Tarjima bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi



Download 17,58 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi17,58 Kb.
#520450
Bog'liq
Tarjima — bir t-WPS Office


Tarjima — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. Tarjima kdd. davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki turi hozirda ham saqlanib qolgan.
Zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. T.ning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi. "Tarjima" termini bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi.
Tarjima jarayonida tarjimon hammavaqt oʻz ona tilida fikrlaydi, ona tili unga tahlil quroli, sinov mezoni boʻlib xizmat qiladi. Mac, Nizomiyning "Xisrav va Shirin" dostonini oʻgirgan Qutb ("...Nizomiy bolidan holva pishurdim") tarjima nusxa koʻchirish kabi bir ish boʻlmay, ijodiy jarayon ekanini, tarjimon esa boldan holva pishiruvchi mohir yozuvchi boʻlishi kerakligini aytadi. Turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablarining yuzaga kelganligining oʻziyoq uning shakllangan tamoyillari, anʼanalari boʻlganligini koʻrsatadi.
Oʻzbek adabiyotida ham Tarjimachilik qadimdan rivojlangan. Mahmud Koshgʻariy, Rabgʻuziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa ijodida tarjima katta oʻrin egallaydi.
20-asr oʻzbek yozuvchilaridan Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Askad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali va boshqa badiiy tarjima sohasida ham samarali ijod qilganlar. Badiiy tarjima sohasida M. Osim, N. Alimuhamedov, Sh. Shomuhamedov, K. Qaxdorova, O. Sharopov, Sh. Tolipov, V. Roʻzimatov, Q. Mirmuhamedov, A. Rashidov, M. Hakimov, I. Gʻafurov, M. Mirzoidov, gʻ. Toʻrabekov, T. Alimov va boshqa professional tarjimon sifatida tanilganlar. Oʻzbek tilida ilmiy-texnikaviy, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar Tarjimachiligida ham katta yutuqlarga erishilgan. Bunda R. Abduraxdyunov, V. Rahimov, A. Shomahmudov, 3. Tincherova kabi tarjimonlarning hissasi katta.
Tarjima amaliyotini, uning oʻziga xosliklarini, tarixini, tamoyillari, prinsip va krnuniyatlarini tarjimashunoslik fani oʻrganadi, tarjimonga oʻgirish uchun asar tanlash, tillararo tafovutlar hamda asliyatga xos boshqa xususiyatlarni, milliyadabiy anʼanalarni hisobga olgan holda ish tutishda yordam beradi. 20-asr oʻzbek adabiyotida tarjimashunoslik maxsus fan tarmogʻi sifatida yuzaga keldi va shakllandi. Choʻlpon, Sanjar Siddiq kabi mohir tarjimonlar nafaqat bu davr tarjima adabiyotini, ayni paytda tarjimashunoslik ilmini ham boshlab berganlar, tarjima haqida maqola va risolalar bitganlar.
Oʻzbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm sifatida oʻtgan asrning 2yarmidan shakllandi. Asr oxiriga kelib, bu sohada 10 ga yaqin fan turi, 50 dan ortiq fan nomzodi yetishib chiqdi. Professor J. Sharipov tadqiqotlariga asosan adabiyotimiz tarixida tarjimaning oʻrnini koʻrsatishga bagʻishlangan boʻlsa, professor F. Salomov asosan zamonaviy tarjimashunoslik masalalari bilan shugʻullandi, tarjima jarayoniga til hamda adabiy anʼanalarning taʼsirini koʻrsatib berdi. N. Komilov esa mumtoz janrlarning oʻtmish va hozirdagi tarjimalarini tadqiq etdi. Oʻzbek tarjimashunosligi asosan adabiy yoʻnalishda taraqqiy etgan. Tarjimaning insoniy jihatlari keyinroq — oʻzbek tiliga koʻpgina xorijiy tillardan bevosita oʻgirishga yoʻl ochilganidan soʻng rivojlana boshladi.
Zuhriddin Isomiddinov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Tarjimashunoslikda tarjimaning turlarini ularning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib ajratish ham amalga oshirib kelinmoqda, unda tarjimaga aloqador har ikkala tildagi matnlarning shakli emas, balki ularning mazmuni yoki mohiyatiga tayanib tasniflashtiriladi.


L. S. Barhudarov asl nusxa tili va tarjima tili matnining qanday shaklda berilishiga ko’ra tarjimaning to’rt asosiy turini ajratadi:
1) og’zaki-og’zaki; 2) yozma-yozma; 3) og’zaki-yozma; 4) yozma-og’zaki. Bu tarjima turlari ichida og’zaki-og’zaki tarjima 2 turga bo’linadi: 1) og’zaki izchil tarjima; 2) og’zaki sinxron tarjima.
V. N. Komissarovning tarjima tasnifi quyidagicha: 1) badiiy tarjima; 2) informativ tarjima. G’. M. Xoshimov tasnifi: 1) badiiy tarjima; 2) nobadiiy tarjima.
R. K. Min’yar-Beloruchev tasnifiga ko’ra quyidagi tarjima turlari mavjud: 1) yozma tarjima; 2) sinxron tarjima – og’zaki; 3) izchil tarjima; 4) varaqdan tarjima. U yana nima tarjima qilinayotganligiga qarab tarjimaning quyidagi turlarini ajratish mumkin: 1) badiiy tarjima; 2) ijtimoiy-siyosiy tarjima; 3) ilmiy-tarjimaviy tarjima. Tarjima jarayonlari yer yuzidagi xalqlarning insoniyat sivilizatsiyasini birgalikda, yaqin hamkorlikda yaratib borganini ko‘rsatadi.
Sinxron tarjima og’zaki tarjimaning eng qiyin turi bo’lib, undan tarjimon gapiruvchi notiqdan bir so’z yoki jumlaga orqada qolib tarjima qiladi, unga tarjima uchun vaqt berilmaydi. Tarjimon bunday paytda ham eshitadi, ham tushunadi, ham tarjima qiladi, ham gapiradi.
M. А. Abduvaliyev – ADU, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti,
Tarjima nazariyasi 2017 88bet.

Beruniyning to‘g‘ri tarjima haqidagi fikrlari uning ilmiy-ma’rifiy qarashlariga muvofiq bo’lgan va uning falsafiy qarashlari esa X-XIII asrlardagi tarjimonlik faoliyatidagi muammolaming yechimini topishga yordam bergan. Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” asarlaridan parchalar keltirgan. Biz uning kitoblarida yunon, rum va hind yozuvchilarining asarlaridan tarjima qilingan parchalami ko‘rishimiz mumkin. Mohirona adabiy tarjimadan Beruniy o‘z ijodiy faoliyatida samarali foydalangan. U arab, tojik, sug'diy, xorazmiy, suryoniy, yahudiy, hind, sanskrit va yunon tillaridagi asarlarni o‘qigan va ularga sharhlar yozgan. Uning tarjimalari orasida “Qissai Vomiqu Uzro”, “Qosimus-surur va aynul- hayot”, “Hurdmizdiyor va Mehriyor”, “Bomiyonning ikki sanami”, “Dah, Moh va Kiromiduht”, “Nilufar” eposlarining tarjima kitoblari bor. U bu asarlarni fors tilidan tarjima qilgan bo‘lib ular “qiziqarli va hayajonli hikoyalar” deb “Fehrast”da ta’kidlangan.


Ingliz adabiyoti XX-asrning 30-yillariga kelib, tarjima qilina boshlandi. Hozirgi kunga qadar bir qancha Amerika va Lotin Amerika yozuvchilarining, jumladan 20 dan ortiq ingliz yozuvchilari va shoirlarning kitoblari jumladan, Shekspir sonetlari, Bayron she'rlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Robinzon Kruzoning sayohatlari” asari o‘zbek tiliga ingliz adabiyotidan qilingan ilk tarjimadir. Bu kitobni 1911-yilda o‘zbek tiliga Muhammad Fozil Otabek ozarboyjoncha bayon tarjimadan ag‘dargan.
0‘zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikdagi ilk yorqin misollar Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Mirtemir, Zulfiya va boshqa ko‘plab ijod ahllarining qalamiga mansubdir.
0‘zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor A. P. Chexov asarlarining eng yaxshi tarjimonidir. U o‘zining hikoyalarida fenomen (his-tuyg‘u tajribasi bilan payqaladigan hodisa)ning mohiyatini ochib berdi. A.P.Chexov xikoyalarining tarjimasi yozuvchi-taijimonlarga A.P.Chexov tabiatini o‘rganishga chuqurroq yordam bergan va bu esa uning iste’dodi kuchini his qilishga va o‘zbek kitobxonlariga taqdim etishga imkon berdi.
1950-yillarning oxiriga kelib 0‘zbekistonda tarjima tarixi va nazariyasi tadqiq etila boshlandi, taniqii yozuvchi olim va tarjimon Jumaniyoz Sharipov “0‘zbekistonda tarjima tarixidan”, “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar” kabi monografiyalar chiqardi. Taniqii olim va fan tashkilotchisi G‘.Salomov “Tarjima nazariyasiga kirish”, “Tarjima nazariyasi asoslari” kabi darslik va qo‘llanmalar yozdi, “Tarjima san’ati” kabi turkum to‘plamlami chiqarishga bosh- qosh bo’ldi.
1917-yiIgacna qilingan tarjimalar V.Raxmonova, H.Hamidova, N.V.Vladimirova, T.Qarayeva, M.Soipova, N.Komilov va R.Vohidovlar tadqiqotlarining muhim ob’yekti bo’lgan.
G'aybulla Salomov 0‘zbekistondagi tarjima nazariyasi asoslari ustida ilmiy faoliyat olib bordi. U tarjimada milliy hususiyatlami aks ettirishga katta e’tibor bergan vafrazeologizmlami tarjimada ifodalash yo'llari, she’riy tarjimalaming o‘ziga xosliklari ustida ishlagan. Kitoblarda u tarjimada shakl va tarkibning yaxlitligini saqlab qolish to‘g‘risida nazariy bilimlar bergan. Shuningdek, G‘aybulla Salomov chet el tarjimonlari tomonidan qilingan “Boburnoma” tarjimalarini mukammal tahlil qilib chiqdi. 1922-yilda “Boburnoma” hozirgi fors tiliga Murod Qarluqi tomonidan tarjima qilingan. Qarluqining tarjimasini G‘aybulla Salomov asl nushaga yaqinroq deb topdi. “Yaqinroq” so‘zining ma’nosi shundaki, u aniq, ya’ni to‘g‘ridan- to‘g‘ri tarjima qilingan deb xulosa chiqargan.
Jumaniyoz Sharipov “Badiiy tarjima va mohir tarjirnonlar” kitobida (1972-yilda “Fan” nashriyoti), Ogahiy, Avloniy, Murodxo‘ja, Oybek, Mirtemir va Zulfiyaning ijodiy mahoratini ochishga harakat qildi. Badiiy tarjimaning nazariy asosini, she’riy tarjimaning milliy uslubini, tarixiy - nazariy tarjima metodologiyasini, tarjirnonlar ma- horati qirralarini tahlil qildi.
1970-1975-yillarda Gyotening “Faust” (E.Vohidov), Danten- ing “Ilohiy komediya”, “Do‘zax” (A.Oripov), Nozim Hikmatning “Inson manzaralari” (R.Parfi) kabi asarlaming o‘zbek tilida chiqishi she’riy tarjimaga yangicha yondoshuvlar paydo bo‘lgani, Navoiy an’analari o‘z ijodiy davomini topganini ko‘rsatdi.
Shekspir uch asr o‘tsa-da yozuvchi sifatida haligacha tirik. U Angliyaning Stratford Ayvon shahrida tug‘ilgan. Tarjimonlarning har bir avlodi Shekspirni yangitdan kashf etadi. Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Maqsud Shayxzoda kabi yirik o‘zbek adiblari Shekspir asarlarini shoirona yangratib, o‘zbek xalqiga tuhfa etdilar. Garchi Shekspirni ular vositali til orqali qayta yaratgan bo’lsalar-da, asarlaming buyuk dramatik ta’sirchanlagini saqlab qololdilar. 0‘zbekistonda Mustaqiilikdan oldin tarixiy sharoit taqozosi bilan G'arbiy Yevropa adabiyotlari o‘zbek tiliga aksaran rus tili orqali tarjima qilindi. Mustaqillik yillarida adabiy, tarixiy va publitsistik asarlarni asl tillar va xususan, ingliz tilidan o'zbek tiliga to‘g‘ridan- to‘g’ri tarjima qilish harakati kuchayib boryapti. Chunonchi shoir Jamol Kamol Shekspir asarlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga to‘g'ridan-to‘g‘ri o‘girishga muvaffaq bo‘ldi.
Amir Fayzullo XXI-asr tarjimachiligida alohida o‘rin tutadi. U bevosita erdu va hind tilidan o‘zbek tiliga bir necha yirik hind asarlari, filmlarini o‘girdi. Prem Chandning “Yordam” (1974), “Jang maydoni” romanlarini, “Maxabxarata”, “Ramayana”, “Sangam”, “Bazigar”, “Mirzo G‘olib” singari e’tiborli kino asarlami mohirona tarjima qildi.
TDShUning " Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika " kafedrasi da talabalarni ilmiy tadqiqotlarga keng jalb qilish Davlatimiz tomoni dan bu sohada olib borilayotgan oqilona siyosatga javob sifatida baho lanmog'i kerak . Shu maqsadda , xususan , jonajon Oʻzbekistonimiz Mus taqilligining 29 yilligi hamda 2020 - " Ilm - ma'rifat va raqamli iqti sodiyotni rivojlantirish " yiliga bag'ishlab tayyorlangan tayyorlangan toʻplamimizdan kafedraning " Qiyosiy tilshunoslik , lingvistik tarjima shunoslik mutaxassisligi va shu o'quv yili ochilgan " Sinxron tarjima " mutaxassisligi magistrantlari hamda " Tarjima nazariyasi va amaliyoti " ta'lim yo'nalishida tahsil olib , tarjima tarixi , nazariyasi , amaliyoti va tanqidi masalalari bilan shug'ullanishga kirishgan iqtidorli talabalarning yaqinda bo'lib o'tgan an'anaviy ilmiy anjumani materiallari o'rin olgan . Bu yil ushbu to'plamning V soni nashr etilish arafasida turibdi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri " Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish , ular o'r tasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan " 4 - tashabbus yozuvchi va shoirlar , tarjimonlar va tarjimashunos olimlar zimmasiga jahon adabiyotining eng sara namu nalarini o'zbek tiliga hamda o'zbek adabiyoti durdonalarini xorijiy til larga tarjima qilish , tarjimalarning badiiy saviyasi va mazmuniga jiddiy e'tibor qaratish singari mas'uliyatli vazifalar esa bu borada olib borila yotgan ishlarning davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligini ko'rsat moqda . Shuni ham ta'kidlash joizki , O'tgan yili " Tarjimashhunoslik " ka fedrasida yangi " Sinxron tarjima " magistratura mutaxassisligi ochildi va ushbu mutaxassislikda talabalar 6 ta sharq tili asosida tarjimaning TT mutaxassislariga boʻlgan talab oshgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomoni dan imzolangan " Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizi mini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora tadbirlari to'g'risida ” gi PQ - 4680 - sonli tarixiy Qaror imzolangan 2020 yilning 16 aprel sanasidan bir kun oldin ( bu voqeani ramziy ma' noda qabul qilish joiz ) , ya'ni 2020 yil 15 aprel kuni Rejada belgilangan anjumanlar doirasida " Tarjimashunoslik " kafedrasi miqyosida " Qiyo siy tilshunoslik , lingvistik tarjimashunoslik " va " Sinxron tarjima " mutaxassisliklari magistrantlari va " Tarjima nazariyasi va amaliyoti " yo'nalishi talabalari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Musta qilligining 29 yilligiga bag'ishlab Onlayn tarzda o'tkazilgan yillik an'a naviy ilmiy - amaliy konferensiyasi - " Yosh tarjimashunoslar " anju manining maqsadi tarjimashunoslikning lingvomadaniy aspektlari , za monaviy nasr va she'r tarjimasi muammolari , muallif uslubini qayta ya ratish , sinxron tarjima sohasini rivojlantirish , o'zbek adabiyoti namu nalarini sharq xalqlari tillariga tarjima qilish , shuningdek , sharq tilla 6 ridan o'zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish bilan bog'liq dol zarb muammolar hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida tala balarnning fikr almashuvini ta'minlashdan iborat bo'ldi .
Xususan , yosh , bo'lajak tarjimon va tarjimashunoslarimiz dan 1 - kurs magistrantlari P.Ko'chimova ( " Hindiy tilida " bachcha " so'zi yoxud " vachcha " qo'shimchasining etimologiyasi xususida " ) . D.Rahmonova ( " Tarjimada adaptatsiya masalasi " ) , A.Qudratov ( " Sin xron tarjima strategiyalari xususiida " ) , B.Allamurodov ( " Turkiyada sinxron tarjima maktabining tashkil etilishi va ilk sinxron tarjimonlar haqida " ) , bakalavriat yo'nalishi 4 - kurs talabasi L.Oripova ( " Lingvokul turema , realiya va lakunalarning o'zaro farqli jihatlari " ) , 3 - kurs talabasi F.Rajabov ( Said Ahmad hikoyalari turk tilida ( " Mehribon " va " Qora ko'z Majnun " hikoyalari misolida ) , shuningdek , yosh mutaxassis muallimlarimiz , ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan mustaqil izlanuvchi va tayanch doktorantlarimizning yuqori saviyada yozilgan maqolalarini alohida ta'kidlash kerak bo'ladi . PhD Xayrulla Hamidov.YOSH TARJIMASHUNOS ( " Qiyosiy tilshunoslik , lingvistik tarjimashunoslik " va " Sinxron tarjima " mutaxassisliklari magistrantlari hamda " Tarjima nazariyasi va amaliyoti " yoʻnalishi talabalarining yillik an'anaviy ilmiy - amaliy anjumani materiallari ) V Toshkent 2020 144 b.
2000, "B", matn B1.1)Ichkilik tilidagi tarjimasi - tarjima yoki parafrazni o'z ichiga oladigan bir xil tilda tarjima ;interlingual tarjimasi - bir tildan ikkinchi tilga tarjima vaintersemiotik tarjima - og'zaki belgining og'zaki bo'lmagan belgisi, masalan, musiqa yoki tasvir tarjimasi.Faqatgina ikkinchi toifadagi interlingual tarjima, Jakobson tomonidan "tarjima qilish to'g'ri" deb hisoblanadi. "
(Bosit Xatim va Jeremy Munday, Tarjima: Mukammal resurslar kitobi, Routledge, 2005)" Tarjima ayolga o'xshaydi, agar u chiroyli bo'lsa, u ishonchli emas, agar sodiq bo'lsa, u chiroyli emas".
(Evgeniy Yevtushenkoga, boshqalar qatorida).
(Matn yoki matn uchun so'zma-so'z urinishlar qiziqarli tarjima qilinmasligi mumkin ).

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Toggle navigation

Sinxron tarjimonlarning yangi avlodi barchani lol qoldirmoqda

Chop etilgan sana: 

26 Iyun 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 23-dekabrdagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrifi chog‘ida mazkur ta’lim muassasi zimmasiga yetuk malakaga ega sinxron tarjimonlar tayyorlash vazifasi ham yuklatilgan edi. Ma’lumki, shu kunga qadar xalqaro miqyosdagi anjumanlarda ingliz tilidan sinxron va ketma-ket tarjima jarayonlari rus tili orqali amalga oshirilgan. Bu birinchidan, rus va ingliz tillarining grammatik jihatdan yaqinligi tarjima jarayonida qulayliklar yaratishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘zbek va ingliz tillarini mukammal biluvchi iqtidorli sinxron tarjimonlar yo‘qligi asorati edi. Ammo yurtboshimizning muhim topshiriqlari samarasi o‘laroq bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Sinxron tarjima” laboratoriyasi tashkil etildi va bu laboratoriyada iqtidorli sinxron tarjimonlarning yangi avlodi tayyorlanmoqda. Bu laboratoriyada sinxron tarjima jarayonini imitatsiya qilish imkoni yaratilgan, malakali mutaxassislar layoqatli yoshlarni eng zamonaviy dasturlar asosida o‘qitmoqdalar. Respublika miqyosidagi bir nechta nufuzli anjumanlarda sinxron tarjimani amalga oshirgan talabalar endilikda o‘z bilimlarini xalqaro nufusda ham sinab ko‘rmoqdalar. Jumladan, 23-28-aprel kunlari yurtimizda o‘tkazilgan velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida 8 nafar iqtidorli yosh sinxronistlar ko‘ngilli tarjimonlar sifatida qatnashishdi. O‘z salohiyatlari, puxta qomusiy bilimga ega ekanliklari bilan ko‘plab xorijlik mehmonlar e’tirofiga sazovor bo‘lib qaytgan talabalarimiz kuni kecha Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston professional futbol ligasi jamoalari uchun o‘tkazilgan anjumanda ham yana bir bor barchani lol qoldirdi.

Sinxron tarjimon talabalar turli xalqaro tadbir va marosimlarda bevosita o‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga erkin tarjima qila olishlarini isbotlashdi. Albatta, ular yana ko‘p tajriba to‘plashlari va bilimlarini oshirishlari zarur. Bu esa tinimsiz izlanish va amaliyotni talab etadi. Ishonamizki,yaqin kelajakda mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalqaro minbarlarda bemalol o‘zbek tilida gapirish imkoni paydo bo‘ladi, chunki sinxron tarjimonlarning yangi avlodi katta kuch va g‘ayrat bilan jamiyat rivojiga hissa qo‘shishga shay.



Manbaa info.@navoiy-uni.uz
Fransuz shoiri va tarjimoni Et`yena Hole (1509-1546) tarjimon quyidagi besh talab yoki tamoillariga amal qilish kerak degan:
Tarjima matni mazmunini, muallif maqsad-muddaosini mukammal bilishi kerak;
Asliyat matni va tarjima matni tillarini mukammal darajada bilishi kerak;
So`zma-so`z tarjimadan qochish;
Tarjimada nutqning ko`p qo`llaniladigan formalarini qo`llash;
Tarjimada so`zlarni to`g`ri tanlash, asliyat matni mazmuniga mos matn yaratish.
Ingliz olimi A. Taytler o`zining “Tarjima tamoillari” (1790y.) nomli kitobida quyidagi talablarni qo`yadi:
Tarjima asliyatdagi g`oyani to`la berishi lozim;
Tarjima bayon uslubi va yo`li asliyatga mos bo`lishi kerak;
Tarjima asliyat kabi oson o`qilishi kerak.
Ingliz tadqiqotchisi T. Savori quyidagi bir-biriga qarshi va zid 12ta tamoillarni ro`yxatini beradi:
Tarjima asliyatdagi so`zlarni berishi kerak;
Tarjima asliyatdagi fikr, g`oyalarni berishi kerak;
Tarjima asliyatdek o`qilishi kerak;
Tarjima tarjimadek o`qilishi kerak;
Tarjima asliyat uslubini aks ettirishi kerak;
Tarjima tarjimon uslubini aks ettirishi kerak;
Tarjima asliyat zamonidagi asar sifatida o`qilishi kerak;
Tarjima tarjimon zamonidagi asar sifatida o`qilishi kerak;
Tarjimada qo`shish va tushurib qoldirishlarga qo`yilishi mumkin;
Tarjimada qo`shish va tushurib qoldirishlarga qo`yilmasligi kerak;
She`rlar tarjimasi prozada amalga oshirilishi kerak;
She`rlar tarjimasi she`r shaklida amalga oshirilishi kerak.
Download 17,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish