uchun (ham) ota-onalari va yaqin qarindoshlari qoldirib ketgan (meros)dan ulush bordir. Bu ozmi-
ko'pmi farz qilingan ulushdir.
8. Meros taqsimiga uzoq qarindoshlar, yetimlar va miskin (bechora hol)lar hozir bo'lsalar, ularni ham u
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
52
(meros)dan bahramand qilib, ularga yaxshi gapiringlar!
9. (Vasiylar) mabodo zaif (norasida) farzandlarni qoldirib (vafot etsalar, o'zlari ham) ulardan xavotir
olganlari kabi, (o'zga yetimlarning haqqini yeyishda) Allohdan qo'rqsinlar va (ularga) to'g'ri gapirsinlar.
10. Yetimlarning mol-mulklarini zulm yo'li bilan yeydigan kimsalar, albatta, qorinlarida olov yegan
bo'lurlar va albatta, do'zaxda toblanurlar.
11. Alloh farzandlaringizga (meros yuzasidan) bir o'g'il uchun ikki qiz ulushi barobarida (meros
berishni) vasiyat qiladi. Agar (merosxo'rlar) ikkidan ortiq ayol bo'lsa, ularga (marhum) qoldirgan
narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo'lsa, unga (merosning) yarmi (tegur). Agar (marhumning)
farzandi bo'lsa, ota-onasining har biriga qoldirgan (meros)ning oltidan biri (tegur). Agar farzandi
bo'lmay, faqat ota-onasi merosxo'r bo'lsa, u holda onasiga uchdan bir (haq) tegur. Agar (marhumning)
aka-ukalari bo'lsa, onasiga oltidan bir (haq) tegur. (Bu taqsimotlar marhumning) qilgan vasiyati yoki
qarzi (ado etilgan)dan so'ng (ijro etilur)*. Ota-onalaringiz va farzandlaringizning qaysi birlari sizlar
uchun foydaliroq ekanini bilmaysizlar. (Shuning uchun meros taqsimi) Allohning (o'zi) tomonidan
(belgilandi va) farz qilib qo'yildi. Albatta, Alloh bilimdon va hakimdir.
Izoh: Bu yerda vasiyat birinchi navbatda ijro etiladimi yoki qarzi to'lanadimi, degan savol tug'ilishi tabiiydir.
Zero, "vasiyat yoki qarzi" deyilgan. "yoki" lafzi esa mantiq bo'yicha ikki tomondagi so'zlarning oldin-
keyinligini ifoda etmaydi. Ya'ni, vasiyatni birinchi bajaradimi yoki qarzini birinchi to'laydimi, ixtiyoriy
ekanligini bildiradi. Lekin hadisi sharifda: "Qarz, albatta, vasiyatdan muqaddamdir", - deyilgan. Binobarin,
shariatda qarzni muqaddam ado etishlik joriy qilingan.
12. Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan (meros)dan - agar ularning farzandi bo'lmasa - yarmi (tegur). Agar
ularning farzandlari bo'lsa, sizlarga ular qoldirgan (meroslari)dan to'rtdan bir (hissa) tegur. (Bu
taqsimot) u (marhumalar) vasiyati yoki qarzi (adosi)dan keyin (ijro etilur). U (xotin)larga sizlar
qoldirgan (meros)ning - agar farzandlaringiz bo'lmasa - to'rtdan bir (hissa) tegur. Agar farzandingiz
bo'lsa, ularga siz qoldirgan (meros)ning sakkizdan biri tegur. (Bu taqsimot) sizlar qilgan vasiyat yoki
qarz (adosi)dan keyin (ijro etilur). Agar (vafot etgan) erkak yoki ayolning ota-onasi ham, farzandlari
ham bo'lmay, (balki ona tomonidan) bitta aka yoki ukasi yoxud opa yoki singlisi qolgan bo'lsa, ularning
ikkovidan har biriga oltidan bir (hissa tegur). Agar (ular) bu (adad, ya'ni, bitta)dan ortiq bo'lsalar, ular
(merosning) uchdan bir (hissasi)da teng sherik bo'lurlar. (Bu taqsimot merosxo'rlarga) zarar
yetkazilmasdan qilingan vasiyat yoki qarz (adosi)dan keyin Allohning buyrug'iga binoan (ijro qilinur).
Alloh bilimdon va halimdir.
13. Ana shular Allohning hudud (chegara)laridir. Kim Alloh va (Uning) payg'ambarlariga itoat etsa, uni
ostidan anhorlar oqib turadigan jannat (bog')larga kiritur. (Ular) u yerda abadiy (bo'lurlar). Bu ulkan
yutuqdir.
14. Kim Alloh va (Uning) payg'ambariga itoatsizlik qilsa va hududlaridan tajovuz qilsa, uni do'zaxga
abadiy (qolishi uchun) kiritur va uning uchun xor qiluvchi azob (bordir).
15. Xotinlaringizdan qaysilari fohishalik qilsa, ularga o'zlaringizdan to'rt (erkak) kishini guvoh qilingiz.
Agar guvohlik bersalar, to ularga o'lim kelguncha yoki Alloh biror yo'l qilguncha, ularni (o'z) uylarida
saqlangiz.
Izoh: Zinokorlar to'g'risidagi hukmlar "Nur" surasida batafsil bayon etilgan.
16. Sizlardan o'sha (zinokorlik)ni qilganlarning ikkisi (erkak va ayol)ga (koyish va ta'zirlarini berish
bilan) aziyat (jazo) beringiz. Agar ular tavba qilib, (o'zlarini) tuzatsalar, ularni tinch qo'yinglar. Albatta,
Alloh tavbalarni qabul qiluvchi, rahmli zotdir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
53
Izoh: Bu oyat zino to'g'risida ilk nozil bo'lgan oyatlardandir. Unga ko'ra zinokorlarni dab-durustdan darra
urish yoki toshbo'ron qilish bilan jazolamaslik, balki birinchi marta koyib, uyaltirib, ogohlantirib qo'yishga
buyurilgan. "Nur" surasida esa jazoning qat'iyligi bayon etiladi.
17. Albatta, Allohning tavba qabul qilishi faqat yomonlik (gunoh)ni bilmasdan qilib qo'yib, so'ngra tezlik
bilan tavba qilganlar uchun (muqarrar)dir. Alloh aynan o'shalarning tavbasini qabul qilur. Alloh bilim
va hikmat egasidir.
18. Gunoh ishlarni qilib yurib, qachonki, birortalariga o'lim kelganda, "Endi tavba qildim" deydigan,
shuningdek, kofirligicha o'lib ketadiganlarning tavbalari esa qabul qilinmagay. Ana o'shalar uchun
alamli azob tayyorlab qo'yganmiz.
19. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga xotinlarni majburiy ravishda meros qilib olishlik halol emasdir.
Yana, ularga bergan mahrlaringizning bir qismini qaytarib olib ketish niyatida xotinlaringizga tazyiq
qilmangiz! Agar ular aniq buzuqlik qilsalar (bu mustasnodir). Ular bilan totuv turmush kechiringlar.
Agar ularni yomon ko'rsalaringiz, (bilib qo'yinki,) balkim sizlar yomon ko'rgan narsada Alloh (sizlar
uchun) ko'pgina yaxshilik paydo qilar.
20. Agar bir xotinni (qo'yib), o'rniga boshqa xotinni almashtirmoqchi bo'lsangizlar, avvalgisiga garchi
uyum-uyum molni (mahr qilib) bergan bo'lsangiz ham, undan biror narsani qaytarib olmangiz. Uni
bo'hton va ochiq gunoh bilan olasizmi?!
21. Axir, bir-biringiz bilan qovushib, u (xotin)lar sizlardan qat'iy ahd olganlaridan so'ng qanday qilib u
(mahr)ni (qaytarib) olasizlar?!
22. Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang. Magar ilgari o'tgan bo'lsa (ular kechiriladi).
Albatta, bu qabih, jirkanch va yomon yo'ldir.
23. Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayollar) - bu onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz,
ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan
"ona"laringiz, emishgan "opa-singil"laringiz, qaynonalaringiz, jinsiy yaqinlikda bo'lgan
xotinlaringizning qaramog'ingizda bo'lgan qizlari - jinsiy yaqinlikda bo'lmagan bo'lsangiz, sizlarga
gunoh bo'lmas - yana, o'z pushti kamaringizdan bo'lgan o'g'illaringizning xotinlaridir. Ikki opa-singilni
qo'shib (nikohlab) olishingiz (ham harom qilindi). Magar ilgari o'tgan bo'lsa (Alloh afv etar). Albatta,
Alloh mag'firatli va marhamatli zotdir.
BESHINCHI JUZ’
*************************
24. Yana, erli xotinlar (nikohi ham harom qilindi), magar qaramog'ingizdagi joriyalar(bundan
mustasno)*. Bu (mazkurlarning hammasi) Allohning bitigi (farzi)dir. Ana shulardan boshqa ayollarga
zinokorona emas, (balki) mollaringiz (mahr) bilan uylanishingiz sizlarga halol qilindi. Ular bilan (nikoh
orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq, belgilangan mahrlarini beringiz. (Mahr) belgilangandan keyin o'zaro
kelishsangiz (xotin o'z mahridan kechsa), sizlar uchun gunoh yo'qdir. Albatta, Alloh ilm va hikmat
egasidir.
Izoh: Joriyasini nikohlab olmoqchi bo'lgan kishi uning iddasi chiqishini kutadi. Zero, odatda joriyalar
janglarda yengilgan kofir erlarini tashlab kelgan bo'ladi. Shuning uchun homilali bo'lishligi ehtimolidan
iddaga buyurilgan.
25. Sizlardan kimda-kim ozod-mo'mina ayollarga uylanish imkoniyatiga ega bo'lmasa, qo'l ostingizdagi
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
54
mo'mina joriyalardan biriga (uylanaversin). Alloh imoningizni biluvchiroqdir. Sizlar biringiz
biringizdandirsiz (ya'ni, siz ham, joriyalar ham bir insonsiz). Bas, ulardan o'zlarini tutgan, fohishalik
qilmaydigan va maxfiy o'ynashlari yo'qlariga xojalarining ruxsati bilan uylanaveringiz va mahrlarini
me'yorida beringiz. Erga tekkanlaridan keyin, agar buzuqlik qilsalar, ularga ozod ayollarga
(beriladigan) jazoning yarmi (berilur). Bu (joriyalarga uylanish) qiyinchilik (buzilib ketish)dan
qo'rqqanlaring uchundir. Agar (joriyaga uylanishdan) sabr qilsangiz, o'zingiz uchun yaxshiroqdir. Alloh
mag'firatli va rahmli zotdir.
26. Alloh sizlarga (shariat ahkomlarini) bayon qilish, sizlarni ilgari o'tgan (haq yo'ldagi) zotlarning
yo'llariga hidoyat etish va tavbalaringizni qabul qilishni xohlaydi. Alloh dono va hakimdir.
27. Alloh tavbalaringizni qabul etishni xohlaydi, shahvoniy hissiyotga tobe bo'lganlar esa, (to'g'ri
yo'ldan) o'ta og'ib ketishlaringizni xohlaydilar.
28. Alloh sizlarga (vazifalarni) yengillatishni xohlaydi. Axir, inson zaif yaratilganda
29. Ey, mo'minlar! Mol-mulklaringizni o'rtada nohaq (yo'llar) bilan yemangizlar! O'zaro rozilik
asosidagi tijorat bundan mustasno. Shuningdek, o'zlaringizni (bir-biringizni) o'ldirmangiz! Albatta,
Alloh sizlarga rahmshafqatlidir.
30. Kimda-kim shu (qotillik)ni adovat va zulm yuzasidan qilsa, albatta, Biz uni do'zaxda toblarmiz. Bu
(esa) Allohga osondir.
31. Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, kichik gunohlaringizni sizlardan
o'chirurmiz va sizlarni shinam manzil (jannat)ga kiriturmiz.
32. Alloh biringizni biringizdan biror ne'mat bilan ortiq qilib qo'ygan bo'lsa, sizlar uni (hasadgo'ylik
bilan) orzu qilmang! Erkaklar ham o'z kasblaridan ulush olurlar, ayollar ham o'z kasblaridan ulush
olurlar. (Hasad qilish o'rniga) Allohning fazlidan so'rangizlar. Albatta, Alloh hamma narsani
biluvchidir.
33. Har bir kishi uchun ota-ona va qarindoshlar qoldirib ketgan (meros)dan (oluvchi) merosxo'rlar qilib
qo'ydik. Kimlar bilan qasamyod (ahdu paymon) qilgan bo'lsangiz, ulushlarini beringiz*. Albatta, Alloh
hamma narsaga guvohdir.
Izoh: Bu hukm meros oyati bilan bekor qilingan. Ya'ni oyatda belgilab qo'yilgan qarindoshlardan boshqa hech
kim meros olishga haqli emas.
34. Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig'i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab - Alloh ularning
birlari (erkaklar)ni birlari (ayollar)dan (ba'zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o'z oilasiga) o'z
molmulklaridan sarf qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari - bu (Allohga) itoatli, g'oyibga Alloh
saqlaganicha himoyatli (ya'ni, erlarining sirlari, mulklari va obro'larini saqlovchi)lardir. Xotinlarning
itoatsizligidan qo'rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so'ng (bu ta'sir qilmasa,) ularni yotoqlarda
tark etingiz, so'ngra (bu ham kor qilmasa) ularni (majruh bo'lmagudek darajada) uringiz. Ammo
sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo'l axtarmangizlar. Albatta, Alloh juda oliy va ulug'
zotdir.
Izoh: Bu oyati karimada oila totuvligi qanchalik ahamiyatga ega ekanli ko'rsatilgan. Faqat favqulodda yuz
beradigan ba'zi vaziyatlarda ayolni tarbiya qilish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ba'zi kishilar oyatda
"uringlar" deyilgan, deb uni sui iste'mol qilishga urinadilar. Bu ayni xatodir. Har qanday oilaviy mojaroni
tinchlik yo'li bilan oqilona hal qilish mumkin.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
55
35. Agar ular (er-xotin)ning oralari buzilib ketishidan qo'rqsangizlar, er oilasidan bir hakam, xotin
oilasidan bir hakam yuboringiz. Agar (er-xotin) islohni xohlasalar, Alloh o'rtalarini muvofiqlashtirgay.
Albatta, Alloh bilimdon va xabardor zotdir.
36. Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik qilmangizlar! Ota-onalarga esa yaxshilik
qilingizlar! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo'shniyu begona qo'shni,
yoningizdagi hamrohingiz, yo'lovchi (musofir)ga va qo'l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik
qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi.
37. (Ular) o'zlari baxillik qilish bilan birga (boshqa) odamlarni (ham) baxillikka buyuradigan va
Allohning O'z fazli bilan bergan (ne'mat)larini yashiradigan (kimsa)lardir. Kofirlarga (esa) xor qiluvchi
azobni tayyorlab qo'yganmiz.
38. Mol-mulklarini odamlar ko'rsinga (riyokorlik bilan) ehson qiladigan, (aslida esa) Allohga ham, oxirat
kuniga ham imon keltirmaydiganlarni (Alloh sevmaydi). Kimgaki shayton do'st bo'lsa, naqadar yomon
do'st u!
39. Bordiyu (ular) Allohga, oxirat kuniga imon keltirsalar va Alloh rizq qilib bergan narsalardan ehson
qilsalar, ular (zarari)ga nima ham bo'lar edi?! Alloh ularni yaxshi biluvchidir.
40. Albatta, Alloh bir zarra miqdorida (ham) zulm qilmaydi. Agar (o'sha miqdorda) yaxshilik bo'lsa, uni
(bir necha barobar) ko'paytirur va O'z huzuridan ulug' mukofot (jannat) ato etur.
41. Har bir ummatdan (o'z payg'ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va Sizni (ey, Muhammad,)
ularga guvoh qilib keltirganimizda, (ularning holi) ne kechur?!
Izoh: Bu holat qiyomat kunida ro'y berishi boshqa oyatlarda ham keltirilgan. "Nahl" surasining 84,89-oyatlari,
"Haj" surasining 78-oyati tarjimalariga qaralsin.
42. Kofir bo'lganlar va payg'ambarga itoatsizlik qilganlar o'sha kuni yer bilan yakson bo'lishni orzu
qiladilar. (U yerda ular) Allohdan biror gapni yashira olmaydilar.
Izoh: Bu dunyoda esa inson o'z aybi va gunohlarini, shuningdek, sodir etgan jinoyatlarini turli yo'llar bilan
yashirib, jazodan qutilib ketish mumkin. Lekin oxiratda bu kabi hiylanayranglar foyda bermaydi.
43. Ey, mo'minlar! Toki gapirayotgan gaplaringizni (o'zlaringiz) biladigan bo'lgunlaringacha, mast
hollaringda namozga yaqinlashmangizlar!* Yana junub (nopok) hollaringizda ham, to poklanmaguncha
(namozga yaqinlashmangiz). Magar safarda bo'lsangizlar (bu mustasnodir). Bordiyu betob yo safarda
bo'lsangiz, yoki sizlardan birortangiz hojatxonadan chiqqan bo'lsa, yoxud xotinlaringiz bilan yaqinlik
qilgan bo'lsangizu suv topa olmasangiz, pokiza yer (tuproq, tosh, qum, chang kabilar) bilan tayammum
qilib, yuzlaringiz va qo'llaringizga surting. Albatta, Alloh afv etuvchi va kechiruvchidir.
Izoh: "Baqara" surasining 119-oyati izohiga qaralsin. Bu oyat ham mansuxa (hukmi bekor qilingan) oyatlar
turiga kiradi. Zero, undan keyin ichkilik to'g'risida qat'iy oyatlar nozil qilingan.
44. Kitob (Tavrot)dan nasibador bo'lgan kishilar gumrohlikni sotib olayotganlari va (to'g'ri) yo'ldan
adashishlaringizni xohlayotganlarini ko'rmadingizmi (ey, Muhammad)?!
45. Alloh dushmanlaringiz (kim ekani)ni yaxshiroq biluvchidir. Allohning O'zi yetarli do'st, Allohning
O'zi yetarli yordamchidir.
46. Yahudiy bo'lganlar orasida shundaylari (ham) borki, Allohning so'zini o'z o'rnidan o'zgartiradilar va
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
56
tillarini burib, dinga ta'na yetkazish g'arazida: "Eshitdik va bo'yin sunmadik. Eshitilmas (so'zlar)ni
eshit va bizni asra", - deydilar*. Agar ular: "Tingladik va bo'yin sundik, eshit va bizga ham nazar qil", -
deganlarida, o'zlari uchun yaxshiroq va to'g'riroq bo'lar edi. Lekin, ularni Alloh kufrlari sababli
la'natladi. Endi, (ularning) ozgina (qismi)dan boshqalari imon keltirmaydilar.
Izoh: "Baqara surasining 104-oyati izohiga qaralsin.
47. Ey, Kitob berilgan kimsalar! Yuzlarni sidirib, teskari qilib yuborishimizdan yoki ularni xuddi
"Shanba egalari"ni la'natlaganimizdek la'natlashimizdan oldin sizlardagi narsa (Tavrot)ni tasdiqlovchi
holida nozil qilgan Kitobimiz (Qur'on)ga imon keltiringiz. Allohning amri, albatta, ado etiluvchidir.
48. Albatta, Alloh O'ziga shirk keltirish (gunohi)ni kechirmagay va (lekin) ana shundan boshqa
(gunohlar)ni O'zi xohlagan (banda)laridan kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, demak, u ulkan
gunohni to'qib chiqaribdi.
49. O'zlarini "poklayotgan" kimsalarni ko'rmadingizmi? Yo'q! Alloh kimni xohlasa (o'shani) poklaydi,
(ularga) xurmoning dumicha ham zulm qilinmaydi.
50. Alloh (sha'ni)ga qanday yolg'on to'qishlarini ko'ring. Shu (tuhmatning o'zi) yetarli aniq gunohdir.
Izoh: To'qigan yolg'on va bo'htonlaridan biri ularning "Biz Allohning farzandlari va do'stlarimiz", - degan
da'volaridir.
51. Kitob (Tavrot)dan nasibador bo'lganlarning "Jibt" va "Tog'ut"ga* sig'inishlarini va kofirlarga
"Shular mo'minlardan ko'ra to'g'riroq yo'ldadir" deyishlarini ko'rmadingizmi?!
Izoh: "Jibt" ularning sig'inadigan sanam va boshqa ma'budalari. "Tog'ut" esa shaytondir. Boshqa tafsirlarda
"Jibt" va "Tog'ut"dan murod yahudiylarning peshvolaridan Ka'b ibn Ashraf va Hay ibn Axtabdir deyiladi. Ular
haqidagi batafsil ma'lumotlar uchun siyrat kitoblariga murojaat qilinsin.
52. Ana o'shalar Alloh la'natlagan kimsalardir. Kimni Alloh la'natlagan bo'lsa, unga (hech qanday)
yordamchi topa olmaysiz.
53. Yoki ularda (biror) hukmronlikdan ulush bormi?! Mabodo, bo'lganda ham odamlarga zarracha
bermagan bo'lar edilar.
54. Yoki Alloh O'z fazlidan bergan ne'matlari uchun odamlarga hasad qiladilarmi? Axir, Biz (ilgari
ham) Ibrohim nasliga (Yusuf, Dovud, Sulaymon kabi zotlarga) Kitob, Hikmat berib, yana ularga buyuk
mulk (hukmronlik) ham ato etgan edik-ku!
55. Bas, ular ichida unga (Muhammadga) imon keltirganlari ham, undan yuz o'girganlari ham bo'ldi.
Jahannam yetarli olovdir.
56. Albatta, oyatlarimizni inkor etuvchilarni do'zaxda toblagaymiz. Azobni totsinlar deb, terilari kuyib
bitishi bilan o'rniga boshqa (yangi) terilarni almashtirib turamiz. Albatta, Alloh qudratli va hikmatlidir.
57. Imon keltirgan va solih amallarni qilganlarni esa abadiy yashaladigan, ostidan anhorlar oqib
turadigan bog'lar (jannat)ga kiriturmiz. Ular uchun u yerda pokiza juftlar bor va ularni qalin soyalarga
kiriturmiz.
58. Darhaqiqat, Alloh omonatni o'z egalariga topshirishingiz va odamlar o'rtasida hukm qilganingizda
adolat bilan hukm qilishingizga buyuradi. Albatta, Alloh sizlarga yaxshigina nasihat qilur. Albatta,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
57
Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir.
59. Ey, mo'minlar! Allohga itoat etingiz, Payg'ambarga va o'zlaringizdan (bo'lmish) ish egalari
(rahbarlar)ga itoat etingiz! Bordiyu, biror narsada kelisha olmay qolsangiz, Allohga va oxirat kuniga
ishonadigan bo'lsangiz, uni Allohga va Payg'ambariga havola qilingiz. Mana shu yaxshiroq va yechimi
chiroyliroq (ish)dir.
Izoh:Bu oyatdan Allohning va Uning rasulining amriga itoat qilish bilan birga rahbarlarga ham itoat
qilishning vojibligi ma'lum bo'ladi. Xalqimizda "Podshohning amri vojib" degan naqlning ham manbai shu
oyati karima bo'lishi kerak. Modomiki, rahbar yoki ota-onalar gunoh-ma'siyatga emas, ezgulikka, foydali
ishlarga buyurar ekanlar, oyat va hadislar taqozosiga ko'ra, ularga itoat etish vojibdir. (Tahoviy "Aqoidi"ga
qaralsin). Mazkur oyati karimadan fiqh (Islom huquqshunosligi)da qo'llaniladigan shariat ahkomlarining
asosiy to'rt manbaiga ham ishorat mavjudligi aniqlangan. Allohga itoat etishdan - Qur'on, Payg'ambariga itoat
etishdan - Sunnat, rahbarlarga itoat etishdan - Ijmo', nizoli masalani Alloh va Rasuliga havola qilishdan Qiyos
usullari ma'lum bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |