Ўзбекистон тарихи фани 2-мавзу. Россия империясининг Туркистондаги маъмурий бошқарув тизими ва мустамлакачилик сиёсати



Download 18,25 Kb.
bet1/4
Sana22.02.2022
Hajmi18,25 Kb.
#88192
  1   2   3   4
Bog'liq
3-МАВЗУ 2-семинар машғулоти учун топшириқ саволлари fd1855f4fbda1df517fa656486fec318


ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИ


2-МАВЗУ. Россия империясининг Туркистондаги маъмурий бошқарув тизими ва мустамлакачилик сиёсати


САВОЛ ВА ВА ТЕСТ ТОПШИРИҚЛАРИ


1-ҚИСМ МАВЗУ ДОИРАСИДА САВОЛЛАРГА ЖАВОБ БЕРИНГ?



  1. Тошкент шаҳари маъмурий тузилиши қандай бўлган? SAVOLNING JAVOBI: 1866 yilda "Rus Toshkenti"ni barpo etish bo'yicha maxsus qo'mita tashkil etiladi. Qo'mitaning ikki yillik faoliyati davomida qayta qurish tashkil etilib, Toshkent shahri 2 ga bo'lib tashlanadi. Ruslar istiqomat qiluvchi qismi Yangi shahar, mahalliy aholi yashaydigan qismi esa Eski shahar deb ataladi. Eski shahar aholisiga Yangi shahar qismiga o'tish taqiqlanadi.

  2. Тошкент шаҳрида саноатнинг пайдо бўлиши ҳақида нималар дея оласиз?

SAVOLNING JAVOBI: Rossiya imperiyaning Turkistonda olib borgan mustamlakachilik siyosati asosan o‘lkani imperiyaning tobora rivojlanib borayotgan sanoati xom ashyo bazasiga va tayyor mahsulotlarni sotish bozoriga aylantirishga qaratilgan bo‘lib, maqsad esa, Turkistonni sanoat o‘lkasiga aylantirish edi. N.Musayev tadqiqotlariga ko‘ra, Turkiston o‘lkasida sanoat korxonalari vujudga kelishi va tadrijiy rivojlanish tarixini ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr – XIX asrning 60-90 yillarini o‘z ichiga olib, bu davrda dastlabki kapitalistik korxonalar vujudga keldi. Ikkinchi davr – XX asrning boshlarini o‘z ichiga olib, bu davrda sanoat ishlab chiqarishi birmuncha rivojlandi. Birinchi davrda sanoat korxonalari ozchilikni tashkil qilib, ular mayda va kam quvvatli bo‘lsa, ikkinchi davrda korxonalar ko‘payib va yiriklashib borgan bo‘lib, ularning yirik va quvvatliroq bo‘lganlari rus burjuaziyasiga tegishli bo‘lgan.

  1. Тошкент шаҳрида бошқарув тизими қандай бўлган?

SAVOLNING JAVOBI: 1868 yil 27 fevralda Toshkentning ―Yangi shahar qismida harbiy-xalq boshqarmasi tuzilib, statistik maslahatchi Rotsiskiy uning boshlig‘i etib tayinlandi. 1877 yilda Toshkentda "Shahar Nizomi"qabul qilindi. 1877 yilda Toshkent shahar Dumasi tashkil etilib, Sirdaryo harbiy gubernatori boshchiligida maxsus hay’at tuziladi. Hay'at saylovchilar ro‘yxatini tuzish, shahar jamoatchilik boshqaruviga saylov o‘tkazish bo‘yicha ish olib bordi. Saylovda 25 yoshga to‘lgan, shaharda ko‘chmas mulki bo‘lgan rus fuqarolari, savdo va kosibchilik guvohnomalari bo‘yicha shahar solig‘ini to‘laydigan, qarzlari bo‘lmagan va sudlanmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan. Dumada ovoz beruvchilar soni 72 kishidan oshmasligi kerak edi. Ularning uchdan bir qismi mahalliy aholi, qolgani esa ―Yangi shaharda istiqomat qiluvchi aholi vakillari bo‘lishi shart edi. Saylovlar to‘rt yilda bir marta bo‘lib o‘tgan va unda asosan savdogarlar, yirik sanoat korxonalari hamda uy egalari ishtirok etgan.Yangi tashkil etilgan Duma birinchidan, shaharni mustamlakachilar qo‘lida saqlab turishni, ikkinchidan, Dumaga saylangan mahalliy aholi vakillarini hokimiyat tayanchiga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan edi

  1. Россия империяси ҳукмронлиги даврида маҳаллий бошқарув қандай йўлга қўйилган эди?

SAVOLNING JAVOBI: Mahalliy boshqaruv ko‘chmanchi aholini boshqarish va o‘troq aholini boshqarishga bo‘lingan. Har bir uyezddagi ko‘chmanchi aholi volostlarga, volostlar esa ovullarga bo‘lingan. Volost (bo‘lis)lar – volost boshqaruv-chilari, ovullar esa oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Viloyat boshqaruvchilari va unga nomzodlar harbiy gubernator tomonidan, ovul oqsoqoli va unga nomzodlar uyezd boshlig‘i tomonidan tayinlangan. Volost boshlig‘i polisiya va ma’muriy hokimiyatni amalga oshirgan. O‘troq aholini boshqarish qishloqlarda ma’muriy va polisiya vakolatlariga ega bo‘lgan oqsoqollar tomonidan amalga oshirilgan. O‘troq aholi uyezdlarda volostlarga, volostlar esa qishloq jamoalari (oqsoqolliklar)ga bo‘lingan.

  1. Россия империясининг ўлкадаги суд тизими ҳақида гапириб беринг

SAVOLNING JAVOBI: 1867 yilgi "Muvaqqat Nizom" ga ko‘ra, Turkiston
o‘lkasining sud va polisiya tizimi – harbiy sud, imperiyaning umumiy qonunlari asosida sud va xalq sudidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1886 yilgi "Nizom" ga ko‘ra, ularga o‘zgartirishlar kiritilib, quyidagicha bo‘lgan: sudlov palatasi, okrug sudlari, qo‘shimcha mirovoy (sulhparvar) sudyalar, faxriy mirovoy sudyalar. Mahalliy aholining sudlari alohida tartibga asosan tuzilib, xalq sudlari deb nomlangan. Xalq sudlari alohida rus sudlariga tegishli ishlardan tashqari sodir etilgan ishlarni, biror xalq sudiga tegishli bo‘lgan hamda rus hujjatlari asosida bo‘lmagan fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqqan. Xalq sudlari – xalq tomonidan saylanib qo‘yilgan biylar tomonidan amalga oshirilgan. Ular harbiy gubernator tomonidan tasdiqlangan. O‘troq aholi uchun qozi sudlari amal qilgan bo‘lib, ular aholi tomonidan saylangan hamda harbiy gubernator tomonidan tasdiqlangan.

  1. Полиция ташкилотлари ҳақида нималарни биласиз?

SAVOLNING JAVOBI: Mahalliy ma’muriyatning general-gubernatordan tortib bo'lis boshqaruvchisiga qadar bo'lgan barcha amaldorlari politsiya vakolatlariga ega edi. General-gubernator «mahalliy sharoitga ko'ra zarur va foydali deb topgan har qanday choralarni ko'rish», «siyosiy jihatdan zararli» hisoblangan shaxslarni besh yilgacha muddatga badarga qilish va hokimiyat vakillariga qarshilik ko'rsatgan taqdirda ularni harbiy sudga berish» huquqiga ega edi. Viloyat harbiy gubernatorlari tub aholini «o'z ixtiyoriga ko'ra» hibsga olish huquqiga ham ega bulgan lari da, bu ularning politsiyachilik xatti-harakatlariga keng yo'l ochdi. Uyezd boshliqlariga metropoliya ispravnigi vakolati, shu jumladan polismeysterlik funksiyalari ham berildi.

  1. Россия империясининг ўлкада солиқ тизими қандай бўлган?

SAVOLNING JAVOBI: Podsho hukumati Turkiston o'lkasidagi o'troq aholining yerlarining qishloq jamoalari va qishloqlarga biriktirib soliq yig'ishda "doiraviy javobgarlik" ni joriy etdi. Bunda soliq birligi sifatida avvalgidek yakka hovli- xo'jalik emas balki butun jamoa yoki qishloq olindi. Rus amaldorlari kambag'allar uchun ularning boy qarindoshlari yoki hamqishloqlari uning solig'ini to'lab yuborishlarini bilib shu odatni qonunlashtirdilar.

  1. Туркистонда мустамлака “ҳарбий-ҳалқ бошқаруви” нимани англатади?

SAVOLNING JAVOBI: Harbiy-xalq boshqaruvi mustamlaka davri Toshkentdagi boshqaruv tizimi. 1868 yil 27 fevralda Toshkentning ―Yangi shahar qismida harbiy xalq boshqaruvi tuzilib, statistik maslahatchi Rossiskiy uning boshlig‘i etib tayinlangan. Ushbu boshqarmaning dastlabki qaroriga ko‘ra, Toshkentning «Yangi shahar» qismida reja tuzish, uylar qurilishi, ko‘cha va maydonlar barpo etish, soliqlarni tartibga solish, daromad va xarajatlar smetasini tuzish, irrigasiya tizimi va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

  1. Туркистонда суд амалиётининг қонуний тартиби бузилган ҳолда қандай чоралар кўрилганлиги ҳақида нималар дея оласиз?

SAVOLNING JAVOBI: Sud amaliyoti jarayonida sud hujjatlariga nopisandlik ko'zga tashlanardi, guvohlarni chetlashtirish, ularni «gung» guvohlar, ya’ni davlat xizmatida bo'lib, ma’muriyatga bo'ysunuvchi maxsus ekspertlarning ma’lumotlari bilan almashtirishga yo'l qo'yilardi. Bularning barchasi mustamlaka hokimiyatiga sudlov mashinasini o'zi uchun ma'qul tarzda moslashtirganligini, sudlarn jandarmeriya va oxrankaga yaqinlashtirishga harakat qilganligini ko'rsatar edi.

  1. Россия империясининг Туркистондаги кўчирувчилик сиёсати ва унинг мустамлака бошқарув тизимини мустаҳкамладаги ўрни ҳақида ўз фикрингизни баён этинг?

SAVOLNING JAVOBI: Qashshoqlashib qolgan yuz minglab aholining Turkistonga ko‘chirib keltirilishi Rossiya imperiyasida tobora chuqurlashib borayotgan ichki ziddiyatlarni hal etishning mustamlaka qiyofasidagi yo‘li edi. Ikkinchi tomondan esa, mustamlaka o‘lkada ko‘p sonli rus aholisining doimiy yashashi mustamlakachi ma’murlar uchun iqtisodiy, siyosiy va albatta harbiy tayanch bo‘lib xizmat qilardi.

  1. XIX асрнинг охирларида ўлкада миллий ва мустамлака зулмнинг кучайиши нималарда акс этган?

SAVOLNING JAVOBI: O'lkada rus mustamlaka hukumati boshqaruvda milliy va mustamlaka zulmini kuchaytirib bordi. Xususan, ko'chirib keltirilgan rus aholisi manfaatlarini mahalliy ahoi manfaatlaridan ustun qo'yilishi, boshqaruv ishlarida faqatgina quyi pog'onadagi lavozimlarga mahalliy aholidan qo'yilishi, markaziy boshqaruvda mahalliy aholi vakillarining yaqinlashtirilmasligi, agrar sohada ham kambag'allarning kamsitilishi, milliy jihatdan kamsitilish, zo'ravonlik va boshqa zulmlar yetkazildi va bu XIX asr oxiriga kelib o'lka hududining qo'zg'alonlar markaziga aylanib ketishiga olib keldi.



Download 18,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish