«Toshkent» atamasi haqida.
M ilodning dastlabki asrlariga oid
Xitoy m anbalarida Toshkent «Shi» nom i bilan tilga olinadi. Bu
nom «Tosh shahar» degan m a’noni anglatadi. Buyuk bobomiz Abu
Rayhon Beruniy «Hindiston» nomli kitobida «Toshkent» atamasini
ishlatgan. Shahar arablar tasaruffiga o ‘tgach, arab alifbosida «ch»
harfi yo‘qligi sababli «Choch» «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ash-
Shosh», «Binkat» nomlari bilan atalgan. Shahar atrofi kuchli mudofaa
devori bilan o‘rab olingan. Arablargacha bo‘lgan davrda shahar ichi
ark va shahristonga ajratildi. Arkda hukmdor saroyi va ibodatxona
joylashgan. Shaharning amaldorlar yashaydigan qismi shahriston,
hunarmandlar yashaydigan qismi esa rabot deb ataldi.
Toshkent xalqaro savdo karvon yo‘lida joylashganligi tufayli shahar
da hunarmandchilikning turli sohalari yuksak taraqqiy etdi.
Arxeolog olimlar shahar hududidan turli mamlakatlarning tanga
pullarini topishdi. Bu esa Toshkentning qizg‘in savdo markazi ham
bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |