41. (Makka mushriklari) Biz yer(lari)ga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni (fath qilinib
kelayotganini) ko'rmadilarmi?! Alloh hukm qilur - Uning hukmini ta'qib etuvchi bo'lmas. U tez hisob(-
kitob) qiluvchidir.
42. Ulardan ilgarigi kimsalar ham (o'zlarining payg'ambarlariga nisbatan) makr qilganlar. Bas,
makrning hammasi Allohnikidir. U har bir jonning qilayotgan ishini bilur. Yaqinda kofirlar diyor
(oxirat) oqibati kimniki ekanini bilajaklar.
Izoh: Allohga makr sifatini nisbat berish majoziy bo'lib, ularning makriga javoban beriladigan jazo yoki
ko'riladigan tadbir deb bilmoq kerak.
43. Kofir bo'lgan kimsalar (sizga): "Payg'ambar emassan", - deydilar. Ayting: "Men bilan sizlarning
oramizda Alloh va Kitob (Qur'on) ilmidan xabardor bo'lgan kishilar guvohlikka kifoya qilur".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
159
IBROHIM SURASI
Ibrohim (a. s.)ning Qudsdan Makkaga kelishlari, u yerda qilgan duolari haqida oyatlar bo'lgani uchun suraga
shu nom berilgan. Unda asosan - tavhid, e'tiqod, qiyomat, jannat, do'zax, hisobot, payg'ambarlarning
yuborilishidan ko'zlangan maqsad va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman.
1. Alif, Lom, Ro. (Ey, Muhammad! Bu Qur'on) Parvardigorlarining izni bilan odamlarni zulmatlardan
nurga - qudrat va hamd egasining yo'liga - olib chiqishingiz uchun Sizga Biz nozil qilgan Kitobdir.
2. (U yo'l) osmonlar va Yerdagi bor narsa Uniki bo'lgan Allohning (yo'lidir). Qattiq azob dastidan
kofirlar holiga voy!
3. Ular dunyo hayotini oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo'lidan qaytaradigan va uni
qing'ir qilishni istaydigan kimsalardir. Ular (haq yo'ldan) yiroq gumrohlikdadirlar.
4. Biz har bir payg'ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o'z qavmining tili bilan
(so'zlaydigan qilib) yubordik. Bas, Alloh (O'zi) xohlagan kimsani yo'ldan ozdirur va (O'zi) xohlagan
kishini hidoyat qilur. U qudratli va hikmatli zotdir.
5. Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) oyatlarimiz bilan yuborib (unga dedik): "Qavmingni
zulmatlar (kufr)dan nur (imon)ga olib chiqqin va ularga Allohning kunlari (ne'matlari)ni eslatgin!
Albatta, bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir".
6. O'shanda Muso qavmiga aytdi: "Allohning sizlarga bergan ne'matini - sizlarni og'ir azoblar bilan
qiynayotgan, o'g'illaringizni so'yib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn zodagonlaridan
qutqarganimizni eslangiz. Ana o'sha (ish)larda Parvardigoringiz tomonidan ulkan sinov bordir".
7. Yana Rabbingiz e'lon qilgan (bu so'zlar)ni eslangiz: "Qasamki, agar (bergan) ne'matlarimga shukr
qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu noshukrchilik qilsangizlar, albatta,
azobim (ham) juda qattiqdir".
8. Muso (yana) dedi: "Agar sizlar (O'zingiz) va Yer yuzidagi barcha kishilar kofir bo'lsalaringiz ham
(Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaysizlar). Zero, Alloh (sizlarning shukr qilishingizdan) behojat
va hamd egasidir".
9. Sizlarga ilgari o'tgan kishilarning - Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyin o'tgan, faqat
Allohgina biladigan qavmlarning xabari kelmadimi? Ularga payg'ambarlari hujjatlari bilan
kelganlarida, ular qo'llari bilan (payg'ambarlarning) og'izlarini to'sib, dedilar: "Biz sizlar elchi qilib
yuborilgan narsa (din)ga kufr keltirdik. Biz sizlar bizni da'vat qilayotgan narsangiz (diningiz)dan shak(-
shubha)dadirmiz".
10. Payg'ambarlari aytdilar: "Osmonlar va Yerning yaratuvchisi - Alloh (borligi va birligi) xususida
shak bormi?! U sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilish va o'zlaringizni ma'lum muddatgacha (halok
qilmay) kechiktirish uchun (imonga) da'vat qilmoqda-ku?!" Ular dedilar: "Sizlar (ham) bizga o'xshagan
odamlarsiz, faqat bizni ota-bobolarimiz ibodat qilib o'tgan narsadan (sanamlarga sig'inishdan)
to'smoqchisizlar, xolos. Bas, (agar chin payg'ambar bo'lsangizlar,) bizga aniq bir hujjat keltiringlar-
chi?!"
11. Payg'ambarlar ularga aytdilar: "(Ha), biz xuddi sizlarga o'xshagan odamlarmiz, lekin Alloh o'zi
xohlagan bandalariga (payg'ambarlik) in'om qilur. Biz sizlarga Allohning irodasisiz biror hujjat keltira
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
160
olmaymiz. Imon keltirganlar Allohgagina tavakkul qilsinlar!
12. Bizni (to'g'ri) yo'limizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkul qilmaylik?! Albatta, biz sizlar
yetkazgan aziyatlarga sabr qilurmiz! Tavakkul qiluvchilar Allohgagina tavakkul qilsinlar!"
13. Kufr yo'lidagi kimsalar o'z payg'ambarlariga: "Albatta, biz sizlarni yerimizdan (haydab)
chiqarurmiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytursizlar", - dedilar. Shunda Parvardigorlari ularga (
payg'ambarlarga): "Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.
14. Ulardan so'ng (shu) yerga sizlarni joylashtirurmiz. Bu (va'da) Mening huzurimda (hisobot uchun)
turishdan qo'rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavf qiluvchi kishilar uchundir",- deb vahiy
yubordi.
15. (So'ngra payg'ambarlar Allohdan) madad tilaydilar va har bir jabr va sarkashlik egasi umidsiz
bo'lur.
16. Uning ro'parasida jahannam turar. (Jahannamda) unga yiring suvidan berilur.
17. Uni yutmoqchi bo'ladi-yu, (tomog'idan) o'tkaza olmas, unga har tomondan o'lim keladi-yu, u o'la
olmas. Uning ortida (bundan ham) og'ir azob bordir.
18. Parvardigorlariga kofir bo'lganlarning amallari bamisoli bo'ronli kunda qattiq shamol uchirib
ketgan kuldir - ular qilgan amallaridan biror narsaga ega bo'la olmaydilar. Bu o'ta gumrohlikdir.
19. (Ey, inson), Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratib qo'yganini ko'rmadingmi?! Agar u
xohlasa sizlarni ketkazib, (o'rningizga) yangi xalqni keltirur.
20. Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir.
21. (Qiyomat kunida) barcha (xaloyiq) Allohga ro'baro' bo'lur. Bechora hol (ergashuvchi)lar
mutakabbir kimsalarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar sizlarga ergashuvchi edik, endi sizlar bizlarni
Allohning biror azobidan qutqara olurmisizlar?" deganlarida, ular aytadilar: "Agar Alloh bizni (haq
yo'lga) hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan bo'lur edik. (Endi esa) chidamsizlik qilamizmi,
sabr qilamizmi, biz uchun barobardir. Biz uchun hech qanday panoh yo'qdir".
22. Qachonki, ish bitgach (ya'ni, jannat ahli jannatga, do'zaxilar do'zaxga hukm qilingach), shayton
deydi: "Alloh sizlarga haq va'da qilgan edi. Men ham va'da berib, sizlarni aldagan edim. (Lekin) men
uchun sizlarning ustingizdan hech qanday iqtidor yo'q edi, illo men sizlarni (kufr yo'liga) chaqirdim.
Sizlar menga ijobat etdingiz. Endi meni emas, o'zlaringizni malomat qilingiz. Men sizlarga yordam bera
olmayman, sizlar ham menga yordam beruvchi emassiz. Men sizlar ilgari meni (Allohga) sherik
qilganingizni inkor qilurman. Albatta, zolimlar (kofirlar) uchun alamli azob bordir".
23. Imon keltirgan va ezgu ishlar qilganlar ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritilib,
Parvardigorlarining izni bilan u joyda mangu qoladilar. Ularning (jannatdagi) ko'rishishlari
salomlashishdan iboratdir.
24. (Ey, inson), Alloh pok so'zga (ya'ni, imon kalimasiga) qanday misol keltirganini ko'rmadingmi?! (U
so'z) xuddi bir yaxshi daraxtga o'xshaydiki, uning ildizi (yer ostiga) o'rnashgan, shoxlari esa
osmondadir.
25. Parvardigorining izni bilan (u) mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun mana
shunday misollarni keltirur.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
161
26. Yomon so'zning (ya'ni, kufr so'zining) misoli esa yer yuzasidan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda qarori
yo'q nopok daraxtga o'xshar.
27. Alloh imon keltirganlarni dunyo hayotida ham, oxiratda ham ustuvor So'z (imon kalimasi) bilan
sobitqadam qilur. Zolimlarni esa Alloh (haq) yo'ldan ozdirur. Alloh (O'zi) xohlagan ishni qilur.
28. (Ey, inson), Allohning ne'mati (imon)ni kufrga almashtirib yuborgan va qavmlarini halokat diyoriga
qulatgan kimsalarni ko'rmadingmi?!
29. (U diyor) ular toblanadigan jahannamdir. Naqadar yomon qarorgoh!
30. Ular (odamlarni) Uning yo'lidan ozdirish uchun Allohga "teng"larni (o'ylab) topdilar. (Ey,
Muhammad), ayting: "Foydalanib qolinglar! Bas, albatta, axiri boradigan joyingiz do'zaxdir".
31. (Ey, Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda
savdo-sotiq va oshna-og'aynigarchilik bo'lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib
bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!
32. Alloh osmonlar va Yerni yaratgan va osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, u sababli sizlarga rizq
bo'ladigan mevalarni chiqargan zotdir. U (O'z) amri bilan dengizda suzib yurishi uchun kemalarni
sizlarga bo'yin sundirdi. Yana daryolarni ham sizlarga bo'yin sundirdi.
33. (U) doimo faoliyat ko'rsatib turuvchi quyosh va oyni ham sizlarga bo'yin sundirdi. Yana kecha va
kunduzni sizlarga bo'yin sundirdi.
34. Shuningdek, sizlarga barcha so'ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne'mat(lar)ini
sanasangizlar, sanog'iga yetaolmaysizlar. Haqiqatan, inson o'ta zolim va juda noshukrdir.
35. (Ey, Muhammad,) eslang, Ibrohim aytgan edi: "Ey, Rabbim! Bu shaharni (ya'ni, Makkani) tinch
qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig'inishdan yiroq qilgin!
36. Ey, Rabbim, U (sanam)lar ko'p odamlarni yo'ldan ozdirdi. Bas, kim menga ergashsa, ana o'sha
mendandir (mening dinimdadir). Kim menga itoatsizlik qilsa, yana O'zing kechirimli va mehribonsan.
37. Ey, Rabbimiz! Men zurriyotimdan (bir qismini - o'g'lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening
hurmatli Bayting huzuridagi ekin o'smaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Ey, Rabbimiz! (Ular) namozni
mukammal ado etsinlar deb (shunday qildim). Bas, Sen O'zing odamlarning dillarini ularga moyil qilib
qo'ygin va ularni (barcha) mevalardan oziqlantirgin, shoyad (shunda) shukr qilsalar.
Izoh: Ibrohim (a. s.)ning katta xotinlari Sora tug'magandan keyin, Hojarga uylanadilar. U homilador bo'lgach,
Sora rashk qiladi. Bir rivoyatda Hojar tug'ishidan oldin, boshqa rivoyatda Ismoilni tuqqanidan keyin Ibrohim
(a. s.) uni Makka vodiysiga eltib qo'yadilar. Demak, Ismoil (a. s.) Quds yoki Makkada tug'ilgan bo'ladilar. Har
ikki rivoyat ham oyatga to'g'ri kelaveradi. Hojar bilan yosh Ismoilga birinchi navbatda suv kerak edi. Haq
taolo o'z qudrati bilan jazirama vodiydan Zamzam bulog'ini oqizib qo'ydi.
38. Ey, Rabbimiz! Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilursan. Alloh uchun
Yerda ham, osmonda ham biror narsa maxfiy emasdir.
39. Menga keksalikda Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd bo'lsin. Albatta, Rabbim duoni
eshituvchidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
162
40. Ey, Rabbim! Meni va zurriyotimdan (bo'lgan farzandlarimni) namozni mukammal ado etuvchi
qilgin! Ey, Rabbimiz! Duoimni qabul et!
41. Ey, Rabbimiz! Hisob (-kitob) qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo'minlarni
mag'firat qilgin!"
42. (Ey, Muhammad,) Siz zinhor zolim kimsalarning qilayotgan ishlaridan Allohni g'ofil, deb
hisoblamang! Faqat Alloh ularni (jazolashni) ko'zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo'rqinchli) kunga
qoldirmoqda, xolos.
Izoh: Ko'zlar qo'rqinchdan qotib qoladigan kun - qiyomat kunidir.
43. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko'targan va (chorlangan tomonga) yugurgan holda (bo'lurlar).
Ko'zlari (qotganicha) o'zlariga qaytmaydi. Yuraklari (dahshatdan) bo'm-bo'sh bo'lib qolur.
Izoh: Yuraklarida quvvat va shijoat qolmas.
44. (Ey, Muhammad,) odamlarni ogohlantirib qo'yingki, ularga azob keladigan kuni (qiyomatda) zulm
qilganlar: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga ozgina muhlat bergin, Sening da'vatinga ijobat qilurmiz va
payg'ambarlarga ergashurmiz", - deydilar. (Ularga shunday javob qilinur): "Ilgari (yorug' dunyoda)
zavolga yuz tutmasligingiz (o'lmasligingiz) haqida qasam ichgan emasmidingiz?!
45. Sizlar o'zlariga zulm qilganlarning maskanlariga (o'lganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni
qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq bo'lgan edi. Biz sizlar uchun misollar ham keltirgan edik. "
46. Darhaqiqat, ular (Makka mushriklari) o'zlarining makrlarini qildilar. (Lekin) agar ularning
makrlari sababli tog'lar yemirilib ketadigan bo'lsa-da, ularning (bu) makrlari Alloh huzurida
(ma'lum)dir.
47. (Ey, Muhammad), Allohni o'z payg'ambarlariga beradigan va'dasiga xilof qiluvchi, deb
hisoblamang! Albatta, Alloh qudratli va intiqom (o'ch) oluvchidir.
48. Bu Yer boshqa Yerga va osmonlar (o'zga osmonlarga) almashtiriladigan hamda (barcha odamlar)
yolg'iz va g'olib Allohga ro'baro' bo'ladigan Kunda (qiyomatda intiqom oluvchi)dir.
49. (Ey,Muhammad,) o'sha kuni jinoyatchilarni kishanlar bilan bog'langan hollarida ko'rursiz.
50. Ularning kiyimlari qora moydan bo'lib, yuzlarini olov o'rab olur.
51. Alloh har bir jonga qilmishiga yarasha jazo berish uchun (shunday qilur). Albatta, Alloh tez hisob (-
kitob) qiluvchidir.
52. Bu (oyatlar) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari
eslatma olishlari uchun bir bayonotdir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
163
HIJR SURASI
Hijr - Madina bilan Shom o'rtasidagi vodiy.
Surada payg'ambarlarga ishonmay, ularga muxoliflik qilgan ummatlarning halokati, Yeru osmon, quyosh, oy,
shamol, suv kabi ne'matlarning hammasi inson xizmatida ekani, Odam (a. s.)ni loydan yasalganiga ta'na qilib,
olovdan yaratilgan shaytonning unga sajda qilishdan bosh tortgani, Ibrohim, Lut, Shuayb, Solih (a. s.)larning
qissalari va boshqa ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.
1. Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyat)lar Kitob va aniq Qur'onning oyatlaridir.
2. Kofir bo'lganlar hali (qiyomat kuni) musulmon bo'lishni istab qolurlar.
3. (Ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering, yesinlar, foydalansinlar va orzular ularni mashg'ul qilaversin.
Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.
4. Biror shahar (aholisi)ni uning uchun ma'lum muddat o'tmaguncha halok qilmaganmiz.
5. Biror ummat o'z ajalidan ilgari keta olmaydi va (undan) kechikmaydi ham.
6. Ular (Makka kofirlari Muhammadga) aytadilar: "Ey, zikr (Qur'on) nozil qilingan kishi, darhaqiqat,
sen majnunsan.
7. Agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, bizga farishtalarni keltirgin-chi?!".
Izoh: Ya'ni farishtalar kelib, payg'ambarligingga guvohlik bersinlar yoki bizni jazolasinlar.
8. Biz esa farishtalarni faqat haq (hikmat) bilangina tushirurmiz va bu holda ular (kofirlar)ni kutib
turilmas (halok qilinurlar).
9. Albatta, bu zikrni (ya'ni, Qur'onni) Biz O'zimiz nozil qildik va uni O'zimiz asraguvchimiz!
10. Biz Sizdan oldin, avvalgi toifalarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz.
11. Ular o'zlariga kelgan har bir payg'ambarni masxara qilmasdan qo'ymas edilar.
12. Shuningdek, uni (masxara qilish kasalligini) barcha jinoyatchilarning dillariga solib qo'yurmiz.
13. (Ular) unga (Qur'onga) imon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgilarning yo'llari (tajribadan) o'tgan edi.
14. Bordiyu ularga osmondan bir darvoza ochib qo'ysag-u, undan (osmonga) ko'tarila boshlasalar ham,
15. "Shaksiz, bizlarning ko'zlarimiz bog'lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz", - degan
bo'lur edilar.
16. (Biz) osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qo'ydik.
Izoh: Osmonning o'n ikki burji - hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv, hut
bo'lib, quyosh ularni 360 daraja bilan bir yil mobaynida kesib o'tadi. Oyning ham shu kabi burjlari bor. Osmon
burjlaridan murod ulardagi o'n ikki qasr bo'lib, u yerda qo'riqchi farishtalar turadi, degan tafsir ham mavjud.
17. Yana uni (osmonni) barcha quvg'in etilgan shaytonlardan muhofaza qildik.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
164
18. Illo (u jinlardan) birortasi (maloikalarning so'zini) yashirincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar)
yulduz quvib yetar (halok etar).
19. Yerni esa, uni yoydik va unga tog'larni o'rnatdik hamda unda (har yerning o'ziga) mos turli
narsalarni (o'simlik va mevalarni) undirdik.
20. Yana unda (yerda) sizlar uchun ham, sizlar rizqlantiruvchisi sanalmaydiganlar uchun ham
tirikchilik (rizqu-nasibalar)ni yaratib qo'ydik.
Izoh: Ya'ni ahlu ayollaringiz, xizmatkorlaringiz, chorvalaringiz uchun ham.
21. Har bir narsaning xazinalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan
(sizlarga) tushirurmiz.
22. Biz shamollarni (bulutlarga) "homilador" bo'lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg'ir)
yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni g'amlab oluvchi emassiz.
23. Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Biz - vorislardirmiz.
24. Biz sizlardan ilgari o'tganlarni bildik. Biz yana keyin keluvchilarni ham bildik.
25. Albatta, Rabbingizning O'zi (qiyomat kuni) ularni to'plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir.
26. Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so'ng) quritilgan loydan yaratganmiz.
27. Jinni (ya'ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik.
28. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz farishtalarga: "Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan
loydan inson yaratuvchiman.
29. Bas, uni tiklab, ichiga O'z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan
holingizda yiqilingiz!" - dedi.
30. Barcha farishtalar jam bo'lib, unga (Odamga) sajda qildilar.
31. Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo'lishdan bosh tortdi.
32. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, senga ne bo'ldiki, sajda qiluvchilar bilan birga bo'lmading?"
33. (U) aytdi: "Men qora balchiqdan olib, (odam surati berilgach,) quritilgan loydan Sen yaratgan
basharga sajda qiluvchi emasman".
34. (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Endi sen, (Mening dargohimdan) quvilgan - mal'unsan.
Izoh: Ehtimolki, osmondan yoki farishtalar ichidan chiq, degan bo'lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |