Tarixiy kelib chiqishi jihatidan o'zbek tili leksikasi


Zamonaviylik jihatdan o'zbek tili leksikasi



Download 125,5 Kb.
bet5/8
Sana03.07.2022
Hajmi125,5 Kb.
#735061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarixiy kelib chiqishi jihatidan o0zbek tili leksikasi

2.1. Zamonaviylik jihatdan o'zbek tili leksikasi


Tilda iste'mol doirasining faol yoki nofaol xususiyatga ega bo'lgan so'zlar zamonaviy yoki zamondosh so'zlar deyiladi.
Ma'lumki o'zbek xalqining tadrijiy taraqiyoti jarayonida uning tili ham rivojlanib kelgan,lug'at tarkibi boyigan, yangi so'zlar paydo bo'lgan va ayrim so'zlar iste'mol doirasidan chiqib ketgan. Shunga ko'ra zamonaviylik nuqtai nazaridan o'zbek tili leksikasini ikki qatlamga bo'lib o'rganamiz.
Faol (zamonaviy) qatlam. Sunday so'zlarga eskilik va yangilik bo'yog'iga ega bo'lmagan hozirgi tilimizda keng iste'mol qilinayotgan lug'aviy birliklar kiradi. So'zlarning faolligi umummillat doirasida bo'lish bilan birga biror kasb sohasida ham bo'ladi. Masalan, osh, non, suv, tog', dala. bor, kel, men, sen kabi umumxalq iste'mol so'zlari hisoblansa, sinf, dars, kitob kabi talabalar ishlatiladigan so'zlar (o'qituvchi va talabalar nutqiga xos ), mola, yagona, o'g'it, chekanka(dehqonchilikka oid), to'l, jovu. qirqim, (chorvachilikka oid) kabi shu sohada ishlovchilar uchun ishlatiladigan so'zlar ham faol ya'ni zamonaviy so'zlar sanaladi.
Nofaol (zamondosh so'zlar). Hozirgi tilimizda kam ishlatiladigan, iste'mol doirasi chegaralangan yoki butunlay qo'llanishdan chiqib ketgan va kundalik turmushda yangi tushunchalarni ifoda qiluvchi so'zlar nofaol (zamondosh) so'zlar deyiladi. Bunday so'zlar dastlab ikki guruhga bo'linadi: 1) eskilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlar; 2) yangilik bo'yog'iga ega so'zlar; 3)eskirgan so'zlar; 4) tarixiy so'zlar.
Eskirgan (arxaik) so'zlar. Hozirgi kunda mavjud narsa hodisalarning eskirib qolgan tilda sinonimlari faol qo'llanadigan lug'aviy birliklar. Masalan, oraz(yuz), dudog'(lab), ilik (qo'l), jumhuriyat (respublika), kotib(sekretar), xandasa (geometriya), cherik (qo'shin), muarrix (tarixchi), jayxun (Amudaryo), sarhad (chegara), sayxun (Sirdaryo). Dovon (Farg'ona), Nasaf (Qarshi). kabi.
Tarixiy (istorizm) so'zlar. Tarixga oid o'tmishdagi narsa va tushunchalarning nomi bo'lgan ammo hozigi tilda sinonimlari bo'lmagan so'zlarga tarixiy so'zlar deyiladi. Bunday so'zlar hozirgi avlodga o'tmishda o'zbek xalqi foydalangan narsa, qurollar o'sha paytdagi ijtimoiy sinfiy munosabatlar, tushunchalar haqida ma'lumot beradi. Masalan, tutg'oq (razvedkachi otryad), yazak (ilg'or otryad), yortug' (hukmdor gvardiyachi), qo'sh, omoch (dehqonchilik asboblari) , yasavul, qirg'ovul, chorag'asi, jiybochi; jonsiz, xatip (beklik davrida berilgan unvonlar) kabi.
Yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlar. Bunday so'zlar tilshunoslikda neologizmlar ham deb ataladi. Kundalik turmushdagi yangicha munosabatlarni, yangi narsalar va ularning belgilarini,yangi hodisalar, tushunchalarni ifodolovchi lug'aviy birliklardir. Bunday so'zlar xususiyatiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) leksik va semantik neologizmlar.
Leksik neologizmlar tilga tamoman o'zlashib ketmagan o'zbek tilining o'zida yasalgan yoki boshqa tillardan o'zlashib butunlay iste'molga kirmagan so'zlardir. Masalan, zovut, zamin studiyasi, sarhad, kollej, menejment, bakalavriat, magistratura, dastur, bar, bojxona, aksiya, bandargoh, tuman kabilar.
Semantik neologizmlar tilda oldindan mavjud bo'lgan va hozirda yangi ma'noda ishlatilayotgan so'zlardir. Masalan, noyub (deputat), muman (rayon), viloyat(oblast), do'kon(magazin), tadbirkor, pudrat, sarmoya, vazir, hokim, anjuman (konferensiya), va boshqalar.
Bunday so'zlar ma'lum bir davrlarda eskirgan so'zlarga aylanib iste'mol doirasidan ancha chiqib qolgan edi, musta-qillikdan so'ng ular yana tilimizda yangi ma'nolar bilan ishlatila boshladi.

Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish