Tarixiy-etimologik jihatdan o’zbek tili leksikasi qatlamlarini o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Download 274,08 Kb.
bet6/10
Sana17.07.2022
Hajmi274,08 Kb.
#817618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mahliyo to\'liq BMI

Arabchaga oid so'zlar. Qadimgi turkiy tilga arabcha so'zlar VI-VIII asrlardan boshlab kira boshlagan.
Bu hol arablarning shu davrda Markaziy Osiyoni istilo qilishi bilan bog'liq, ular mahalliy aholiga o'z alifbosini joriy qiladilar, davlat va idora ishlarini arab tilida olib boradilar. Shunday sabablar bilan bir qancha arabcha so'zlar o'zbek tiliga o'zlashib qolgan.
Bu jarayon Somoniylar hukmronligi (X-XI asrlar) davrida arab xalifaligining susayishi bilan cheklandi va din tili sifatida ish ko'radi.
Hozirgi o'zbek tilida taxminan quyidagicha so'zlarini ko'rish mumkin; maqola, faylasuf, ilm, amaliyot,qashshoq, maktab, madrasa. adabiyot, kasb, kitob, qalam, atir, farmon, sinf, hukumat, hokimiyat, fuqaro, jinoyat, huquq, xizmat, musobaqa, qonun, avliyo, azon, harf, alifbe, xat, savod, xato, daftar, maorif, muallim, imtihon, talaba, axloq, insho va boshqalar.
O'zbek tiliga arab so'zlari ikki xil yo'l bilan o'zlashgan. Birinchidan, maktab, madrasa, kitob, din,davlat tizimi orqali kirgan. Masalan, maktab, dars, qalam,kitob, nashriyot, muharrir, muallif, matbuot, jild, nusxa, xat, tarbiya, ta'lim, saboq; ikkinchidan, eroniy tillar orqali kirgan. Masalan, baquvvat, qarzdor, g'amxo'r, mansabdor va boshqalar.
Ruschaga oid -baynalminal so'zlar. Rus tili va u orqali baynalminal so'zlarning o'zbek tiliga o'zlashishi XIX asming ikkinchi yarmidan boshlandi. Bunday so'zlar, asosan, ikki yo'l bilan, birinchidan, Rossiyaning Markaziy Osiyoni xususan, xonliklarni bosib olishi ikkinchidan, turli siyosiy, madaniy aloqalar, fan, texnika rivojlanishi bilan o'zlashgan. Masalan, zavod, fabrika, kridit, shtraf, samovar, chaynik, yashik, odekolon, manifest, izvosh, soldat kabilar.
Rus tili orqali boshqa tillaridan o'zlashgan baynalminal xususiyatiga ega bo'lgan birqancha so'zlar ham mavjud. Masalan, revolyutsiya. filologiya, psixologiya, fizika, federatsiya,bank, chek, aktyor, konsert, palto, ferma, telefon va boshqalar.
Tarixiyga oid etimologik jihatdan qaralsa, hozirgi o'zbek tilida uchraydigan ayrim so'zlarning uzoq o'tmishga egaligini ko'rish mumkin. Masalan, but, lak, nil, Nilufar (Nilufar), dunyo, barcha, bibi, paysa, chakdon(sandal), tovus, chit kabi hindcha; choy, lag'mon, shiypon, jambul, kabi xitoycha; mo'miyon, marmar, nomus, afyun, ark, marvarid, iqlimjamdui kabi qadimiy grekcha so'zlarni ham uchratish mumkin. Ammo bunday so'zlar sanoqligina bo'lgani uchun ham alohida qatlamni tashkil etmaydi.O‘z qatlam. Ma’lumki, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur qoraqalpoq singari tillar o‘zaro qarindosh tillar bo‘lib, ular birligi turkiy tillar guruhini tashkil etadi. Tilimizda faol qo‘llanadigan oyoq, qo‘l, ikki, uch, ol, kel, yaxshi, men, sen singari so‘zlar ko‘pchilik turkiy tillar uchun ham faol so‘zlar hisoblanadi. Barcha turkiy tillar uchun umumiy iste’molda bo‘lgan bunday so‘zlar umumturkiy so‘zlar deyiladi. O‘zbek tili leksikasining katta qismini umumturkiy qatlamga mansub so‘zlar tashkil etadi. Tilimizda umumtukiy so‘zlarning quyidagi leksik-tematik guruhlari faol ishlatiladi: 1) inson tushunchasi bilan bog‘liq so‘zlar: kishi, el, yurt; 2) qarindoshlik tushunchalari bilan bog‘liq so‘zlar: ota, ona, opa, enaga, aka, uka, singil, qayin, qayinog‘a, yanga va boshqalar; 3) odam va hayvon tana a’zolari nomlari: barmoq, bag‘ir, bel, bo‘g‘iz, biqin, milk, miya, og‘iz va boshqalar. Muayyan tushuncha doirasida birlashuvchi bunday so‘zlar guruhi uyadosh so‘zlar deyiladi.Shuningdek, tilimiz lug‘at boyligining ma’lum bir qismi o‘zbek tilining milliy tarixiy taraqqiyoti jarayonida tilning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun - qoidalar asosida hosil qilingan so‘zlardan iborat. Ular quyidagi uch holatda kuzatiladi:

1

O‘zbekcha o‘zak va qo‘shimcha asosida hosil qilingan so‘zlar:qatnashchi, terimchi, og‘machi, birlashma, qotma, o‘tkazgich, turg‘un, qo‘llanma, yoqilg‘i.

2

O‘zlashma o‘zak (so‘z) va o‘zbekcha yasovchi qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan so‘zlar: a) tojikcha so‘zlardan: jangchi, mardlik, charxlamoq, xastalanmoq, do‘stlik; b) arabcha so‘zlardan: rahbarlik, qimmatli, ovqatlanmoq, nomusli; v) ruscha va boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar asosida: sportchi, shofyorlik, betonchi

3

O‘zbekcha o‘zak va o‘zlashma qo‘shimchalardan hosil bo‘lgan so‘zlar: tug‘ruqxona, so‘rovnoma

4

Boshqa tillardan kirib kelgan o‘zak va yasovchi qo‘shimchalardan: tilshunos, madadkor, mehnatkash, vagonsiz, ilmiy, gazetxon.Qayd etib o‘tilgan umumturkiy so‘zlar va o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosidashakllangan so‘zlar tilning o‘z qatlamini tashkil etadi. Shuningdek, tilimiz o‘zbek lahja va shevalaridan, qardosh turkiy milliy tillardan kirib kelgan so‘zlar hisobiga ham boyib boradiki, bu ham uning o‘z qatlami imkoniyatlarini oshiradi.




Download 274,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish