgan shirkdan qanday ham qo'rqayinki, sizlarga biror hujjat qilib tushirmagan narsani
Allohga shirk keltirishdan qo'rqmayotgan bo'lsalaring?!" (Bu) ikki guruhning qaysinisi (qo'rqmay)
xotirjam bo'lishlikka haqliroqdir? Biladigan bo'lsangiz (ayting!)
82. Imon keltirgan va imonlarini zulm (shirk) bilan qorishtirmaganlar - aynan o'shalarga xavfsizlik
(bordir) va ular to'g'ri yo'l topganlardir.
83. Ibrohimga qavmi ustidan bergan hujjatimiz ana shudir. Xohlagan kishimizni darajalarga
ko'tarurmiz. Albatta, Rabbingiz hikmat va ilm sohibidir.
84. Unga (Ibrohimga) Ishoq va Ya'qubni ato etdik. Hammasini hidoyatga yo'lladik. Oldin Nuhni ham
hidoyatga yo'llagan edik. Uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunni (ham
yo'lladik). Chiroyli ish qiluvchilarni mana shunday taqdirlaymiz.
85. Zakariyo, Yahyo, Iso va Ilyosni (ham hidoyatga yo'lladik). Hammasi solihlardandir.
86. Ismoil, al-Yasa', Yunus va Lutni ham (hidoyatga yo'lladik). Hammalarini olamlar uzra afzal qildik.
87. Shuningdek, ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va aka-ukalaridan (ba'zilarini ham afzal
qildik). Ularni tanlab olib, To'g'ri yo'lga ravona qildik.
88. Allohning hidoyati shudir. U bilan xohlagan bandalarini yo'lga soladi. Agar mushrik bo'lganlarida
qilgan (savobli) amallari yo'qqa chiqqan bo'lur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |