Tarix va madaniy meros



Download 36,97 Kb.
bet7/7
Sana14.06.2022
Hajmi36,97 Kb.
#669848
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mirshod tarix

Ahmad Donish. 19-asrda Buxoro taraqqiyparvar muhitining yuzaga kelishida muhim oʻrin tutgan. Tojik tilida ijod qilgan. Mudarris oilasida tugʻilgan. Ahmad Donish boshlangʻich savodni onasidan olgan, soʻng maktabda, madrasada tahsil koʻrgan. Adabiyot, tarix, falsafa, tibbiyot, mat., astronomiya ilmini mustaqil oʻrgangan. Xattotlik, rassomlik va naqqoshlikni yaxshi bilgan, munajjimlikdan yaxshi xabardorligi bilan Nasrumaxon nazariga tushgan. 1857, 1869, 1873 yillarda Buxoro amiri elchilarining mirzasi boʻlib, Rossiya (Peterburg) ga borgan. Safar taassurotlari asosida "Navodir ul-vaqoyeʼ" ("Nodir voqealar") va "Tarjimai ahvoli amironi Buxoro" ("Buxoro amirlarining tarjimai hollari") kabi asarlar yozgan. Ularda amirlik tuzumini isloh qilish masalasini koʻgargan. Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan "Manozir ul-kavokib" ("Sayyoralarning joylashishlari") nomli astronomiya (ilmi nujum)ga oid kitob yozgan (1865). 1870 – 73 yillarda islohot haqida "Risolai dar nazmi tamaddun va taovun" ("Madaniyat va jamiyat tartibi haqida risola") asarini yaratgan.
"Risolai tarixiy" nomi bilan mashhur boʻlgan "Taʼrixi saltanati xonadoni mangʻitiya" asarida mangʻitlar sulolasining 100 yillik hukmronligi taxlil va tadqiq qilingan. Ahmad Donish chizgan ayrim rasmlar saqlangan. "Maktab" nomli miniatyurasida xotinqizlarni oʻqitish gʻoyasi ilgari surilgan. 15-asr miniatyura sanʼati uslubida chizilgan "Shoir va darvish" miniatyurasi, "Majnun sahroda" nomli 2 miniatyurasi, bangining hajviy rasmi, oʻzi koʻchirgan va bezagan Bedil asarlari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 373) va Oʻzbekiston davlat sanʼat muzey ida saqlanadi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga Ahmad Donish nomi berilgan.
Moʻminov I., Oʻzbekiston ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixidan, T., 1964.[1



  • Muqumiy. 70-yillar oxirlarida Qoʻqonga qaytgan va ijod bilan shugʻullangan. Otasi vafotidan soʻng moddiy ahvoli ogʻirlashgach, „Hazrat“ madrasasining kichik bir hujrasiga koʻchib oʻtgan (1885), butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887–1888, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur oʻrgangan. Almaiy, Nodim kabi ilgʻor ruxdagi ijodkorlar bilan aloqa bogʻlab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, sanʼatpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil anʼanalardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan oʻrgandi, ular gʻazallariga muhammaslar bogʻladi. Jomiyni oʻziga ustoz bildi. Oʻzbek, fors mumtoz shoirlari anʼanalarini davom ettirdi. Oʻzbek adabiyotida demokratik yoʻnalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bogʻliq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilgʻor fikrli shoirlar oʻzbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sugʻorilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. Sheʼrlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda doʻstlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulugʻlangan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan („Kelur oxir seni ham yoʻqlagʻudek bir zamon yaxshi“ va boshqalar). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud boʻlgan sheʼrlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.

  • Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy oʻrin tutadi. „Oshiq boʻlibman“, „Ayrilmasun“, „Oʻzim har joydaman“, „Aqlu hush uchdi boshimdin…“ kabi sheʼrlari bunga misol.




Download 36,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish