11. O‘lkamizda arxeologik yordgorliklarning o‘rganilishi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillidan so‘ng xorijiy mutaxasislarning qadimgi tariximizga bo‘lgan ilmiy qiziqishi kuchayib, ularning o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda vatanimizning turli hududlarida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Avstraliya, AqSh, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya davlatlari o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasalari O‘z R FA arxeologiya instituti, FA qoraqalpog‘iston bo‘limmi tarix instituti va O‘zMU arxeologiya kafedrasi bilan hamkorlikda Surxandaryo, qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va qoraqalpog‘iston AR hududlarida arxeologik qazish ishlari olib borilyapti.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, universitetimiz tarix fakulteti ilmiy jamoasi va talbalari qashqadaryoda arxeologik ilmiy izlanishlar olib borishi natijasida vohaning muste davrdan o‘rta asrlargacha bo‘lgan tarixi va madaniyati masalalari o‘rganildi. Umuman, salkam bir asrlik arxeologik tadqiqot ishlarining natijalari tadqiqotchi olimlarning ilmiy maqolalari, risolalari, monografiyalari, darsliklar va o‘quv qo‘llammalarida o‘z aksini topgan.
12. Tosh vat emir davri arxeologiyasi va o’ziga xos xususiyatlari.
Ibtidoif jamoa tuzumining dastlabki bosqichi paleolit (qadimgi tosh davri – «palayos» - qadimgi, «litos» - tosh ) davri bo‘lib, arxeologik nuqtai nazardan u ikki davrga ya’ni ilk va so‘ngi paleolit davrlariga bo‘linadi. Ilk paleolit o‘z navbatida olduvay, ashel va muste bosqichlaridan iborat bo‘lib, davriy sanasi mil. avv. 3/2,5 million – 12 ming yilliklar bilan chegaralanadi. Eng qadimgi tolpilmalar Sharqiy Afrikaning Olduvay darasidan topilgan bo‘lib, u Olduvay madaniyati deb yuritiladi. O‘rta Osiyo hududida ilk paleolit davriga oid moddiy manbalarning ilk namunalari Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq makonlaridan topib o‘rganilgan. Selung‘ur makoni vatanimiz hududida ilk odamlarning tarqalishi va ular tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat namunalarini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu makondagi moddiy topilmalar ashel davrining yuqori bosqichi bilan belgilanib kelingan. Lekin, so‘ngi yillardagi ilmiy tekshirishlarga ko‘ra uning davri qadimiylashtirildi. Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq makoni moddiy manbalri o‘lkamiz ibtidoiy tarixini anglashda muhim manba bo‘lib, uning quyi qatlami esa so‘ngi paleolit davriga oid.
Temir davri O‘rta Osiyo tarixida chuqur tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Bu davrga kelib o‘troq dehqonchilik hududlari kengayib, strukturasi ko‘ra murakkablashadi. qadimgi shaharlar va davlat birlashmlari paydo bo‘ladi. Janubiy mintaqalarda so‘nggi bronza davri protoshahar madaniyati inqirozga uchrab uning o‘rnida o‘ziga xos madaniyat qaror topadi. Bu davr madaniyati, xususan, yodgorliklari strukturasiga ko‘ra ixcham va murakkabligi bilan ajralib, ular vatanimiz hududida qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishida aossiy tugun bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbekiston hududida qadimgi shahar turidagi manzilgohlardan manzilgohlardan qiziltepa (Surxandaryo), Uzunqir va Yerqo‘rg‘on (qashqadaryo), Afrosiyob va Ko‘ktepa (Samarqand) ma’lum. Ular keng maydondan iborat qadimgi manzilgoh bo‘lib mahalliy va markaziy ma’muriyat apparatiga tegishli mahobatli imoratlardan ark, aholi uy-joylari va ixtisoslashgan hunarmandchilik inshootlari joylashgan qismlardan iborat bo‘lib, umumiy mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lgan. Bu kabi qadimgi shaharlar yirik davlat uyushmalari va ayrim ma’muriy bo‘limmalarning markazi vazifasini o‘tagan. Farg‘ona vodiysida shaharsozlik janubiy mintaqalardan o‘ziga xos tomonlari bilan jaralib turadi. Bu mintaqada Dalvarzin va Chust kabi qadimgi shahar xarobalari saqlanganki, ular shahar qurilishi strukturasiga ko‘ra janubiy mintaqalarning shaharlaridan farq qiladi. Miloddan avvalgi I mingyillikning o‘rtalariga kelib, shaharsozlik an’analari mavjud bo‘lgan hududlarda urbanizatsiya jarayonining chuqurlashuvi, qolgan hududlarda esa shakllanishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |