Tarixiy o‘lkashunoslik” fanidan o‘quv – uslubiy majmua


Surxondaryoda muzey ishlarining tashkil etilishi



Download 2,01 Mb.
bet25/45
Sana09.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#647310
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
УЛКАШУНОСЛИК УМК

Surxondaryoda muzey ishlarining tashkil etilishi
Ma’lumki, Termiz tarixi azal-azaldan tarixchi va sayyohlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. SHu tufayli Termiz tarixiga doir topilmalardan iborat kolleksiyalarni yaratish ustida ko‘pgina tarixchilar harakat qilishgan.
Dastlabki kolleksiyalar 1875-1879 yillarda Amudaryo buyidagi tarixiy yodgor liklardan N.A.Maev tomonidan to‘plangan. SHuningdek, 1834-1837 yillarda Eski Termiz hududidagi fransuz sayyohi G.Bonvalo, 1890-1891 yillarda E.F.Kal, 1894-1896 yil­larda I. T. Poslovskiy, 1896 yilda N. N .SHerbina- Kramerenkova, A.B.Vrevskiy, 1894-1898 yillarda B.N.Litvinov, 1888-1912 yil­larda A.A.Semyonov, 1894-1912 yillarda B.N.Kastalskiy kabilar tomonidan to‘plangan kolleksiyalarni ham keltirish mumkin.
SHuningdek, Eski Termizdan topilgan ko‘pgina nodir ashyolar Rossiya shaharlariga olib ketilgan. Masalan, Termizdagi Stroga­nov nomidagi harbiy bilim yurti qoshida tashkil etilgan muzeyning Eski Termiz tarixiga doir buyumlari 1904 yilda Moskva SHarq madaniyati muzeyiga berib yuborilgan. Bu buyumlar orasida qadimgi grek-baqtriya va kushon madaniyatiga doir qimmatli ashyolar bo‘lgan. SHuningdek, Eski Termiz hududidan topilgan ko‘pgina nodir ashyolar 1908-1914 yillarda 3.3.Vinogradov, D.N.Logofet va I.A.Kastanov tomonidan Toshkentdagi rus muzeylariga topshirilgan. SHuningdek, 1905-1915 yillarda maxviy ekspeditsiya a’zolari suratchilar N.I.Tenyaminov, 1887-1905 yillarda esa N.I.Maksimov tomoni­dan chor Rossiyasi boskinchilik siyosatiga doir rasmlar, o‘sha paytdagi tarixiy obidalarning ko‘rinishi hakida hikoya qiluvchi foto- albomlar chor hukumatiga taqdim etilgan. 1914 yilda Termizdan juda katta miqdorda antik davr tarixiga doir kumush va mis tangalarni ingliz sayyohi Delari tomonidan olib ketilanligi tarixiy manbalardan ma’lum.
Mazkur 2008 yil 3 oktyabrdagi «Muzeylar faoliyatiga taallukli me’yoriy xujjatlar to‘g‘risida»gi 231-sonli qarori muzeylarda asrlar davomida to‘plangan osori-atiqalarni asrab-avaylash hamda muzeylarni moddiy-ma’naviy jixatdan davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirishda nixoyatda muhim rol o‘ynadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 27 deqabrdagi Termiz shahrining 2500 yilligiii nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tqazish to‘g‘risidagi 545-soili qarori asosida Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi arxeologiya bo‘limi bazasida Ter­miz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan 2002 yil 2 aprelda Markaziy Osiyoda yagona Termiz Arxeologiya muzeyi tashkil etildi.
Hozirgi kunda deyarli butun jahonda o‘zining noyob eksponatlari bilan mashxur bo‘lishga ulgurgan Markaziy Osiyoda yagona Termiz Arxeologiya muzeyi tashkil etilishida Surxondaryo vi­loyati o‘lkashunoslik muzeyining ham o‘rni muhim. Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi respublikamizdagi eng keksa va mo‘‘tabar dargoxlardan biri bo‘lib, u 1933 yil 13 sentyabrda tash­kil etilgan. Muzey o‘zining faoliyati davomida katta tarixiy va shonli yo‘lni bosib o‘tdi. Muzeyni tashkil etishga uning birinchi direktori G.V.Parfyonov katta hissa qushdi. Qiska vaqt ichida fidoyi o‘lkashunoslarning mehnati tufayli Surxondaryo viloya­ti o‘lkashunoslik muzeyi o‘z o‘rnini topa bildi va o‘lka tarixini o‘rganishda olamshumul yutuqlarga erishdi.
Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi tashkil etilganiga qariyib bir asr to‘ladi. Biz ushbu muzey faoliyatiga oid tarixiy manbalarni muzey ishlarini tashkil etishda shijoat ko‘rsatgan Surxondaryolik olim Ismoil Temirovich Botirovning monografiyasida keltirilgan ma’lumotlar asosida yoritib berishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Surxondaryo viloyatidan topilgan hamda boshqa joylarga berib yuborilgan tarixiy buyumlarning ro‘yxati tuzib chiqilgan. Ushbu ro‘yxatdan namuna keltiramiz.

  1. Nefrit toshlardan iborat geologiya kolleksiyasi I .V. Mushketov tomonidan Leningrad geologiya muzeyiga topshirilgan.

  2. E.F.Kalning Eski Termiz tarixi bilan bog‘liq noyob kollek­siyasi (1890-1891 y.y.) Leningrad Davlat ermitajiga topshirilgan.

  3. B.N.Kastalskiyning viloyatimiz tarixi bilan bog‘liq boy kolleksiyasi Moskva SHarq madaniyati muzeyiga va Leningraddagi Davlat ermitajiga berib yuborilgan.

  4. 1906 yilda R.YU.Rojevitsning janubiy va o‘rta Buxoroga qilgan safari chog‘ida to‘plangan noyob buyumlardan iborat kollek­siya rus imperatori huzuridagi Arxeologik komissiyaga topshiril­gan.

  5. N.D.Logofet tomonidan to‘plangan boy kolleksiya namunalari Moskvaga olib ketilgan va 1921 yilda uning o‘limidan so‘ng yo‘qotilib yuborilgan.

  6. L.I.Kastalskiy tomonidan to‘plangan kolleksiya Parijga olib ketilgan.

Termizda muzey tashkil etishning asosiy sabablaridan biri Rus imperiyasi tomonidan Termiz ishg‘ol etilgach, Amudaryo bo‘ylab Pattakesarda joylashgan chegara harbiy brigadasi qo‘shinlari tomonidan sim to‘siqlar Qarshi shahridan Termizgacha tortib chiqiladi. Ana shu jarayonda chegara hududlaridan ko‘plab noyob tarixiy buyumlar topi­lib, Termizdagi chegara brigadasiga qarashli zobitlar uyi binosining ikkita xonasida mineralogiya, botanika, arxeologiya, numizma­tika va etnografiyaga doir buyumlar to‘plana boshlaydi. Keyinchalik ushbu binoda to‘plangan ashyolar asosida yopik muzey, 1917 yilga qadar faoliyat ko‘rsatadi. U 1917 yilda esa ushbu muzeydagi ashyolarning aksariyat qismi markazga olib ketilgan edi. Bu voqea Termizda sho‘rolar xukumati o‘rnatilishi voqealari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Eski Termiz hududida 1926-1928 yillarda Denike boshchiligida Moskva SHarq madaniyati muzeyi xodimlari IX-XII asrlarga mansub Termiz shoxlar saroylari Harobalarida arxeologik tadkiqot ishlarini o‘tkazdilar.
O‘sha paytlarda Termiz shahridagi meteorologiya stansiyasining boshlig‘i B.K.Lelong bo‘lgan. Uning taklifiga ko‘ra 1928 yil 26 iyunda Termiz o‘lkashunoslik to‘garagini tuzish haqida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va shaharda muzey tashkil etish g‘oyasi ilgari suriladi. Ushbu g‘oyani Termiz shahri raykom sekretari A.A.Andreev qo‘llab-quvvatlaydi. O‘lkashunoslar to‘garagining raxbari etib B.Lelong saylanadi. Ko‘p o‘tmasdan o‘lkashunoslar to‘garagi a’zolari dastur ishlab chiqadilar va ushbu dasturga ko‘ra:
1. Qirqqiz qa’asi tarxini tuzish;
2. Surxondaryo hududida joylashgan tarixiy obidalarni o‘rganish;
3. Tashkil etiladigan muzey uchun bino izlash vazifalari belgilanadi.
Ammo B. K. Lelongning bevaqt o‘limi natijasida ushbu rejalar amalga oshmay qoladi. Termizda muzey tashkil etish uchun qilingan barcha harakatlar samarasiz tugaydi. Fakat 1932 yilda SHerobod tumani markazida G.V.Parfyonovning sa’y-harakatlari tufayli tumanlararo ko‘rgazma ochiladi. Ushbu ko‘rgazma asosida 1932 yil 7 noyabrda SHerobod tumani o‘lkashunoslik muzeyi tashkil etilib, muzey 1933 yilning 7 sentyabriga qadar o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Demak, Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilish sanasi 1933 yil 17 sentyabrdan boshlanadi. Muzey bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolarni xal etish maqsadida shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i , Moliya bo‘limi boshlig‘i Amirxonov, Rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i , Er-suv xujaligi boshlig‘i SHaripov va G.V.Parfyonovlardan iborat gurux tuzilib, 1933 yil 1 oktyabrga qadar barcha masalalarni hal etish guruh a’zolariga topshiriladi.
Komissiya muzeyda qishloq xujaligi bo‘limi tashkil etish va viloyatdagi barcha tumanlarda ishlab chikarilayotgan maxsulotlarning namunalaridan muzeyga keltirish to‘g‘risida karor qabul kiladi.
Termiz shahridagi ko‘plab tashkilotlar shaharda muzey tashkil etilganligini qo‘llab-quvvatlab (meteo -stansiya, ipakchilik idorasi, mashina-traktor stansiyasi, madaniy okartuv uyi va boshqa korxonalar), mahsulotlari va eksponatlaridan namunalar beradilar. Tumanlararo ko‘rgazmani ochishda fidoyi muzeyshunos S.A.YAstribova katta hissa qo‘shgan.
1933 yil deqabr oyining oxiri va 1934 yil yanvar oyi boshida ko‘rgazma mudiri G.V.Parfyonov Toshkentda xizmat safarida bo‘lib, 1934 yil 1 yanvardan boshlab Termiz shahrida muzey tashkil etish bilan bog‘liq xujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini poyoniga etkazadi va Toshkentdan bir qancha noyob eksponatlar ham olib qaytadi. 1934 yil 1 yanvardan boshlab Surxondaryo tumanlararo ko‘rgazma rasmiy ravishda Surxondaryo tumanlararo dav­lat muzeyi deb atala boshlandi. Termiz shahar kengashining 1934 yil 2 yanvardagi buyrug‘iga asosan Gavril Vasilevich Parfyonov muzey direktori etib tayinlandi.
Ana shunday qiyinchiliklarga qaramay bor-yo‘g‘i 4 kishidan ibo­rat muzey xodimlari 1934 yil 1 maydan muzey eshiklarini tomoshabinlarga ochib berdi.
1. Gavril Vasilevich Parfyonov - muzey direktori
2. Daydar SHixaliev - muzey qorovuli
3. Georgiy Nikolaevich Maksimov - ilmiy texnik xodim
4. Evdokiya Padchalenova - qorovul
Muzey xodimlari va maktab o‘kuvchilariiing faol ishtirokida 1934 yil may oyining oxirida muzey xovlisida noyob hayvon turlaridan iborat tirik burchak tashkil etildi. 1934 yilning 7 iyuniga kelib muzeyning tirik burchagida 41 ta hayvon turlari saqlanar edi.
Muzeyning eksponatlar bilan tobora to‘lib borishi, yangi bino ko‘rish muammosini keltirib chiqardi. SHu sababli O‘zbekistan Xalq komissarligining 1934 yil 8 maydagi 376-sonli qarorida Termizda muzey binosini qurib berish ko‘zda tutilmaganligini e’tiborga olib, Termiz shahar ijrokumi muzeyga yangi bino ko‘rishni 1935 yil rejasiga kiritish masalasini qo‘yadi. SHahar ijrokumining qaroriga ko‘ra shahardagi mavjud barcha ishlab chikaruvchi korxonalar o‘z maxsulotlaridan namunalarni muzeyga topshirishlari shart edi. SHuningdek, muzey xodimlarining ish haqlari Xalq ta’limi xodimlarining ish haqlari bilan tenglashtiriladi.
Agar 1933 yilda muzey fondida atigi 111 ta eksponat bo‘lgan bo‘lsa, 1936 yilga kelib ularning soni 366 taga, 1971 yilda 48798 ta, 1983 yilda 64 mingta, 1993 yilda esa 72 mingtaga ko‘paydi.
Muzeyga tashrif buyuruvchi tomoshabinlar soni yildan-yilga oshib bordi. Masalan, 1933 yilda muzeyga 6834 kishi tashrif buyurgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1950 yilda 23000 kishini, 1992 yilda esa 80132 kishini tashkil qildi.
Tomoshabinlar uchun 1933 yilda 84 marta ekskursiyalar uyushtirilgan bo‘lsa, 1950 yilda 316 marta, 1970 yilda 542 marta, 1992 yilda esa 1510 martaga etdi.
1993 yil 1 mayda Termiz shahrida ro‘y bergan tabiiy ofat - kuchli zilzila tufayli o‘lkashunoslik muzeyi binosi qattik shikastlandi. CHunki muzey binosi 1900 yilda poydevorsiz, xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, u dastlab savdo do‘konlari uchun mo‘ljallangan edi. Ushbu binoni 1910 yilda savdogar Davidov sotib oladi va xom g‘ishtdan terilgan binoning old qismini pishiq g‘ishtdan qayta terdirib ta’mirlaydi va sav­do do‘konlari ba’zi xonalaridan otxonalar sifatida ham foydalanib yuradi. 1933 yildan boshlab bino viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga beriladi.
1993 yilda Surxondaryo viloyati xokimligi tomonidan zilzila okibatlarini tugatish yuzasidan tuzilgan favqulodda xolatlar davlat komissiyasining 1994 yil 17 mayda qabul qilgan 6-sonli qaroriga asosan muzey binosidan va ko‘rgazma zallaridan foydalanish xavfli, deb topildi va muzey tomoshabinlar uchun yopib quyildi. SHu tariqa, 1994 yildan boshlab muzeyning ma’muriy-xo‘jalik, kutubxona va ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallangan xonalardagina ish faoliyati amalga oshirib kelindi. Muzey binosi kuchli zilziladan zarar ko‘rganligi tufayli tomo­sha zallari tomoshabinlar uchun vaqtincha yopib quyilgan bo‘lsa-da, muzey ilmiy xodimlari o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborlarini ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etishga qaratdi.
1998 yil­ning 5 martidan viloyat o‘lkashunoslik muzeyining direktori etib tayinlangan I.Botirovning zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklatildi. Muzey fondida to‘plangan 72 mingga yaqin eksponatni avaylab saqlash bilan bir qatorda yangi muzey binosini barpo etish yuzasidan tashkiliy ishlar amalga oshirildi.
1998 yilning aprel oyida yaponiyalik arxeolog, Soka univer­siteti professori K.Kato bilan muzey ilmiy xodimlari o‘rtasida uchrashuv uyushtirildi.
Muzey ilmiy xodimlari 1999 yil Eski Termiz va Muzrabot tu­manidagi Sopollitepa arxeologik yodgorliklari bo‘yicha o‘tkazilgan ekspeditsiyalarining ma’lumotlarini to‘plab, muzeyning ilmiy arxiviga topshirdilar. SHuningdek, muzey ilmiy xodimlari 1999 yil 15 aprel 5 may kunlarida akademik E.V.Rtveladze boshchiligidagi Tohariston kompleks arxeologik ekspeditsiyasi ishida qatnashib, Muzrabot tumani Kampirtepa arxeologik yodgorligida ish olib bordilar.
Muzeyning fond bo‘limlari faoliyatida ham birmuncha ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. 1999 yilning oxiriga kelib muzeyning fond bo‘limlaridagi jami eksponatlar soni 71222 taga etdi. SHun­dan 61967 ta asosiy fondda, 8543 ta ilmiy yordamchi fondda, 712 ta vaqtincha saqlash fondida.
Viloyat o‘lkashunoslik muzeyining ilmiy saloxiyati va uning fondlarida saqlanayotgan eksponatlarning noyobligi va xilma-xilligi e’tiborga olinib, muzey 2000 yil fevral oyida O‘zbekiston Milliy muzeylar kengashi orqali Xalqaro muzeylar kengashiga (IKOM) a’zo bo‘ldi. Muzeyning bu kengashga a’zoligi tarixiy voqea bo‘ldi. CHunki endilikda muzey Xalqaro mikyosda jahondagi etakchi muzeylar, ilmiy tadqiqot markazlari va ilmiy muassasalar bilan Xalqaro aloqalar o‘rnatish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ldi. SHu sababli muzey fondlarida saqlanayotgan nodir eksponatlarni ilmiy jixatdan chuqur tadqiq etish va ularning ilmiy tavsifnomalarini kayta ko‘rib, ilmiy ishlov berishga e’tibor qaratildi.
Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi fondlarida saqlanayotgan nodir osori-atiqalar ommaviy matbuot va axborot vositalarida keng targ‘ib etilishi tufayli muzeyning mutaxassis-olimlar bilan o‘zaro ilmiy hamkorligi tobora kuchayib bordi. Jumladan, 2000 yilning mart oyida YAponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi kotibi janob EsiHaro muzeyga tashrif buyurib, o‘zaro ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. O‘sha yilning may oyida yaponiyalik olima Sadaka Kuidzo «O‘zbek ayollarining milliy liboslari» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan muzey fondlarida bo‘lib, unga muzeyning ilmiy xodimlari amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Harbiy kal’adagi muzeyi fondlarida saqlanayotgap 71 mingdan ortiq eksponat 2000 yilning sentyabr oyidan 2001 yilning martiga qadar ajratilgan texnika vositasida ko‘chirildi. Fondlarda saqlanib kelingan qimmatbaho eksponatlar (o‘rta asr­larga oid 10 dona arab tilla tangalari, I-II asrga tegishli tilla tasma baldog‘i (plaketka), kumush uzuklar, sirg‘alar, turli xil qurollar) ning Har biri aloxida ro‘yhat qilinib, viloyat milliy bankining maxsus xonalariga joylashtirildi. Hozirgi kunga qadar ushbu qimmatbaho ashyolar milliy bankda saqlanib kelinmoqda.
SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Surxondar viloyatida ham muzeyshunoslik ishlari qariyib bir asrlik tarixga ega hisoblanadi. 1933 yil Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyiga asos solingan edi. Ushbu muzeyning birinchi rahbari A.Parfyonov hisoblanib, muzey dastlab 7 bo‘limdan iborat holda faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda ushbu muzeyning eksponotlari soni 80 mingdan ortiqni tashkil etadi. SHuningdek, Termiz shahrining 2500 yillik yubeleyi munosabati bilan 2002 yil aprel oyida Termiz arxeologiya muzeyi tashkil etilgan edi. Muzeyni tashkil etish ishlarida uning birinchi rahbari tarixchi olim I.Botirovning ilmiy xizmatlari beqiyos darajada katta hisoblanadi. Termiz arxeologiya muzeyi O‘rta Osiyoda yagona muzey hisoblanib, 9 ta ko‘rgazma zallari va ochiq galeriya qismlaridan iborat. Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan O‘rta Osiyoda yagona Termiz Arxeologiya muzeyining jahon standarti talablari asosida bunyod etilgan bo‘lib, voha ahliga va barcha tadqiqotchi olimlarning muhim tadqiqot markaziga aylanib bormoqda.
Muzeylar ijtimoiy xayotimizning ajralmas bo‘lagidir. SHunday ekan, muzeylar tarixini yoritish orqali o‘tmish avlodimizning boy tarixini halqimiz va ayniksa, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash muqaddas burchimizdir. Keyingi paytda O‘zbekistonda tarixiy merosimizni o‘rganishga va madaniyat sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonlarda muzeylarning o‘rni muhim bo‘lib hisoblanadi.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish