Tizimlilik tamoyili. XXasrga kelib barcha fanlar tadqiqotlarida tizimlilik uslubidan foydalanish asosiy o’rin tutib bora boshladi , bunda tadqiqot obyektiga sababiylik va kelib chiqishidagi xamda vazifaviy aloqadorligi xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda murakkab tuzulmali tizim sifatida qaraladi M.A.Barg tomonidan fanga tizimlar (tizimlar) va tuzilishlar (strukturalar),tizimlar tarkiblari (podsistema) xaqidagi tushunchalar kiritildi.
Tuzilish-bir tizimni tashkil etuvchi xodisalar aloqadorligi va ularni bir tartibga solish shakillari bo’lib , u tarixchi e’tiboridan yashirin xolda bo’ladi .Shu o’rinda mazkur tarixchi tomonidan “tuzilishi va jarayon “tushunchasi xam ilgari suriladi , bunda tuzilish o’zgarmas va barqarorlik xolat sifatida jarayon esa o’zgaruvchan va beqaror , doimiy xarakatdagi xolat va ular bir-birini to’ldirib keladi deb kursatiladi .
Tarixni bilishning oziga xosligi.
Tarixning fan yoki badniy ijodning bir ko’rinishi ekanligi borasida tarixchilar va faylasuflar o’rtasidagi baxs va munozaralar uzoq vaqt davom etib keldi . Keyingi fikirni asoslashga ko’proq postmodernistlar moyillik bildiradilar .Tarixchilar esa ayrim xollarda stientistlar (tarixni fan deb xisoblovchilar ) xamda antistientistlar (tarixning ilmiy emasligini isbotlashga xarakat qiluvchilar )bilan munozaraga kirishgan xolda ,odatdagidek tarixiy tadqiqotlarni amalga oshiradilar.
Xar ikki qarashning orasida uchinchi bir qarash mavjudki ,bunda tarixning fan ekanligi , biroq boshqa tabiy va aniq fanlardan aloxida xususiyatlari bilan ajralib turishi takidlanadi
Pozitivistlar tabiy tabiy fanlar va gumanitar fanlar metodlari o’rtasida prinsipial farqlar mavjud emas degan qarashdan kelib chiqqan xolda o’z qarashlarini ilgari suradilar . (Pozitivistlar tarixini “pozitiya” bilimiga aylantirishga xarakat qiladilar.Bu tushunchaning moxiyati shundaki , pozitivistlar xamma xaqiqiy ,pozitiv bilimlar konkret fanlarning maxsulidir , falsafa esa bunday bilimlarni bera olmaydi shuning uchun uning keragi yo’q , degan g’oyaga asoslangan subyektiv qarashga ega edilar. Ular tarixiy dalillar bilan qanday ishlash manbalarini taxlil qilish bo’yicha bir qancha metodlarni taklif qildilar) Bunda ular sotsiologiya fanini jamiyat qonuniyatlarining muofiqlashtiruvchi sifatiga aloxida urg’u berib , tarix fanini xam “ pozitiv” bilim berishga latoqatli deb xisobladila.
Nsokantchilar esa pozitivistlarga qarshi fikr bildirib , tarixning asosiy vazifasi qonuniyatlarni ochish emas , balki tarixni tashkil qiluvchi aloxida , individual , takrorlanmas xodisalarni o’rganishni taklif qiladilar. Marksistlar esa jamiyatdagi bilish qonuniyatlari g’oyasini ilgari surib, tarixni o’rganishga bo’lgan boshqa qarashlarni soxtalashtirilgan ijtimoiy xodisalarni o’rganish deb xisoblaydilar.
XX asr oxirlarida xam tabiy fanlar tadqiqot usullarining ( matematik modellashtirish , tartibsizlik nazaryasi (xos nazaryasi biror-bir narsa yoki voqeaning turli aralash unsurlardan yoki aralash voqealardan kelib chiqqanligini asoslashga xarakat qiluvchi nazariya) va va boshqalar) tarix fani tadqiqotlarida xam qo’llanilishining qanchalik to’g’riligi va samara barishi xaqida baxs va munozaralar davom etib keladi.
Bugungi kundagi axborotlashtirish jarayonlari turli fan tarmoqlarini bir-biriga yaqinlashtira boshladi.Shuningdek , bugungi kunda fanning o’ziga qarashlar va fan xaqidagi tasavvurlar
xam o’zgarib bormoqda. Ijtimoiy va gumanitar fanlard bo’lgani kabi tabiy fanlar qarshisida xam bugungi kunda eng dolzarb muammo bo’lib turgan masala mutlaq ,obtektiv xaqiqatga erishi muammosidar.
Do'stlaringiz bilan baham: |