Tarixiy o‘lkashunoslik” fanidan o‘quv – uslubiy majmua



Download 2,01 Mb.
bet21/45
Sana09.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#647310
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
УЛКАШУНОСЛИК УМК

Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston asarida” toponimika qonuniyatlariga oid bir qancha fikrlari mavjud. CHunonchi, yunonlar va arablar turkiy so‘zlarni buzib, o‘z talaffuzlariga moslab ishlatganliklari oqibatida ayrim so‘zlarning ma’nosi o‘zgarib ketganini aytadi. Masalan, turkiycha tosh so‘zini arablar shosh deb talaffuz qilishidan ma’no o‘zgarganini aytadi. “Saydana” kitobida 400 dan ortiq qishloq, tog‘, daryo, shahar va orolllarning nomlari tilga olinadi. “Qonuni Ma’sudiy” kitobida 603 ta joy nomi ko‘rsatilgan.
Muallifi noma’lum “Hudud al - olam” (X asr) kitobida ham geografik toponimika va terminshunoslikka oid ma’lumotlar ko‘p. Bu kitobda Buxoro, Farob, Poykent, So‘g‘d, Tavovis, Termiz, Karmina, Dabusi, Ajbinjon, Kushoniya, Samarqand, Kesh, Zomin, Jizzax, Farg‘ona, Axsikat, Qubo, SHosh, Kot va boshqa joylar haqida ma’lumotlar bor.
Zahiriddin Muhammad Boborning (1493 - 1530) “Boburnoma” kitobi mumtoz o‘lkashunoslik kitobi bo‘lishi bilan birga, unda toponimikaga va terminshonoslikka oid ma’lumotlar juda ko‘p. Xususan, Farg‘ona vodiysidagi geografik nomlar ma’nosi, etimalogiyasiga oid alohida ahamiyat berilgan. Andijon, Kandibodom, isfara, Xo‘jand, Ahsi, Xo Darvesh, Sayhun, Marg‘ilon haqida batafsil ma’lumotlar mavjud.
O‘rta Osiyo jumladan, O‘zbekistonda toponimlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. O‘zbekiston toponimikasini o‘rganishda mashhur rus sharqshunos olimlari hamda tarixchilari: V.L. Vyatktin, N.F. Sikyakovskiy, L.N. Sobolov, V.V. Bartold, S.P. Tolstov, P.P. Ivanov, M.E. Masson, O.A SuHariva va blshqalar bu sohada juda katta ishlarni amalga oshirdilar .
6. 3. Dunyo mamlakatlari toponimikasi ilmiy o‘rganilishi.
SHunisi e’tiborga molikki, ayrim dunyo mamlakatlar nomini o‘zbekchaga tarjima qilsangiz, juda ham qiziqarli ma’noni anglatadi. To‘g‘ri, ayrim xollarda ayrim nomlar mamlakatning hozirgi darajasini namoyon qilishi mumkin. Ammo, ko‘p xollarda ayrim davlatlarning nomi jismiga mos emasdek tuyuladi. Keling ayrim mamlakatlarning nomlanishiga qisqacha bo‘lsa-da to‘xtalib o‘taylik.
Norvegiya “SHimoliy yo‘l mamlakati” deyiladi. Vetnam va Avstraliya esa “Janub mamlakati” deb ataladi. YAponiyani “Kun chiqar yurt” deyishadi. Xitoyliklar o‘z yurtlarini “Osmon osti mamlakati” deyishadi. Koreya esa “Tong bokiraligi o‘lkasi” deyiladi. Avstriya esa nemischa “Osterrayx” deb yuritilib, bu “SHarqiy mamlakat” degan ma’noni anglatadi. Irlandiya atamasi “eyre” so‘zidan kelib chiqadi va “G‘arbiy orol” degan ma’noni beradi. Janubiy Amerikadagi Ekvador mamlakatining nomi “ekvator” atamasidan kelib chiqqan. Tinch okeanidagi Tuvalu davlatining nomi “YAqin atrofda 8 ta orol mavjud” degan ma’noni anglatar ekan. Niderlandiya “Quyidagi mamlakat” deganidir.
Bir qator mamlakatlarning nomlanishiga, hayvonot va o‘simlik dunyosi sabab bo‘lgan. Braziliyaning nomi mazkur mamlakatda o‘sadigan qizil rangli paubrazil daraxtidan olingan. Afrikadagi Mali esa mahalliy malinka elati tilida “Begemotlar mamlakati” degan ma’noni anglatadi. Bu mamlakat poytaxti Bamako esa “Timsoh ortidagi qishloq” deganidir. Bu shaHar gerbida timsoh aks etgan. Afrikadagi yana bir davlat Uganda poytaxti Kampala esa “Ohu” degan ma’noni anglatadi.
Somali nomi mahalliy tilda “sao somao” deb nomlanib, “Borib sigirni sog‘” deganidir. Afrikaning bu mamlakatida shoxli hayvonlar shu qadar ko‘pki, aytishlaricha suvdan ham sut ko‘proq ekan. Ispaniya qadimiy Karfagen tilidan tarjima qilinganida “Quyonlar mamlakati” degan ma’noni anglatadi. Bu mamlakatda quyonlar shu qadar ko‘p bo‘lganki, hatto tanga pullarda ham quyonlarning surati bo‘lgan. Er yuzidagi ayrim mamlakatlarning nomlanishi mintaqada joylashgan tog‘, ko‘l, daryo nomlaridan kelib chiqqan. Jug‘rofiy nomlar yangi paydo bo‘lgan yosh davlatlarga qo‘yilishi bilan bog‘liq hodisalar ham uchraydi. Afrikadagi Kamerun vulqoni nomidagi davlat ham bor. Afrikadagi Nigeriya, Senegal, Gambiya, Kongo va Janubiy Amerikadagi Paragvay nomi mintaqadan oqib o‘tuvchi daryo nomidan olingan. Hatto Hindistonning ham Hind daryosi sharafiga qo‘yilgani hech kimga sir emas.
Nomlari zikr qilingan davlatlarni omadli deyish mumkin. CHunki ularning nomi o‘zlariga mos keladi. Ammo shunday davlatlar ham borki, ularning “nomi jismi” ga mutloqo mos tushmaydi. Mahalliy Urugvay daryosi nomi bilan ataluvchi Urugvay davlatning nomi “qush dumi” degan ma’noni anglatar ekan. Gvatemala esa “CHirigan daraxt” degan ma’noni beradi. Panama esa “Kapalak” deganidir. Biroq ko‘pchilik Panama deganda shlyapaga o‘xshash bosh kiyimni tushunadi. Aslida bu bosh kiyim ilk bor Ekvadorda foydalanilgan. Ammo Evropaga Panama orqali o‘tgani bois ham shu mamlakat nomi berilgan bo‘lsa kerak.
Janubiy Amerikadagi Venesuela nomi Italiyadagi Venetsiya sharafiga qo‘yilgan. 1499 yilda ispan dengizchilari bu erga qadam qo‘yishar ekan, Venetsiyaga o‘xshab ketadigan qishloqqa duch kelishadi va uni Venesuela, ya’ni “Kichkina Venetsiya” deb atashadi. Keyinchalik bu qishloq atrofi, so‘ngra butun mamlakat Venesuela deb yuritila boshlandi. Bugungi kunda mamlakat nomini Lotin Amerikasidagi bosqinchilarga qarshi kurashgan Simon Bolivar sharafiga Libertador, ya’ni “Halaskor” deb o‘zgartirish kerak degan taklif muxokama qilinmoqda. SHuni eslatib o‘tish kerakki, Simon Bolivar nomida Boliviya degan mamlakat bor.
Karib dengizida Ispaniyadagi Grenada nomli shaHar nomidagi mamlakat mavjud. Saudiya Arabistoni birinchi podshoh Ibn-Saud nomiga qo‘yilgan. Janubiy Amerikadagi Kolumbiya mamlakati kimning sharafiga qo‘yilgani xaqida izoh berilmasa ham, barchaga yaxshi ayon bo‘lsa kerak.
G‘arbiy Afrikadagi Burkina Faso elati tilidan tarjima qilinsa, “Munosib odamlar mamlakati” degan ma’noni anglatadi. Bu mamlakat poytaxi Uogadugu esa “Xush kelibsiz” deganidir. Afrika g‘arbidagi Liberiya “ozodlik mamlakati” deganidir. Tinch okeanidagi Vanuatu esa “mustaqil bo‘lgan va bundan keyin ham mustaqil bo‘ladigan mamlakat” deganidir. SHu jihatidan oladigan bo‘lsak jahon davlatlari nomlarining toponimikasi ham o‘ziga xos ma’nalarni anglatadi va bu nomllarni ilmiy jihatdan tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
6.4. Ilmiy poydevori chuqur bo‘lmagan har qanday ustqurma bir kun bo‘lmasa bir kun barbod bo‘ladi. Sovet davlati parchalanib ketganidan so‘ng joy nomlari milliy qadriyat qatlamlaridan biri sifatida qaralib, mustaqil toponimik siyosat yurgizila boshlandi, xalq tarixi, madaniyati, tiliga aloqador bo‘lmagan shahar-qishloqlar, ko‘cha–kuylar va boshqa geografik ob’ektlarning nomlari o‘zgartirildi, tarixiy nomlar tiklandi yoki qayta nomlandi.
Toponimlar shahar- qishloq nomlari bo‘ladimi, ko‘cha- kuylarning nomlarimi, xalq uchun sodda, oddiy, hamma uchun tushunarli bo‘lmasa, haqiqatni aks ettirmasa, oqibatda barbod bo‘ladi. Bu jarayon etmish yildan ortiq hukm surgan Sovet davlati siyosati misolida juda yaqqol kuzatiladi.
1989 yilda o‘zbek tiliga davlati maqomi berilishi geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash siyosatida ham tub burilish bo‘ldi. 1990 yilda «Moskva» mehmonxonasining shu joyning tarixiy nomi bilan «CHorsu» deb, Kalinin maydoni deb kelingan maydonning shu erning azaliy nomi bilan yana Eski jo‘va maydoni deb atalishi Toshkentda tarixiy nomlarni tiklashda dastlabki qadam bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi barcha viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengashida hamda Toshkent shahar hokimligi qoshida toponimik nomlarni o‘rganish komissiyasining tuzilishi, unga taniqli olimlar toponimistlar, tarixchilar, tilshunoslar, shuningdek yozuvchi-shoirlar va boshqa jonkuyar mutaxassislarning jalb qilinishi (1992 yil) komissiya ishining jonlanishiga imkon berdi.
Mustaqillik yillarida Respublikamiz qadimiy markazlarini asos solingan sanalarni yoki tarixiy shaxs nomlarining abadiylashtirilishi ham juda muhimdir. Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Termiz, Qarshi kabi qadimiy markazlar tarkibidagi ko‘cha, joy, istehkom, sug‘orish inshootlari, savdo yo‘llari bilan bog‘liq qadimiy tarixiy joy nomlarining chuqur tahlil etilib qayta tiklanishi ham g‘oyatda muhim voqea hisoblanadi. Mustaqillik yillarida Toshkent ko‘chalarida Afrosiyob, Belariq, Beshqo‘rg‘on, Boyqo‘rg‘on, Bo‘zbozor, Jarariq, Posira, Taxtapul, Tepamasjid, Turkariq, Tuyatortar, Xirmontepa, CHildutaron, (asli CHilduxtaron), CHuqursoy, SHohidontepa, SHo‘rtepa, YAkkachinor, YAlang‘och, Qichqiriq, Qo‘shqo‘rg‘on kabi 150 dan ortiq tarixiy nomlar tiklandi.
Joy nomlari jamiyat tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Joy nomlari tarixini (tarixiy toponimikani) bilmasdan turib toponimika bilan shug‘ullanish kutilgan natija bermaydi. Bugungi kunda joy nomlari tarixini o‘rganish va ularning kelib chiqishi jarayonlarini tahlil qilish dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Jumladan 2020 yil Joriy yilning 9 mart kuni Mamlakatimizda hukumat rahbarligida o‘tkazilgan “Geografik ob’ektlarning nomlarini, shuningdek, jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi turli lavha va reklamalarning qonun xujjatlariga muvofiqlashtirish hamda Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish” masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ham bu joy nomlari tahlili masalalari ko‘rib chiqildi.
Qadimiy joy nomlarda ota-bobolarimizning hayot va tafakkur tarzi ham o‘z aksini topgan. Masalan shaharlarimizning tarixiy qismidagi “Kulolon”, “Suzangaron”, “Zargaron”, “Kaftarxona”, “Aravasozi”, “Konigil”, “Dukchiyon”, “CHarmgari”, “Galaosiyo" singari mahalla nomlari bu erda hunarmandchilik rivojlanganligidan, xalqimizning azaldan o‘troq hayot kechirib, yuksak madaniy turmush darajasiga ega bo‘lishganidan dalolat beradi.
Tarixiy taraqqiyot qonuniyatiga ko‘ra, joy nomlari tarix va vaqtning kuzatuvchisi, voqea-xodisalarning ishtirokchisidir. Bu ilmiy terminda “toponimlar”, deb yuritiladi. Toponimika uning vujudga kelishi, taraqqiyoti, o‘zgarishi, etimologiyasi, yangi nomlarning qo‘yilishini tartibga soladi. Toponimika prinsiplarini ishlab chiqish, uning me’yorlarini belgilash esa bugunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bu hozirgi kun o‘zbek toponimikasining ham oldiga qo‘yilayotgan muhim talablardan. Mamlakatlar o‘rtasida va mamlakat ichida iqtisodiy, tijoriy, ta’limiy va turistik aloqalar avj olgan sari Haritalarga, geografik ob’ektlarning sifatlarini sir saqlagan toponomlarga, ularning tarkibidagi so‘zlar ma’nosiga qiziqish tobora ortib bormoqda. Dunyoda qancha geografik nom borligini hech kim bilmaydi. Maydoni deyarli O‘zbekiston hududiga teng bo‘lgan SHvetsiyada 12 milliondan ortiq toponim aniqlangan. Respublikamizda ham joy nomlari undan kam emas. Faqatgina shahar va qishloqlarning nomlari 13 mingdan oshadi. 1:200 000 masshtabli geografik Haritalardagi relef shakllari-oronimlar bilan suv ob’ektlari nomlari (gidronimlar soni) 10 mingga boradi. Birgina poytaxtimiz Toshkent shahrida 3 mingdan ortiq katta- kichik ko‘cha mavjud.
SHu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ayni vaqtda birgina Samarqand shahridagi 210 ta mahallada 1 821 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, o‘rganishlar natijasida, 28 ta ko‘cha nomlari Xalq deputatlari shahar Kengashi qarori bilan tasdiqlanmaganligi, 39 ta ko‘chada peshlavhalar o‘rnatilmaganligi, 14 ta nomi takrorlanadigan ko‘chalar borligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bu esa jarayonda har bir mahalla, ko‘cha, uy va xonadonning Haritasini yaratib, nom va raqamlarni aniq ko‘rsatishni talab etadi. Agarda ko‘chaning nomi bo‘lmasa yoki u tasdiqlanmagan bo‘lsa, undagi xonadonlarga raqam berib bo‘lmaydi. Takrorlanadigan ko‘cha nomlari esa chalkashlikni keltirib chiqaradi. Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, geografik ob’ektlarga nom berish va qayta nomlash ishlariga jiddiy yondoshish vaqti etdi. SHu jihatdan toponimika masalalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish eng muhim masalalardan biri bo‘lmoqda.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish