Mavzudagi ilmiy yangiliklar
Ishdagi ilmiy yangilik quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
-Tarixiy kelib chiqishi jihatidan o'zbek tili leksikasi
-Hozirgi o'zbek tili leksikasining ijtimoiy dialektal tarkibi
-Zamonaviylik jihatdan o'zbek tili leksikasi
-Emotsional-ekspressivlik jihatidan o'zbek tili leksikasi
-Uslubiy jihatdan o'zbek tili leksikasi
-Leksik qatlamlarni o’qitish texnologiyalari
-Tarixiy-etimologik so’zlarni interfaol metodlar orqali o’qitish bo’yicha dars ishlanmalar, metodik ishlanmalar bo’yicha tavsiyalar
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati
O‘zbek tili davlat tili maqomini olgan hozirgi kunda boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchayib borayotgan jarayonida respublika hududida yashayotgan va turli yerlarda yashab, o‘zbek tiliga qiziqqan barcha millat kishilari tilning ichki tomoni - tarixiy etimologik so’zlarning turlarini o‘rganishlari bilan birgalikda, uning amaliy tomonini, til birliklaridan qanday foydalanish muammolarini o‘rganishlari ham muhim ahamiyatga ega.
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat bo‘lgan bir butunlikdir. Gapning bu ikki tomoni o‘zaro dialektik aloqada bo‘lsa ham, bir butunlikni tashkil etuvchi alohida tuzilmadir. Har qaysi tuzilmaning birliklarini alohida- alohida o‘rganish va bu ikki tuzilma biliklari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishning hajmi va mundarijasi
Ishning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mavzu kirish uch bob,uch fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
I bob. Tarixiy kelib chiqishi jihatidan o'zbek tili leksikasi
1.1.Hozirgi o'zbek tili leksikasining ijtimoiy dialektal tarkibi
O'zbek tili Markaziy Osiyo qadimiy mahalliy xalqlarining turkiy tillar
tizimidagi tillaridan biri sifatida uning lug'aviy tarkibi, grammatik qurilishi
ham uzoq tarixga ega. Hozirgi o'zbek tili leksikasi o'zining butun taraqqiyoti jarayonida shu tilning ichki rivojlanish qonuni asosida boyib borgan, bu tilning so'z boyligi, leksik-semantik tizimi sifatida shakllangan yaxlit bir hodisadir. Hozirda umum iste'molda bo'lgan barcha so'zlar, grammatik vositalar o'zbek tilining o'zinikidir. Lekin bu leksik boylik birdan vujudga kelmagan. Birinchidan, o'zbek tili leksikasi turkiy xalqlar uchun umumiy bo'lgan so'z boyliklari asosida rivojlangan bo'lsa, ikkinchidan, boshqa xalqlar tillaridan so'z o'zlashtirish sababli boyigan. Mana shu ko'rsatilgan sabablarga ko'ra o'zbek tilining lug'aviy tarkibi ikki qatlamdan iborat deb qaraladi: 1) o'z qatlam; 2) o'zlashgan qatlam. Bu,qatlamlarning har biri o'z navbatida yana bir necha qatlamlarga bo'linadi.
O'zbekcha so'zlar qatlami. O'zbek tilining o'z ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tildan kirgan so'zlarga so'z yasash orqali hosil qilingan lug'aviy birliklar ham mavjud. Masalan, bog'dorchilik, ishxona, so'roq, payvandchi, purkagich kabilar.Umumturkiy leksik qatlam. Hozirgi o'zbek tili lug'ati tarkibida qadimgi davrlardan qo'llanib kelinayotgan turkiy so'zlar mavjudki, ular Markaziy Osiyo va Qozog'istonda yashovchi hozirgi qozoq, turkman, qirg'iz, tatar, boshqird, qoraqalpoq, uyg'ur, ozarbayjon va boshqa turkiy xalqlar uchun ham umumiydir.
O'zbek tilidagi qadimiy so'zlardan ayrimlari turkiy tillarning VI - VII asrlarga oid yoziv obidalari asosida tuzilgan lug'atlarda ham ko'zga tashlanadi. Masalan, ota(ota), ona (ona), aka(aka), ini (ini) kabi qarindoshlikni, adaq(oyoq), arqa(orqa), bog'az(bo'g'iz) kabi odam a'zolarini, yaz(yoz), yal(yil) , kun(quyosh), qash(qish) kabi fasllarni, tag' (tog'), ot(o't) ,sub (suv) kabi tabiat hodisalarini, adg'ir (ayg'ir), at(ot), vuqa(buqa), yalqi(yilqi) kabi hayvon nomlarini ifodalovchi so'zlar borki, ular turkiy tillar uchun umumiy bo'lib, fonetik jihatdangina farq qiladi xolos. Umumturkiy so'zlar hozirgi o'zbek tili lug'at tarkibining yarmidan ko'pini tashkil etadi.
O'zlashgan qatlam. Dunyodagi birorta tilning boyishi uchun o'z imkoniyatlari kifoya qilmaydi, balki uning boyishida tashqi manba ham ishtirok etadi. Bu esa turli tarixiy jarayonlar bilan bog'liq bo'lib, uning o'z qonuniyatlari bor. Shunga ko'ra o'zlashgan so'zlar quyidagilar.
l)tojikcha-forscha; 2)arabcha; 3)ruscha - baynalminal qatlamlardan iboratdir.Tojikcha -forscha so'zlar. Hozirgi o'zbek xalqining o'tmish avlodlari eroniy (ayniqsa, tojik) tilida so'zlovchi aholi bilan yaqin aloqada bo'lib qon- qarindosh yashab kelishgan. Bu ikki xalqning iqtisodiy, madaniy munosabatlari natijasida ko'plab tojikcha so'zlar o'zbek tili lug'at tarkibida mustahkam o'rnashib qolgan. Masalan, chiroq, zardob, charm, sinch, nay, xokandoz, barkash, obdasta, parda, gugurt, gilam, choyshab, payandoz, paypoq, paytava, poshna, astar, marjon, zarbop, ustun taxta, g'isht, xari,panjara, juvoz, mardikor, ajdar, jonivor, kaptar, bedana, parranda, parvona va boshqalar. O'zlashgan tojikcha so'zlar ko'proq kundalik hayotga uy-ro'zg'or, bog'dorchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik ishlariga doir tushunchalanii ifodalaydi. Arabcha so'zlar. Qadimgi turkiy tilga arabcha so'zlar VI-VIII asrlardan boshlab kira boshlagan. Bu hol arablarning shu davrda Markaziy Osiyoni istilo qilishi bilan bog'liq, ular mahalliy aholiga o'z alifbosini joriy qiladilar, davlat va idora ishlarini arab tilida olib boradilar. Shunday sabablar bilan bir qancha arabcha so'zlar o'zbek tiliga o'zlashib qolgan. Bu jarayon Somoniylar hukmronligi (X-XI asrlar) davrida arab xalifaligining susayishi bilan cheklandi va din tili sifatida ish ko'radi.
Hozirgi o'zbek tilida taxminan quyidagicha so'zlarini ko'rish mumkin; maqola, faylasuf, ilm, amaliyot,qashshoq, maktab, madrasa. adabiyot, kasb, kitob, qalam, atir, farmon, sinf, hukumat, hokimiyat, fuqaro, jinoyat, huquq, xizmat, musobaqa, qonun, avliyo, azon, harf, alifbe, xat, savod, xato, daftar, maorif, muallim, imtihon, talaba, axloq, insho va boshqalar.
O'zbek tiliga arab so'zlari ikki xil yo'l bilan o'zlashgan. Birinchidan, maktab, madrasa, kitob, din,davlat tizimi orqali kirgan. Masalan, maktab, dars, qalam,kitob, nashriyot, muharrir, muallif, matbuot, jild, nusxa, xat, tarbiya, ta'lim, saboq; ikkinchidan, eroniy tillar orqali kirgan. Masalan, baquvvat, qarzdor, g'amxo'r, mansabdor va boshqalar. Ruscha -baynalminal so'zlar. Rus tili va u orqali baynalminal so'zlarning o'zbek tiliga o'zlashishi XIX asming ikkinchi yarmidan boshlandi. Bunday so'zlar, asosan, ikki yo'l bilan, birinchidan, Rossiyaning Markaziy Osiyoni xususan, xonliklarni bosib olishi ikkinchidan, turli siyosiy, madaniy aloqalar, fan, texnika rivojlanishi bilan o'zlashgan. Masalan, zavod, fabrika, kridit, shtraf, samovar, chaynik, yashik, odekolon, manifest, izvosh, soldat kabilar. Rus tili orqali boshqa tillaridan o'zlashgan baynalminal xususiyatiga ega bo'lgan birqancha so'zlar ham mavjud. Masalan, revolyutsiya. filologiya, psixologiya, fizika,federatsiya,bank, chek, aktyor, konsert, palto, ferma, telefon va boshqalar.Tarixiy etimologik jihatdan qaralsa, hozirgi o'zbek tilida uchraydigan ayrim so'zlarning uzoq o'tmishga egaligini ko'rish mumkin. Masalan, but, lak, nil, Nilufar (Nilufar), dunyo, barcha, bibi, paysa, chakdon(sandal), tovus, chit kabi hindcha; choy, lag'mon, shiypon, jambul, kabi xitoycha; mo'miyon, marmar, nomus, afyun, ark, marvarid, iqlimjamdui kabi qadimiy grekcha so'zlarni ham uchratish mumkin. Ammo bunday so'zlar sanoqligina bo'lgani uchun ham alohida qatlamni tashkil etmaydi.
O’zbek tilining lug’at tarkibi o’zbek xalqining butun taraqqiyot yo’lini o’zida aks ettiradi. Til tarixi jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog’langanligi tufayli uning lug’at tarkibi hayotdagi har qanday o’zgarishni har taraflama ifodalaydi. O’zbek tili leksik tarkibi va grammatik vositalari shu tilning boyligi hisoblanadi va bularning barchasi birdaniga paydo bo’lgan emas.
O’zbek tilining lug’aviy tarkibi juda uzoq davrlardan beri leksik semantik hamda shakliy tuzilishiga ko’ra ma‘lum o’zgarishlarga uchrab bugungi holatga kelgan.Bizga ma‘lumki, har qanday tilning lug’at tarkibi faqat o’z so’zlaridan iborat bo’lmaydi. Unga boshqa tillardagi so’z va vositalar ham o’tishi mumkin. O’zbek tili ilk davrlarda turkiy qabila va chet tillarga xos ayrim leksik birliklardan tashkil topgan bo’lsa, keyinchalik o’zbek tili lug’at tarkibiga fors-tojik, arab, rus tillaridan so’zlar o’tib o’zlashadi va o’zbek tilining lug’at tarkibi boyidi.O’zbek tili leksikasining tarixiy shakllanishini bilish uchun so’zlarni tarixiy etimologik jihatdan o’rganib, ularning etimologik qatlamlariga ajratish zarur. O’zbek tili O’rta Osiyodagi qadimiy xalqlarning turkiy tillar sistemasidagi tillardan biri bo’lib, uning lug’at sostavi ham qadimiydir.O’zbek tili leksikologiyasining tarixiy etimologik shakllanishini taxlil qilishda dastlab o’zbek tilining qardosh tillar bilan aloqasi, so’ngra qardosh bo’lmagan tillar bilan aloqasi aniqlanadi. Bu bilan ularning o’zaro ta‘siri ham ko’rib o’tiladi. Kelib chiqish nuqtai nazardan ko’ra o’zbek tilining o’ziniki bo’lgan so’zlar ajratib olinadi. Bularga turkiy so’zlar kirib, o’zbek tilining asosiy qadimiy qatlamini tashkil qiladi. Bularni umumturkiy so’zlar deb ham nomlanadi.Turkiy xalqlar qadimda boshqa xalqlar bilan ham aloqa bo’lgan. Shunga o’zbek tili leksikasi tarkibida chet tillarga xos bo’lgan negiz qadimiy uyg’ur, so’g’d, xitoy, arab, mo’g’il, fors-tojik tili elementlari ham mavjud. Shu nuqtai-nazardan o’zbek tili leksikasi ikki qatlamga bo’linadi: o’z qatlam va o’zlashgan qatlam. O’zbek tili leksikasi ikki qatlamdan iborat.Lekin tilda shunday so’zlar uchraydiki, o’z qatlamga ham, o’zlashgan qatlamga ham xos ekanligini ajratib bo’lmaydi. Eng muhim tomoni bunday so’zlar qardosh bo’lmagan tillarda unda ham bunda ham mavjud bo’ladi. Ya‘ni o’zbek tilida qo’llanayotgan kunjut (xunjut) tumov, tanglay kabi so’zlar mo’ng’il tilida ham qo’llanadi. Bu so’zlarning genetik belgisi ilmiy tahlilga muhtoj. Tilda mana shunday so’zlar guruhi ham bor.
O’z qatlam.
A). Umumturkiy so’zlar;
B). O’zbekcha so’zlar;
V). Paralel so’zlar;
G). O’z qatlamga oid so’zlarning fonetik belgilari;
D). O’z qatlamga oid so’zlarning fonetik strukturasi;
E). O’z qatlamning tematik tasnifi;
O’zbek tilining leksikasi qadimda turkiy negiz asosida shakllangan bo’lib, turkiy negiz asosida shakllangan bo’lib, turkiy til barcha turkiy xalqlarning tili sifatida xizmat qilgan. Keyinchalik turkiy xalqlarning tili sifatida xizmat qilgan. Keyinchalik turkiy xalqlarning bir qancha davlatlardan tarkib topishi, o’zlarining alohida markazlashuvi natijasida turkiy til bir necha mustaqil turkiy tillarga ajralib ketgan. O’z qatlam deganda aslan shu tilniki bo’lagn so’zlar va shular asosida yasalishlar, shuningdek, o’z affiks bilan boshqa til so’zlardan yasalishlar tushuniladi. O’zbek tili lug’at sostavidagi eng qadimiy so’zlar umum turkiy so’zlardir. Bu so’zlar turkiy tillarda hozir ham ishlatiladi. Umum turkiy so’zlarning asosini bosh, ko’z, qosh, yuz, uch, kel, yot, bo’l kabi bir bo’g’inli so’zlar tashkil qiladi.Bundan tashqari, o’zbek tili lug’at sostavida achchiq,kishi, og’iz, og’ir, kabi ko’p bo’g’inli tub va yasama so’zlar ham bor. Hozirgi o’zbek tili lug’at tarkibida umum turkiy so’zlardan tashqari, o’zbek tilining o’z mustaqil taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan so’zlar ham bor. Bular birinchidan, o’zbek tilining o’zi doirasidagi yangi-yangi yasalishlardan ko’rinadi, ikkinchidan, leksik ma‘no taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan differantsial so’zlardir. Masalan: boshlang’ich yollanma, topshiriq, yutuqli, yozuvchi, belgili, yonilg’i, yoqilg’i, yashasin kabi so’zlar o’zbek tili bazasida voqe bo’lgan yasalishlaridir.Tilimizda yana shunday so’zlar mavjudki, o’zak qism o’zga tilniki, yasovchi affiks o’zimniki: jangchi, zakazchi, traktorchi, ekskovatorchi, paroxodchilik, jonli, planlashtirmoq. Yoki aksincha bo’lishi ham mumkin: Asos o’zbek tiliniki, yasovchi o’zga tilniki: bebosh (bevosh), beish, bilimdon, to’g’ruqxona kabilar ham o’zbekcha modellar asosidagi yasalishlar bo’lagni uchun o’zbekcha tili manboida yasalgan so’zlardir.O’z qatlam haqida,o’zbek tilining o’z lug’at boyligi haqida gapirganda, so’zlarning leksik ma‘no taraqqiyotini ham hisobga olish kerak. O’z qatlamga xos so’zlar bilan o’zlashgan qatlamga xos so’zlarni o’zaro farqlash qiyin masalalardandir. Bularning farqlashda so’zlarning fonetik tuzilishini (ba‘zan grafik xususiyatini) xisobga olib ish ko’riladi. So’zlarning semantik tuzilishi ham bu so’zlarni o’z qatlam yoki o’zlashgan qatlamga xos ekanligini aniqlaydi. Ma‘no tarmoqlanishi ko’p ma‘nolilik, ko’pincha, o’z qatlamga oid bo’ladi. O’zlashgan so’z odatda ko’p ma‘noli bo’lmaydi, ko’p ma‘nolilikni anglatish uchun o’zlashgan so’z tilda uzoq yashashi, tilga juda singib ketishi kerak bo’ladi. Bulardan tashqari, o’z qatlamdagi so’zlarning ko’pchiligi konkret ma‘noli so’zlar bo’lsa, o’zlashgan qatlamdagi so’zlar abstrakt ma‘noli so’z bo’ladi.O’z qatlamga xos bo’lgan so’zlarning asosiy belgisini uning fonetik strukturasida ko’rinadi. O’zbekcha turkiy so’zlar asosan bir bo’g’inli: yer, yem, tez,oz,ikki bo’g’inli: (tinti, tolqon, tirna) uch bo’g’inli so’zlar: tirqira, yo’ng’ichqa, yigirma.Bir bo’g’inli turkiy so’zlar ko’proq undosh unumli undosh (SVS) kul, kun, do’q, do’l. Ikki bo’g’inli so’zlar ko’proq ochiq bo’g’inlardan tuzilgan: ikki, olma, opa, aka, og’riq, etik, erkin, erta.Turkiy so’zlar R, L, V, H, Ts tovushlar bilan boshlanmaydi. Bu tovushlar bilan boshlanuvchi so’zlar o’zlashma qatlamga mansubdir. Turkiy so’zlar oxirie, ye, o’ unlisi bilan tugmaydi. Ba‘zi undov va mimemalar, shuningdek, de so’zi bundan mustosno:he, ehe, o’he, bo’, mo’.O’zbekcha so’zlarda h bo’g’iz tovushi qatnashmaydi. (Undov va mimemalardan tashqari). Turkiy so’zlar tarkibida oraliq tovush j, bo’g’iz tovushih, qorishiq tovush ts kelmaydi. Undov va mimemalar bundan mustasno.Turkiy so’zlarda birinchi bo’g’indan keyin bo’g’inlar hech vaqt unli tovush bilan boshlanmaydi.
Bo’g’in boshida, o’rtasida va oxirida ikki undosh tovush yonma-yonma kelmaydi.O’zbek tilidagi ost, berk, bo’rt, yirt, ko’ks, mo’lt, ort kabi so’zlar bilch, gurs, zirq, yilt, tert, pirq singari taqlidiy so’zlar bundan mustasno. Grafik jihatdan o’zbek tilidagi so’zlarda ‘, belgilari uchramaydi.Yuqoridagi holatlarning aksi sanalgan so’zlar asosan o’zlashgan qatlamga hosdir. Hozirgi o’zbek tilining lug’at sostavida o’z qatlamdan tashqari o’zlashgan qatlam ham mavjud. Bu qatlam o’zbek halqining boshqa halqlar bilan madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari orqali o’zlashgan. O’zlashgan qatlamni asosan forscha-tojikcha, arabcha, internatsional-ruscha so’zlar tashkil qiladi.O’zlashgan qatlam. Hozirgi o’zbek tilining lug’at sostavida o’z qatlamdan tashqari o’zlashgan qatlam ham mavjud. Bu qatlam o’zbek halqining boshqa halqlar bilan madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari orqali o’zlashgan. O’zlashgan qatlamni asosan forscha-tojikcha, arabcha, internatsional ruscha so’zlar tashkil qiladi. O’zbekcha so’zlar turkiy tillarning O’rta Osiyo va Qozog’iston territoriyasida yashovchi xalqaro tiliga xos so’zlar hamda forscha-tojikcha, rus tili orqali o’tgan so’zlarga qo’shimchalar qo’shish orqali yasaolag so’zlar kiradi: ayacha, buva, dada, ulfatchilik, bog’dorchilik, purkagich, ekskavatorchi kabilar.Fors-tojikcha so’zlar. O’zbek tilining lug’at sostavida fors tillariga oid so’zlarning bo’lishi bu xalqlarning uzoq tarixiy o’tmishi bilan bog’liq. Bu xalqlar asrlar bo’yi iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo’lganlar. Shuning uchun ham hozirgi o’zbek tilida xom, ko’p, kalta, dasturxon, dazmol, xokandoz, barkash, obdasta, objuvoz, xum, gurgut, choyshab, marvarid, paypoq va boshqa ko’plab so’zlar uchraydi. Arabcha so’zlar o’zbek tiliga 7-8 asrlarda kirgan. Bu narsa arablarning O’rta Osiyoni bosib olishlari bilan bog’liq bo’lib, ular turkiy yozuvlarni yo’q qilib,arab grafikasiga asoslangan yozuvni joriy qiladilar. Arab tili bilan Davlat, sud ishlari va maorif ishlari olib borilgan. Shuning uchun ham shu sohalarga oid ko’pgina so’zlar arabcha so’zlardir. Masalan, muassasa, xizmat, mehnat, asbob, muallif, millat, rais, idora, askar, xavf, hujum va boshqalar.So’z o’zlashtirish asosan ikki yo’l bilan bo’ladi:
1)Jonli so’zlashuv orqali. Bunday o’zlashish ikki tilvakillarining o’zaro so’zlashuv aloqalari asosida o’tadi. Keyinchalik bu so’z adabiy nutqqa ham o’tishi mumkin. Adabiy nutqqa oliniida ba‘zan bu so’zning so’zlashuv nutqiga xos formasi saqlanadi, ko’pincha esa adabiy nutq formasida olinadi. Masalan, tanur,kabutar so’zlar jonli so’zlashuv orqali tandir,kaptar formasida o’zlashgan va adabiy nutqqa shu shakli olingan;padnos, krovat shaklida o’zlashtirilgan, adabiy nutqqa ham shu formasi qabul qilingan. Bunday holat o’zlashtirilayotganda so’z fonetk jihatdan noqulaybo’lganida yoki o’zlashtirilayotgan tilga fonetik jihatdan bo’ysundirish kerak bo’lganida yuz beradi. 2) Bosma manbalar orqali. So’zlar bir tilda yozilgan asarlarni ikkinchi bir tilga tarjima qilish orqali o’zlashtiriladi. Bunda asosan, kundalik matbuot, publitsistikaning roli katta bo’ladi. Yangi o’zlashgan so’zlarni birinchi marotaba gazeta sahifalarida uchratish mumkin.
Har bir xalq tilining shakllanishi shu tilda so‘zlashuvchi xalqning kelib chiqish tarixi bilan bevosita bogMiqdir.
Turkiy, xususan, o'zbek xalqining etnogenezini aniqlash tarixchilar, etnograflar, arxeologlar, tilshunoslar va adabiyot- shunoslar shunga o‘xshash soha olimlarining birgalikda ish olib borishlarini talab qiladi. Masalan, hozirgi zamon 0‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarining etnogenezini bilish — shu hududda qadimda yashagan xalqlar — saklar (skiflar), massagetlar, sug‘dlar, kushonlar (yoki toxarlar), xunnlar hamda boshqa qo‘shni xalqlarning tarixini o‘rganish bilan bog‘liqdir.
Har bir xalqning shakllanishi uning ijtimoiy tuzumi, madani- yati, tili va ongining shakllanishi bilan belgilanadi.
Turkiy xalqlarning genezisi va tilining shakllanishini aniqlashda eng murakkab muammo 0‘rta va Markaziy Osiyoning eng qadimgi tarixini va bu hududda istiqomat qilgan qadimgi etnik guruhlar, ularning qaysi bir tilda so‘zlashganini aniqlash masalasidir.
Bu sohada asosiy manbalar — qadimgi eron, yunon, xitoy, arab tillarida yozilgan yodnomalar, arxeologik qazilmalar hamda hozirgi zamon sheva materiallaridir. Mavjud turkiy yozma yod- gorliklarning eng eskilari VII—X asrlarga oiddir.
Manbalardan ma’lum bo‘ladiki, eng qadimgi (meloddan awal- gi III—I minginchi yillar) 0‘rta Osiyoning aholisi skiflar, xorazm- liklar, saklar, massagetlar, sug‘dlar, qang‘li (qang‘uy)lar bo'lgan. Amu va Sirdaryoning quyi oqimida massagetlar, Qozog‘iston va Sharqiy Turkistonda saklar, Xorazm vohasida xorazmliklar yashagan. Toshkent, Farg‘ona, Sug‘dning katta qismida turkiyzabon deb taxmin qilingan etnik guruhlar — qang‘uy (yoki qang‘li) urug‘lari yashagan va ular Qang‘uy (Qang‘a) davlatini tashkil etganlar.
Turkiy urug'larning mustahkamlanishida ishtirok etgan ikkinchi qatlam Markaziy Xitoydan ko‘chib kelgan yuechji (ku- shon yoki toxarlar) va xunnlar (milodgacha I minginchi yillar) hamda eftalit ıırug‘lari bo‘ldi. Kushonlar Kushon davlatini (I— IV asrlar), eftalitlar Eftalit davlatini tuzdilar (V—VI asrlar). Eroniy va turkiy tilda so‘zlashuvchi bu davlatlar Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Parfiya, Marg‘iyona, Choch (Shosh), Parkana o‘lka!arida barpo bo‘ldi. V—VIII asrlar mobaynida sharqdan ko‘chib kelgan turkiy urug‘lar mahalliy turkiy urugMarning mustahkamlanishida va sug‘d hamda xorazmcha so'zlashuvchi urug‘larningturklashishida katta rol o'ynadilar.
Ashyoviy dalillar, qadimgi bitiglar 0‘rta Osiyo xalqlari orasida zardusht dini ta’limoti tarqalgani, amaldagi oromiy yoki mixxat yozuvit'an sug‘d va xorazm yozuvi shakllanganini ko‘rsatadi. So‘nggi ikki yozuv VII asrlargacha qoMlanib keldi.
0‘rta Osiyoda Kushon davlatining yemirilishi bilan uning vorisi va davomchisi sifatida Eftalit davlati barpo bo‘ldi (V—VI asrlar). Eftalitlar xunnlar bilan aralashib, ularning tilida (turkiy tilda) so‘zlashganlar.
VII—VIII asrlar turk xoqonligi davridir. Bu xoqonlik 0‘rta va Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Qozog‘istonni o‘z ichiga oldi. Ma’lumki, turk xoqonligi keyinroq, 588-yili ikki qismga boiinib ketdi: Sharqiy xoqonlik (Mo‘g‘uliston) va G‘arbiy xoqonlik (Yettisuv viloyati). G'arbiy xoqonlik qarluq, xalaj, qang‘li, tur- gesh, chigil, o‘g‘uz urug‘ birlashmalaridan iborat edi. Keyinroq g‘arbiy xoqonlik ham yemirilib, tarkibidagi o‘g‘uz va qarluqlar ajralib chiqib, alohida o‘z davlatlarini tashkil etdilar.
Bu davrda Movarounnahr, Xorazm va Xurosonga shimol va sharqdan turkiy qabilalarning kirib kelishi davom etadi. 745-yili Sharqiy turk xoqonligi uyg‘urlar tomonidan yemirildi, uyg‘ur davlati paydo bo‘ldi. Bu davlat 840-yilgacha davr surdi, so‘ngra uyg‘ur davlati Sibirdan kelgan xakaslar (qirg‘izlar) tomonidan yemirilib, qirg‘izlar davlati hukmron bo‘lib qoldi. Uyg‘urlarning bir qismi qarluqlarga qo‘shildi, ikkinchi qismi Tibetga ko‘chdi, qolgani 01- toyda qolib, boshqa turkiy urug‘lar bilan qo‘shilib ketdi.
Ma’lumki, VIII asr boshlarida 0‘rta Osiyoni arablar bosib oldi. Bu davrda mahalliy zardushtiy, buddizm, otashparastlik, ko‘p xudolilik dinlari o‘rnini islom dini egalladi. Arab tili fan va rasmiy davlat tili bo‘lib qoldi, arab yozuvi joriy bo‘la boshladi.
X asrlar davomida 0£rta Osiyo somoniylar davlati qo‘l ostida bo‘ldi. Bu davrda arab hukmronligi tugatilsa ham, islom dini va aqidalari saqlandi, tobora singib bordi, arab tili fan tili sifatida qo‘llansa ham, rasmiy davlat tili fors-tojik tili edi, so‘zlashuv tili - turkiy til bo‘lgan. Mahalliy turkiy va fors-tojik urug‘larining o‘zaro aloqasi va qo‘shilish jarayoni kuchaydi. Ikki tillilik rivoj topdi. Bu vaqtga kelib arab alifbosi o‘zlashib, sug‘d, xorazm va pahlaviy yozuvi qo‘llanishdan to‘xtadi, uyg‘ur (to‘g‘rirog‘i, turkiy) yozuvi esa XIII-XIV asrgacha ishlatilib kelindi. Buyuk Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘o- niy, Al-Forobiy, Beruniylar shu davrda yashadilar va o‘lmas asarlar yaratdilar. Olim va shoirlarga Abu Abbos Ma’mun (999-1016- yillari halif edi) homiylik qildi, mashhur “Ma’mun kutubxonasi” va “Ma’mun akademiyasi” (“Baytul hikma’”) tashkil bo‘ldi.
Umuman, VIII—X asrlarda 0‘rta Osiyoning sharqiy qismida, janubida, Yettisuvda qarluq, chigil, yag‘mo, to‘xsi, uyg‘ıır, o‘g‘uz, qipchoqlar kabi turkiy urug‘lardan iborat bo‘lgan konfederatsiya- lar tashkil topdi. Bu urugiar ichida nufuzlisi qarluq urug‘lari edi.
Ular Qarluq davlatini barpo qildilar. X asr oxirlarida o‘g‘uzlar Xorazmni egalladilar. 1
Buxoroning janubiy qismlarida ular turkman-saljuqiylar nomi bilan yuritilardi. Bu davrda turkiy urug‘larning ko‘p qismi Yettisuv vohasida joylashgan edi. Qarluqlar Turkmaniston hududida, chi- gillar lssiqko‘lda, yag‘molar Issiqko‘lning janubida istiqomat qilganlar. Yettisuv vohasidagi konfederatsiyada dam qarluqlar, dam chigillar, dam arg‘ular hukmronlik qilardi.
XII asrlar qoraxoniylar davlati hukm surgan davrdir. Bu davlat somoniylar davlati o'mida paydo bo‘ldi. Ammo XI asr o‘rta- larida qoraxoniylar davlati ikki qismga ajraldi: biri — Sharqiy davlat (markazi — Balasag‘un, keyinroq — Koshg‘ar), ikkinchisi — G‘ar- biy davlat (markazi — 0‘zgand, keyinroq Samarqand). Sharqiy davlatga — Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona, Sug£d kirsa, G'arbiy davlatga — Afg‘oniston, Shimoliy Eron, keyinchalik Xorazm o‘lkasi kirdi. Bu vaqtga kelib turkiy qabilalar yanada bir- lashdi, turkiy tilning mavqei ko‘tarildi. Qoraxoniylar davlatini nsoslagan urug‘lar qarluqlar, yag‘molar va chigillar edi. XI asrda Qoraxoniylar davlati bilan barobar G‘aznada g‘aznaviylar davlati tuzildi va 1017-yili Xorazm ham shu davlatga qo'shib olindi.
Qoraxoniylar davlatida arab tili ilmiy va diniy til bo‘lib qoldi, fors-tojik tili rasmiy va adabiy til bo‘Isa-da, turkiy tilda ham rasmiy hujjatlar tuzildi. Yusuf Xos Hojibning 6645 misradan iborat “Qutadg'u bilig” asari, Ahmad Yugnakiyning nazm bilan yozilgan “Hibatul-haqoyiq” asari turkiy tilda yozildi. Bu hoi XII asrda o‘zbek adabiy tilining ham shakllana borganidan darak beradi.
XII asrlarda Xorazmga turkiy urug'larning ko‘plab kelishi tufayli, mahalliy eronzabon Xorazm tilining mavqei pasayib, turkiy tilga o'tish va turklashish jarayoni kuchaydi.
XII asr boshlarida etnik tarkibi haligacha noaniq bo‘lgan ko‘chmanchi “qora xitoylar” 0‘rta Osiyoni bosib olsa ham, katta o‘lpon (soliqlar) berish sharti bilan o‘z yurtlariga qaytdilar.
0‘rta Osiyo xalqlari XIII asrning birinchi yarmi (1219-yil)dan to XIV asrning ikkinchi yarmigacha (1370-yilgacha) mo‘g‘uIIar asoratida bo‘ldilar. XIV asrning ikkinchi yarmidan XV asrning ikkinchi yarmigacha hokimiyat temuriylar qo‘lida bo‘ldi. Temur davlati mo‘g‘ullar vayron qilgan davlatni tikladi, katta hududda mutloq hokimiyat o‘rnatdi.
0‘rta Osiyoda hukm surgan arablar, forslar, mo‘g‘ullar mahalliy urug‘ va qabilalarning etnik tarkibiga va tiliga biror keskin ta’sir ko‘rsata olmadilar, faqat ma’lum davrlarda arab tili ilmiy til, fors tili rasmiy va qisman adabiy til sifatida qo‘llanildi. XIV—XV asrlarda mo‘g‘ul urug'lari (joloyir, barlas, qavchin, arlat, alchin, duglat, ming, sulduz, mang‘it, qo‘ng‘irot, nayman va b.)ning turkiy urug‘lari bilan aralashuvi va turklashish jarayoni kuchaydi.
Budavrdao‘zbekadabiytiliningvao‘zbekxalqiningshakllanishjarayonitugallandivafan, madaniyatvaadabiyottaraqqiyetdi.
Oltin 0‘rdainqirozgauchragach (XIVasrboshlari), shuning- dek, temuriylardavlatiningichkiinqirozidavridaDashtiqipchoq- ningsharqiyqismida (VolgadaryosiningsharqtomonivaSirdar- yoningshimolidagi, hozirgiQozog‘istonvaSibirningg‘arbi-janu- biyqismi) XVasrning 20-yillari“Ko‘chmanchio‘zbeklardavlati” vujudgakeldi. Budavlato‘zbek, qozoqvamo‘g‘ulurug‘laridan (tang‘ut, qo‘ng‘irot, durman, nayman, xitoy, uyg'ur, qarluq, uy- shin, mang‘itkabi) tarkibtopganedi. Bu urug‘lar umumiy bir nom bilan “o‘zbek” deb atalardi. Bu davlatning asoschisi Abul- xayrxon (1428—1468) bo‘lib, davlat 40 yil hukm surdi. Abulxayr- xonning nevarasi Muhammad Shayboniy (1450—1510) XV asr boshlarida temuriylar saltanatiga barham berdi, ko'chmanchilar mahalliy urug‘larga singib, hududdagi turkiy aholi ham sekin- sekin “o‘zbek” deb nomlana boshladi.
“0‘zbek” atamasi eskidan ma’lum. Bu nomni shaxs nomi sifa- tida Nisaviy Juvayniy va Rashididdin (XIII asr) asarlarida qo‘llanadi. Oltin 0‘rda xoni Jujining o‘g‘li ham 0‘zbekxon edi. Udezidlar su- lolasidan bo‘lmish Ozarbayjon otabeklaridan biri 0‘zbek nomi bilan atalardi, Xorazmshoh Muhammad (1200—1220) amirlaridan birining ham ismi 0£zbek edi. Shunisi muhimki, Dashti qipchoqdagi “o‘zbek” qabilalari Oltin 0‘rda xoni 0‘zbekxon qo‘lida bo‘lmagan. “0‘zbek” atamasi vengerlarda ham martaba, ham unvon sifatida qo‘llanadi. (“Qushbegi”, “Otabegi” kabi)1. Shunisi muhimki, To‘xtamish qo‘shinlarida ham, Chingizxon askarlari ichida ham turkiy, xusu- san, o‘zbek qabilalari bo‘lgan.
XVI—XIXasrlardavomidao‘zbekurug‘lariningtojik, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkmanurug‘laribilanetnikvamadaniyaralashuviyanadatezlashadi. Ayrim o‘zbek va tojikzabon urug‘ va qabilalarning qo‘shilish jarayoni jadallashadi. Dashti qipchoqdan ko‘chmanchi qabilalarning ko‘chib kelishi davom etadi, qipchoq va qoraqalpoq urug‘lari Zarafshon va Farg‘ona vodiysiga, qozoq- lar Toshkent vodiysiga joylasha boshlaydi.
1559-yili shayboniylar sulolasidan boMmish Abdulmo‘min vafotidan so‘ng hokimiyat yangi, astraxonliklar (ashtarxoniylar) sulolasiga o‘tdi. Hokimiyatni Boqi Muhammad egalladi. Hokimiyat markazi Buxoro edi. Bu davrda ayrim urug‘ va qabilalar nufuzli o‘rin olishga harakat qildilar. Sirdaryo atroflarida keneges urug‘i, Amudaryo atrofida qatag'on, Samarqand va Farg‘onada ming urug'i, Movarounnahr g‘arbida mang‘itlar va qo‘ng‘irotlilar hokimiyat uchun kurashdilar. Natijada Buxoroda mang‘itlar, Xivada qo‘ng‘irotIiIar, Qo‘qonda ming urugMari hokimiyatni egalladilar. Shunday qilib, yagona ashtarxoniylar sulolasi barham topib, Qo‘qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligi tuzildi. Bu davlat birlashmalari 90 dan ortiq qabila va umg‘lardan tarkib topgan bo‘lsa-da, hammasi asosan qarluq urug‘idan bo‘lib, madaniyati bir xil, tili — o‘zbek tili edi (ayrim urug‘larda ba’zi sheva xususiyatlari saqlangan). Samarqand va Buxoro aholisi o‘zbek va tojik tilida so‘zlashar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |