ichadilar. Agar mo'min bo'lsalar, (bilib qo'ysinlarki) qoniqtirishlariga Alloh va Rasuli loyiqroqdir.
63. Kimki, Alloh va Rasuli (belgilagan) haddan tajovuz etsa, uning uchun mangulikdagi jahannam olovi
bo'lishini bilmaganmidilar?! Bu ulkan sharmsorlik-ku!
64. Munofiqlar o'zlari haqida dillaridagi narsa (munofiqlik)ni fosh qiladigan sura nozil qilinishidan
qo'rqib turadilar. Ayting: "Masxara qilaveringiz, Alloh siz qo'rqayotgan (o'sha) narsani (yuzaga)
chiqaruvchidir".
65. Qasamki, agar ulardan (nega masxara qilasiz, deb) so'rasangiz, albatta, ular: "Biz faqat (bahsga)
cho'mib, hazillashyapmiz", - deyishadi. Ayting: "Allohni, oyatlarini va Rasulini masxara qilayotgan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
122
edingizmi?!"
66. Uzr aytmangiz! Imoningizdan keyin (yana) kufrga ketgansiz. Agar sizlardan bir toifani (tavba
qilgach) afv etsak, boshqa bir toifani jinoyatchi bo'lganlari sababli azoblaymiz.
67. Munofiq erkaklar bilan munofiq ayollar bir-birlaridandirlar*. (Ular odamlarni) yomonlikka
buyuradilar, yaxshilikdan qaytaradilar va qo'llarini (xayr-ehsondan) yumadilar. Allohni unutishgach,
(U) ham ularni "unutadi". Munofiqlar, albatta, fosiqdirlar.
Izoh: O'sha davrda munofiqlarning umumiy soni uch yuz kishi bo'lib, ulardan bir yuz yetmishtasi ayollardan
edi.
68. Munofiqlar, munofiqalar va kofirlarga Alloh (ular) abadiy qoladigan jahannam olovini va'da qildi.
Ularga u kifoyadir. Ularni Alloh la'natladi. Ular uchun yana doimiy azob bordir.
69. (Sizlar, ey, munofiqlar!) Xuddi sizlardan oldingi (munofiq)larga o'xshaysizlar. (Ular) sizlardan
quvvatliroq, mol-mulklari va farzandlari ko'proq edi, nasibalaridan bahramand bo'ldilar. Sizlardan
oldingilar nasibalaridan bahramand bo'lganlari kabi Sizlar ham (o'z) nasibalaringizdan bahramand
bo'ldingiz va (ular) sho'ng'igan narsa (zalolat)ga (sizlar ham) sho'ng'idingiz. Ana o'shalarning (dunyoda
qilgan savobli) amallari behuda ketdi. Ziyon ko'ruvchilar ham ana o'shalardir.
70. Ularga o'zlaridan oldingilar - Nuh, Od, Samud qavmlari, Ibrohim qavmi, Madyan (shahri) aholisi
(Shuayb qavmi) hamda ostin-ustun bo'lgan shaharlar (Lut qavmi)ning xabarlari (yetib) kelmabdimi?!
Ularga (o'z) payg'ambarlari hujjatlar (mo''jizalar)ni keltirgan edilar. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi
bo'lmadi, balki o'zlariga zulm qiluvchi bo'ldilar.
71. Mo'minlar va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar: (odamlarni) yaxshilikka buyuradilar,
yomonlikdan qaytaradilar, namoz(lar)ni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar hamda Alloh va
(Uning) Rasuliga itoat etadilar. Aynan o'shalarga Alloh marhamat ko'rsatur. Albatta, Alloh qudratli va
hikmatlidir.
72. Alloh mo'minlar va mo'minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaydigan jannat
(bog')laridagi pok maskanlarni va'da qildi. Allohning rizosi esa, (hammasidan) kattaroqdir. Ana shu(lar)
ulkan yutuqdir.
73. Ey, Payg'ambar! Kofirlar va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga nisbatan (Siz ham) dag'allik
qiling! Ularning joylari jahannamdir. Naqadar mudhish qismat bu!
Izoh: Makka va Madinadagi kufr va nifoq ahli Rosul (a. s.) va musulmonlarga ozor berish, dag'al muomala
qilish, masxaralashda haddan oshganlaridan keyin ularning muqobiliga shunday munosabat bilan javob
qaytarishga buyurildi.
74. (Yomon so'z) aytmadik, deb qasam ichadilar. Vaholanki, kufr so'zini aytganlar va islomlaridan keyin
(yana) kufrga qaytganlar hamda yetolmagan narsalariga* qasd qilganlar. Alloh va (Uning) Rasuli ularni
(Payg'ambar va sahobalarini) fazli (o'ljalar) bilan boyitib qo'ygani uchungina (munofiqlar) ularni
yoqtirmadilar. Bas, agar tavba qilsalar, o'zlari uchun yaxshi. Bordi-yu bosh tortsalar, Alloh ularni ham
bu dunyo, ham oxiratda alamli azob bilan azoblagay. Yer (yuzi)da ularga na bir do'st va na yordam
beruvchi bor.
Izoh: Yetolmagan narsalari - Muhammad (a. s.)ni qatl etishlari edi.
75. Ular orasida: "Agarda bizga (Alloh) fazli (boyligi)dan bersa, albatta, sadaqa qilurmiz va solih
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
123
(kishi)lardan bo'lurmiz", - deb Alloh bilan ahdlashadiganlar ham bor.
76. Alloh ularga fazlidan berganda esa, (ular) unga baxillik qildilar va yuz o'girib ketdilar.
77. Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va yolg'onchilik qilganlari sababli ularga, to Uni
uchratadigan kunlari (qiyomat)gacha dillarida munofiqlik bo'lishini qismat qilib qo'ydi.
78. Allohning ular yashirgan va shivirlaganlarini ham bilishini va Allohning g'ayb narsalarni ham
allomasi ekanligini bilmaganmidilar?!
79. Mo'minlardan ixtiyoriy iona qiluvchilarini va zo'rg'a topib-tutuvchilarni masxaralaydiganlarni Alloh
"masxara" qiladi va ular uchun alamli azob (bor)dir.
80. Ular uchun (Siz) xoh kechirim so'rang, xoh kechirim so'ramang - agar yetmish bor ular uchun
kechirim so'rasangiz ham - Alloh sira ularni kechirmagay. Bu ularning Alloh va Rasuliga kufr
keltirganlaridandir. Alloh esa fosiqlar qavmini hidoyat qilmagay.
81. (Jangdan soxta uzrlar bilan) qolganlar Allohning rasuliga xilof qilib o'tirishlaridan (o'zlari) shod
bo'ldilar va mollariyu jonlari bilan Alloh yo'lida jihod qilishni yoqtirmadilar. Hamda: "Issiqda (jangga)
chiqmanglar!" - deyishdi. Ayting: "Agar anglaganlarida edi, jahannam olovi (undan) issiqroqdir".
82. Bas, (ular) qilmishlarining jazosi uchun (bu dunyoda) oz kulsinlar va (oxiratda) ko'p yig'lasinlar!
83. Bas, agar Alloh Sizni (yana) biror toifa (yov)ga (to'qnashish uchun) qaytarganda Sizdan (jangga)
chiqishga izn so'rasalar, ayting: "Men bilan birga (endi) sira chiqmaysizlar va Men bilan birga biror
dushmanga qarshi urushmaysizlar ham. Zero, sizlar avvalgi gal (jangga chiqmay) o'tirishga rozi
bo'ldingizlar. Yana qoluvchilar bilan (qolib) o'tiraveringizlar!"
84. Ulardan o'lgan biror kishiga zinhor janoza namozini o'qimang va qabri ustida ham turmang! Zero,
ular Allohga va Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiqlik hollarida o'ldilar.
85. Ularning mol-mulklari va farzandlari (ko'pligi) Sizni taajjublantirmasin! Zero, Alloh ularni (shu
dunyoda) o'shalar (tashvishlari) sababli azoblashni va kofirlik hollarida jonlari chiqishini iroda etadi.
86. "Allohga imon keltiringiz va Rasuli bilan birga jihod qilingiz!" - degan (mazmundagi) sura (oyat)
nozil qilinsa, ularning iqtidorli (boy)lari (darhol) izn so'rab: "Bizni qo'ygin, o'tiruvchilar bilan birga
bo'laylik!" - deydilar.
Izoh: Yana Tabuk voqeasiga doir oyatlar bayon etilmoqda. Kengroq ma'lumot olish uchun suraning 38-39-
oyatlari izohiga qaralsin.
O'N BIRINCHI JUZ’
*************************
87. (Ular) qoluvchi (ayol va bola)lar bilan birga bo'lishga rozi bo'ldilar. Dillari esa muhrlab qo'yildi. Bas,
ular (jihodning fazlini) anglamaydilar.
88. Lekin, Rasul va u bilan birga imon keltirganlar jonlari va mollari bilan jihod qildilar. Yaxshiliklar
ana o'shalar uchundir va tolei yor kishilar ham aynan o'shalardir.
Izoh: Diniy istilohlarga ko'ra jihod uch hil bo'ladi. Birinchisi-Nafs bilan kurashish; ikkinchisi-shayton bilan;
uchinchisi-yov bilan kurashish. Qur'oni karim oyatlaridagi jihod-mazkur uch dushman bilan kurashish.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
124
Shahidlikning ko'pgina turlari bo'lgani kabi jihodning ham turlari ko'pdir. Yana Niso surasi 95-oyat izohiga
qaralsin.
89. Alloh ular uchun ostidan anhorlar oqadigan, unda mangu qolinadigan jannat (bog')larni tayyorlab
qo'ygandir. Ana o'sha - ulkan yutuqdir.
90. A'robiy (badaviy)lardan ularga ruxsat berilishi uchun uzr ko'rsatuvchilar keldi va (shunday qilib)
Allohga va Rasuliga yolg'on gapirganlar (jangga chiqmay uylarida) o'tirdilar. Albatta, ulardan kofir
bo'lganlariga alamli azob yetqusidir.
91. Zaiflar, bemorlar va (jang uchun) xarj qilishga narsa topa olmaydiganlarga - Alloh va Rasuliga sodiq
turgan bo'lsalar - qiyinchilik (majburlik) yo'q. Ezgu ish qiluvchilar (sha'ni)ga (ta'na uchun) yo'l yo'q.
Alloh kechirimli va rahmlidir.
92. Shuningdek, Sizning huzuringizga ularni ulovli qilib qo'yishingiz uchun kelganlarida, "sizlarni ulovli
qilishga narsa topa olmayman", - dedingiz. Ular esa sarf qilishga narsa topa olmaganlari uchun g'amgin
bo'lib, ko'zlaridan yosh oqib qaytib ketdilar. Ularga ham (ta'na yo'q).
93. (Ta'na uchun) yo'l - o'zlari boy bo'la turib, Sizdan ruxsat so'raydiganlar (sha'ni)gadir. (Ular)
qoluvchi (ayol)lar bilan birga bo'lishga rozi bo'ldilar. Alloh ularning dillarini muhrlab qo'ydi. Bas, ular
(shuning uchun savob bilan gunoh farqini) bilmaydilar.
94. Ular sari qaytganlaringizda, sizlarga uzrlarini aytadilar. Ayting: "Uzr aytmangizlar! Sizlarga sira
ishonmaymiz. Alloh bizlarga sizlarning xabarlaringizdan bildirdi. Albatta, Alloh va Rasuli ishlaringizni
ko'rar. So'ngra g'oyib va oshkora (ishlar)ni biluvchi (zot - Alloh)ga qaytarilursizlar. Bas, (U) sizlarga
qilgan ishlaringiz xabarini berur".
95. Ular huzuriga qaytganlaringizda ulardan (uzrli deb bilib) beparvo bo'lishlaringiz uchun Alloh (nomi)
bilan qasam ichadilar. Mayli, ularga parvo qilmangiz! Zero, ular nopokdirlar. Joylari esa, qilmishlariga
yarasha, jahannamdir.
96. Ulardan qanoat hosil qilishlaringiz uchun sizlarga qasamyod etadilar. Sizlar ulardan qanoatlansangiz
ham, Alloh fosiqlar qavmidan sira rozi bo'lmas.
97. A'robiylar (odatda) kufr va nifoqda kuchliroq va Allohning Rasuliga nozil qilgan narsalar hududini
bilmasliklari aniqroqdir. Alloh (esa) ilmli va hikmatlidir.
98. A'robiylar ichida qilgan sadaqasini zarar (ortiqcha chiqim) deb biladigan va sizlarga musibatlar
bo'lishini kutib turadiganlar ham bor. Ularga yomon balo bo'lsin! Alloh eshituvchi va biluvchidir.
99. A'robiylar ichida Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan, qilgan sadaqalarini Alloh huzurida
yaqinlik va Rasul olqishi deb biladiganlari ham bor. Albatta, u ular uchun (Allohga) yaqinlikdir. Alloh
ularni, albatta, o'z rahmati (jannati)ga kirgizur. Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.
100. Muhojirlar va ansorlarning dastlabki peshqadamlari hamda ular ortidan ezgulik bilan
borganlardan Alloh rozi bo'ldi, ular ham Undan rozi bo'ldilar. Yana ular uchun ostida anhorlar
oquvchi, (ular) unda abadiy mangu qoladigan (jannat) bog'larini tayyorlab qo'ydi. Ana o'sha ulkan
yutuqdir.
101. Tevaragingizdagi* a'robiylar va Madina aholisi ichida munofiqlar bor. (Ular) nifoqda
bardavomdirlar. Ularni (Siz) bilmaysiz, ularni Biz bilamiz. Albatta, ularni ikki bor azoblaymiz*. So'ngra
(qiyomatda) ulkan azob (do'zax)ga qaytarilurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
125
Izoh: Madina tevaragida Asad, G'atfon, Juhayna, Aslam, Ashja', G'ifor qabilalari joylashgan edi. Izoh(a): Ikki
bor azoblash deganda, ularni qatl etish bilan qabr azobi yoki munofiqliklarini yuziga aytib, sharmsor qilish
bilan qabr azobi yoxud ma'muriy va jinoiy jazolash ko'zda tutiladi. Bundan boshqa ta'villar ham bor.
102. Yana boshqalari ham borki, gunohlarini tan olurlar. Yaxshi ishni boshqa – yomoniga aralashtirib
yuborganlar. Alloh ularning tavbalarini shoyad qabul qilsa. Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.
103. Mol-mulklaridan ularni u sababli poklashingiz va tozalashingiz uchun sadaqa oling va ular
(haqqi)ga duo qiling! Albatta, duoingiz ularga taskin (tasalli)dir. Alloh eshituvchi va biluvchidir.
104. Ular Allohning bandalari tomonidan (qilinadigan) tavbani qabul etishini, sadaqalarni olishini
hamda Alloh tavbalarini qabul etuvchi va rahmli ekanligini bilmaganmidilar?!
105. Ayting: "Ishlangizlar! Albatta, Alloh, Rasuli va mo'minlar ishlaringizni ko'rajaklar. Shuningdek,
albatta, g'oyib va oshkora (ishlar)ni biluvchi (zot) huzuriga qaytarilursizlar. Bas, (o'shanda) sizlarga
qilgan ishlaringiz xabarini berur.
106. Yana Allohning amriga havola etilgan boshqalari ham borki, ularni yo azoblar yoki tavbalarini
qabul etar. Alloh bilimli va hikmatlidir.
107. Yana shundaylar ham borki, ular (mo’minlarga) zarar yetkazish, kufr, mo'minlar orasiga tafriqa
solish va oldin Alloh va (Uning) Rasuliga qarshi urushgan (bir) kishiga ko'z tutish uchun masjid qurib
oldilar. Yana: "Faqat (bundan) yaxshilikni istagan edik",-deb qasam ham ichadilar. Alloh guvohlik
beradiki, ular, albatta, yolg'onchidirlar!
Izoh: Munofiqlar qurgan bu masjid Islom tarixida "Masjidi ziror" nomi bilan tanilgan. Uni Payg'ambarimiz (a.
s.) odam yuborib buzdirib, yondirib yuborganlar. Zero, u masjid Qubo masjidi yaqiniga yomon niyatda
qurilgan edi. Munofiqlarning bu ishi Allohga ham, Rasuliga ham xush kelmadi.
108. (Ey, Muhammad,) zinhor (Siz) unda (namoz o'qish uchun) turmang! Birinchi kundan taqvoga
asoslangan masjid - Sizning o'shanda turishingiz loyiqroqdir. Unda poklanishni xush ko'radigan kishilar
bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevar.
109. Binolarini Allohdan (beriluvchi) taqvo va rozilik asosida qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga
qulayotgan jar yoqasini asos qilib olgan va shu sababli (o'zi ham) jahannam o'tiga qulagan kishimi?!
Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmagay.
110. Qurgan binolari (buzib tashlangach,) to yuraklari yorilgunga (o'lgunga) qadar dillarida shak bo'lib
qolur. Alloh bilimli va hikmatlidir.
111. Alloh mo'minlardan jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi: Alloh yo'lida jang qilib,
o'ldiradilar va o'ldiriladilar. Tavrot, Injil, va Qur'onda O'zining haq va'dasini bergan Allohdan ko'ra
kim ahdiga vafodorroqdir?! Bas, bitishgan bu savdolaringizdan shodlaningizlar! Ana o'sha ulkan
yutuqdir!
112. (Ular) tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd (shukrona) aytuvchilar, ro'za tutuvchilar, ruku'
etuvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyuruvchilar, yomonlikdan qaytaruvchilar va Allohning
hududi (buyruqlari)ni rioya qiluvchilardir. Mo'minlarga xushxabar bering!
113. Na payg'ambar va na mo'minlar mushriklar uchun, garchi ular qarindoshlari bo'lsa ham - ularning
do'zax ahli ekanliklari ma'lum bo'lgandan keyin - istig'for (gunohlarini kechirishini) so'rashlari joiz
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
126
emas.
114. Ibrohimning (o'z) otasi uchun istig'for so'rashi faqat unga qilgan va'dasi tufayli edi. Allohning
dushmani ekanligi bilingandan keyin undan (otasidan) voz kechdi. Albatta, Ibrohim oqko'ngil va
halimdir.
115. Alloh biror qavmni hidoyat qilgandan keyin to ularga nimadan saqlanishlarini bayon qilmagunicha,
ularni adashtiruvchi bo'lmagan. Albatta, Alloh har narsani biluvchidir.
116. Albatta, osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga xosdir. (U) tiriltiradi va o'ldiradi. Sizlar uchun
Allohdan o'zga do'st ham, yordamchi ham yo'qdir.
117. Alloh Payg'ambarning, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul etdi. Ulardan bir guruhining
dillari chalg'iyozgandan keyin og'ir (bir) soatda unga ergashgan edilar. So'ng tavbalarini qabul etdi.
Albatta, U ularga mushfiq va rahmlidir.
118. Yana (jangga chiqmay) qolgan uch kishining ham (tavbalarini qabul etdi)*. Ularga Yer (shuncha)
kengligi bilan torlik qilgach va dillari tang bo'lgach hamda Alloh (g'azabi)dan faqat Unga qochish bilan
panoh topilishini bilishgach, so'ngra ular tavba qiluvchilardan bo'lishlari uchun Alloh tavbalarini qabul
etdi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va o'ta rahmlidir.
Izoh: Uch kishi - Ka'b ibn Molik, Mirora ibn ar-Rabi', Hilol ibn Umayya edilar.
119. Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va (imonda) sodiq kishilar bilan birga bo'lingiz!
120. Madina aholisi va ularning tevaragidagi a'robiylar uchun Allohning Rasulidan qolishlari va undan
kechib o'zlari bilan mashg'ul bo'lishlari joiz emas edi. Buning boisi-ularga Alloh yo'lida biror tashnalik,
qiyinchilik, ochlik yetsa va kofirlarni jahlini chiqaradigan qadam bossalar, dushmanga biror musibat
yetkazsalar, albatta, ularga shu sababli yaxshi amal yozilur. Albatta, Alloh ezgulik qiluvchilar
mukofotini zoye qilmas.
121. Biror kichik yoki katta sadaqa qilsalar yoki (Alloh yo'lida) biror vodiyni bosib o'tsalar, albatta,
qilgan yaxshi ishlari sababli Alloh ularni mukofatlashi uchun ularga (savob) bitilur.
122. Mo'minlar yoppasiga (jangga) chiqishlari shart emas. Ularning har bir guruhidan bir toifa
chiqmaydimi?! (Qolganlari) dinni o'rganib, qavmlari ularga (jangdan) qaytib kelgach, (gunohdan)
saqlanishlari uchun ularni ogohlantirmaydilarmi?!
123. Ey, imon keltirganlar! Yaqinlaringizdagi kofirlarga qarshi jang qilingiz! Ular sizlardan dag'allikni
topsinlar! Yana bilib qo'yingizki, albatta, Alloh taqvolilar bilan birgadir.
124. Biror sura nozil qilinsa, ular ichida: "Bu (sura) qaysilaringning imonlaringizni ziyoda etdi?" -
deydigan (munofiq)lar ham bo'ladi. Ammo imon keltirganlarning imonlarini esa (bu sura) ziyoda qilur
va ular shod bo'lurlar.
125. Ammo dillarida illat (shak va nifoq) bo'lganlarning esa, iflosliklari (kufrlari)ga yana ifloslik (kufr)
qo'shiladi va ular kofirlik hollarida o'lurlar.
126. Ko'rmaydilarmi, (ular) har yili bir yoki ikki marta sinovga uchramoqdalar. (Shundan) so'ng (ham)
na tavba qiladilar va na eslatma oladilar.
127. Biror sura nozil qilinsa: "Sizlarni biror kishi ko'rmayaptimi?" - deb bir-birlariga qarab olib,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
127
so'ngra (uylariga) qaytadilar. Anglamaydigan qavm bo'lganlari sababli Alloh ularning dillarini (aksiga)
burib qo'ygandir.
128. Haqiqatan, sizlarga o'zlaringizdan (chiqqan), sizlarning qiyinchiliklaringizdan alam chekadigan,
sizlar bilan qiziquvchi va mo'minlarga mushfiq va rahmdil Rasul kelgandir.
129. Bas, (shunda ham) yuz o'girsalar, ayting: "Menga Alloh kifoyadir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Unga
tavakkul qildim. U buyuk Arshning rabbidir!".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
128
YUNUS SURASI
Yunus - payg'ambar nomi.
Surada payg'ambarlar qissasi, imon, e'tiqod, ilohiy kitoblar, qiyomat, qayta tirilish, mukofot, jazo, jannat,
do'zax kabi muhim masalalar bayon etiladi. Unda asosan tavhidga da'vat, shirk va kufrdan nafrat g'oyalari olg'a
suriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Alif, Lom, Ro. Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |