Tarixiy xotira qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihat, ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Tarixiy xotiraning o‘ziga xos jihatlaridan yana bir o‘z o‘tmishidan faxrlanish tuyg‘usidir. Dunyoda hududi O‘zbekistondan bir necha marta katta bo‘lgan ba’zi davlatlar ham aholisi o‘troq bo‘lib yashashni boshlagan moziyning azaliyligi, o‘nlab shaharlarining tarixi 2500 yildan ortiqroq ekanligi bilan g‘ururlana olmaydi. Tarixiy xotira qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihat, ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Tarixiy xotiraning o‘ziga xos jihatlaridan yana bir o‘z o‘tmishidan faxrlanish tuyg‘usidir. Dunyoda hududi O‘zbekistondan bir necha marta katta bo‘lgan ba’zi davlatlar ham aholisi o‘troq bo‘lib yashashni boshlagan moziyning azaliyligi, o‘nlab shaharlarining tarixi 2500 yildan ortiqroq ekanligi bilan g‘ururlana olmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, tarix shunday manbaki, u insonning o‘zini anglash, jamiyat oldidagi burchi, ajdodlar ruhi oldidagi ma’suliyatini to‘g‘ri tushunishiga, istiqbolni to‘gri belgilashga imkon beradi. «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Inson uchun tarixdan judo bo‘lish hayotdan judo bo‘lish demakdir».
Topshiriq:
Matn yuzasidan savollar.
1.Matn mazmuniga doir savol va topshiriqlar
2.Tarixiy xotirani aks ettiruvshi atamalarni yozing
3.Matndagi oxirgi fikr asosida munozara tashkil qiling
Nazariy ma’lumot bayoni: . Tilning leksik qatlamlari Tilning leksik qatlamlari
O‘zbek adabiy tilida barcha so‘zlar quyidagi ikki qatlamga bo‘linadi:
1. O‘z qatlam.
2. O‘zlashgan qatlam.
O‘z qatlam - asli umumturkiy va o‘zbekcha so‘zlar bo‘lib, shu so‘zlar asosida hamda o‘zbekcha affiks bilan boshqa tillardan yasalgan so‘zlardir.
O‘z qatlam quyidagicha tur va belgilarga ega bo‘ladi:
1. Umumturkiy so‘zlar. Belgilari: asosan bir bo‘g‘inli bo‘ladi (bosh, tosh, men, sen); undosh tovushlar qatorlashib kelmaydi; ikki bo‘g‘inli so‘zlar asosan oshiq bo‘g‘indan tuziladi ( a-ka, o-ta, bo- la …); birinchi bo‘g‘indan keyingi bo‘g‘in unli bilan boshlanmaydi; x, ts, dj harflari qatnashmaydi; ayirish va yumshatish belgilari ishlatilmaydi; so‘z boshida r,l,v tovushlari qo‘llanmaydi.
2.O‘zbekcha so‘zlar. Belgilari: umumturkiy so‘zlarga o‘zbekcha so‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish yo‘li bilan (bosh-la, ter-im-shi…); boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga o‘zbekcha so‘z yasovchi qo‘shimchalardan qo‘shish bilan hosil qilinadi(traktor-shi, mard-lik, madanyat-li…)
Do'stlaringiz bilan baham: |