2. O'zlaridan (bo'lmish) bir kishiga (Muhammadga), odamlarni ogohlantiring, imon keltirganlarga
Parvardigorlari huzurida sodiq qadamlik (to'g'ri yo'ldan yurishlik darajasi) borligi haqida xushxabar
bering, deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli bo'ldimi?! Kofirlar esa: "Albatta, bu
(Muhammad) aniq sehrgardir", - dedilar.
3. Albatta, Rabbingiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan
Allohdir. Ish tadbirini (puxta) ko'rar. Uning iznisiz biror shafoat qiluvchi bo'lmas. Ana o'sha Alloh
Rabbingizdir, Unga ibodat qilingiz! (Bundan) eslatma olmaysizlarmi?!
4. Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzuridir. Allohning va'dasi haqdir. U yaratishni boshlaydi,
so'ngra imon keltirib, ezgu ish qilganlarni adolat bilan mukofatlash uchun uni (barcha yaratganlarini)
yana (hayotga) qaytaradi. Kofir bo'lganlarga esa, qaynoq suvdan iborat ichimlik va kofir bo'lganlari
sababli alamli azob bordir.
5. U quyoshni ziyo (taratuvchi) va oyni nur (sochuvchi) etgan hamda yillarning adadini va (vaqt
o'lchovlaridagi) hisobni bilishlaringiz uchun uni (oyni) manzil (burj)larga (bo'lib) o'lchab qo'ygan zotdir.
Buni Alloh faqat haq (hikmat) bilangina yaratdi. Biluvchi qavm uchun oyatlarni (U) batafsil bayon qilur.
6. Albatta, tun va kunning almashib turishida hamda osmonlar va Yerdagi Alloh yaratib qo'ygan
narsalarda Allohdan qo'rqadigan qavm uchun alomatlar bor.
7. Albatta, Biz bilan muloqotda bo'lishni kutmay, dunyo hayoti bilan qanoatlangan va u bilan (dili)
taskin topganlar hamda oyatlarimizdan g'ofil bo'lganlar,
8. ana o'shalarning joylari - qilmishlari tufayli - do'zaxdir.
9. Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne'mati
mo'l jannat (bog'lari)da ostilaridan anhorlar oqib turur.
10. U yerdagi duolari: "Ey, Alloh! Senga tasbeh aytamiz" deyishlik va u yerdagi so'rashishlari "Salom-
alik"dir. Duolarining oxiri esa: "Olamlar Parvardigori – Allohga hamd!" deyishlikdir.
11. Mabodo Alloh odamlarga yomonlikni (ular) yaxshilikka shoshilganlari kabi tezlashtirganda edi,
albatta, ularning ajallari bitgan bo'lur edi. Bas, Bizning muloqotimizni kutmaganlarni o'z tug'yon
(tajovuzkorlik)larida gangib yurishlariga tashlab qo'yamiz.
12. Insonga zarar yetganda, yotgan holda yo o'tirib yoki tik turib ham Bizga iltijo qiladi. Undan zararini
ketkazganimizda esa, go'yo yetgan zararidan Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Mana shu tarzda
isrofchi (tajovuzkor)larga o'z qilmishlari ziynatli (chiroyli) qilib qo'yildi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
129
13. Sizlardan oldingi avlodlarni (ham) zulm qilganlarida va payg'ambarlari (ilohiy) hujjatlarni
keltirgach, inonmaganlarida, halok qilganmiz. Shu tarzda jinoyatchilar qavmini jazolagaymiz.
14. So'ngra qanday ish qilishingizni ko'rishimiz uchun sizlarni ulardan keyin Yerga xalifa (o'rinbosar)
qildik.
15. Ularga Bizning aniq oyatlarimiz o'qilsa, muloqotimizni kutmaganlar: "Bundan boshqa qur'on keltir
yoki uni (oyatlarini) o'zgartir!"- deydilar. Ayting: "Uni o'z tomonimdan o'zgartirish menga mumkin
emas. Men faqat, menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Men, agar Rabbimga itoatsizlik
qilsam, ulug' Kun (qiyomat) azobidan qo'rqaman".
16. Ayting: "Agar Alloh xohlaganda edi, men uni (Qur'onni) o'qimas edim va sizlarga ham (Alloh) uni
bildirmagan bo'lur edi. (Axir) undan oldin ham umr bo'yi sizlarning orangizda (yashab) turdim-ku! Bas,
aql yurgizmaysizlarmi?!".
17. Alloh nomidan yolg'on to'qigan yoki oyatlarini yolg'onga yo'ygan kimsadan ham zolimroq kishi
bormi?! Zotan, jinoyatchilarga tole yor bo'lmas.
18. Allohni qo'yib, ularga zarar ham, foyda ham keltira olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar va "Ana
shular Alloh huzurida bizni shafoat qiluvchilarimizdir", - deydilar. Ayting: "Allohga osmonlar va
Yerdagi U bilmaydigan narsalarni bildirib qo'ymoqchimisizlar?! Alloh ularning shirklaridan pok va
yuksakdir!"
19. Odamlar yagona ummat (bir dinda) edilar*. So'ngra turli xil bo'lib ketdilar. Agar Rabbingizdan
(qiyomatgacha qo'yib berish haqida) so'z kechmaganida, tortishayotgan narsalari haqida hukm qilingan
bo'lur edi.
Izoh: Ya'ni Odam Ato yoki Nuh (a. s.) davridagi to'fon voqeasidan keyingi vaqt.
20. "Unga (Muhammadga) Parvardigoridan biror mo''jiza tushirilsa edi!" - deyishadi. Bas, ayting:
"Albatta, g'aybiy ishlar Allohga xosdir. Kutinglar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman".
21. Odamlarga yetishgan zarar (qahatchilik) ketidan rahmat (mo'lchilik)ni tottirsak, nogoh ularda
oyatlarimizga nisbatan makr (inkor) namoyon bo'ladi. Ayting: "Alloh tezroq "makr" qiluvchidir. "
Rasul (farishta)larimiz qilayotgan makringizni yozib qo'yurlar.
22. U sizlarni quruqlik va dengizda sayr qildirur. Sizlar kemada bo'lgan paytingizda va u mayin shamol
bilan ularni (sizlarni) olib ketayotganida va ular bundan shodlanib turganlarida, qattiq shamol kelib
hamda har tomondan to'lqin kelganda, ular qurshovda qolganlarini bilib: "Agar shundan bizni xalos
qilsang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lurmiz!" - deb ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar.
Izoh: "sizlarni" so'zi o'rniga "ularni" deb ikkinchi shaxsdan uchinchi shaxsga o'tish, balog'at ilmida "iltifot"
deb ataladi. O'zbek tilida ham "men" o'rniga "biz", "siz" o'rniga "ular". so'zi qo'llaniladi. Haj safaridan kelgan
kishiga: "haj qilibsizda" o'rniga "Haj qilibdilar-da!" - deyilishi kabi.
23. Alloh ularni xalos etganda esa, bexos (yana) Yer yuzida nohaqdan tajovuzkorlik qilurlar. Ey,
odamlar! Bu tajovuzingiz faqat o'zingizga zarardir. (Bu) dunyo hayotining matohi (ovunchog'i)dir.
So'ngra qaytish joyingiz Bizning huzurimizdir. Bas, (o'shanda) qilgan ishlaringiz xabarini sizlarga
berurmiz.
24. Haqiqatan, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan (yog'dirgan) suv bo'lib, odamzot
va hayvonot yeydigan narsalardan iborat yer giyohlari u bilan aralashib, to yer yasanib va
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
130
ziynatlangach, yer egalari o'zlarini unga qodir deb bilgan bir paytda yerga tunda yoki kunduzi Bizning
amrimiz kelib, uni kechagi kuni obod bo'lmagandek (yig'ib olingan) hosilga aylantirib qo'yganimizga
o'xshaydi. Tafakkur qiluvchi qavm uchun (Biz) oyatlarni shu tarzda batafsil bayon qilurmiz.
25. Alloh (odamlarni) salom diyori (jannat)ga chorlaydi va xohlagan kishini to'g'ri yo'lga hidoyat etadi.
26. Ezgu ish qilganlarga chiroyli (savob-jannat) va ziyodalik (Allohning diydorini ko'rishlik) bordir.
Ularning yuzlarini qoralik ham, xorlik ham qoplamas. Aynan o'shalar jannat ahlidirlar, ular u yerda
mangudirlar.
Izoh: Ezgu ish - Allohni yakka bilib, solih amal qilishdir.
27. Gunoh ishlarni qilganlarga esa, har bir gunohga o'shaning barobarida jazo (bordir) va ularni xorlik
qoplar. Ular uchun Alloh tarafidan saqlovchi yo'q. Ularning yuzlari go'yo zulmatli tunning bir bo'lagi
bilan qoplangandekdir. Ana o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular u yerda mangudirlar.
28. Hammalarini o'sha kun (qiyomat)da to'plab, so'ngra shirk keltirganlarga: "Sizlar va (Allohga)
sherik qilib olgan (but)laringiz, joyingizda turingiz!" - deb ularning oralarini ajrim qilamiz. (Sig'inilgan)
sheriklaringiz: "Bizga sig'ingan emassizlar.
Izoh: Ya'ni soxta ma'budalar: "Biz sizlarning ibodatlaringizni sezmadik", - deb iqror bo'lurlar.
29. Bas, Allohning o'zi biz bilan sizlarning o'rtamizda guvohlikka kifoyadirki, sizlarning (bizga qilgan)
ibodatingizdan g'ofildirmiz", - derlar.
30. Ana o'sha yerda har bir jon (egasi) qilib o'tgan ishini sinab ko'rar va (hammasi) haqqoniy egalari -
Allohga qaytarilur. To'qib yurgan (but)lari ham ulardan g'oyib bo'lur.
31. Ayting: "Sizlarga Osmon va Yerdan rizq berayotgan kim yoki quloq va ko'zlaringizga egalik
qilayotgan kim?! O'likdan tirikni chiqaradigan va tirikdan o'likni chiqaradigan va ishning tadbirini
ko'radigan kimdir?!" Ular, albatta: "Alloh", - deydilar. Shunda ayting: "Bas, qo'rqmaysizlarmi?!"
32. Bas, ana shu Alloh haqqoniy Rabbingizdir. Haqiqatdan o'zgasi esa gumrohlikdir. Bas, qayoqqa og'ib
ketayapsizlar?!
33. Shunday qilib imon keltirmaganlari sababli fosiqlik qilganlar ustidan Rabbingizning (azoblayman
degan) so'zi haq bo'lib chiqdi.
34. Ayting: "Sherik (but, sanam)laringiz ichida oldin yaratib, (o'lgandan keyin) yana (hayotga) qaytara
oladigani bormi?!" Ayting: "Alloh oldin yaratib, so'ngra qaytara oladi. Bas, qayoqqa og'ib
ketmoqdasizlar?!"
35. Ayting: "Sherik (but, sanam)laringiz ichida haq yo'lga soladigani bormi?!" Ayting: "Alloh haq
yo'lga soladi. Haq yo'lga sola oladigan Zot ergashilishga haqliroqmi yoki yo'lga sola olmaydigan, balki
o'zi yo'lga solinishga muhtoj narsami?! Bas, sizlarga ne bo'ldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz (o'zi)?!"
36. Aksariyati faqat gumon ortidan ergashadilar. Gumon esa, biror narsada haqiqat o'rniga o'tmaydi.
Albatta, Alloh ularning ishlaridan ogohdir.
37. Ushbu Qur'on Allohdan boshqa kimningdir tomonidan to'qilgan bo'lishi mumkin emas. Balki, u
(butun) olamlar Parvardigori tomonidan (kelgan), shubhasiz, o'zidan oldingi narsa (ilohiy kitoblar)ni
tasdiqlovchi va batafsil (bayon etilgan) kitobdir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
131
38. Yoki: "Uni (Muhammad) to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "U holda, agar rostgo'y bo'lsangizlar,
unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa imkoningiz boricha kishilarni (yordamga) chorlangiz!"
39. Balki, (ular Qur'on) ilmini egallamay turib va uning ta'vili (tafsiri) kelmay turib, yolg'onga yo'ydilar.
Ulardan oldingilar ham (payg'ambarlarini) xuddi shunday yolg'onchiga chiqargan edilar. Zolimlarning
taqdiri qanday bo'lganiga boqing!
40. Ular ichida (unga) imon keltirganlari bor va ular ichida unga imon keltirmaydiganlari ham bor.
Rabbingiz esa buzg'unchilarni biluvchiroqdir.
41. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Mening ishim - menga. Sizlarning ishlaringiz - sizlarga!
Cizlar mening qilayotgan ishimga daxlsizdirsizlar, men sizlarning ishlaringizga daxlsizdirman".
42. Ular ichida Sizga (beparvolik bilan) quloq soladiganlari ham bor. O'zlari aql yurgizmaganlaridan
keyin Siz "karlar"ga (gap) eshittira olarmidingiz?!
43. Ular ichida Sizga (shunchaki) nazar tashlab turadiganlari ham bor. O'zlari ko'rmasalar, ko'rlarni
yo'lga sola olarmidingiz?!
44. Albatta, Alloh odamlarga biror narsada zulm qilmaydi. Lekin odamlar o'zlariga zulm qiladilar.
45. Ularni (qiyomatda) to'playdigan kunda (o'zlarini bu dunyoda) go'yo kunduz kunning bir soaticha
turgandek sezishib, bir-birlarini taniy boshlaydilar. Alloh bilan muloqotda bo'lishni inkor etganlar ziyon
ko'rdilar va hidoyat topganlardan bo'lmadilar.
46. Agar Biz ularga va'da qilayotgan (azob)ning bir qismini Sizga ko'rsatsak yoki (oldinroq) Sizni vafot
ettirsak ham, baribir ularning qaytib boradigan joyi Bizning huzurimizdir. So'ngra (qolganiga) Alloh
ularning kirdikorlariga guvohdir.
47. Har bir ummat uchun payg'ambar (bordir). Bas, payg'ambarlari kelganda, ularga zulm qilinmagan
holda o'rtalarida odilona hukm qilinur.
Izoh: Isro' surasining 14-oyatida ham shu mazmun talqin etiladi.
48. "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, bu va'da (azob) qachon (bo'ladi)?" - deydilar.
49. Ayting: "Alloh xohlamas ekan, men (hatto) o'zimga (ham) na zarar va na foyda yetkazishga aslo ega
bo'lmasman. Har bir ummat uchun (muayyan) ajal (muddat) bordir. Ajallari yetganda, biror soat
kechiktira olmaydilar ham, oldinga ham sura olmaydilar".
50. Ayting: "Ko'rdingizmi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar u
(azob)ning nimasini shoshiltiradilar?!"
51. Qachon (o'sha azob) ro'y bergandan so'ng unga imon keltirasizlarmi?! Endimi?! Uni (qachon bo'ladi
deb) qistagan edingiz-ku!
52. So'ngra zulm qilganlarga: "Mangu azobni totingizlar! Qilgan qilmishlaringiz sababligina
jazolanursizlar", - deyiladi.
53. Sizdan: "U (azob) haqmi?" - deb so'raydilar. Ayting: "Rabbimga qasamki, ha, u albatta haqdir.
Sizlar esa ojiz qoldiruvchi (undan qutuluvchi) emassizlar".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
132
54. Zulm qilgan har bir jon (egasi)da Yerdagi bor narsa bo'lgan taqdirda (azobdan qutulish uchun),
albatta, uni to'lagan bo'lur edi. Azobni ko'rishgach, armonlarini ichlarida saqlaydilar. O'rtalarida
ularga zulm qilinmasdan odilona hukm qilinur.
55. Ogoh bo'lingizki, osmonlar va Yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh bo'lingizki, albatta,
Allohning va'dasi haqdir, lekin ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.
56. U tiriltirur va o'ldirur hamda Uning huzurigagina qaytarilursizlar.
57. Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan va'z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va
mo'minlarga hidoyat va rahmat keldi.
58. Ayting: "Allohning fazli va rahmati bilan, bas, (albatta), shular sababli (mo'minlar) shodlansinlar! U
to'plagan (boyliklari)dan yaxshiroqdir.
Izoh: Bu oyatda Allohning ikki ulug' ne'mati zikr qilinayotir. Biri fazli. Ya'ni, Islom dini. Ikkinchisi rahmati.
Ya'ni, Qur'oni karim. Hadisi sharifda aytiladiki, "kimgakim Alloh taolo Islom dini va Qur'on ilmini nasib etgan
bo'lsayu, u kambag'alman deb koyinsa, Alloh to qiyomat kunigacha uning ikki ko'zi o'rtasiga (peshonasiga)
faqirlik tamg'asini bosib qo'yar".
59. Ayting: "Ko'rdingizmi, Alloh sizlar uchun nozil qilgan rizqdan (birini) harom, boshqasini halol qilib
oldingiz". Ayting: "Ko'rdingizmi, sizlarga Alloh ruxsat berdimi yoki Allohga tuhmat qilyapsizlarmi?!"
60. Alloh sha'niga yolg'on to'qiydiganlarning qiyomat kuni haqidagi gumonlari nimadan iborat ekan?!
Albatta, Alloh odamlarga (nisbatan) fazl sohibidir, lekin ularning aksariyati shukr qilmaydilar.
61. Qaysi bir mashg'ulotda bo'lmang, undan (Qur'ondan) biror (oyat) tilovat qilmang, (umuman)
qanday ish qilmang, illo o'shanga kirishganingizdayoq sizlarga shohid bo'lurmiz. Yerda, xoh osmonda
biror zarra miqdorida yoxud unda kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq
Kitob (Lavhul-Mahfuz)da bordir.
62. Ogoh bo'lingizki, albatta, Allohning valiy (do'st)lariga (oxiratda) xavf yo'qdir va ular tashvish ham
chekmaslar.
63. Ular imon keltirgan va taqvoli bo'lganlardir.
64. Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir. Allohning so'zlarida
o'zgartirish yo'qdir. Ana shu buyuk yutuqdir.
65. Ularning (kofirlarning) gapi Sizni xafa qilmasin! Kuch-qudratning hammasi Allohdadir. U eshituvchi
va biluvchidir.
66. Ogoh bo'lingizki, albatta, osmonlar va Yerdagi barcha jonzotlar Allohnikidir. Allohni qo'yib, sherik
(but-sanam)larga ergashib, iltijo qiladiganlar faqat gumon (narsa)ga ergashadilar va ular faqat taxmin
qiladilar.
67. U sizlarga orom olishlaringiz uchun kechani va (yashash uchun) yorug'lik beradigan qilib kunduzni
yaratgan zotdir. Albatta, bunda eshituvchi qavm uchun alomatlar bordir.
68. "Alloh farzand tutdi", - dedilar. U (bu tuhmatdan) mutlaqo pokdir. U boydir. Osmonlar va Yerdagi
narsalar Unikidir. Sizlarning huzuringizda bu to'g'rida (Allohning farzandli ekanini isbotlaydigan) hech
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
133
qanday hujjat yo'qdir. Alloh sha'niga bilmaydigan narsalaringizni gapirasizlarmi?!
69. Ayting: "Albatta, Alloh nomidan yolg'on to'qiyotganlar najot topmaslar".
70. (Ular uchun) bu dunyoda ozgina bahramandlik bor. So'ngra, qaytishlari Biz saridir. (Shundan) so'ng
kofir bo'lganlari uchun ularga qattiq azobni tottirurmiz. .
71. (Ey, Muhammad!) Ularga Nuh haqidagi xabarni o'qib bering! U (o'z) qavmiga aytgandi: "Ey,
qavmim! Agar sizlarga (mening orangizda) turishim va Allohning oyatlarini (sizlarga) eslatishim og'irlik
qilgan bo'lsa, bas, Allohga tavakkul qildim. Sherik (but va sanam)laringiz bilan bir bo'lib ishlaringizni
qilaveringizlar! Keyin ishlaringiz sizlarga g'am-tashvish bo'lmasin, tag'in! So'ngra hukmingizni menga
ijro etaveringizlar, meni kutib o'tirmangizlar!
Izoh: "Ishlaringiz sizlarga g'amtashvish bo'lmasin" – jumlasidagi "g'am-tashvish" boshqa ma'noda ham tafsir
qilingan. Masalan, "maxfiy bo'lmasin", - degan ma'noda. Bunga qaraganda, jumlaning ma'nosi Nuh (a. s.) o'z
qavmiga: "Meni halok qilish niyatlaring maxfiy emas, oshkora bo'lsin", -degan bo'ladilar.
72. Bas, agar yuz o'girsangizlar, sizlardan (men xizmatim uchun) haq so'raganim yo'q. Mening (tegishli)
haqqim (savobim) Allohning zimmasidadir. (Men Allohga) taslim etuvchilardan bo'lishga
buyurilganman".
73. Bas, uni (Nuhni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz uni va u bilan kemada birga bo'lganlarni xalos
etdik va ularni (Yerda) o'rinbosarlar qildik. Oyatlarimizni yolg'onga yo'yganlarni esa (to'fon suviga)
g'arq qildik. Ogohlantirilganlarning oqibatiga (taqdiriga) boqing!
74. So'ngra undan keyin (bir qator) payg'ambarlarni (o'z) qavmlariga yubordik. Bas, ularga hujjatlarni
keltirdilar. Ular oldin yolg'onga yo'ygan narsalariga (endi ham) imon keltirmadilar. Tajovuzkorlarning
dillarini shu tarzda muhrlab qo'yamiz.
75. So'ngra, ularning ortidan Muso bilan Horunni Fir'avn va (uning) zodagonlari huzuriga
mo''jizalarimiz bilan birga yubordik. Bas, (ular) kibrlandilar va jinoyatchi qavm bo'ldilar.
Izoh: Bu yerda zikr etilgan mo''jizalar adadi to'qqizta bo'lgan: Qo'llaridan taraluvchi nur, asolari, to'fon,
chigirtka, bit-burga, qurbaqa, qon, qahatchilik. Tafsiloti tarix va siyratga doir manbalardan mutolaa qilinur.
76. Bizning huzurimizdan ularga haqiqat kelganida esa, "bu aniq sehr", - dedilar.
77. Muso dedi: "Sizlarga haqiqat kelganda (uni inkoriga) so'z qilasizlarmi?! Sehrmi shu?!
Sehrgarlarning omadi yurishmaydi-ku!"
78. Aytdilar: "Ota-bobolarimizning biz unda topgan narsa (dinlari)dan bizni burish va ikkovingizga
Yerda kattalik (hukmronlik) bo'lishi uchun bizga keldingmi? Biz ikkingizga (ham) ishonuvchi
emasmiz".
79. Fir'avn: "Barcha bilimdon sehrgarlar ni menga keltiringiz!" - dedi.
80. Bas, sehrgarlar kelgach, Muso ularga: "Tashlamoqchi bo'lgan narsangizni tashlangiz!" dedi.
81. (Qo'llaridagi narsalarni) tashlaganlarida, Muso dedi: "Sizlar keltirgan narsa – bu sehrdir. Alloh,
Do'stlaringiz bilan baham: |