eslatma o'zlaringizdan (bo'lmish) bir kishi zimmasida kelganidan ajablandingizmi?!"
64. Shunda uni yolg'onchiga chiqardilar. Bas, (Biz) uni va u bilan birga (imon keltirgan)larni kema
ichida (saqlab, to'fondan) qutqardik va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni (suvga) g'arq qildik. Ular
(qalbi) ko'r kishilar edi.
65. Od (qavmi)ga ularning birodari Hudni (elchi qilib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga
sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir. (Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!"
66. Qavmining kofir bo'lgan zodagonlari aytdilar: "Biz seni nodonlikda (ekaningni) ko'rayapmiz. Biz
seni yolg'onchilardanmikan, deb gumon qilyapmiz".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
98
67. (U) aytdi: "Ey, qavmim! Menda nodonlik yo'q. Lekin, men olamlar Rabbidan (yuborilgan)
elchidirman.
68. Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazurman va men sizlarga ishonchli nasihatgo'yman.
69. Sizlarni ogohlantirish uchun o'zlaringizdan (bo'lmish) bir kishi zimmasida sizlarga Rabbingizdan
eslatma kelganidan ajablanyapsizmi?! Alloh sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilib qo'ygan va sizlarni
jismonan ziyoda qilganini eslangiz!* Bas, Allohning ne'matlarini eslangiz, toki sizlarga tole yor bo'lsin!"
Izoh: Ba'zi tafsir kitoblarida, ularning eng past bo'ylisi oltmish gazli bo'lgan, deyiladi.
70. Aytdilar: "Faqat yagona Allohga sig'inishimiz va ota-bobolarimiz sig'inib kelgan narsa (but-
sanamlar)ni tark etishimizga (da'vat qilish uchun) bizning huzurimizga keldingmi? Agar rostgo'ylardan
bo'lsang, bizga (o'sha) va'da qilgan (va qo'rqitgan) narsangni keltir!"
71. (Hud) aytdi: "Sizlarning ustingizga Rabbingiz (tomoni)dan azob va g'azab yog'ilib bo'lgan. Sizlar va
ota-bobolaringiz nomlarini atab (sig'inib) yurgan, Alloh ularga biror hujjat (hukm) tushirmagan (but-
sanamlar) to'g'risida men bilan bahslashmoqchimisizlar?! (Azob kelishini) kutinglar! Men ham sizlar
bilan birga kutuvchilardandirman".
72. Uni (Hudni) va u bilan birga bo'lgan (mo'min)larni Bizdan bo'lmish rahmat bilan (azobdan) xalos
etdik va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa qirib tashladik. (Ular) mo'min bo'lmadilar.
73. Samud qavmiga birodarlari Solihni (payg'ambar etib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga
sig'ining! Undan o'zga iloh yo'qdir. Rabbingizdan sizlarga hujjat keldi. Ushbu - Allohning mo''jiza
tarzidagi tuyasi. Uni (o'z holiga) qo'yinglar - Allohning yerida o'tlasin! Unga yomonlik (niyati) bilan tega
ko'rmangizlar! Aks holda, sizlarni alamli azob tutgay".
Izoh: Solih (a. s.) tuyalari haqidagi qissa "Vash-shamsi" surasida ham bayon qilingan.
74. Sizlarni (Alloh) Od (qavmi)dan keyingi xalifa (avlod) qilgani va sizlarga yerning tekisliklarida
qasrlar (qurib) olishingiz, tog'laridan o'yib uylar yasab olishingiz uchun sizlarga Yer (yuzi)dan joy
berganini eslangizlar! Bas, Allohning ne'matlarini eslangizlar va Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilib
yurmangizlar!
75. Qavmining mutakabbir zodagonlari ularning imon keltirgan bechorahol kishilariga: "Solihni
Rabbidan (yuborilgan) elchi deb bilasizlarmi?" - dedilar. (Ular) aytdilar: "Biz u orqali yuborilgan narsa
(vahiy)ga ishonuvchilarmiz".
76. Kibrga berilganlar esa: "Biz sizlar imon keltirgan narsa (din)ga kufr keltiramiz", - dedilar.
77. (Shunday deb) tuyani so'yib yubordilar va Parvardigorlarining amridan bosh tortdilar hamda
aytdilar: "Ey, Solih! Agar yuborilgan elchilardan bo'lsang, bizga va'da qilgan narsang (azob)ni keltir!"
78. Bas, ularni mudhish zilzila tutdi va o'z yurtlarida (o'tirganlaricha) gum bo'ldilar.
79. (Solih) ulardan bezib dedi: "Ey, qavmim! Men sizlarga Rabbimning topshirig'ini yetkazdim, sizlarga
nasihat qildim, lekin (sizlar) nasihatgo'ylarni yoqtirmaysizlar".
80. Lutni ham (elchi qilib yubordik). O'z qavmiga aytdi: "Shunday (yomon) fahsh ishni qilasizlarmi?
Sizlardan oldin butun olamda hech kim uni qilmagan edi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
99
81. Sizlar xotinlar qolib, shahvatni (qondirish uchun) erkaklarga "kelasiz". Ha, sizlar isrofgar
qavmdirsizlar. "
82. Qavmining javobi: "Ularni (Lut va mo'minlarni) shahringizdan chiqarib yuboringizlar, zero, ular
o'ta poklanuvchi odamlardir", - degan so'zlari bo'ldi, xolos!
83. Uni va xotinidan boshqa ahli (oilasi)ni qutqarib qoldik. U (ning xotini azobda) qoluvchilardan bo'ldi.
84. Ular ustiga (azobni) yomg'irdek yog'dirdik. Bas, jinoyatchilar oqibati qanday bo'lganiga boqing!
Izoh: Ya'ni yurganlar ustiga tosh yog'dirildi, o'tirganlarni esa yer yutdi.
85. Madyan (qabilasi)ga birodarlari Shuaybni (elchi qilib yubordik). U aytdi: "Ey, qavmim! Allohga
sig'iningiz! Undan o'zga iloh yo'qdir. Sizlarga Rabbingizdan hujjat keldi. Bas, o'lchov va tarozini to'la-
to'kis o'lchangizlar, odamlarning narsalarini urib qolmangiz va yaroqli qilib qo'yilgandan so'ng Yer
(yuzi)da buzg'unchilik qilmangiz! Agar (chin) mo'min bo'lsangiz, ana shu sizlar uchun yaxshidir.
86. (Odamlarni) qo'rqitish, Allohga imon keltirganlarni Uning yo'lidan to'sish va uni qing'ir qilish
maqsadida har ko'chada o'tirmangiz! Ozchilik ekaningizda, (Uning) ko'paytirganini eslangiz va
buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganiga (bir) boqingiz!
87. Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan narsa (vahiy)ga imon keltirib, boshqa bir toifa imon
keltirmagan bo'lsa, o'rtamizda Alloh hukm qilgunga qadar sabr qilingiz! U hukm qiluvchilarning
yaxshisidir".
TO'QQIZINCHI JUZ’
*************************
88. Uning (Shuaybning) qavmidan kibrga berilgan zodagonlari aytishdi: "Ey, Shuayb! Qasamki, seni va
sen bilan birga imon keltirganlarni shahrimizdan chiqarib yuboramiz yoki dinimizga qaytasizlar!" U
dedi: "Diningizni yoqtirmasak hammi?
89. Diningizdan bizni Alloh qutqargandan keyin yana unga qaytadigan bo'lsak, Allohga yolg'on to'qigan
bo'lamiz-ku? Illo, Rabbimiz - Alloh xohlagani bo'lur. Rabbimiz har narsaga ilmi kengdir. Allohgagina
tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o'rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim
qiluvchilarning yaxshisidirsan".
90. Qavmining kofir bo'lgan zodagonlari: "Qasamki, agar Shuaybga ergashsangizlar, demak, sizlar
ziyon ko'ruvchi ekansizlar"- dedilar.
91. Bas, ularni mudhish zilzila tutdi. Natijada o'z joylarida o'tirganlaricha yer bilan yakson bo'ldilar.
92. Shuaybni yolg'onchiga chiqarganlar go'yo u yerda (oldin) yashamagandek bo'ldilar. Shuaybni
yolg'onchiga chiqarganlar, ana o'shalar ziyon ko'ruvchi bo'ldilar.
93. (Shuayb) ulardan bezdi va dedi: "Ey, qavmim! Sizlarga (men) Rabbimning topshiriqlarini yetkazdim
va sizlarga nasihat qildim. Bas, endi kofirlar qavmiga qanday ham qilib hamdard bo'layin?!"
94. Biror yurtga payg'ambar yuborgan bo'lsak, albatta, uning aholisi tazarru qilar deb, (ularni)
qashshoqlik va kasallik (kabi musibatlar)ga tutganmiz.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
100
95. So'ngra (mazkur) yomonlik o'rniga yaxshilikni almashtirgan edik, mo'l-ko'l bo'lib ketishdi va: "Ota-
bobolarimizga (ham shu kabi) qashshoqlik va kasallik (kabi musibatlar) yetishib turar (va daf bo'lib
ketar) edi", - dedilar. Shundan so'ng bexos ularni o'zlari sezmagan holda (azobga) tutdik.
96. Agarda u yurtlarning aholisi imon keltirgan va taqvo qilganlarida edi, ular ustiga osmonlar va
Yerdan barakotlar (eshiklari)ni ochib yuborgan bo'lur edik. Lekin, (ular payg'ambarlarni) yolg'onchiga
chiqardilar. Natijada qilmishlari sababli ularni (azobga) tutdik.
97. U yurtlarning aholisi tunda uxlayotganlarida, ular uzra azobimiz kelib qolishidan xotirjammilar?!
98. Yoki u yurtlarning aholisi choshgoh paytida o'ynab turganlarida, ular uzra azobimiz kelib qolishidan
xotirjammilar?!
99. Allohning "makri"dan (ham) xotirjammilar?! Allohning "makri" (azobi)dan faqat ziyon
ko'ruvchilar qavmigina "xotirjam" bo'lurlar.
100. Yerni oldingi aholisidan keyin meros qilib oluvchilarni, xohlacak gunohlari sababli ularga (balo)
yetkazgan bo'lishimiz to'g'ri yo'lga solmadimi?! Ularning dillarini muhrlab qo'yamiz. Natijada ular (haq
gapni) eshitmaydilar.
101. Ana o'sha qishloqlar. Ularning xabarlari qissasini Sizga aytmoqdamiz. Ularga payg'ambarlari ochiq
hujjatlarni keltirgan edilar. (Lekin) oldindan ularni yolg'onchiga chiqarganlari sababli imon
keltirmadilar. Alloh kofirlarning dillarini ana shunday muhrlab qo'yadi.
102. Ularning ko'plarida ahd (vafodorlik)ni topmadik. Ko'plarini fosiq ekanliklarini topdik (bildik).
103. So'ngra ulardan keyin Musoni mo''jizalar bilan Fir'avn va uning zodagonlariga (elchi qilib)
yubordik. Ularga zulm qildilar. Buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring!
104. Muso aytdi: "Ey, Fir'avn! Men olamlar Rabbidan (yuborilgan) elchidirman.
105. Alloh nomidan faqatgina haq (gap)ni gapirishga haqlidirman. Sizlarga Rabbingizdan hujjat
keltirdim. (Ey, Fir'avn!) Isroil avlodini men bilan birga (muqaddas yurtlari - Shomga) jo'natgin!"
106. (Fir'avn): "Agar rostgo'ylardan bo'lib mo''jiza keltirgan bo'lsang, uni keltir (ko'rsat)!" - dedi.
107. Bas, (Muso) asosini tashlagan edi, bexos u aniq (chin) ajdahoga aylandi.
108. Qo'lini (qo'ynidan) chiqargan edi, birdan u qarab turganlarga oppoq (nurli) ko'rindi.
109. Fir'avn qavmining zodagonlari: "Bu juda bilimdon sehrgar", - dedilar.
110. (Fir'avn): "Sizlarni o'z yerlaringizdan chiqarmoqchi, nima buyurasizlar?" - dedi.
111. Aytdilar: "Uni va akasi (Horun)ni qo'yatur, Madoin (shahri)ga yig'ib keluvchilarni yubor!
112. (Ular) senga barcha bilimdon sehrgarlarni olib kelsinlar!"
113. Fir'avn huzuriga sehrgarlar kelib: "Agar biz g'olib bo'lsak, bizga mukofot bormi?" - dedilar.
114. "Albatta! - dedi (u): - Sizlar (menga) yaqinlardan bo'lursizlar".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
101
115. Aytdilar: "Ey, Muso! (qo'lingdagi asoni birinchi sen) tashlaysanmi yoki biz (qo'limizdagilarni)
tashlaguvchi bo'laylikmi?"
116. (Muso): "Tashlanglar!" - dedi. Bas, tashlagan edilar, odamlarning ko'zlarini sehrlab qo'ydilar va
ularni cho'chitib yubordilar - ulkan sehr keltirdilar.
117. Musoga: "Asoingni tashla!" - deb vahiy qildik. Birdan u (ajdohoga aylangan aso) ularning soxta
(ilon)larini komiga torta boshladi (yutaboshladi).
118. Bas, haqiqat voqe bo'ldi, ularning qilgan ishlari esa botil (barbod) bo'ldi.
119. Shunday qilib, (sehrgarlar) yengildilar va zabun holatda qaytib ketdilar.
120. Sehrgarlar sajda qilgan holda (yerga) tashlandilar.
121. (So'ng) aytdilar: "(Biz) olamlarning Rabbiga,
122. (Ya'ni) Muso va Horunning Rabbiga imon keltirdik".
123. Fir'avn dedi: "Men sizlarga ruxsat berishimdan oldin imon keltirdingizmi?! Albatta, bu (ishingiz)
shahardan uning aholisini chiqarib yuborish uchun qilgan makringizdir. Bilasizlar hali!
124. Qasamki, (bir) qo'llaringiz va (bir) oyoqlaringizni teskarichasiga kesdirib tashlayman, so'ngra
hammalaringizni (dorga) osib yuboraman!"
Izoh: Ya'ni o'ng qo'l bilan chapoyoq yoki chap qo'l bilan o'ng oyoq. Shu tarzda kesilganda odam rosa to'ntoq
bo'lib qolishini bilgan.
125. (Ular) dedilar: "Biz (o'lsak), albatta, Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchimiz.
126. Sen faqatgina Rabbimiz oyatlari kelganda, ularga imon keltirganimiz uchungina bizdan o'ch
olmoqchisan. Ey, Rabbimiz! Ustimizga sabr (yomg'irini) yog'dir va bizni musulmonlik holimizda vafot
etdir!"
127. Fir'avn qavmining zodagonlari aytdilar: "(Ey, Fir'avn), Muso va (uning) qavmini Yer (yuzi)da
buzg'unchilik qilishiga hamda seni va ilohlaringni (tan olmay) tark etishiga qo'yib berasanmi?"
(Fir'avn) dedi: "Ularning o'g'illarini (qatli om qilib) qirib tashlab, xotinlarini tirik qoldiramiz va biz ular
ustidan g'olibdirmiz!"
128. Muso (o'z) qavmiga dedi: "Allohdan madad so'rangiz va sabrli bo'lingiz! Yer Allohnikidir! Uni
(O'zi) xohlagan bandalariga meros qilib berur. Oqibat (yaxshiliklari) esa taqvodorlarga (tegishli)dir".
129. (Ular Musoga) dedilar: "(Sen) bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozorlandik".
(Muso) dedi: "Rabbingiz dushmaningizni halok etib, sizlarni (Misrdek) yerga o'rinbosar qilajak va
qanday ish qilishingizni ko'rajak".
Izoh: Kelmasingdan oldin, ya'ni, tug'ilmasingdan oldin. Chunki o'sha yili tug'ilgan barcha o'g'il chaqaloqlar
Fir'avn amri bilan qatl etilgan edi.
130. Fir'avn qavmini zora eslatma olsalar, deb (qahatchilik) yillariga va mevalarning taqchilligiga
duchor etdik.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
102
131. Bas, ularga yaxshilik kelganda: "Bu bizga xos", - deydilar. Agar ularga biror noxushlik yetsa, Muso
va u bilan birga (imon keltirgan) kishilardan shumlanadilar. Ogoh bo'lingki, ularning (yaxshi-yomon)
amal(lar)i Allohning huzuridadir. Lekin, (buni) aksariyatlari bilmaydilar.
132. (Ular Musoga) aytdilar: "Bizni sehrlash uchun har qanday mo''jiza keltirsang ham, biz senga imon
keltiruvchi emasmiz".
133. Shundan keyin ular ustiga to'fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo''jizalar sifatida
yubordik. (Shundan) so'ng (ham ular) kibr qildilar va (o'zlari oldindan) jinoyatchilar qavmi edilar.
134. Ular ustiga azob tushganda dedilar: "Ey, Muso! Rabbinga sendagi bergan ahdi (haqqi) bilan biz
uchun duo qil! Qasamki, agar bizlardan (shu) azobni ko'tarsang, albatta, senga imon keltiramiz va sen
bilan birga Isroil avlodini (o'z yurtlariga) jo'natamiz!"
135. Ulardan o'zlari yetib borayotgan (ma'lum) muddatgacha azobni ko'targanimizda esa, nogoh ular
(yana ahdni) buzayaptilar.
136. Bas, (Biz) ulardan "o'ch" oldik - oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlari va ulardan g'aflatda
bo'lganlari sababli ularni dengizga g'arq qildik.
137. (Biz) barakotli qilib qo'ygan Yerning mag'rib va mashriqlariga zaiflashtirilayotgan qavm (Muso
qavmi)ni merosxo'r qilib qo'ydik. Sabr qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so'zlari
(bergan va'dasi) o'z adosini topdi. Fir'avn va (uning) qavmi qurgan (bino)lari hamda ko'targan (qasru
burj)larini vayron qildik.
Izoh: Chiroyli so'z yoki berilgan va'da A'rof surasining 129-oyati yoki Nur surasining 55-oyatida Allohning
dushmanni halok etib ularni yerga o'rinbosar qilish to'g'risida aytgan so'zi.
138. Isroil avlodini dengizdan o'tkazganimizda, o'z sanamlariga sig'inayotgan bir qavm ustidan chiqib
qoldilar-da, aytdilar: "Ey, Muso! Ularning ilohlari kabi bizga ham iloh yasab ber!" (Muso): "Sizlar johil
qavm ekansizlar.
139. Zero, ularning (sig'inib) turgan narsalari barbod bo'luvchi va qilayotgan ishlari botil (behuda
ish)dir".
140. (Muso yana) dedi: "Sizlar uchun olamlar uzra sizlarni afzal qilib qo'ygan Allohdan o'zga iloh
qidirayinmi?!"
141. O'g'illaringizni o'ldirib, ayollaringizni qoldirish bilan sizlarni qattiq qiynoqqa solgan Fir'avn ahli
(lashkari)dan xalos etganimizni eslangiz! Sizlarning bu (voqea)laringizda ulkan sinov bordir.
142. Muso bilan o'ttiz kecha va'dalashdik. So'ngra uni yana o'n (kecha) bilan to'ldirdik. Shunday qilib,
Rabbining qirq kecha deya belgilagan vaqti kamoliga yetdi. Muso (keta turib) o'z birodari Horunga:
"Qavmimda (sen qolib) mening o'rinbosarim bo'lgin, (xatolarini) isloh et va buzg'unchilar yo'liga
ergashmagin!" - dedi.
143. Muso Biz belgilagan vaqtda (Tur tog'iga) kelgach, u bilan Rabbi bevosita gaplashdi*. Muso:
"Rabbim! (O'zingni) menga ko'rsatgin, Senga bir nazar qilay!" - dedi. (Alloh): "Meni ko'ra olmaysan*.
Lekin (ana u) toqqa (bir) boq! Agar Men unga bir jilva qilganimda (toqat qilib) o'z o'rnida tura olsa, sen
ham meni ko'rasan", - dedi. Rabbi toqqa tajalliy (kichik bir ko'rinish) qilgan edi, uni maydalab tashladi.
Muso (ham ta'sirlanib) behush holda yiqildi. Hushiga kelgach, dedi: "Senga tasbeh ayturman, Senga
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
103
tavba qildim va men mo'minlarning birinchisi (peshvosi)durman".
Izoh: Bu so'zlashuv insonlarning o'zaro suhbatlariga taqqoslanmaydi, balki Allohning zoti va sifatlariga xos
ravishda gaplashilgan. Izoh(a): Ya'ni bu dunyodagi foniy ko'zlaring bilan Meni ko'raolmaysan, balki jannatda
boqiy ko'zlaring bilan ko'rursan.
144. "Ey, Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz
(tanlangan, xos) etdim. Bas, senga berganimni (qabul etib) ol va shukr qiluvchilardan bo'lgin!" - dedi
(Alloh).
145. Uning uchun lavhlarda (Tavrot sahifalarida) nasihat va har narsaning tafsiloti sifatida har
narsadan bitib qo'ydik. Bas, (Ey, Muso!) Ularni quvvat (jiddiylik) bilan olgin va qavmingga ularning
yaxshi (bitilgan ahkom)larini tutish (tatbiq etish)lariga buyurgin! Sizlarga fosiqlar diyori (qanday
halokatga yuz tutgani)ni ko'rsatajakman.
146. Yer (yuzi)da nohaqlik bilan kibrlanib yuruvchilar (ongi)ni oyatlarimiz (idroki)dan chetlatib
qo'yajakmiz. (Ular) har qanday mo''jizani ko'rsalar ham unga imon keltirmaydilar. Agar to'g'ri yo'lni
ko'rsalar, uni (o'zlariga) yo'l qilib olmaydilar. Mabodo noto'g'ri yo'lni ko'rib qolsalar, uni (o'zlariga) yo'l
qilib oladilar. Bu(ning sababi) oyatlarimizni yolg'onga chiqarishlari va ulardan g'ofil bo'lganlaridir.
147. Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg'onga chiqarganlarning (qilgan savobli) amallari barbod
bo'lur. Faqat qilmishlariga (yarashagina) jazolanurlar.
148. Muso qavmi undan (Tur tog'iga ketgandan) so'ng o'zlarining bezaklaridan bir ma'raydigan buzoq
jasadini (ma'buda qilib) oldilar. Uning ular bilan gaplashmasligini, ularni biror yo'lga boshlamasligini
ko'rmaganmidilar?! Uni (iloh sifatida) tutdilar. (Ular oldindan) zolim edilar.
149. Qo'llaridan ("tarvuzlari") tushib (pushaymon bo'lib), o'zlarining adashganliklarini ko'rganlarida,
aytdilar: "Qasamki, agar Rabbimiz bizga rahm qilmasa va (gunohimizni) kechirmasa, albatta, ziyon
ko'ruvchilardan bo'lishimiz aniqdir".
150. Muso o'z qavmi sari (Tur tog'idan) qaytar ekan, (qavmining qilmishlaridan) g'azablangan va
Do'stlaringiz bilan baham: |