Arxiv manbalari Arxiv – lotincha “arxivus” – hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo‘llanish ma’nosi butnlay boshqacha. Arxiv – bu idoralar, korxonalar, va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa hisoblanadi. Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklarini, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyati haqida ma’lumotlar va hujjatlari saqlanadi. O‘lka tarixini o‘rganishda bu hujjatlarining ahamiyati kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish murakkab ish.
4. Yozma manbalarda yurtimiz tarixiy geografik o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlar
Ma’lumki, tarix xalqimizning shajarasi, naslu nasabimizning muqaddas ildizidir. Bu buyuk shajarani haqqoniy va xolisona o’rganmay turib, milliy o’zlikni anglab bo’lmaydi. Milliy taraqqiyot haqida so’z borar ekan, o’zbek davlatchiligi tarixini eng qadimgi (antik) davrlardan boshlab o’rganish, o’zbek xalqining etnik tarkibi va shakllanishi hamda nomlanishi jarayonini mukammal tarixiy jihatdan yoritish olimlarimiz oldidagi hozirgi asosiy vazifalardan biri sanaladi1.Ushbu muhim masalani yoritishda, aniqrog’i, o’zbeklar tarixini belgilashda unga dunyoviy jarayonlar bilan bir butunlikda qarash lozim bo’ladi, boshqacha qilib aytganda, ham mahalliy, ham xorijiy yozma manbalar ma’lumotlariga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, xususan, qadimgi grek-yunon, hind, xitoy, arab, fors, umumturkiy va boshqa xalqlarning tarixiy yozma manbalari alohida o’rin egallaydi. Zero, jamiyatning qadimiy tarixi umumiylik xarakterga ega, shu bois ularda ajdodlarimiz ildizlari haqida ham muhim ma’lumotlar uchraydi.
Tarixiy manbalar guvoh berishicha, Markaziy Osiyo xalqlari avlodlarining o’tmishi, dastlabki ildizi miloddan avvalgi urug’ va qabilalarga borib bog’lanadi. Bu davrda urug’ va qabilalar etnik jihatdan har xil bo’lsa-da, ular aralash holda, bir birlashmada yashashgan. Shu bois eng qadimgi (mil. avvalgi) davrlardagi urug’ va qabilalar faqat turkiy yoki eronzabon xalqlarning avlodlarigagina xos bo’lmay, balki ular o’tmish davrlarda Markaziy Osiyoda yashagan ba’zi bir yevropa xalqlarining ham ajdodlari hisoblanadilar. Xuddi ana shu xususda ba’zi olimlar noto’g’ri qarashlari bilan bu masalani o’rganishda ziddiyatlar keltirib chiqarishmoqda. Olimlarning asosiy guruhi qadimgi Turkiston o’lkasida (hozirgi O’zbekiston hududida ham) turkiy elatlar, jumladan, o’zbek xalqi azal-azaldan tub aholi sifatida yashab kelganini ta’kidlashsa-da, ba’zan bu fikrga qarshi chiqib, mazkur hududda yashagan qadimgi elatlar eroniy qabilalar bo’lgan, boshqa xalqlar, xususan, turkiylar “kelgindi xalq”, ular milodiy davrning boshlarida, aniqrog’i, VI asrda O’rta Osiyoga kirib kelganlar”, degan fikrni isbotlashga urinadiganlar ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |