(bag'rimga) qaytarsa. Albatta, U bilim va hikmat sohibidir".
84. Keyin ulardan yuz o'girib: "Esizgina Yusuf!" dedi. G'am-g'ussadan uning ko'zlari oqarib (ojiz
bo'lib) qoldi va u endi hazindir.
85. (Shunda o'g'illari): "Alloh haqqi, to chala o'lik bo'lib qolguningcha yoki (bir yo'la) halok
bo'lguningcha, Yusufni eslayverar ekansanda?!" - dedilar.
86. U aytdi: "Men g'am va tashvishlarimdan yolg'iz Allohgagina shikoyat qilaman va men Allohning
(mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman".
87. "Ey, o'g'illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasini izlanglar va Allohning rahmatidan noumid
bo'lmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid bo'lur".
88. (Ular bor bisotlarini olishib, yana Misr tomonga ravona bo'lishdi). (Yusufning) huzuriga kirishgach,
dedilar: "Ey, aziz zot, bizni va ahlu oilamizni ocharchilik tutdi. Bizlar (bu safar) o'tmas matohlarni olib
keldik. Bizlarga o'lchov (oziq-ovqat)ni to'la bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, albatta, sadaqa
beruvchilarni mukofotlagay".
89. (Yusuf) dedi: "Jaholatda bo'lgan paytingizda Yusuf va uning ukasiga nima ishlar qilganingizni
bilasizlarmi?"
90. Ular: "Sen o'sha Yusufmisan?" - deb so'radilar. U: "Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Alloh
bizga marhamat ko'rsatdi. Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo'rqib, sabr qilsa, albatta, Alloh ezgu ish
qiluvchilarning mukofotini zoye qilmas", - dedi.
91. Ular dedilar: "Allohga qasamki, Alloh seni bizlardan afzal qilibdi. Bizlar esa, haqiqatan, xatoga
ketganlardan bo'ldik".
92. U dedi: "Bu kun sizlarga ayblov yo'q. Alloh sizlarni mag'firat qilgay. U rahm qiluvchilarning
rahmlirog'idir".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
153
93. "Sizlar mana bu ko'ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda uning ko'zlari sog'ayur.
So'ng barcha ahlu oilalaringiz bilan birga mening oldimga kelinglar".
94. Karvon (Misrdan) chiqishi bilan otalari (Ya'qub o'z huzuridagi kishilarga): "Men Yusufning bo'yini
sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangizlar edi", - dedi.
95. (Ular) aytdilar: "Allohga qasamki, sen (hali ham) o'sha eski xatoyingda turibsan".
96. Bas, xushxabarchi kelib, uni (ko'ylakni Ya'qubning) yuziga tashlagach, u ko'radigan bo'lib qoldi.
"Sizlarga men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman,
demaganmidim", - dedi u.
97. Ular dedilar: "Ey, ota, (Allohdan) bizlarning gunohlarimizni mag'firat qilishini so'ragin. Albatta,
bizlar xato qiluvchilardan bo'ldik".
98. U aytdi: "Albatta, Rabbimdan sizlarni mag'firat qilishini so'rayman. Albatta, mag'firat qiluvchi va
mehribon zot Udir".
Izoh: Otasi, qarindoshlari hammasi Yusufni barhayot ekanini eshitib, shodlanib yo'lga tushdilar. Yusuf esa
chegarada bir chodirda ularning kelishiga muntazir edi.
99. Bas, qachonki, (yetib kelishib) Yusufning huzuriga (chodirga) kirganlarida, u o'zini otaonasining
quchog'iga otdi va "Inshoalloh, Misrga tinch-omon kiringlar", - dedi.
100. (Keyin, Misrga kirib Yusufning saroyiga kelganlaridan so'ng) u ota-onasini o'z taxtiga chiqardi va
ular (ya'ni, ota-ona va akalari Yusufga) sajda qilgan hollarida yiqildilar. U dedi: "Ey, otajon, mana shu
(qirq yil) ilgari ko'rgan tushimning ta'biridir. Rabbim uni rost qildi. Darhaqiqat, u menga yaxshilik qildi
- meni zindondan chiqardi, shayton men bilan akalarim orasini buzib ig'vo qilganidan keyin, mana
sizlarni sahrodan (Misrga sog'-salomat holingizda) keltirdi. Albatta, Rabbim O'zi xohlagan narsani lutf
bilan amalga oshiruvchidir. Albatta, Uning O'zigina bilim va hikmat sohibidir.
101. Ey, Rabbim! Menga podshohlik ato etding, yana barcha gap (tush)larning ta'vil (ta'bir)laridan
menga ta'lim berding. Ey, osmonlar va Yerni ijod etgan zot! Dunyoyu oxiratda O'zing egamdirsan.
(Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo'shgin. "
102. (Ey, Muhammad,) bu Biz Sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. (Chunki siz Yusufning
akalari) makr-hiyla bilan o'zlarining ishlarini tuzib, ittifoq qilishayotgan paytlarida ularning
huzurlarida yo'q edingiz.
103. Odamlarning ko'plari, garchi Siz juda istasangiz-da, mo'min bo'lmaydilar.
104. Siz ulardan bu (da'vatingiz) uchun biror ajr (haq) so'ramaysiz. U (Qur'on) faqatgina (barcha)
olamlar uchun bir eslatmadir, xolos.
105. Osmonlar va Yerda qanchadan-qancha alomatlar bordir. (Lekin) ular bu oyatlardan yuz o'girgan
hollarida (beparvo) o'tib ketaveradilar.
106. Ularning aksariyati Allohga faqat mushriklik hollaridagina "imon" keltiradilar.
Izoh: Ya'ni Allohning borligiga ishonchlari bo'laturib, Unga shirk keltirdilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
154
107. Yoki ular Allohning azobidan biror qamrab oluvchi (balo) kelib qolishidan yo to'satdan ular
sezmagan hollarida qiyomat qoyim bo'lishidan xotirjammilar?!
108. Ayting: "Mening yo'lim shu! Men va menga ergashganlar aniq hujjat bilan Allohga da'vat etamiz.
(Har qanday sherikdan) Allohni pok deb bilaman. (Zero,) men mushriklardan emasman".
109. (Ey, Muhammad,) Biz Sizdan oldin ham faqat shahar ahllaridan bo'lgan kishilarni payg'ambar
qilib, ularga vahiy yuborganmiz. Axir, (odamlar) yer yuzida sayohat qilib, o'zlaridan avvalgi (imonsiz)
kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi? Taqvoli bo'lganlar uchun, shubhasiz,
oxirat diyori (bu foniy dunyodan) yaxshiroqdir. Aql yurgizmaysizlarmi?!
110. Har qachon (o'sha) payg'ambarlar noumid bo'lib: "Bizlar yolg'onchi qilindik", - deb gumon qila
boshlaganlarida, ularga Bizning g'alabamiz (yordamimiz) kelib, Biz xohlagan kishilarga najot berilar
edi. (Ammo) jinoyatchilar qavmidan Bizning azobimiz qaytarilmas!
111. Darhaqiqat, ularning qissalarida aql egalari uchun (katta) ibrat bordir. (Ushbu Qur'on) to'qib
chiqariladigan gap emas, balki o'zidan oldingi narsalarni (ya'ni, samoviy kitoblarni) tasdiq etuvchi, unga
imon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni mufassal bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat
(manbai bo'lgan bir Kitob)dir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
155
RA'D SURASI
Ra'd - momaqaldiroq. Bu nom berilishiga sabab surada hamma mavjudot, hatto momaqaldiroq ham Allohning
sha'nini ulug'lab, Unga tasbeh aytib turishi haqida oyat borligidir. Surada imon- e'tiqod, haqiqat bilan botillik
o'rtasidagi kurash, hayot va mamot, qiyomat hisoboti va boshqa ilohiy ko'rsatmalar misollar bilan bayon
etilgan.
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.
1. Alif, Lom, Mim, Ro. Ushbu (sura oyatlari) Kitob (Qur'on) oyatlaridir. (Ey, Muhammad!) Sizga nozil
qilingan bu narsa (Qur'on) haqiqatdir, lekin odamlarning aksariyati imon keltirmaydilar.
2. Alloh osmonlarni, ko'rib turganingizdek ustunsiz ko'tarib qo'ygan, so'ngra Arsh uzra mustaviy
bo'lgan hamda quyosh va oyni (O'z amriga) bo'yin sundirgan zotdir. Har biri muayyan muddatgacha
(ya'ni, qiyomat qoyim bo'lgunicha) jarayonda bo'lur. (Alloh barcha) ishning tadbirini qilur va sizlar
(qiyomat kunida) Rabbingizga ro'baro' bo'lishga imon keltirishingiz uchun oyatlarni mufassal bayon
qilur.
3. U Yerni yoyib qo'ygan va unda tog'lar va daryolar paydo qilgan zotdir. U Yerdagi har mevani
ikkitadan - juft-juft (ya'ni, erkakurg'ochi) qilib yaratdi. U kecha bilan kunduzni qoplaydi. Albatta, bu
(misollar)da fikr yuritadigan qavm uchun alomatlar bordir.
4. Yerda bir-biriga yonma-yon, bo'lak-bo'lak (unumdor va unumsiz) yerlar, uzumzor bog'lar, ekinzorlar
va shoxlagan va shoxlamagan xurmolar bo'lib, (hammasi) bir suv bilan sug'orilur. Biz ularning biridan
birining ta'mini totliroq qilib qo'yurmiz. Albatta, bunda anglaydigan qavm uchun alomatlar bordir.
5. Agar ajablansangiz, u holda ularning (kofirlarning): "Tuproq bo'lib ketgach, yana yangitdan
yaratilamizmi?" - degan gaplari ajablanarliroqdir. Ana o'shalar Parvardigorlarini inkor etganlardir.
(Qiyomat kunida) ana o'shalarning bo'yinlarida zanjirlar bo'lur. Ana o'shalar do'zax ahli bo'lib, o'sha
joyda mangu qolurlar.
6. Ular Sizdan yaxshilik (Alloh rahmati)dan avval yomonlik (azobi)ni talab qiladilar. Ulardan oldin ham
bunday misollar o'tgandir. Albatta, Rabbingiz odamlarga (ular) zulm qiluvchi bo'lsalar ham
mag'firatlidir. Albatta, Rabbingiz azobi qattiq zotdir.
7. Kofir bo'lganlar: "Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biror mo''jiza nozil qilinsa edi", -
deydilar. Siz esa faqat ogohlantiruvchidirsiz. Har bir qavm uchun hidoyat qiluvchi (payg'ambar) bordir.
8. Faqat Allohgina har bir ayolning homilasini, bachadonlar (muddatidan ilgari) tashlaydigan (bola)ni
ham, (to'qqiz oydan) ortiqroq turib qoladigan (bola)ni ham bilur. Uning dargohida har bir narsa
o'lchovlidir.
zoh: Homilaning birinchi kunidanoq o'g'il-qizligi, shakl-shamoyili, bo'yi-basti va boshqa xususiyatini faqat
yaratuvchi Allohning O'zi bilur.
9. (U) maxfiy va oshkora (narsa)ni biluvchi buyuk va yuksak zotdir.
10. Sizlarning orangizdagi o'z gapini yashirgan kishi ham, uni oshkora qilgan kishi ham, kecha
qorong'usida yashirinuvchi ham, kunduzi (oshkora) yuruvchi ham (Uning uchun) barobardir.
11. Uning (insonning) oldida ham, ortida ham ta'qib qiluvchi (farishtalar) bo'lib, ular Allohning amri
bilan uni muhofaza qilib tururlar. Albatta, Alloh biror qavm o'zlaridagi narsa (yaxshi holat)ni
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
156
o'zgartirmagunlaricha, ulardagi narsa (holat)ni o'zgartirmas. Alloh biror qavmga yomonlikni ravo
ko'rsa, bas, uni qaytarib bo'lmas va ular uchun Undan o'zga hokim yo'qdir.
Izoh: Har bir xalq avvalo o'zidagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf qilishi, undan keyin Allohdan yaxshilik
tomoniga o'zgarishni kutishi lozim. Oxirat mukofoti uchun amali solih kerak bo'lganidek, dunyoviy
baxtsaodatga erishish uchun ham unga sazovor bo'lgudek sa'y-harakat va poklanish darkor.
12. U sizlarga (momoqaldiroq ovozidan) qo'rqqan va (yomg'ir yog'ishidan) umidvor bo'lgan holingizda
chaqmoqni ko'rsatadigan va og'ir bulutlarni paydo qiladigan zotdir
13. Momaqaldiroq (ham) Unga hamd bilan tasbeh aytur. Farishtalar ham Undan qo'rqqanlaridan
(tasbeh ayturlar). Chaqmoqlar yuborib, ular bilan O'zi xohlagan kimsalarni - ular Alloh xususida
talashib-tortishib turgan hollarida, urar. U qattiq tadbirli zotdir.
14. Haqiqiy duo faqat Unga (qilinur). Undan o'zga - (mushriklar) duo qilayotgan (butlar) ularning
birorta duosini mustajob qilmas. Illo, ular kaftlarini suvga cho'zib, u suv og'ziga yetishini kutib turgan
bir kimsaga o'xshaydilar. Holbuki, u (suv) uning og'ziga yetuvchi emasdir. Kofirlarning duolari mutlaqo
zoyedir.
15. Osmonlar va Yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh ixtiyoriy, xoh majburan, ertayu kech
sajdani Allohga qiladilar.
(Sajda oyati. ) Izoh: Har bir insonning soyasi Allohga sajda qiladi. Mo'minning soyasi o'z xohishi bilan,
kofirniki esa majburan sajda qiladi. Ertayu kech iborasini keltirilishiga bois, soya ertadan kechgacha bir
qisqarib, bir uzayib boradi. Shu harakatlar sajda ma'nosini beradi.
16. (Ey, Muhammad,) ayting: "Osmonlar va Yerning Parvardigori kim?", "Alloh", - deb javob qiling!
"Bas, Uni qo'yib, o'zlariga na foyda va na zarar yetkazishga qodir bo'lmaydigan (but va sanam)larni
do'st tutdingizmi?" - deng! Yana ayting: "Ko'r (gumroh) bilan ko'ruvchi (hidoyat topgan kishi) barobar
bo'lurmi? Yoki zulmatlar bilan nur barobar bo'lurmi?" Yo ular Allohga Uning yaratishi kabi yarata
oladigan butlarni sherik qilishib olganu, ular ham yaratganlar, so'ngra ularga (ikki) yaratish o'xshash
bo'lib qoldimi? Ayting: "Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir va U tanho va g'olibdir".
17. (Alloh) osmondan suv (yomg'ir) yog'dirganida jilg'alar miqdori bilan oqib, (bu) sel o'z ustida
ko'piklarni ham ko'tarib kelur. (Odamlar) zeb-ziynat yoki asbob-uskuna (yasash) uchun yoqadigan
(olov)lardan ham shunga o'xshash (chiqindi paydo) bo'lur. Alloh haq bilan botilni (mana shunday misol
bilan) bayon qilur. Bas, ko'pik o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketur. Odamlarga foydali bo'lgan narsa esa Yerda
qolur. Alloh misollarni mana shunday bayon qilur.
18. Parvardigorlari (da'vati)ga ijobat etganlar uchun go'zal mukofot (jannat) bordir. Unga ijobat
qilmaganlar esa, mabodo yerdagi bor narsa (yana) ikki barobar (ko'payib) ularniki bo'lsa, uni
(Allohning azobidan qutulish uchun) fido qilgan bulur edilar. Ular uchun yomon hisob-kitob bo'lur.
Ularning (borar) joylari jahannamdir. Naqadar yomon joy u!
19. (Ey, Muhammad,) axir, Sizga Rabbingiz tomonidan nozil qilingan narsa aniq haqiqat ekanini
biladigan kishi (qalb ko'zi) ko'r kimsaga o'xshaydimi? (Bu oyatlardan) faqat aql egalarigina eslatma
olurlar.
20. Ular Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq (va'da)ni buzmaydiganlardir.
21. Ular Alloh bog'lanishga buyurgan narsalarni (ya'ni, qarindoshlar bilan aloqani) bog'laydilar,
Parvardigorlaridan qo'rqadilar va hisob-kitobning noxush bo'lishidan cho'chiydilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
157
22. Parvardigorlarining "yuzini" istab, (turli mashaqqatlarga) sabr qilib, namozlarini to'kis ado etgan
va Biz rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilgan hamda yomonlikka yaxshilik
qaytaradigan zotlar - aynan o'shalar uchun oxirat diyori (bordir).
23. (U abadiy) turiladigan jannatlar bo'lib, (ular) u joylarga ota-bobolari, jufti halollari va
zurriyotlaridan iborat solih (banda)lar bilan birga kirurlar. So'ng ularning huzurlariga har (bir)
eshikdan farishtalar kirib (derlar):
24. "(Alloh yo'lida turli mashaqqatlarga) sabr qilib o'tganlaringiz sababli (endi bu yerda) sizlarga
tinchlik bo'lgay. Oxirat diyori naqadar yaxshi!"
25. Alloh bilan ahd bog'laganlaridan keyin uni buzadigan, Alloh bog'lanishiga buyurgan narsalarni
uzadigan va Yer yuzida buzg'unchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun (Allohdan) la'nat
bo'lur va ular uchun noxush diyor (jahannam) bordir.
26. Alloh (O'zi) xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur.
(Mushriklar) mana shu dunyo hayoti bilan shodmon bo'ldilar, holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida
faqat (bir arzimas) matodir.
27. Kufrda bo'lganlar: "Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biror oyat (mo''jiza) nozil
qilinsa edi", - deydilar. Ayting: "Albatta, Alloh (O'zi) xohlaganlarni adashtirur va (Allohga) qaytgan
kishilarni hidoyat qilur".
28. Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo'lingizki,
Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur.
29. Imon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun xushnudlik va go'zal oqibat (jannat) bordir.
30. (Ey, Muhammad,) shunday qilib, Sizni (ko'pdan-ko'p) ummatlardan keyin kelgan bir ummatga -
ular Mehribon (Alloh)ni inkor qilib turgan hollarida - (Biz) Sizga vahiy qilgan narsalarni tilovat qilib
berishingiz uchun payg'ambar qilib yubordik. Ayting: "U mening Rabbimdir. Undan o'zga iloh yo'qdir.
Ungagina tavakkul qildim va tavbam Ungaginadir".
31. Bordiyu bir Qur'on bo'lib, uning (kuchi) bilan tog'lar (joyidan) jildirilsa yo uning (kuchi) bilan Yer
yorilsa yoki uning (kuchi) bilan o'liklar tilga kiritilganda ham (kofirlar imon keltirmaydilar). Aksincha,
barcha ish Alloh (izmi)dadir. Imon keltirganlar Allohning, agar xohlasa, barcha odamlarni albatta
hidoyat qilishini bilmadilarmi? To Allohning va'dasi kelgunicha (ya'ni, Makka fath qilinguncha),
kufrdagi kimsalarga o'zlarining qilmishlari sababli turli balolar yetar yoki ularning diyorlariga yaqin
joylarga (ofat) tushar (va ularni notinch qilur). Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.
32. (Ey, Muhammad,) Sizdan oldingi payg'ambarlar ham masxara qilinganida, (Men) o'sha kufr yo'lida
bo'lgan kimsalarga (bir oz) muhlat berib, so'ngra ularni (O'zimning azobim bilan) ushlaganman. Bas,
(ularga bergan) jazolarim qanday bo'ldi?!
33. Har bir jonning qilgan amali ustidan (kuzatib) turuvchi Zot (his-tuyg'usiz but-sanamlarga
o'xshaydimi?!) Ular (turli narsalarni) Allohga sherik qilib oldilar. (Ularga) ayting: "U butlaringizning
nomlarini (va qila oladigan ishlarini) aytinglar-chi? Balki, (Allohga) Yer yuzidagi bilmaydigan biror
narsadan xabar berarsizlar?! Yoki faqat yuzaki gap bilan (so'zlariga ishonib, sig'inib,
yuraverasizlarmi?)" Yo'q! Kufrda bo'lgan kimsalarga o'zlarining makrlari chiroyli ko'rsatildi va ular
(haqiqiy) Yo'ldan to'sildilar. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
158
34. Ular uchun dunyo hayotida azob bo'lur. Oxirat azobi esa og'irroqdir. Ularni Alloh (azobi)dan
saqlovchi (kuch) yo'qdir.
35. Taqvolilar uchun va'da qilingan jannatning misoli: uning ostidan anhorlar oqur, mevalari va soyalari
boqiydir. Bu taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa do'zaxdir.
36. Biz Kitob (Tavrot, Injil) ato etgan kishilar Sizga nozil qilingan narsa (Qur'on) sababli shodlanadilar.
(Yahudiy va nasroniylardan iborat) guruhlar orasida (Qur'onning) bir qismini inkor etadiganlar ham
bordir. (Ularga) ayting: "Albatta, men yolg'iz Allohga ibodat qilishga va Unga (birovni) sherik
qilmaslikka buyurilganman. O'sha zotgagina (ibodat qilishga) da'vat eturman va qaytishim (ham) Uning
huzurigadir".
37. Shuningdek, Biz uni (Qur'onni) arabiy hukm sifatida nozil qildik. Qasamki, agar Sizga kelgan (shu)
bilimdan so'ng ularning havo (xohish)lariga ergashsangiz, Siz uchun Alloh (tomoni)dan biror do'st ham,
himoyachi ham yo'qdir.
38. Darhaqiqat, Sizdan ilgari ham (ko'p) payg'ambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar
berganmiz. Hech bir payg'ambar uchun Allohning iznisiz biror mo''jiza keltirish mumkin emas. Har bir
vaqt uchun (munosib) kitob (hukm) bordir.
39. O'zi xohlagan narsani (ya'ni, hukmni) o'chirur va (O'zi xohlagan hukmni) barqaror qilur. Ona Kitob
(Lavhul-Mahfuz) Uning huzuridadir.
40. Agar Sizga (ular uchun) va'da qilgan ba'zi narsalarni (ya'ni, azoblarimizni) ko'rsatsak ham yoki
Sizni (oldinroq) vafot qildirsak ham, albatta, Sizning zimmangizda (dinni odamlarga to'la) yetkazish,
Bizning zimmamizda esa hisob(-kitob) qilish bordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |