Tarjima haqida


kechirgan va ne'mat jannatlariga kirgizgan bo'lur edik



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


kechirgan va ne'mat jannatlariga kirgizgan bo'lur edik.  

 

66. Agar ular Tavrot, Injil va Parvardigorlari tomonidan ularga nozil qilingan (Qur'on)ga rioya 

qilishganida, tepalaridan (ma'naviy), oyoqlari ostidan (moddiy) ta'minlangan bo'lur edilar. (Darvoqe), 

ular ichida mo''tadil (mo'min) toifa ham bor. (Lekin) ulardan ko'pchiligining qilayotgan ishlari o'ta 

yomondir.  

 

67. Ey, Rasul! Rabbingizdan Sizga nozil qilingan narsa (oyatlar)ni (odamlarga) yetkazing! Agar (buni) 

qilmasangiz, Uning Risolasini yetkazmagan bo'lursiz. Alloh Sizni odamlar (zarari)dan saqlagay. Albatta, 

Alloh kofirlar qavmini hidoyat sari yo'llamagay.  

 

68. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Toki Tavrot, Injil va Rabbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan 

narsalarni barpo etmaguningizga qadar, hech bir narsa (din)da muqim emassizlar". Sizga Rabbingiz 

tomonidan nozil qilingan narsa (Qur'on) ularning ko'plarida faqat haddan oshish va kufrnigina 

orttirayotir. Bas, kofirlar qavmiga (nisbatan) taassuf qilmang!  

 

69. Albatta, imon keltirganlar, yahudiy bo'lganlar, sobiiylar (farishtalarga sig'inuvchilar) va 

nasroniylardan Alloh va oxirgi Kunga imon keltirib, savobli ish(lar)ni qilganlar uchun (oxiratda) xavf 

yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar.  

 

70. Isroil avlodining ahdlarini oldik va ularga payg'ambarlar yubordik. Har gal bir payg'ambar ularga 

(havoyi) nafslari xush ko'rmaydigan narsa (hukm)ni keltirganda, bir qismini yolg'onchiga chiqardilar va 

(boshqa) bir qismini esa o'ldirdilar.  

 

71. Yana (ularga hech qanday) fitna (jazo) yetmaydi, deb hisobladilar va oqibatda "ko'r va kar" bo'lib 



qoldilar. So'ngra Alloh ularni kechirgandan keyin ham ko'plari (yana) "ko'r" va "kar" bo'lib qoldilar. 

Alloh (esa) ular qilayotgan ishlarni ko'rib turuvchidir.  

 

72. "Alloh bu - Masih ibn Maryam", - deganlar kofir bo'ldilar. Masih ularga dedi: "Ey, Isroil avlodi! 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

75

Rabbim va Rabbingiz (bo'lmish) Allohga ibodat qilingiz!" Kimki Allohga shirk keltirsa, albatta, unga 



Alloh jannatni harom qilur va borar joyi do'zaxdir. Zolimlarga (esa) yordamchilar bo'lmas.  

 

73. "Alloh Uchtaning (Alloh, Maryam va Isoning yoki Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning) biridir", - 

deganlar (ham) kofir bo'ldilar. Yagona Ilohdan boshqa iloh yo'qdir. Agar aytayotgan (gap)laridan 

qaytmasalar, ular orasidan kofir bo'lganlariga alamli azob yetishi muqarrardir.  

 

74. Nahot Allohga tavba qilib, Undan kechirim so'ramaydilar?! (Axir,) Alloh kechirimli va rahmli-ku?!  

 

75. Masih ibn Maryam faqat rasul (Alloh elchisi)dir. Undan oldin (ham) rasullar o'tgan bo'lib, Onasi 

siddiqa (imonda sodiq ayol)dir. Ikkisi ham (boshqa insonlar kabi) taom yer edilar. Qarang, u 

(odam)larga hujjatlarni qanday aniq bayon etayapmiz. So'ngra qarangki, (ular) haqiqatdan qayoqqa 

qarab og'ayaptilar?!  

 

76. Ayting: "Alloh qolib, sizlarga na zarar va na foyda (keltirish)ga ega bo'lmagan narsalarga ibodat 

qilasizmi?" Alloh - U eshituvchi va biluvchidir.  

 

 



YETTINCHI JUZ’ 

************************* 

 

77. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va ko'plarni 



adashtirgan hamda to'g'ri yo'ldan chalg'iganlarning havoyi nafslariga ergashmangiz!"  

 

78. Isroil avlodidan kofir bo'lganlari Dovud va Iso ibn Maryam tili bilan la'natlandilar. Bunga 

itoatsizliklari va tajovuzkor bo'lishlari sabab (bo'ldi).  

 

79. (Yana ular) qilib yurgan munkar (noshar'iy) ishlardan bir-birlarini qaytarmas edilar. Qilib yurgan 

ishlari naqadar yomon!  

 

80. Ularning aksariyatini kofirlar bilan do'stlashganlarini ko'rasiz. Nafslari ularga orttirgan narsa 

naqadar yomon bo'ldiki, ularga (nisbatan) Allohning g'azabini keltirdi. Ular shu azobda abadiydirlar.  

 

81. Agar ular Allohga, Payg'ambarga va unga nozil qilingan narsalarga imon keltirgan bo'lganlarida, 

o'shalarni o'zlariga homiy qilib olmagan bo'lur edilar. Lekin, ularning ko'plari fosiqdirlar.  

 

82. Imon keltirganlarga (nisbatan) eng ashaddiy adovatda bo'luvchilar yahudiylar va shirk keltirganlar 

ekanini ko'rasiz. Imon keltirganlarga nisbatan yaqinroq do'st - "Biz nasroniylarmiz" deganlar ekanini 

(ham) ko'rasiz. Buning sababi - ular ichida ruhoniy va rohiblarning borligi va ularning kibrga 

berilmasligidir.  

 

83. Rasul (Muhammad)ga nozil qilingan narsa (Qur'on)ni eshitganlarida, uning haqligini 



anglayotganlaridan ko'zlari yoshga to'layotganini ko'rasiz. Aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Imon keltirdik. 

Bizni shahodat ahli bilan birga yozgin! 

 

84. Allohga va bizga kelgan haq (payg'ambar)ga qanday ham imon keltirmaylikki, o'zimiz Rabbimizdan 

solihlarga qo'shib (jannatga) kiritishini umid qilayotgan bo'lsak?!" 

 

Izoh: Habashiston hukmdori Najoshiy huzuriga bir guruh mazlum musulmonlar kelib, panoh so'rashgan 



paytda, nasroniy diniga e'tiqod qiluvchi Najoshiy atrofida turgan mushriklar guvohligida muhojirlardan: 

"Kitobingizda Maryam to'g'risida nima deyilgan?" - deb so'ragan. Shunda Ja'far ibn Abi Tolib Maryam va 

Toho suralaridan Maryam haqidagi oyatlarni o'qib bergan. Najoshiy zimdan imon keltirib, ko'z yoshi qilgan. 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

76

Oyatda shu voqeaga ishora qilinmoqda.  

 

85. Aytgan (shu) gaplari tufayli Alloh ularni ostidan anhorlar oqib turadigan jannat bog'lari bilan 

mukofotlagay va u yerda abadiy qolurlar. Bu chiroyli ish qiluvchilarning mukofotidir.  

 

86. Kofir bo'lganlar va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar - ana o'shalar do'zax ahlidirlar.  

 

87. Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo'ygan narsalarni haromga chiqarmangizlar va 

haddan oshmangizlar! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni sevmaydi.  

 

88. Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning halolu poklarini tanovul qilingizlar va o'zlaringiz imon 

keltirgan Allohdan qo'rqingizlar!  

 

89. Qasamlaringizdagi behuda so'zlar uchun Alloh sizlarni javobgar qilmaydi, balki sidqidildan 

bog'lagan qasamlar (buzilgani) uchun sizlarni javobgarlikka tortadi. Buning kafforati (jarimasi) - 

oilangizni oziqlantirish uchun lozim taomlarning o'rtacha miqdorida o'nta miskinga taom berish yoki 

ularning kiyimlari yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kimki (bularni) topa olmasa, uch kun ro'za tutish 

(mumkin). Ana shu ichgan (va buzgan) qasamlaringizning kafforatidir. Qasamlaringizni asrangiz! Alloh 

sizlarga O'z oyatlarini shunday bayon qiladi, toki shukr qilgaysizlar.  

 

90. Ey, imon keltirganlar! Albatta, may (mast qiluvchi ichimliklar), qimor, but-sanamlar va (fol 



ochadigan) cho'plar shaytonning ishidan iborat ifloslikdirki, undan chetlaningiz! Shoyad (shunda) najot 

topsangiz.  

 

91. Shayton may va qimor (yordami)da o'rtalaringizga adovat va nafrat solishni va sizlarni Allohning 

zikri hamda namozdan qaytarishni xohlaydi. Bas, endi, sizlar tiyiluvchimisizlar? 

 

92. Allohga itoat qilingiz va Rasuliga itoat qilingiz hamda (man etilgan narsalardan) saqlaningiz! Agar 

bosh tortsangiz, bilib qo'yingizki, Rasulimiz (zimmasi)da faqatgina aniq yetkazib qo'yishlik 

(yuklatilgan)dir.  

 

93. Imon keltirgan va savobli ishlarni qilganlar uchun - agar shirkdan saqlanib, imonda va savobli 

ishlarda davom etsalar, so'ngra (may va qimordan) saqlanib, (haromni harom deb) imon keltirsalar, 

so'ngra (barcha harom va shubhalardan) saqlanib, (odamlarga) ezgulik qilsalar - yeb-ichgan (oldingi 

harom) narsalarida gunoh yo'qdir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevadi.  

 

94. Ey, imon keltirganlar! Alloh O'zidan g'oyibona (ko'rmasdan) qo'rqadiganlarni bilish uchun sizlarni 

(ehromdagi hollaringda) qo'llaringiz va nayzalaringiz yetganicha olinadigan narsa bilan ovda sinaydi. 

Shundan keyin kimki haddan oshsa, unga alamli azob (bordir).  

 

95. Ey, imon keltirganlar! Ehromda bo'la turib, ovni o'ldirmangiz! Sizlardan kimki uni qasddan o'ldirsa, 

jazo - xuddi (xonaki) hayvon o'ldirish bilan barobardir: u (ham bo'lsa) Ka'baga (yurib) bora oladigan 

qurbonlik bo'lib, unga o'zlaringdan ikki adolatli kishi hakamlik qilur yoki (jazosi) kafforat: miskinlarni 

ovqatlantirish yoki o'sha barobarida ro'za tutishdir. (Bularning hammasi) qilmishi uvolini totib ko'rishi 

uchundir. Alloh o'tgan (ov jinoyatlari)ni kechirdi. Kimki (yana ovga) qaytsa, Alloh undan o'ch olur. 

Alloh qudratli va intiqom egasidir.  

 

96. O'zingiz va sayyoh (o'tkinchi)lar foydalanishi uchun sizlarga dengiz ovi va taomi (baliqlari) halol 



qilindi. Biroq, modomiki, ehromda ekansizlar, sizlarga quruqlik ovi harom qilindi. Huzuriga 

qaytishlaringiz aniq bo'lgan Allohdan qo'rqingiz!  

 

97. Ka'ba, ya'ni, Baytul-Haromni, shuningdek, hurmatli oyni, qurbonlikni va (unga doir) belgilarni 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

77

Alloh odamlar uchun (muhim) maqom qilib qo'ydi. Bu - Allohning osmonlar va Yerdagi narsalarni 



bilishi va Alloh har narsada bilimdon ekanini bilib qo'yishingiz uchundir.  

 

Izoh: Hurmatli oy - haj oyi, ya'ni, Zil-hijja oyidir. Balkim barcha hurmatli oylar muroddir. Ya'ni Rajab, Zil-



qa'da, Zil-hijja, Muharram oylari.  

 

98. Yana, bilib qo'yingizki, Allohning jazosi shiddatli hamda Alloh kechirimli va rahmlidir.  



 

99. Rasul zimmasida faqat (Alloh buyruqlarini odamlarga) yetkazib qo'yish (yuklatilgan)dir. Alloh 

oshkor qilgan (ish)laringiz va yashirgan (ish)laringizni bilur.  

 

100. Ayting: "Garchi nopok narsaning ko'pligi seni ajablantirsa ham, nopok narsa pok narsa bilan teng 

bo'lmaydi". Allohdan qo'rqingizlar, ey, aql egalari, toki tole topursizlar!  

 

101. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga (javobi) ayon qilinsa, sizlarga xush kelmaydigan narsalar haqida 

(savol) so'ramangizlar! Qur'on (oyatlari) nozil bo'lib turgan kezlarda ular haqida so'rangiz, (javobi,) 

albatta, ayon qilinadi. Ularni (oldingi so'raganlaringizni) Alloh kechirdi. Alloh kechirimli va halimdir.  

 

102. U narsalar haqida sizlardan oldingi qavm so'ragan edi. So'ngra o'sha narsalarga (nisbatan) kofir 

bo'lib qolgan edilar.  

 

Izoh: Bu yerda Isroil avlodining qilmishlariga ishorat qilinmoqda.  

 

103. Alloh na "bahiyra", na "soiba", na "vasila" va na "homiy" (kabi odatlar)ni (qilishga amr) 

qilmagan. Lekin kufrdagi kishilar Alloh nomidan yolg'on to'qiydilar va (ularning) aksariyati aqllarini 

ishlatmaydilar.  

 

Izoh: Bahira - tuyaning erkak tug'ilgan beshinchi bolasi. Uning qulog'ini teshib xoli qo'yib yuborishar edi. Uni 



so'yish ham man etilar edi. Soiba - safardan salomat qaytilsa yoki kasallikdan forig' bo'linsa, bir tuyani bahira 

kabi xoli qo'yib yuborishar edi. Shunday tuyaga soiba der edilar. Vasila - Qo'y yetti bor tuqqach, yettinchisi 

erkak bo'lsa, so'yib yer edilar. Agar urg'ochi bo'lsa, podaga qo'shib yuborardilar. Shu podaga qo'shilgan 

qo'yning oti vasiladir. Homiy - o'n marta tuqqan chorva hayvonini minmasdan, yuk yuklamasdan, yaylovga 

erkin qo'yib yuborilar edi. Shu himoyalangan jonivorni homiy der edilar. Bularning hammasi johiliyat 

davridan qolgan noshar'iy asoratlar ekani haqida Alloh ogohlantirmoqda.  

 

104. Ularga: "Alloh nozil qilgan narsaga va Rasul (hukmi)ga kelinglar (havola qilinglar)", - deyilsa, 

(ular): "Ota-bobolarimizni qaysi narsa (odat) uzra topgan bo'lsak, o'sha bizga kifoya", - deyishadi. Ota-

bobolari biror (haq) narsani bilmaydigan va to'g'ri yo'ldan yurmaydigan bo'lsalar-chi?! 

 

105. Ey, imon keltirganlar! O'zlaringizga qarangizlar! Modomiki, hidoyat topgan ekansiz, adashganlar 

sizlarga zarar keltira olmaydi. Qaytar joyingiz Allohning huzuridir. O'shanda Alloh sizlarni qilgan 

ishlaringizdan xabardor qilur.  

 

106. Ey, imon keltirganlar! Birortangizga o'lim kelganda, vasiyat paytida o'rtalaringizdagi guvohlik: 

o'zlaringizdan (musulmonlardan) ikkita odil kishi (bo'lsin!) Yer yuzi bo'ylab safarda bo'lganingizda, 

sizlarga o'lim musibati yetsa, boshqa (ajnabiy)lardan ikkitasi (guvoh bo'lsin!) Ularni namozdan keyin 

ushlab turasizlar va shubhalansangizlar, ular Alloh (nomi) bilan qasamyod qiladilarki, "agar qarindosh 

bo'lsa ham uni (qasamni) ozgina bahoga almashtirmaymiz va Allohning bu guvohligini yashirmaymiz. 

Aks holda, beshak, gunohkorlardan bo'lib qolurmiz", - deb.  

 

107. Agar u ikkisining gunoh (noto'g'ri guvohlik) sodir etganlari fosh bo'lib qolsa, ularning o'rinlariga 

(merosga) haqlilardan boshqa ikkita munosibroq kishi (guvohlikka o'tsin). (Ular ham) Alloh (nomi) 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

78

bilan qasamyod qiladilarki, "bizning guvohligimiz, albatta, u ikkisining guvohligidan loyiqroqdir va 



(adolatdan) tajovuz qilmaymiz. Aks holda biz, albatta, zolimlardan bo'lib qolurmiz", - deb.  

 

108. Ana shu - guvohlikni o'z vajhidek (aslidek) berishlariga yoki qasamlardan keyin yana qayta qasam 

ichilishdan qo'rqishlariga yaqinroq (tadbir)dir. Allohdan qo'rqingiz va eshitingiz! Alloh fosiqlar qavmini 

hidoyat qilmagay.  

 

109. Alloh payg'ambarlarni yig'ib, "Qanday javob oldingiz?" - deb so'raydigan Kuni (ular): "Bizda ilm 



yo'q. Faqat Sen O'zing g'oyib (narsa)larning allomasidirsan", - deydilar.  

 

110. Eslang, Alloh: "Ey, Iso ibn Maryam! Senga va onangga bergan ne'matimni yodingga ol, qaysiki, 

Seni Ruhul-qudus (Jabroil) bilan quvvatladim, odamlarga beshikda va voyaga yetganingda gapirding. 

Senga yozuvni, hikmatni, Tavrot va Injilni ta'lim berdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini 

yasading. So'ngra unga dam urganingda, u Mening iznim bilan (chinakam tirik) qushga aylandi. Mening 

iznim bilan ko'r va pesni tuzatding. Mening iznim bilan o'liklarni (qabrlaridan tirik holda) chiqarding. 

Shuningdek, Isroil avlodiga hujjatlarni keltirganingda, seni ular (g'azabi)dan asraganimni esla. Ularning 

kofirlari: "Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas", - degan edilar.  

 

111. Havoriylarga: "Menga va Rasulim (Iso)ga imon keltiringlar", - deb vahiy yuborganimda, ular: 

"Imon keltirdik. Bizning ixlosli (mo'min) ekanligimizga O'zing guvoh bo'l!" - deganlarini (ham) 

yodingizga keltiring!  

 

112. Havoriylar: "Ey, Iso ibn Maryam! Rabbing bizga osmondan bir dasturxon nozil qila oladimi?" - 

deganlarida, (Iso): "Agar mo'min bo'lsangizlar, Allohdan qo'rqingizlar!" - deganini (ham) eslang!  

 

113. Ular dedilar: "Biz undan (dasturxon ziyofatidan) yeb, ko'nglimiz xotirjam bo'lishini va sening 

rostgo'yligingni bilib, (so'ngra) unga (dasturxonga) guvohlik bermoqchimiz".  

 

114. Iso ibn Maryam dedi: "Ey, Rabbimiz - Alloh! Bizga osmondan (bir) dasturxon tushirginki, u avvalu 



oxirimiz uchun bayram hamda Sendan (bizga) mo''jiza bo'lsin. Bizni (undan) rizqlantir! Sen 

rizqlantiruvchilarning yaxshisidirsan".  

 

115. Alloh dedi: "Men uni sizlarga tushiruvchiman. (Lekin) kimki (shundan) keyin (ham) kufrga ketsa, 

uni shu qadar azoblaymanki, butun olamda hech kimni unday azoblamagan bo'lurman".  

 

116. Alloh: "Ey, Iso ibn Maryam! Odamlarga, sen Allohni qo'yib, meni va onamni ikki iloh qilib olinglar, 

deb aytdingmi?" - deganida, (Iso) dedi: "Ey, Pok zot! Haqqim yo'q narsani aytishim joiz emasdir. Agar 

uni aytgan bo'lsam, Sen uni bilgan bo'larding. Sen dilimdagini bilursan, Men "dilingdagini" bilmasman. 

Albatta, Sen O'zing g'oyib narsalarning bilimdonidirsan.  

 

117. Men ularga faqat O'zing buyurganlaringni, ya'ni: "Rabbim va Rabbingiz - Allohga ibodat qilingiz", 

- deb aytdim. Ular orasida bo'lgan onlarimda, ularga guvoh bo'lib turdim. Meni "vafot" ettirganingda 

esa, Sening O'zing ular ustidan kuzatuvchi bo'lding. Sen har narsaga guvohdirsan.  

 

Izoh: Bu oyatdagi vafot ettirishdan murod tirik holda osmonga ko'tarishdir.  

 

118. Agar ularni azoblasang, albatta, ular (O'z) bandalaring. Bordiyu ularni kechirsang, albatta, Sen 

O'zing qudrat va hikmat egasidirsan".  

 

119. Alloh dedi: "Bu kun sodiq (mo'min)larga sodiqligi foyda beradigan kundir". Ular uchun ostidan 

anhorlar oqib turadigan jannat bog'lari bordir. (Ular) u yerda abadiy bo'lurlar". Ulardan Alloh rozi va 

ular Allohdan rozi bo'lurlar. Bu buyuk yutuqdir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

79

 



120. Osmonlar va Yerning hamda ulardagi borliqning hukmronligi Allohga xosdir. U har narsaga 

qodirdir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

80

AN’OM SURASI 

 

An'om - chorva mollari.  



 

 Ular haqida bir necha oyatlar bo'lgani uchun sura shu nom bilan nomlangan. Surada Islom aqidasi asoslari, 

shariat ahkomlari, oilaviy masalalar, jihod ahkomlari, g'ayridinlarga doir ko'rsatmalar, qiyomat, oxirat, 

payg'ambarlar, dunyo va hayot mohiyatiga taalluqi ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. Sura to'laligicha Makkada 

nozil qilingan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Hamd osmonlar va Yerni yaratgan, zulmatlar va nurni paydo etgan Allohga (xos)dir. So'ngra kufrga 

ketganlar Parvardigorlariga (soxta ma'budalarni) tenglashtirmoqdalar.  

 

2. (U) Sizlarni (Odam Atoni) loydan yaratib, so'ngra ajal (muddati)ni hal qilgan zotdir. Belgilangan ajal 

(qiyomat bo'lish vaqti va boshqa hisoblar) ham Uning huzuridadir. (Shundan) keyin (ham) sizlar shak 

qilmoqdasizlar.  

 

3. U osmonlarda ham, Yerda ham Allohdir. Sir tutganu oshkor qilgan narsalaringizni bilur. Qilayotgan 

ishlaringizni (ham) bilur.  

 

4. Ularga (Makka mushriklariga) Parvardigorlarining dalillaridan (qanday bir) dalil kelmasin, (baribir) 

undan yuz o'giruvchi bo'ldilar.  

 

5. Ularga haqiqat (Qur'on) kelishi bilan uni yolg'onga chiqardilar. Ularga o'zlari mazax qilib yurgan 

narsa (Qur'on)ning xabarlari tez orada kelib qolur.  

 

6. Ulardan oldin necha avlodni halok etganimizni ko'rmadilarmi?! Ularga Yerda sizlarga bermagan 

imkoniyatlarni berdik, ustilariga osmon (yomg'ir)ni yog'dirdik va ostilaridan anhorlarni oqizib qo'ydik. 

So'ngra gunohlari tufayli ularni halok qildik va ulardan keyin boshqa avlodni keltirdik.  

 

7. Bordiyu Sizga (ey, Muhammad,) qog'ozga (yozilgan) bitikni tushirsagu uni qo'llari bilan siypalab 

ko'rganlarida ham (baribir) kufrga ketganlar: "Bu aniq sehrdan boshqa (narsa) emas", - degan bo'lur 

edilar.  

 

8. Yana ular: "Unga biror farishta tushsa edi", - dedilar. Agar farishta tushirsak, ish hal bo'lur edi. 

So'ngra ularga muhlat berib o'tirilmas edi.  

 

9. Bordiyu uni (Payg'ambarni) farishta qilganimizda ham, uni erkak (kishi suratida) qilgan va ularga 



qorong'u (gumon) bo'lgan narsani (yana) qorong'uligicha qoldirgan bo'lar edik.  

 

Izoh: Ya'ni tushirilgan farishtani erkak suratida qilganimizdan keyin ular yana: "bu farishta emas", - deb 



qaysarlik qilgan bo'lur edilar.  

 

10. Sizdan oldingi payg'ambarlar ham istehzo (mazax) qilingan. So'ngra ularni masxara qilganlarni 



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish