Tarix va zamonamiz
“Tarix va zamonamiz”
(Tilning leksik qatlamlari)
Reja:
Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish.
Tilning leksik qatlamlari.
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Adabiyotlar:
1.Muhiddinova X.., Salisheva Z..,Po‘latova X.O‘zbek tili(oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik).–Toshkent.O‘qituvchi, 2012. – 288 b.
2.Normatova Sh.., Abdurahmonova M.., O‘zbek tili (darslik) – Toshkent:JIDU, 2014 – 192 b
3.Sh.Yuldasheva.D.Kabulova.”O‘zbek tili”Toshkent. 2016-y
4.https://my.gov.uz/ - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
5.https://www.lex.uz. – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
6.http://library.ziyonet.uz/ - ta’lim portali.
Dars jihozlari:kitob, tarqatma,slayd,ko‘rgazmali qurollar, xattaxta, bo‘r.
Tayanch tushunchalar: tarix, zamon, o‘tmish, kelajak. Leksika, o‘z ma’no, ko‘chma ma’no.
Tarix va zamonamiz Tarix va zamonamiz Tarixiy xotira – inson ma’naviyatining ajralmas qismi, o‘tmishni bilish, uni qadrlash, undan saboq olish natijasi. Bu borada birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q» nomli asari katta ahamiyatga ega. Unda o‘tmishga xolis yondashish, uni qadrlashga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, ularni dilga jo etib, bunyodkorlik va yaratish yo‘lidan izchil borishga undaydi. Buyuk mutafakkir Beruniy ta’kidlaganidek, «O‘tmish kelajakning kalitidir». Mustaqillik tufayli xalqimiz tili, madaniyati, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘z tarixini bilish imkoniga ega bo‘ldi.
Tarixni ilmiy o‘rganish natijalari hozirgi O‘zbekiston zamini jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu qadimiy madaniyat o‘chog‘idan ko‘plab atoqli allomalar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Jahon sivilizatsiyasining rivojida yurtimizning salmog‘i katta. Qadim zamonlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha qimmatini yo‘qotmagan asori-atiqalarimiz bu zaminda azaldan dehqonchilik, hunarmandchilik, me’morchilik va shaharsozlik madaniyati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, falakiyot, me’morchilik, dehqonchilikka oid minglab asarlar bizning beqiyos madaniy va ma’naviy boyligimiz, faxrimizdir. Bunday katta madaniy merosga ega bo‘lgan xalqning kelajagi ham porloq bo‘lishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |